Men sevgan shoir
Reja:
1.Xalqimizning suyukli shoirasi.
2.Mashaqatli kunlaR .
3.Saida Zunnunovaning ilhom parisi
4.Shoiralar izdoshiman.
Nodira,Uvaysiy,Zulfiyaxonimlar izdoshi bo`lgan yana bir o`zbek adibasi bu Saida Zunnunova hisoblanadi.Saida Zunnunova o`zbek adabiyotida o`ziga xos o`ringa ega bo`lgan shoira.Uning asarlarida insonni o`ziga maftun etuvchi sehr bor deb o`ylayman.Saida Zunnunova 1926-yil 15-fevralda Andijon shahrida tavallud topgan.Saida Zunnunovaning bir qator she`riy to`plamlari mavjud.Masalan:,,Yangi she`rlar``,,Gullar vodiysi``,,Qizlarjon``,,She`rlar``,,bir yil o`ylari``,,Nilufar``kabi she`riy to`plamlari mavjud.Saida Zunnunova shunchgalik serqirra ijodkorki u lirik she`rlar yozishdan tashqari dostonlar ham yaratgan.Shoiraning :,,Sodiq va anor``,,Xayrixon``Qo`shnilarim``va ,,Sur`at bilan suhbat``kabi dostonlari mavjud.Adiba o`z she`rlarida o`zbek ayolla riga xos bo`lgan tortinchoqlik,onalarga xos bo`lgan mehrni,sadoqatni va matonatni aks ettirgan.
Saida Zunnunova hayotida juda ko`p mashaqatlarga duch kelgan.Shoira bu sinovlarga o`zida kuch va mashaqqat topa olgan .Saida Zunnunova otasidan erta yetim qolgan va onasi,qarindoshlari qo`lida voyaga yetgan.Saida Zunnunova oilada to`ng`ich farzand bo`lganligi sababli oilaning tashvishlari uning bo`yniga tushadi.Saidaxon har kuni 20 km masaofani piyoda bosib o`tib muallimlik qiladi.Onasi ham qizlarni hech ham bo`sh qoldiurmaydi.Ularni mehnatga jalb qiladi.Saida Zunnunova o`zbek xalqining mard o`g`loni Said Ahmadga turmushga chiqadi.Said Ahmadning eslashicha:,,Men Toshkent kanali qurilishida ishlayotgan edim.Shunda Saidaxon kelib menda 3-4ta kitob so`radi.Bu kitoblar menda yo`q edi.Ammo,do`stimdan topib berdim.Shu tariqa bizning uydagilarimiz Saidaxonlarnikiga sovchilikka borishdi va bizning to`yimiz bo`li.Kitoblar esa shu bo`yi qolib ketdi.,``-deydi.Lekin ana shu kuni ham Saidaxon oqshom libosinini motam libosiga aylantirdi.Sababi ukasi Nabijon avtohalokatga uchrab vafot etgan bo`ladi.Onasi Saboxatxon aya ham qizining to`yida o`ynab kulishning o`rniga ,o`g`liga aza tutadi.Saida Zunnunova shunchalik sabrli bo`ladi-ki,ularning barchasiga sabr qiladi.Turmush o`rtog`I Said Ahmad ,,Xalq dushmani``degan tuhmat bilan qamaladi.Shunda shoiralar uyishmasiSaidaxonga shunday deydi:
-Nega shu paytgacha xalq dushmani eringizdan voz kechmadingiz?
-Men erimdan voz kechmayman.
-Nega?
-Mening bir iltimosim bor.
-Nima?
-Meni erim bilan ko`rishtiring.Uning o`zi xalq dushmani ekanligini tan olsin.
-Buning iloji yo`q.
Shu bilan Saidaxon zalni tark etadi.Saidaxon ham o`ziga-o`zi,,Men mashaqatlar uchun yaralganman``,-deydi.
Saida Zunnunova va Said Ahmad bir-birlariga ilhom parisi hisoblanadi.Ular bir-birida ilhom olgan.Said Ahmad tanqidlarga chiday olmaydi.Shuning uchun Saida Zunnunova har kuni ko`chadan har xil gap topib keladi.Bir kuni:
-Oybek aka yangi chiqqan asaringizni o`qibdi.Ularga juda yoqibdi.
-Yo`g`e ,rostanmi.
-Ha ,albatta.
-Oybek akani xafa qilish mumkin emas,-derdi va yana ijodga sho`ng`ib ketar edilar.Said Ahmadning 1945-yili ,,Sharq oynomasi``gazetasida bosilgan ,,Ufq``romaniga bop`lgan tanqidlarni o`qib ,uning varoqlarini yirtib tashlagan ekan.Saidaxon jiyda gulini yoqtirar edi.Mahallaning pastida katta jiyda daraxtibo`lgan ekan.Saida Ahmad ,Saida Zunnunova va mahallaning uch-to`rt ayollari bilan birgalikda u daraxtning tagida o`tirar ekanlar.Uyga qaytayotganda esa uning gullagan shoxida sindirib uyga qaytarkanlar.Saidaxon jiyda shoxini bankaga solib qo`yib ,kechasi bilan she`r yozib chiqar ekanlar .Saida Zunnunova 1977-yil 20-martda 51yoshida og`ir xastalik bilan vafot etganlar .Saida Zunnunovaning vafot etishi jiyda gullagan paytga to`g`ri kelgan ekan.Said Ahmad esa shoiraning qabri ustiga bir shingil jiyda shoxini qo`ygan ekanlar.
Ko`rdizmi,do`stlar,o`zbek xalqimizning qanday matonatli shoirasi bor.Men Saida Zunnunovaga o`xshashni xohlayman.Buning uchun ,albatta,a`lo b aholarga o`qishim zarur.Zulfiyaxonim,Nodirabegim,Uvaysiy,Saidaxonlarning safiga men ham qo`shilishni xohlayman.Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2013-yil Toshkentda Said Ahmad va Saida Zunnunova xotiralarini abadiylashtirish maqsadida haykal o`rnatildi.O`zbek ahli bunday shoiralar bilan faxrlanadi!!!!!!
Ohangaron tumani 5-umumta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi
Yo`ldoshxonovaSevinchxon
Do'stlaringiz bilan baham: |