www.ziyouz.com kutubxonasi
49
"Ixlos" surasini bundan boshqacha qilib, o‘rinsiz kalimalar bilan tarjima qilish, menimcha,
mumkin emas.
Chunonchi, "U Olloh birdir", deyolmaymiz. Chunki "bir"ni "vohid" kalimasi ifodalaydi, "ahad"
ta’biri esa "vohid"dan farqlidir.
Ko‘rinadiki, Olloh o‘zini bandalariga ta’riflarkan, to‘rt unsurini:
a) Olloh Ahaddir,
b) Olloh Somaddir,
v) U birovni tug‘madi va birovdan tug‘ilmagan,
g) uning tersi va o‘xshashi yo‘q, deb uqtiradi.
Bu to‘rt unsurni izohlashdan oldin
illoh
kalimasining ma’nosi ustida to‘xtalgim keladi.
"Olloh"
kalimasi faqatgina Qur’onda uchraydigan maxsus bir so‘zdir. Hech bir tilda uning tengi
yo‘q. 'Tangri", "dizu", "god" kalimalari "iloh" kalimasining tengidir. Inglizcha va frantsuzcha Qur’on
tarjimalarida ham bu holga e’tibor berilgan va
"Olloh"
kalimasi aynan o‘z holida saqlab qolingan.
Yurakning so‘l aortasida (eng katta tomirida) kaftlarimizdagi sobit chiziqlar singari xatlar bilan
"Olloh"
deb yozilgandir. (Bu haqda bizning 'Toq nur" nomli kitobimizda batafsil to‘xtalingan, 32-bet).
Olloh, olamning eng tanlangan mavjudoti bo‘lmish insonning yuragiga o‘z imzosini biologik bir
muhrday urib qo‘ygan.
"Olloh"
kalimasi Ollohning bilinmas zotiyatining ismidir. Shuning uchun uni
"Ixlos" surasining 4 asosiy vositasi ichidagina qamray olamiz.
Mana, ayniqsa, Ahadiyat va Somadiyat siri yaxshi bilib olinsa, ilmda juda muhim va qimmatli
haqiqatlar ham qamrab olingan bo‘ladi.
Lekin shuni unutmaslik kerakki, "Ixlos" surasiga oid bu sharhimiz faqat asos ilmlar nuqtai
nazaridandir.
"Ixlos" surasining to‘la-to‘kis tafsiri, barcha tafsilotlari bilan
"Namoz suralari yo‘rimi"
nomli
kitobimizda mavjuddir.
Ahad siri:
Ollohning zotiga oid o‘ta o‘ziga xoslik, ya’ni toqlik hikmatini tushunib yetmoq uchun vahdoniyat
va ahadiyat ma’nolarini tushunib olmoq kerak. Chunki ilmiy jihatdan ham bu ma’nolar favqulodda
ahamiyatlidir.
Vahdoniyat
biz bilgan toqlik (birlik) unsuri demakdir. Bu toqlik ma’lum sifatlar jihatidan bo‘lishi
mumkin. Masalan, barcha nafslar toqdir. "Kullu nafsin vohida", ya’ni nafslar ehtiros, zulm,
manfaatparastlik nuqtai nazaridan bir xil xususiyatlarga egadirlar, demakdir.
Butun elektronlar vahdoniyat siriga ega. Chunki o‘z xususiyatlari bilan ular aynan bir-birlarini
takrorlaydilar. Ko‘plik atom mag‘zidagi proton miqdoridan vujudga keladi. Lekin aslida protonlar ham,
mustaqil holda ekan, vahdoniyat, ya’ni toqlik siriga sohibdir.
Demak, fizik unsurlarga ko‘ra juda ko‘p unsurlar o‘zida toqlik sirini tashiydi. Toqlikning ziddi
bo‘lgan ko‘plik umuman bir-biriga zid juftlar tarzidagi sajiyadan tug‘iladi. Bu jihatdan fizika ham toqlik
siriga ega, Ko‘z o‘ngimizdagi har bir element o‘zining zid jufti tufayli ko‘plikni tamsil etadi.
Elementlardagi toqlik ko‘rinishi ilohiy qudratning vahdoniyat siridan tug‘iladi.
Lekin, unutmaslik kerakki, Qudrat-i Ilohiy bir sifatning aks etishidir va Ollohning zotiga oid
bo‘lgan Ahadiyatdan farqlanuvchi toqlikdir. Yanada ochiqrog‘i bu birlik ashyoda, zid juftlar nizomiga
ko‘ra, istagancha ko‘plik shaklida ko‘rina oladi, bu - vahdoniyatdan tug‘ilgan toqlikning siridir.
Ahadiyatga kelinsa, u, fizik va matematik xususiyatlardan tashqaridagi birlikdir va ashyoda, ya’ni
yaratilgan narsada bor bo‘lolmaydigan birlikdir. Ahadiyat shaxsan bir sifat jilvasi bo‘lgan vahdoniyat
shakliga ham kirolmaydi.
U holda ahadiyat toqligi qanday toqlikdir? Bu savolning javobini yana "Ixlos" surasining o‘zi
so‘nggi oyatida bildiradi: "O’xshashi va ziddi bo‘lmagan toqlik"dir. Shunday bo‘lgach, gal-gali bilan
bilgan ma’nolarimizni tadqiq qilaylik: qaysi mezondagi toqlik bu? Ajabo, qudrati cheksiz bo‘lgan
quvvatni Ahadiyat desa bo‘larmikan? Yo‘q, uning ziddi (tengi) bor: kuchsizlik.
O’lchovlar, vaqt, kvant, atomlar, galaktikalar, yangi yulduzlar - bularning hammasi ziddi yo
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |