Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

48

ham oqsab qolmoqda. Shu sababli qonsizlik muammosi alkogolning favqulodda oqibati holiga 



kelayotir; 

v) vujud o‘zini ushlab turish qobiliyatini yo‘qotmoqda va turli qo‘shimcha kasalliklar (yiqilib, lat 

yeb yaralanish, suyak sinishi va h.k.) vujudga kelmoqda. 

2. Spirtli ichimlik limfa sistemasi uchun juda jiddiy zahar bo‘lishi allaqachon tasdiqlangan. 

Ayniqsa, keyingi yillarda yanada batafsil isbotlangan bu haqiqat - limfa suyuqligi va limfa bezlarining 

tarkibida yog‘ning muhim ahamiyat kasb etishidir. Alkogol esa, yog‘ erituvchilik xususiyati bilan limfa 

sistemasini yo‘qotishga xizmat qiladi. Limfa rakining ilk alomatlaridan biri - spirtli ichimlik qabul 

qilinganda qattiq og‘riq berishidir, bu hol xozirgacha isbotlanmagan xodisa edi, endi bu ham 

isbotlandi. Mana shu boisga ko‘ra, spirtli ichimlik rak kasalining haqiqiy sababchilaridan biri deb 

topildi. 

Tomoq, qizilo‘ngach, jigar va meda raklaridan ham alkogolik ichimliklarining ta’siri kattaligi 

qat’iyan isbotlangandir. 

3. Alkogolning asab sistemasiga ta’siri. 

Asab to‘qimasi, qurilmasi va pardasida ko‘pgina yog‘ birikmalari bor. Shu vajdan alkogolning 

yomon ta’siri, o‘sha yog‘ erituvchilik xususiyati tufayli asab sistemasini ham buzadi: 

a) to‘g‘ridan-to‘g‘ri asab sistemasiga ta’sirining oqibati: 

polinevrit (chakka tomirlarining umumiy shamollashi), Korsakov sindromi (ayrim kasalliklarga 

xos xususiyatlarning jamlanishi), delirium tremans (tutqanoqli alahsirash) hamda alkogolik koma 

(hushdan ketish) kabi og‘ir kasalliklarga duchor qiladi; 

b) ruhiy-asabiy ta’siri ham yomon: 

gumonsirash, ta’sirchanlikdan boshlab, og‘ir psixozlarga olib boradi; 

v) ruhiy-sotsial ta’sirlari: loqaydlik-befarqlik, tanballik, oilaga bog‘liqlikning uzilishi singari 

mudxish xodisalar yuz beradi. 

4. Ichkilikning eng ko‘ngilsiz tomoni, zotga o‘tkazgan ta’siridir. 

Genetik xujayralar ko‘p jihatdan yog‘li moddalar tomonidan qo‘riqlanadi. Shu sabali alkogol 

ko‘pincha, ona orqali farzandda aks etadi. Esi past bolalarning 89 foizi mayparast oila farzandidir. 

Undan tashqari, yoshlar orasidagi ruhiy kasalliklarning 80 foizi mayxo‘r oila zotlarida bo‘lishi ham 

ko‘pchilik olimlar tomonidan e’tirof etilgandir. 

Qur’onning boshni aylantiruvchi ichimliklarni man qilish borasidagi amrlari tufayli islom 

jamoalarida bunday kasalliklar nisbatan ozligi va G’arbning islomiy millatlarga qarshi ayovsiz 

mustamlakachilik siyosati olib borganiga qaramay, islom-millatlarning omon qolishini ta’minlagani 

ko‘rinib turgan faktdir. 

Tag‘in buni ko‘ringki, mustamlakachi uluslar islom o‘lkalariga ichkilik yog‘dirib, ularning sog‘lom 

hayot tarzlarini buzib, ketidan "muncha orqada qolib ketdinglar?" deya mazah ham qilishadi. 

 

7. "IXLOS" SURASINING SIRLARI 



"Ixlos" surasi Ollohning o‘zini bandalariga tanitish farmonidir. 

Agar Olloh degan tushunchaga "Ixlos" surasining unsurlari yo‘nalishida yondasha olsak, ilmning 

asos g‘oyalarini o‘zlashtirgan bo‘lamiz. 

"Ixlos" surasi, ayni chog‘da, jamiki borliqlarning chegara chiziqlaridir. Olloh tushunchasiga xos 

xususiyatga ega bo‘lmagan har narsa yaratiqlardir. 

Har holda "Ixlos" surasi koinotdagi yaratiqlarning fizik hususiyatlarini farqlab ayirib ko‘rsatgandir. 

Bu jihatdan olinganda "Ixlos" surasi butun ilmning tugal bayonidir. 

Oldin "Ixlos" surasini Ollohning ta’rifi tarzida tadqiq qilamiz, so‘ngra teskari tarzda barcha 

yaratiqlarning asos xususiyatlarini yana "Ixlos" surasidan o‘rganamiz: 

"Aytingki: U Olloh Ahaddir. 

U Olloh Somaddir. U tug‘madi va tug‘ilmadi. Va faqat unga hech bir kufur bo‘lmadi" (kufur - 

sherik, teng, esh, o‘xshash, misl va hokazo). 




Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish