www.ziyouz.com kutubxonasi
31
"mashoriq" - "kunchiqarlar" atamasida o‘lchov sistemasini ifoda etadi.
Qur’onning mahshar bilan aloqador juda ko‘p oyatida "jannat" atamasining "moddiy makon"
atamasidan farqli ekanligi, ayricha bir makonning olami ekanligi bildirilgan. Demak, Qur’on cheksiz
o‘lchovlar sistemasi ichida makonlar haqiqatini taqdim etgandir.
Moddiy olamda bor borliqning mavjudlik holi deganda biz 4 o‘lchovga geometrik moslashuvni va
bir kanal tanlash holini tushunamiz. Bu moslashuv Ollohning Rabblik (Egamlik) sifatining siridir. Shu
bois, oyat borliqlarni va o‘lchovlarni ta’riflarkan, Rabb sifatini qo‘llagandir.
Oyatning tafsiri mana bundaydir:
Yerdagi, osmondagi va ular orasidagi jamiki borliqlarni Rabblik sifatim bilan bir—biriga qanday
moslagan bo‘lsam, men cheksiz o‘lchovlar (mashoriq)ning ham shunday Rabbidirman.
Qur’onda bir qancha joyda kunchiqarlar va kunbotarlar atamasi keladi. Bular ham bir ma’noda
o‘lchov ifodasidir. Faqat kunbotarlar atamasi bilan birgalikda kunchiqarlar atamasi ham kelgandagina
yerni va sistemalarning harakatlarini ifoda qiladi. Lekin bu yerdagi oyat bilan turli ilmiy mo‘jizalar bir-
biriga aloqasiz hikmatlardir.
1. Moddiy yaratiqlarning, asosan, hammasi oyatning ilk jumlasida butun holida berilgan.
Oyatning to‘la jumlasida o‘lchovlar sistemasining bo‘lak bir borliqlar dastasi ekanligi uqtirilganligi eng
jiddiy ilm mo‘jizasidir. Ha, borliqlarga sinch, skelet bo‘lgan o‘lchovlar makoni, jamiki borliqlardan
bo‘lak qilib ta’riflanishi bizning asrimiz uchun eng katta fizik mo‘jizadir. Bugungi davrda Brogleydan
tortib Jordan, Femi, Xilbertgacha hammalari butun borliqlarni alohida, o‘lchovlarni alohida - ayri-
ayricha o‘rganish tarafdoridirlar. Hatto o‘lchovlarning va makonlarning farqlari boshqa borliqlarning
ham qanchadan-qancha farqliliklarini ko‘rsatib berishi aniqlandi. 4-o‘lchov, vaqt oz ta’sir qiladigan
makonlarda ayni o‘sha borliqning umri o‘zgaradi. Qisqa masofada so‘nggi ma’lum bo‘lgan voqealar
kengayadi, o‘z xususiyatlari va bo‘lakchalari yuzaga chiqadi.
2. Koinot geometriyasining asos qusurlarini yashirgan o‘lchovlar (mashriq) Ollohning Rabblik
sifati bilan uyg‘unlashganini ifoda qiladi, ya’ni hamma koinot makonlari Rabb tajallisi degan
tushuncha ichida qonunning o‘zgaruvchanligi hikmatini tashiyotir. Dunyo va fazoning qanday fizik
nizomlari bor bo‘lsa, yo‘nalishlarning, ulardan bunyod makonlarning ham shunday maxsus formulalari
bor.
3. Fotihada amr etilgan "olamlarning Rabbiga hamd" siri, bu oyatda ochilib ketgan, ya’ni olamlar
bir tomondan faqat yer, osmonlar va ularning oralaridagi borliqlardangina iborat emas. Olamlar
atamasi bilan aloqador bo‘lgan, masalan, cheksiz yo‘nalishlar va bular bilan bog‘liq makonlar bor.
Cheksiz yo‘nalishlar, Rabb sifatining siri bilan o‘zlari bunyod etgan makonlarga, olamlarga, ya’ni
koinotlarga cheksizlik ato etadilar. Bu cheksizlik osmon, yer va ular orasidagilarning naryog‘ida
boshqa olam borligining ramzidir.
Mana, biz Mashoriq siri deganda boshqa olamlarni tushunsak, unda insonning so‘ngsizlik
sirlariga yaqinlashuviga imkon beramiz va Tangri go‘zalligini makonlarda tomosha qilamiz.
Oyat, shunday qilib, insonlarga cheksiz yo‘nalish va makonlarda Olloh ilmiga yaqinlashish yo‘lini
ochib beradi. Ilm, bu tushunchaga yaqin kelishi bilanoq koinotni anglab oladi. Aks holda, barcha
galaktikalarni o‘rgansa, ilmni tagiga yetish chorasini, tayanch nuqtasini topolmaydi. Moddiy koinotda
borliqlarning xususiyatlari makon va zamon tushunchasi ichida chegaralangan (joylashgan)dir. Ayni
shu borliqlar cheksiz makonlarda bo‘lakcha go‘zallikga burkanadi. Borliqlar haqiqati shulardan iborat.
B) Koinotdagi magnit tarangligi
Koinotning ba’zi jihatlarini yaxshiroq bilib olaylik: Fazo qadim-qadimlardan beri cheksiz-
chegarasiz bo‘shliqlar aro ko‘zimizga ko‘rinuvchi sanoqli yulduzlardan tashkil topgan deyilardi. Endi
moddiy olam haqida faqat o‘sha bilimlarimiz bilan ish ko‘rsak, kifoyalansak, bu-aqlimizni
yalqovlashtirib qo‘yadi. Milliardlarcha sayyoradan bunyod bo‘lgan milliardlarcha galaktikalar va ular
orasida sanoqsiz nurtaratkichlar (nur manbalari) shunday joylashganki, fazoda bo‘sh qolgan biron
nuqta ko‘rolmaysiz. Yo biron sayyora, yo biron yangi yulduz, yo bir qora tuynuk va bular orasida har
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |