1.Режиссёр гуруҳнинг раҳбари сифатида, фильмнинг мундарижасига жавоб берувчи, суратга олиш ишларига масъул шахс.
2.Ўзбекистон қаҳрамони А.Орипов ҳақида ҳужжатли фильм учун сценарий (30 дақиқа) (Юсупова Шоҳида)
Buyuk yozuvchilar buyuk rejissor bo‘ladi, deyishadi ustozlar. Darhaqiqat, Shekspir ham, Balzak ham, Lev Tolstoy ham, Abdulla Qodiriy ham buyuk rejissorlardir. Ularning har bir satri, har bir sahnasi, so’zi zamirida yotgan fikrlar rejissor uchun katta bir ma’naviy oziqa, sahnalashtirishning ulkan imkoniyatlarini yaratib beradi, tasavvuringizda, ko’z oldingizda o’z-o’zidan voqealar tizmasi jonlanib namoyon bo’laveradi. Siz uni muallif uslubini, oldiga qo’ygan maqsad, niyatlarini buzmagan holda ro’yobga chiqarsangiz bas, shuning o’zi yetadi. To’g’ri, rejissor ijodkor shaxs sifatida o’zining «men»i, muallifga munosabati, davrga hamohangligi, avval ochilmagan qirralarni asardan topishi, yangi yondashuvni zamondoshga izhor qilishi, uni larzaga keltirishi lozim. Ammo, ko’pincha, rejissorlar o’zini namoyon qilib, «men»i bo’rtib, muallifning fikri-zikri ikkinchi darajali bo’lib qolayotgan hollari uchrab turibdi. Men mumtoz asarlarga har gal yangicha ifoda topib yangi talqinda tomoshabinga havola etilgan spektakllarni ko’rib, hayratga tushganman. «Revizor», «Hamlet», «Otello», «Qutlug’ qon», «Kelinlar qo’zg’oloni», «Qiyomat qarz» shular jumlasidandir.Asarlarni sahnalashtirishda rejissor yozuvchining biron so’zini o’zgartirmay yangi qatlam fikrlarni topa bilgan. Talqinda gap ko’p. Rejissor bir asarni har asnoda ko’rishi, o‘ziga kerakli durni topib olishi mumkin. Ikkinchi jahon urushida Aleksandr Korneychukning «Front» asari sahnalashtirilgan. Asar qahramonlari, sobiq sovet zobitlari va askarlari nemisga qarshi kurashadi. «Sovet»da qo’yilgan bu asar vatanparvarlik ruhida tayyorlanib dushmanga nafrat uygotgan. Aynan shu asarni Germaniyada sahnalashtirilib bironta so’zini o’zgartirmasdan ko’rsatishgan. Natijada nemis zobitlari aqlli, idrokli, sovet zobitlari ahmoq, laqma sifatida namoyish qilingan. Farq uslubda, ijro ohangida, talqinda. Demak, asarning qo’yilishida gap ko’p ekan. Rejissor qanday qo’ysa, tomoshabinga qanday havola qilsa, shunday taassurot qolar ekan. Dramaturg yozadi, muallif ham o’zi. Lekin sahnalashtirilgan asar – spektakl muallifi rejissordir. Qog’ozdagi muallif dardi bilan sahnada jonlangan rejissor dardi hamohang bo’lib, uyg’unlashib ketsa, maslak bir joydan chiqsa, asar muvaffaqiyati, uzoq umr ko’rishi shundan bo’ladi. Pyesa birlamchi, spektakl ikkilamchi hisoblanadi. Atayin sahnaga moslab yozilgan asarlar bor: drama, komediya, tragediya, opera, operetta, musiqali drama va hokazolar. Sahnaga moslashtirilgan (adaptatsiya) asarlar ham bor: roman,qissa, novella inssenirovkalari.Badiiy asar ustida ishlaganda rejissor birinchi holatda asar mavzusi, g’oyasi, shu kun uchun dolzarbliligi ustida bosh qotirishi, tomoshabinga qanday ma’naviy oziqa berishi haqida o‘ylashi kerak.Biz bilamiz, barcha badiiy asar – to’qima, yozuvchi, dramaturg xayolotida o’ylab topilgan hayotiy lavhalar. Bu badiiy to‘qimalar rostga aylanishi kerak. Bu o‘z yo‘lida muallif mahoratiga bog‘liq. Muallif goh tarixiy, goh ijtimoiy, goh maishiy mavzuga murojaat qilar ekan, insoniy muammolarni rost, ishonarli qilib dramaturgiya qonunlariga moslab yozmog‘i kerak.
Buyuk shoir A.S. Pushkin «to’qimalarimdan o’z aksimga chulg’anaman», – deb yozadi. To’qimaning rostligi shoirni larzaga soladi. Yozuvchi shu bugungi muammolar yechimini boshqa davrlardan qidiradi, murojaat qiladi. Shekspir Angliyada sodir bo’layotgan qusurlarga javobni boshqa asrdan, o’tgan zamonlardan topadi. Abdulla Qodiriy ham shunday mavzuni o‘tgan zamonlardan boshlaydi. Badiiy to’qima yozuvchi iqtidoriga, xayolot dunyosiga bog’liq. Bu san’atga xos bo’lgan xususiyatdir.
Umuminsoniy abadiy mavzular, muammolar bor: muhabbat, nafrat, o’lim, hasad, rashk kabilar hech qachon o’lmaydi. Insoniy hislatlar, ezgulik va yovuzlik, itoat va takabburlik,
mehr va shafqatsizlik, donolik va nodonlik, saxiylik va xasislik, insonning barcha his-tuyg’ulari asarlarda o‘z ifodasini topsin. O‘tkinchi, kundalik mavzular bor: ular sharoitdan, vaziyatdan kelib chiqib yozilgan tezpishar asarlar. Bular tez eskiradi va nazardan tushib qoladi.
Yaqin o’tmishda yozilgan va o’sha davrni ulug’lagan ko’pgina sahna asarlari hozir keraksiz bo’lib qoldi. Rejissor asar tanlar ekan, mana shu narsalarga e'tibor berishi kerak. Bundan tashqari har bir yozuvchining o’ziga xos xususiyatlari, yozish uslublari mavjud. Masalan, Oybekni Abdulla Qahhordan, Abdulla Qodiriyni Tog’ay Muroddan tili, uslubi, tasvir ifodalari, qiyofalari bilan bemalol ajrim qilish mumkin. Rejissor yozuvchining nimaga qodir ekanligini, o’ziga xosligi nimadaligini, qaysi jihatlari bilan ajralib turishini aniqlab olish lozim. Demak, yozuvchi – dramaturg qahramonlar nimani gapirayotganini yozadi, rejissor qanday gapirayotganini ochib beradi. Ba’zan dramaturg rejissorga yordam bo’lsin uchun voqea sodir bo‘layotgan joylarni ipidan ignasigacha luqmalarda (replika) tafsilotini beradi. Ba’zan yozuvchi rejissorning o’ziga talqinni havola qiladi. Muallif ruhiyatini, unga yashiringan muddaoni rejissor ilg‘ashi, topishi kerak bo‘ladi. A.P. Chexov, M. Gorkiy o’z pyesalarini komediya deb yozadi. Aslida uning zamirida dramatik holatlar, fojialar yotgan bo’ladi. Rejissor muallif ijodini, dunyoqarashini, uning kayfiyatini, uslubiyatini chuqur o’rgangan, asarni sahnalashtirgunga qadar o’ziga xoslik tomonlarini yaqqol anglagan bo‘ladi. Ba’zan bitta mavzuni bir necha muallif o’z ijodida qalamga oladi. Masalan, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin», «Sabba’i sayyor», «Saddi Iskandariy» va hokazolar. Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy
nega bu mavzularga qo’l urgan? Yondashuvlardagi tafovut nimada? Boshqa manbalardagi farq va oxir-oqibat rejissor bu asarni sahnalashtirishdan maqsad shaxs sifatida nima demoqchi, qanday yangi gap aytmoqchi, mana shu holatlar rejada o‘z ifodasini topsin. Pyesa adabiy mahsul, uni o’qish mumkin. Rejissor unga hayot bag’ishlaydi, murakkab ijodiy jarayonni boshdan kechiradi. Sahnada san’at mahsulini, tomoshabinga mo’ljallangan jonli mahsulni ro’yobga chiqaradi. Bu mahsul – spektakl tomoshabin vijdonini g’ulg’ulaga solsin, qalbini junbushga keltirsin.
Shu o’rinda adabiy mahsulning sifati, ko‘targan yuki, beradigan ma’naviy oziqasi haqida rejissor munosabatini o’ylab ko’raylik. So’nggi vaqtlarda sahnani, kinoekranni, televizion efirni o‘ta jo‘n, sayoz, bir ko’rimli «asar»lar to’ldirib ketdi. Teatrga, kinoga kirgan, televizorni tomosha qilgan tomoshabinning hafsalasi pir bo’layapti. Bu nima? Haqiqiy san’atga bo’lgan talabning susayishimi? Tomoshabin didi o’tmaslashganimi? Yuksak san’at namunalari qayerda qoldi? Bir domlam «saryog’ turgan joyda margarinni yeb nima qilamiz», degan edi. Yuksak adabiy asarlar, haqiqiy ijod namunalari turgan joyda biz o’rtamiyona, tomoshabinga hech narsa bermaydigan «asar»larni sahnalashtirib, ekranlashtirib, efirga uzatib nima qilamiz? Meningcha, haqiqiy rejissor badiiy asar tanlashda, uning ustida ishlashda mana shunga e'tibor berishi kerak. Agar san’atning burchi yuksak saviyali barkamol insonni tarbiyalash bo’lsa, rejissor kelgusi avlod oldida, uning dunyoqarashi, saviyasi oldida o’ta mas'ul ekanligini hech qachon unutmasligi kerak.
Rejissor qanday ishlasa, tomoshabinda shunday taassurot qoladi. Qog’ozdagi muallif dardi bilan sahnada jonlanganrejissor dardi hamohang bo’lib, uyg’unlashib ketsa, asar muvaffaqiyati, uzoq umr ko’rishi shundan bo’ladi.
2.Ўзбекистон қаҳрамони А.Орипов ҳақида ҳужжатли фильм учун сценарий (30 дақиқа)
2012 yilda 13 yoshligimda Do’rmon yozuvchilar ijodiy uyida o’tkazilgan 3-yosh ijodkorlar anjumanida ishtirok etganman.Do’rmon Yozuvchilar ijodiy uyida bir qancha shoir va yozuvchilar bilan bir qatorda Abdulla Oripovning ham uyi joylashgan.Anjuman doirasidagi tadbirlardan tashqari vaqtlarda biz Do’rmon atrofidagi hududni bemalol sayr qilishimiz mumkin edi.Syujet haqida qisqacha to’xtalib o’tsam. Oltin ku…Do’rmon bog’lari ajib manzara kasb etgan. 13 yoshli men o’zimcha Do’rmonni sayr qilmoqchi bo’lganman va hech ikkilanishlarsiz A.O deb yozilgan kata qizil darvozani taqillatganman.”Kim” degan ovoz kelgan ichkaridan.”Men shogirdingizman” deb javob berganman…Kinoda O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripovning samimiyati va kamtarligiga urg’u beriladi.Shoir 13 yoshli qizchani kata shoirlardek kutib oladi,mehmon qiladi,oq fotiha beradi va ana shu qiz kata yutuqlarga erishadi.
Qahramonlar:
Shohida – 13 yoshli,qorachadan kelgan,kichkina qizaloq.
Gavhar Ibodullayeva- Istarali va muloyim 60 yoshli ayol.Xorazm viloyati Yozuvchilar uyushmasi raisi:
Bir guruh ijodkorlar.
Abdulla Oripov -71 yoshlik payti
Abdulla Oripovning yordamchisi- 19-20 yoshlar atrofidagi yigit.
1.Do’rmon Yozuvchilar ijodiy uyi.Tun.
Toshkent viloyatidagi Do’rmon Yozuvchilar ijodiy uyiga turli viloyatlardan yosh ijodkorlar anjumanga ishtirok etish uchun keladilar.Ular xonalarga joylashtiriladi.
2.Do’rmon Yozuvchilar uyi.Erta tong.
Do’rmon Yozuvchilar ijodiy uyi hovlisi.Noyabr oyi o’rtalari.Quyosh charaqlamoqda.Do’rmon hovlisidagi chinorlar ajib manzara kasb etgan.Yozuvchilar anjumaniga ishtirok etish uchun turli viloyatlardan kelgan ijodkorlar bog’da sayr qilib yurishibdi.Ba’zilari musaffo osmonga tikilganicha,yana ba’zilari chinorlariga suyanganicha qog’ozlariga nimadir yozib qo’yadilar.Ba’zilari ikki-uchtasi bir bo’lib, mushoira qiladilar.
3.Do’rmon.Peshin vaqti.
Shohida va Farg’onalik Nozima Do’rmon hovlisidagi yo’lakchada sayr qilib yurishadi.Shohida va Nozimaning bo’ylari teng,yoshlari 13 da.Shohida och yashil adras kiygan,boshida iroqi do’ppisi bor.Nozima oq ko’ylak va qora kostyumda.Yo’lakning o’ng tarafida Zulfiyaxonimning uy muzeyi ,Abdulla Oripovning uyi joylashgan.Uylar hamisha ochiq turadi. Qizlar Shoira Zulfiyaxonimning uyiga kirishadi.Eshik yonidagi shoiraning portretiga tikilib turishadi.Keyin ichkariga kiradilar.
4.Zulfiyaxonimning uy muzeyi
Zulfiyaxonimning uy muzeyidagi bog’ida sarhil behilar pishgan,qizil atirgullar ochilgan. Hovlini chamasi 40 yoshlardagi ayol supurib yuradi.Shohida va Nozima ayolga salom beradi.
Ayol:Vaalaykum assalom,kelinglar.
Shohida:Siz shu yerda yashaysizmi?
Ayol:Yo’q,har hafta kelib bog’dan xabar olib turaman.
Ayol qizlarga behilardan beradi.Qizlar Zulfiyaxonimning xovlisida rasmga tushadilar.
5.Do’rmon yo’lakchasi.
Shohida va Nozima behilarni olib,xursand bo’lib ketishadi.Zulfiyaxonimning hovlisidan keyin kata va qizil darvozali va fayzli bir hovli joylashgan.Bu O’zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning Do’rmondagi dala-hovlisi.
Shohida:Nozima qarang bu kimning uyi ekan
Nozima: Bilmadim lekin A.O harflari yozilgan ekan.
Shohida:Yuring, kirib ko’ramiz.
Nozima:Mayli.
Shohida hovli qo’ng’irog’ini chaladi,ichkaridan “Kim u “ degan ovoz keladi.
Shohida:Biz shogirdlaringizmiz deya qiqirlab kuladi.
Nihoyat kata va hashamdor darvozani 18-20 yoshli o’rtabo’y yigit ochadi.
Shohida: -Assalomu-alaykum.
Yigit:Va alaykum assalom.
Ichkaridan kim ekan degan ovoz keladi va o’sha insonning darvozaga yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitiladi.
Eshik yoniga hassaga suyangan,do’ppi kiygan va ranglari biroz so’lg’in Abdulla Oripov keladi.
Shohida va Nozima birvarakayiga:Assalomu alaykum,ustoz.
Abdulla Oripov:Iye-iye ,kelinglar qizlarim, mana biznikiga bugun kimlar kelibdi.Kichik mehmonlar kelibdiku.Kellinglar qizlarim deya hovlisiga taklif etadi.
6.Abdulla Oripov hovlisi.Kun
Abdulla Oripovning keng va kata hovlisi o’rtasida katta so’ri joylashgan.So’ri yonida Ochiq akvarium qurilgan,baliqlar suzib yuradi.Hovli juda fayzli,har xil gullar ekilgan.
Abdulla Oripov:Kelinglar qizlarim,o’tiringlar.
O’g’lim singillaring kelibdi,shirinliklardan olib chiq deydi.Bir qo’li gips yigit bir qo’lida bodom,yong’oqlar, ho’l va quruq mevalar,shirmoyi patirlar olib keladi.
Ustoz judayam kuchli samimiyat bilan qizaloqlarga choy quyib beradi.Patir ushatib uzatadi.
Abdulla Oripov:Qani qizlarim o’zlaringizni tanishtiringlarchi.
Shohida:Mening ismim Shohida.Xorazmdan keldim.Tadbirga kelganmiz.
Abdulla Oripov:Xush kelibsiz,qizim,Ertangi tadbirda she’r o’qiysizlarmi xudo-xoxlasa?
Shohida:Shunday,deb kuladi/
Nozima kamgaproq qiz bo’lganligi uchun faqat ismini aytib qo’yaveradi.
A.O:Siz qizim, qayerliksiz?
Nozima:Farg’onadan
A.O: Ha yaxshi,hozir yoshlarga imkoniyatlar katta,mana siz nechi yoshdasiz qizim?
Shohida: 13 yoshdman
A.O:Mana 13 yoshingizda mana shunday ulug’ dargohga qadamingiz yetibdi,kelajagingiz ham buyuk bo’lsin,ilohim,Sizlarni Gavharxon olib keldimi?
Shohida:Shunday,ustoz.
A.O:Olinglar qizlarim deb qizlarga choy uzatadi.Qizlarim she’rlaringizdan o’qib berasizlarmi?
Shohida: Ha ustoz (Kechagina yozgan “Do’rmon chinorlari” she’rini o’qib beradi)
Do’rmon chinorlari oddiy chinormas,
Jimgina turganiga hayron qolmangiz.
U aslo chinormas,bir ulug’ shoir,
Shee’rlarin eshitib sira tolmangiz.
Uning tili yo’qdir ammo so’zlashar,
Yaxshiroq tinglangiz siz-la tillashar.
Qalblariga quloq tutingiz bir zum,
Bobomning yoshida ,balki ming yashar.
Men ham bitta chinor ekay shu yerga,
Soyasida orom olsin shoirlar.
Bu boqiy chinorlar katta ustozdir,
Men ham bo’lay bir kun katta shoira.
(She’r 13 yoshligimda yozilgan)
A.O:Ona qizim,barakalla.Niyatingizga yeting deb Shohidaning yelkasiga qoqadi.Ilohim katta shoira bo’ling deya duo qiladi.
Nozima ham bolalar adabiyotiga oid she’rini o’qib beradi.Ustoz qizlarga bodomlardan chaqib uzatadi.O’zining “Hayit kelsa” she’rini o’qib beradi.Keyin hovlining gullar ochilgan tarafida rasmga tushadilar.Shu tariqa qizlar bilan xayrlashadi.
7.Do’rmon Yozuvchilar ijodiy uyi.Majlislar zali.
40 ga yaqin va shoir va ijodkorlar yig’ilgan.Katta ijodkorlardan tortib, yosh ijodkorlargacha minbarga chiqib she’r o’qishadi.O’zbekiston Qahramoni,ustoz Abdulla Oripovga so’z navbati beriladi.Shoir o’tgn davrdagi adabiyotga etibor bilan,hozirgi davrdagi adabiyotga e’tibor haqida so’zlab o’tadi.
Anjuman tugab bir guruh yosh ijodkorlar ustozning yoniga rasmga tushish va dastxat olish uchun borishadi.Shunda Sohida qani,Xorazmlik deya chaqiradi.
Gavhar Ibodullayeva: Shohidani yosh ijodkorlar orasidan chaqirib oladi.
Abdulla Oripov: Mana ,mana shu qizim deb xursand bo’ladi.Hammasi birga rasmga tushadilar.Gavharxon ertaga “Arafa kuni” ,Xorazmga ketishingizdan oldin shogirdlarni olib o’ting deydi.Shu bilan hamma tarqaladi.
8.Do’rmon hovlisi.Kun
Gavhar Ibodullayeva va xorazmlik 3 nafar ijodkor arafa kuni Abdulla Oripov xonadoniga otlanishadi.Darvozani taqillatishadi.Eshikni shoirning qizi Yulduz Oripova ochadi va mehmonlarni hovlidagi stolga taklif etadi.Ustoz oq kiyim va oq do’ppi kiygan.Stol atrofida o’tirar ekanlar ,duo o’qiydi.Stol juda chiroyli bezatilgan,arafa oshi,bo’g’irsoq-u xurmolar bilan bezatilgan.Juda samimiy davra bo’ladi va davomi mushoiraga ulanadi.
Gavhar Ibodullayeva:Endi ustoz biz ketaylik,Bugun kechga poyezdga bilet olganmiz.Yo’l hozirligini ko’rishimiz kerak deydi.Abdullo Oripov chiroyli duo o’qiydi va yonida o’tirgan Shohidaning yelkasiga qoqib kata shoira bo’ling deb quo qiladi.
Gavhar Ibodullayeva:Ustoz Xorazmda bir gap bor,biz o’xshasin deb niyat qilgan insonlarimizga yelkamini qoqtiramiz,qo’sha ro’molga cho’rak solib fotihasini olamiz, irim deya og’ziga tuflatamiz.Shu qizlarimizga ham sizning yo’lingizni bersin deydi.Ustoz Shohidani yelkasiga qoqib,irim uchun og’ziga tuflagan bo’ladi va oq fotiha beradi.
9.Shohida haqida lavha
Shohidaning shunday keyingi yutuqlari haqida lavha qo’yiladi.U 2018 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo’ladi.Hindiston,Misr,Turkiya,Xitoyda otkazilgan xalqaro tanlovlar g’olibi bo’ladi.20 ga yaqin davlatlarning xalqaro tashkilotlarining O’zbekistondagi yosh elchisi qilib saylanadi.Shular haqida lavha beriladi.
10.2021 yil.Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan tadbirda Shohida shular haqida gapirib beradi.Hali 13 yoshda bo’lishiga qaramasdan ,O’zbekiston Qahramoni,Xalq shoiri unga alohida ehtirom ko’satganligi ,samimiyati haqida gapirib o’tadi.Shu tariqa kinoga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |