www.ziyouz.com kutubxonasi
4
BIRINCHI BO’LIM
ASILLIK MO’JIZASI
Qur’onning eng muhim hikmati - undagi asillik sirlaridir.
Qur’on o‘z tili va o‘z xususiy ohangida o‘qilganda, insonning asosiy sifati bo‘lmish his qilish
sezgisini yo‘qotmagan har inson uning dunyoda hech o‘xshashi yo‘qligini bir daqiqadayoq sezadi, shu
paytgacha eshitgan so‘zlardan hech biriga o‘xshamasligini darhol farqlaydi. Bu hikmat boisi biz
yo‘qotgan, qo‘ldan boy bergan ma’noning hofizamizda diniy aks-sado berishi bilan bog‘liq.
Insonning qalbi (ko‘ngli) Qur’on to‘lqinlariga uyg‘un, uni olishga tayyor turgan hassos bir
xaridordir. Uni eshitgan zahoti inson xayolida jonlangan ekran kabi, tushunilishi qiyinroq bir maneara
paydo bo‘ladi.
Bu jihatdan Qur’onda bitmas-tuganmas bir tarovat, buzilishi imkon doirasidan tashqarida bo‘lgan
bir soflik (yarqiratib artib qo‘yilgandek tiniqlik) seziladi. Lisoni arabcha bo‘lishiga qaramay, o‘zga tilda
so‘zlovchi har qanday odamga ham juda aniq ta’sir ko‘rsatayotgani seziladi. Bu, shu qadar sirli bir
hodisaki, ma’nolar bamisoli ohanglar jilosi olamida jonli odamday yashayotganga o‘xshaydi.
Qur’onning asilligiga, o‘xshashi yo‘qligiga oid bu asos unsurlarni sal kengroq ochish uchun bir necha
namuna ustida andak to‘xtalmoqni istar edim.
A) Tarovatidagi mangulik belgilari
Ma’lumki, biz, ojiz bandalar tomonidan yaratilgan so‘z va asarlar zamon shamollari ostida axir bir
kun eskiradi, ilgarigi tarovatidan ayrilib, ta’sir kuchini yo‘qotadi.
Olloh kalomi bo‘lmish Qur’on esa, vaqt o‘tgan sayin yanada tarovatliroq bo‘la boradi, kuchi
ortadi. Undagi har bir hukm zamonlar osha asrlardan-asrlarga o‘tib ham hukmlik kuchini aslo
yo‘qotmaydi.
Qur’ondan boshqa bitiklarning hammasi davrlarning xususiyati va yorg‘u(hukm)larini tashigani
sababli qiymatini yo‘qotishga mahkumdir. Bunga juda eski zamonlardan misol keltirib o‘tirishning
hojati yo‘q. Yaqinginada, ya’ni asrimiz boshida o‘rtaga tashlangan falsafiy doktrinalar (dasturlar)
davrning ateistik va materialistik qarashlariga asoslangani bois, bugunga kelib eskirib qoldi,
qanchadan-qancha islohotlar, umrni uzaytirishga intilishlar tarix sahnasida ahamiyat kasb etolmadi.
Holbuki, Qur’onning yaqin-yaqinlargacha anglashilishi qiyin bo‘lgan hukmlari yangidan qayta-
qayta kashf etilayotir (Kitobimizning IV, V, VI bo‘limlarida bu mavzu ustida atroflicha to‘xtalganmiz).
Qur’on Olloh tomonidan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallamga tushirilgan davrda hali yer
yuzida ilm-fan u qadar taraqqiy etmagan, ijtimoiy va iqtisodiy hayot butunlay zulmat qo‘ynida edi.
Faqat qo‘pol kuch ishlatishdan boshqa jamiyatga ta’sir o‘tkaza oladigan hech bir vosita tan olinmasdi.
Dunyoning bu aqlsiz dahshatiga faqat Qur’oni Karimgina qarshi tura oldi va ilmni har qanday
kuchlardan ustun qo‘ydi, jamiyat taraqqiyoti uchun axloq, faqat axloq asos bo‘la olajagini e’lon qildi
va hayotda buni isbotlab ko‘rsatdi.
Qur’onga inongan-inonmagan barcha jamoalar undagi jamiki nizomlarni qabul qildilar, chunki
ular insonning insonligini ko‘rsatuvchi qonun-qoidalar edi.
Asrimizda hamon munozara mavzui bo‘lib turgan millatlararo tenglik masalasi, manfaatparast
kuchlarning qattiq qarshiligiga qaramay, qabul bo‘ldi. Holbuki, Qur’oni karimda bu masala allaqachon
uqtirilgan edi.
Hozirgi davrda inson huquqlari mavzuining eng katta mutafakkir olimi hisoblangan Rojer Garaudi
bu haqiqatni qat’iylik bilan tasdiq etarkan, 1981 yil aprel oyida musulmon bo‘ldi va Qur’onni
"davrlarning doimo eng oldinda borayottan Olloh kalomidir" deb ta’rifladi.
Bugungi G’arb dunyosi olimlari R.Garaudi fikriga qanday qaraydilar, bilmayman. Lekin bizning
olimlarimiz, 1982 yil oxirigacha uni, so‘nggi uch asr ichida yetishgan eng katta mutafakkir, deyishardi.
Boshqa g‘arblik bir tadqiqotchi ham uni: "Barcha ilmiy doktrinalar yo‘q bo‘lib ketsa, u eng
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |