Yozuvchi kim aslida? U qanday bo’ladi? Qo’liga qalam tutgan har qanday kishi yozuvchi bo’la oladimi?



Download 13,3 Kb.
Sana30.10.2022
Hajmi13,3 Kb.
#858499
Bog'liq
yozuvchi


Yozuvchi kim?
Yozuvchi kim aslida? U qanday bo’ladi? Qo’liga qalam tutgan har qanday kishi yozuvchi bo’la oladimi?
Yozuvchi. Ko’z o’ngimizga qalami qog’ozda, xayoli esa allaqayerdagi bir shaxs gavdalanadi. U qalamning shunday karomati borki, xayol kuchini haqiqatga aylantira oladi. Xuddi sehrgarning sehrli tayoqchasi bo’lgani kabi yozuvchining ham o’tkir qalami bo’ladi. Bu qalam umidsizlarga umid, baxtsizlarga baxt, zulmatga yorug’lik baxsh eta oladi. Singan ko’ngillarga malham bo’la oladi. Qalamning qudrati shu darajada yuksakki, agar u ezgu yo’lda foydalanilsa, hayotida mazmun yo’qolgan kishini qayta hayotga bog’laydi. Demak, shunchalik qudratga ega qalam sohibi ham anoyi shaxs emas. Bunday qudratni boshqara olish ham bir san’at. Yozuvchi shundayin san’atkordir. U kichik xayollardan ulkan hayotlar yaratadi. Yaratgan hayotini qalbimizga joylaydi va u hayot biz bilan birgalikda yashashni davom etadi. Yozuvchi yaratgan hayot asar deb nomlanadi.
Xo’sh, endi savol: faqatgina asar yaratadigan shaxs yozuvchi bo’la oladimi?
Bu juda tor ma’nodagi xulosa. Aslida qalam tutmagan har qanday shaxs yozuvchidir. Oddiy haydovchi ham, shifokor yoki bozordagi aravakash ham yozuvchi. Hatto buyuk yozuvchi. Chunki ular hayot daftarini yozishadi. Ularning qolgan yozuvchilardan farqi shundaki, ular qalam bilan yozishmaydi, balki hayot kitobini yashab yozishadi. Kitobdagi har bir onni yashashadi, hamda dunyo-dunyo quvonch, hayajon,dard va qolgan jamiki hislarni tuygan holda.
Xulosa shuki, siz ham, biz ham yozuvchimiz. Asarimizning mazmunli va ta’sirli chiqishi boshimizdan kechirgan voqealarga bog’liqdir. Hayot kitobingizni mazmunli jumlalar bilan to’ldiring, toki o’quvchi sizning asaringizdan dars olsin.


Kushaliyeva.
Download 13,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish