Qo’qon Univertsieti
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi MS-01-21 talabasi
Isroilova Zikriyoxon
Mavzu: Zamonaviy tarbiyachi imidji
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha pedagog xodimlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta’lim sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar qo‘yadi.
O‘z kasbining mohir ustozi bo‘lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani bermasligi mumkin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o‘ylash, pedagogik ish tutish lozim bo‘ladi.
Tarbiyachilar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiѐfasiga ham e’tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali bolalarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoѐn qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ish jaraѐnini samaradorligini oshiradi.
Lug‘aviy jihatdan “imidj” (ing. ―imeje”) tushunchasi - siymo, - timsol, - qiyofa va - obraz ma’nolarini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida - joziba, - maftunkorlik ma’nolarini ifodalaydi.
Pedagogik imidj - pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikdir.
Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati. Tarbiyachining tashqi qiyofasini ifodalovchi madaniyati.
1. Gavdani tutish - to‘g‘ri tutish (yurishda, o‘tirib turishda), qo‘llarning rahbar va xodimi stolida erkin holatda bo‘lishi, batartibligi, ixchamligi.
2. Kiyim - ozodaligi, shinam va bashangligi, kamtarligi, ranglning mos holda tanlanishi, kiyimning yoshiga va kasbiga mosligi, kiyimni modaga muvofiqligi, bijuteriya, taqinchoqlarning ko‘p va kamligi, ishiga mosligi.
3. Pardozning me’yordaligi, yoshi, kasbi va ishiga mosigi.
4. Soch turmagi (sochning ma’lum bir tartibliligi).
5. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi.
Tarbiyachining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, tarbiyachining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bo‘ladi va ular tarbiyachining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, bolalarga mashg‘ulotlarni ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayorlab beradi.
Shunday qilib, tarbiyachi yuqorida qayd etib o‘tilgan pedagogik texnika ko‘nikmalarini tarbiyalangan bo‘lsa, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, va ularni shaxs sifatida kamol toptirish sohasida muvaffaqiyatga erishadi.
Kiyimga qarab insonga baho beriladi albatta, ozoda, yarashgan va sipo kiyim kishining ishiga talabchanligi va ichki kamtarligi haqida ma’lumot beradi. Pedagogning ijobiy qiѐfasi va jozibasi, o‘quvchilarga psixoterapevtik ta’sir o‘tkazadi hamda ta’lim samaradorligini oshiradi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati - http://marifat.uz/marifat/ruknlar/umumii-urta-talim/4084.htm
- https://lawyer-great.ru/uz/modern-requirements-for-the-teacher-dow-pedagogical-essay-what-is-a-modern-educator/
- https://adu.uz/uz/news/article/88
- https://hozir.org/iii-bob-maktabgacha-talim-muassasasi-tarbiyachisi-shaxsiga-qoy.html
E’tiboringiz uchun rahmat!!
Do'stlaringiz bilan baham: |