Bajaruvchi: Alibekova Umida Tekshiruvchi: Xudoyorberganov Nurlan
Mavzu:Dunyo okeani va uning qisimlari
Reja: 1.Dunyo okeani va uning qisimlari 2.Shimoliy muz okeani va iqlimi Dunyo okeani. Olimlarning fikricha “okean” atamasi yunoncha “qirgoqsiz dengiz “ “yerni aylanib oquvchi buyuk daryo” degani manolarni anglatadi. “Dunyo okeani” atamasi rus olimi Y.M.Shokalskiy 1917-yilda fanga kirtdi.Yer sharining uzliksiz suvli qobigi Dunyo okeani deb ataladi.Dunyo okeani yer sharining 361 mln kv.km maydonini egallaydi. Suv yer yuzasining shimoliy yarimsharda 61% ini, janubiy yarimsharda 81% ini qoplagan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida X.Klumb, J.Kabot, Vasko da gama, A.Vespuchchi, F.Magellan,F.Dryek, V.yansizon va boshqalar dunyo okeanida suzishib muhim kashfiyotlar qilishgan. Shu bilan birga, oqimlar, materik va orollar, quruqlik qirg’oqlar, suvning sho’rligi, harorati, hayvonot olami to’g’risidagi qimmatli malumotlarni to’pladilar.1920-yildan so’ng okean suvlari chuqurlik bo’yicha o’rganila boshlandi. 1960-yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho’kmasini zabt etdi. Dunyo okeanining qismlari dengiz, qoltiq, bog’izlardan iborat. Okeanlar bir-birdan geografik o’rni, geologik tuzilishi, biologik xususiyatlari bilan farq qiladigan bir butun tabiat komlekslardir.Dengizlar- okeanning bir qismi bo’lib ular dunyo okeanidan quruqlik yoki orollar, yarimorollar va suvosti relyefining ko’tarilgan joylari bilan ajralib turadi. O’zining geografik o’rni va havzalarning xususiyatiga qarab 3 turga bo’linadi; 1)materiklar orasidagi dengizlar 2)materik ichkarisidagi dengizlar 3)chekka dengizlar.Okeanning (dengiz yoki ko’llardan) quruqlik ichkarisiga kirib turgan qismi qo’ltiq deb ataladi. Bengaliya,meksika,gudzon,katta avstraliya,alyaska kabi qo’ltiqlar eng katta qo’ltiqlardir. Okeanlarni (dengiz yoki ko’llarni) bir-biri bilan qo’shib turadigan kambar suv bo’g’iz deyiladi. Bularga Dreyk, mozambik, gibratlar, la-mansh, va boshqalar misol bo’ladi.Dunyo okeanini birinchi bo’lib niderlandiyalik olim B.Varenius 1650-yilda beshta okeanga ajratgan (Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy va janubiy muz okeanlari). Keyinchalik tadqiqotchilar uchta (Tinch, Atlantika, Hind), To’rtta ( Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy muz) okeanlarga ajratishgan. Hozirgi paytda beshinchi beshinchi Janubiy muz okeanini ajratish haqida fikrlar bor.Dunyo okeani jami 67 ta quruqlikda esa 2ta (Kasbiy va Orol) dengiz ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |