www.ziyouz.com kutubxonasi
45
"va oyatun lahumul’arzul maytaxu axyaynaho va axrajno minho habban faminhu yo’kulun".
Ya’ni:
"o‘lik yer (arz) ular uchun bir oyat—alomatdir, biz unga hayot berdik (yomg‘ir bilan), undan don
(habban) chiqardik, undan yeydilar".
Oldin oyatning ilk jumlasini anglashga tirishaylik. Yuqorida aytganimizday, ilmiy Qur’on
oyatlarida "oyat" kalimasi bir ilmiy qonun demakdir. Shunday bo‘lgach, birinchi jumla:
O’lik tuproqning jonlanishi qonuniy hodisadir, ilmiy alomatdir, degan ma’noni bildiradi.
a) Yerning yashashga tayyor bo‘lgan ilk payti: bungacha tuproq bir kimyoviy birikmalar yig‘indisi
edi, so‘ngra tuproqdan kutilgan jon yuzaga keldi.
Oldin o‘simliklar, keyin jonlilar yashay boshlashi uchun tuproqning jonlanishi shart edi. Zero,
tuproqdagi bakteriyalarning faoliyatga o‘tib, azotni va fosforni organik kimyodagi birikmalarga
qo‘shiladigan ahvolga keltirmasdan burun o‘simliklarga hayot eshigi ochilishi mumkin emasdi.
Shunday qilib, o‘lik tuproqning ilk tirilishi Ollohning shu bakteriyalarni ishga solib, tuproqqa jon
berishi hodisasidir.
Olloh, oyatda aniq-tiniq ma’lum qilganidek, avval o‘lik bo‘lgan tuproqqa jon berganini, ya’ni
bakterial hayotni ishga solganini (biz buni tiriklik deymiz) sharhlaydi. Har qalay, faqat shundan
keyingina don-dunlar chiqqaniga keyingi jumlada ishora qiladi.
b) Tuproq ana shu tiriklik vasfiga erishgandan keyin, tuproqqa yangidan hayot ustiga hayot
bergan holati ham ayricha bir hikmatdir. Bu yerda yomg‘irdan so‘z ochilmaganligi-tuproqning o‘zidagi
bakterial jonlilikni juda yorqin ifodalash uchundir. Boshqa oyatlarda, bu tirilish yomg‘ir bilan amalga
oshiriladi, ma’nosida kelgan amrlar inobatga olinsa bu oyatdan bunday ma’no ham chiqadi: tuproqqa
jon berdim. U eng quruq holida ham shu sirga ega, ya’ni tuproq jonlidir. Faqat uning bu jonliligini goh
tezlashtiraman, goh sekinlashtiraman.
Oyatning ikkinchi jumlasiga kelsak... Zotan, ilk jumla bilan bu jumlalarning zikr etilish tartibi eng
muhim mo‘jiza siridir. Zero, tuproqning jonlanishi, bu - don-dunlar chiqarishi emas Unday bo‘lgan
taqdirda tuproqdan don-dun chiqardik, uni jonlantirdik, shaklida amr qilinardi. Holbuki, Olloh, oldin
tuproqni jonlantirdik, deb amr etgan. Ana undan keyingina o‘sha jonli tuproqdan don chiqardik,
deydi! Bu yerdagi "habba" ta’birida ham o‘ziga xoslik bor. Garchi umuman "habba" - "o‘simlik"
tushunchasiday kelsa ham, tanlangan kalima asosan "don-dun" deb tafsirlagandagina oziq-ovqat
bo‘ladigan o‘simlik urug‘lari xayolga keladi.
Bu yerdagi nazokat meva va boshqa o‘simlik turlari emas, urug‘ shaklidagi oziq-ovqatlar zikr
etilganligidadir. Zero, oyat va jon ato bo‘lish ham donni jonli qilib yaratilganligini, hamda jon ato
bo‘lish hodisasi tuproqda yuz berishini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, urug‘lar aro namuna o‘laroq bir bug‘doyning yaratilishini olsak, urug‘ning genetik
shifrlari yangi aminokislota (oqsil)lar bog‘lasagina bug‘doy yaraladi. Bu hodisa hayvonlarda, ona
qornida shaxsan qon proteinidan ta’minlanadi. Holbuki, tuproqda tashqi ko‘rinishi jihatdan na qon, na
jon bor. Olloh oyatning ikkinchi jumlasida shu sirga ishora qiladi.
Tuproqda bo‘lgan bakteriyalar bu aminokislotalarning vujudga kelishini qulaylashtiradi. Va
tuproq habba (don-dun, urug‘) uchun qandaydir bir ma’noda rahim vazifasini ado etadi, ya’ni tuproq
bir ona singari, jonlilik sirini don-dunga beradi.
Oyat so‘nggi kalima bilan ham asosiy oziq bu nabotiy proteinlar bo‘lganini, ham bizga qandaydir
bir ma’noda jon berajagini eslatadi - haqiqat shundan iborat. Biz ham habbalarning asosiy moddasi
bo‘lmish nuklidlarini olib, jonliligimizni davom ettiramiz.
Masalaning ana shu joyi benihoya katta ahamiyatlidir. Chunki habbalardan olgan ozig‘imiz
faqatgina bizga kuch beruvchi yoqilg‘igina emas, hujayralarimizning asosiy moddasi hamdir.
Bu oyati karima, shunday qilib, jamiki moddiy hayotning negizi bo‘lgan DNAning jonlilar
orasidagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Va aslida ishni tuproqdan boshlaydi, DNA jonlilik sirini ilmiy tarzda
o‘rtaga yoyadi.
O’lik tuproqning tirilishiga oid amrda eng so‘nggi va muhim bir hikmat - bu, tuproqdagi onalik
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |