www.ziyouz.com kutubxonasi
25
tushirish juda qiyin.
Modda aylanishi tizimi jihatdan eng muhim masalalardan biri shuki, sog‘lom kishilarda qonga
o‘tgan oziq-ovqatlarning hammasi faqat ro‘zali chog‘larida kuyib ketadi. Ayniqsa qondagi yog‘ va
yog‘simon moddalar (lipid) ro‘za tutilgan paytda minimal (eng oz) darajaga tushadi. Bu esa
qarishning orqaga surilishi demakdir, ya’ni lipidi ortib ketganlar ham ro‘za tutishdan katta foyda
ko‘rishlari shak-shubhasizdir.
Lipid - tomirning qattiqlashib ketishiga katta ta’sir qilishi aniqlangan bugungi kunimizda ro‘zaning
tomir tizimimizga ham ko‘rsatatayotgan ta’siri haqiqatan bir tibbiy mo‘jizadir.
Modda aylanish tizimida muhim o‘rni bo‘lgan buyraklarning ramazon oyida o‘ziga xos dam olish
fazasiga o‘tishi ham ro‘zaning bir ne’matidir.
v)Ro‘zaning hujayralarga ta’siri
To‘qima tizimi ichida turli vazifalarni ado etuvchi hujayralar, ayniqsa, ovqat oldi-berdisini va
hujayra ichida hamda hujayralar orasida suv muvozanatini bir tartibda tutishga majburdirlar.
Hujayrani eng ko‘p charchatuvchi narsa ana shu suv muvozanati bilan bog‘liq. Ro‘zada jamiki bu
hodisalar eng oz darajaga tushishi munosabati bilan hujayralar uchun yengil nafas olish imkoni
tug‘iladi. Ro‘zali odamning jamiki hujayralari ikki taraflama baxtli bo‘ladi:1. Suv muvozanatini saqlash
mashaqqati yarim baravar ozayadi.
2. Hujayralarning o‘z vazifalari, ayniqsa, shira chiqaruvchi hujayralarning ishi yana oz saviyaga
tushadi.
Bu sohada ko‘p tadqiqotlar o‘tkazgan Hipofiz, Diroyt va Pankreas ramazonni sog‘inib kutishlari
mutlaqo bejiz emas.
g) Ro‘zaning asab tizimiga ta’siri
Oldindan aytib qo‘yayki, nafsni tiyolmaslikka oid bo‘lgan ro‘za kashandaligi (ro‘za tutgan holda
chekish) asab tizimiga hech qanday naf keltirmaydi. Biron kishi ro‘za og‘iz ekan, asab tizimi qat’iyan
yuz foiz dam olmog‘i kerak. Vujud metabolizmi (modda almashinuvi) kunduzi eng oz saviyaga
tushganda asab tizimi markazidan e’tiboran nisbiy bir dam olishga o‘tadi.
Jinsiy intizom ham, asab tizimidagi jamiki tangliklarni aritganidan, unga alohida bir orom beradi.
Ro‘zaning asab tizimiga bergan eng katta ne’mati uning qattiq hayajondan yuzaga keluvchi ruhiy
zarbalarni yo‘q qilishidir. Ayniqsa, ro‘za ibodatlari (tarovih) kabi zavqi barcha qayg‘u-hasrat, ma’yuslik
va qo‘rquvlarni yo‘q qilib yuboradi. Juda chuqur g‘am-g‘ussalarni yurak tublaridan o‘chiradi. Ruhiy
zarbalar esa, ma’lumki, sog‘liqning eng katta dushmanidir. Ro‘zaning butun bir tizimlarga sezilarli
ta’siri axir-oqibatda bir qator umumiy ne’matlar ham olib keladi. Masalan, jigar dam olgani uchun
vujud xavfsizligiga tayyorlangan himoyachi moddalar kuchliroq bo‘ladi. Ayni shu hodisa tufayli
ro‘zadan so‘ng o‘zimizni bardamroq his qilamiz. Jismimizdagi ortiqcha yuklar eriydi, ishtahasiz va zaif
kishilar kuchga kiradilar, toshlari ortadi. Qonsizlar xoh hazm tizimining tartibga tushishidan bo‘lsin,
xoh qondagi ovqat eng oz saviyaga kelishi asnosida suyak iligiga ko‘rsatilgan rag‘batdan bo‘lsin-
yanada faolroq qon ishlab chiqara boshlaydilar.
Ha, aziz o‘quvchilarim, endi 184-oyat orqali buyurilgan
Agar bilsangiz, ro‘za tutish siz uchun
yaxshiroqdir"
jumlasining hikmatini anglagan bo‘lsangiz kerak...
Shunday qilib, Qur’onning aqllarni o‘yga toldiradigan bu mo‘jizasi yaqin orada yana bir mo‘jiza
ko‘rsatishiga aminman: ha, shunday zamonlar keladiki, bugun inonganlar ham, inonmaganlar ham,
agar bilimlari yetarli bo‘lsa, agar shirin jonlarini sevsalar... mutlaqo ro‘za tutajaklari shak-shubhasizdir.
Lekin inonib ro‘za tutganlarning qo‘lga kiritajak ne’matlari va hikmatlari ortiqroq bo‘lgusidir.
V) Homila va tug‘ilish sirlari
Bu mavzuni izohlashdan oldin bir oyatdagi mo‘jizaviy amrni e’tiboringizga havola qilmoqchiman;
41-sura 47-oyat
...
mo tahruju min samarotin min akmomiho va mo tahmilu min unso..
Uning ilmi aralashmasa, murtaklardan mevalar chiqmaydi, va ayol homila olmaydi va
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |