O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA`LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIATSHUNOSLIK VA GEOGRAFIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA VA I.B.A YO`NALISHI
309-GURUH TOLIBI HUSANOV ILHOMNING “O’ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI” FANIDAN
REFERAT
Mavzu: O’zbekistonning geologik tuzilishi.
Topshirdi: HUSANOV I
Qabul qildi: USMONOVA S.
Jizzax - 2013
Kirish.
O’zbekiston yer yuzasining hozirgi ko’rinishi uzoq davom etgan geologik davrlar mobaynida Yerning ichki va tashqi kuchlarining birgalikdagi ta’siri natijasida vujudga kelgan.Geologik qobiqning hozirgi holatini ,uning ayrim qatlamlarining kelib chiqishini tushunib olish va izohlash berish uchun yerning geologik tarixini bilishimiz kerak .Yerning po’sti hosil bo’lishi va o’zgarib ,hozirgi holatga kelgunch ketgan vaqt geologik vaqt deyiladi.Geologik vaqt davomida yer po’stida sodir bo’lib turadigan harakatlar natijasida turli xil yoriqlar va siniqlar hosil bo’lgan .
Geologiya fani esa, yerning ustki qismini o'rganishi bilan bir qatorda
uning ichki qismini va undagi mavjud hodisalarining rivojlanish
qonuniyatlarini ham o'rganadi. Geologlar yerga turli mineral va tog'
jinslaridan tarkib topgan va doimo o'zgarib turuvchi sharsimon fizik
jism deb qaraydilar.
Yer po'sti noorganik qismining paydo bo'lishi va rivojlanishi hayvon va o’simliklarning hayoti bilan bevosita bog'liq bo’lib, ularni o’rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan tamg'alargina yordam beradi.
Shunday qilib, geologiya fani orqali biz yer haqidagi u yer qatlamlari tarkibining tuzilishini va rivojlanish tarixini bilamiz. Bu masalalarning o'rganiladigan hajmi va miqdori juda katta bo’lganligi uchun geologiya fani bir necha maxsus fanlarga bo'linib, ularning har biri geologiyaning o'ziga xos sohalari bilan shug'ullanadi
O’zbekiston hududi geologik taraqqiyoti mobaynida murakkab jarayonlarni boshdan kechirgan. Shuning uchun relefi xilma-xil.
O’zbekistononing geologik tuzilishi juda murakkab, bu yerda Proterazoy erasidan to’rtlamchi davrgacha hosil bo’lgan cho’kindi, magmatik va metomorfik tog’ jinslarini majmui uchraydi. Proterazoy va Paleozoy tog’ jinslarini burmalangan va juda ko’p yoriqlar bilan parchalab yuborilgan.
O’zbekistonning tog’li hududlarida , tekislik qismidagi qoldiq tog’larda bu tog’ jinslari yer yuzasiga chiqadi, Turon plitasining tekisliklarida va tog’lar orasidagi botiqlarida esa katta chuqurliklarda yotadi va bu tog’ jinslari ustini Mezazoy hamda kaynazoyning uvoq tog’ jinslarini qoplab yotadi.
Proterazoy yotqiziqlari Hisor tog’ tizmasining janubiy-g’arbiy tarmoqlarida, Markaziy Qizilqumdada ajratilgan. Bu yotqiziqlar slaneslar, gneyislar paragneyslarda tashkil topgan.
Poleazoy yotqiziqlari turkumi asosan antiklinoriylarning yadrolarida tarqalgan bo’lib, bu eradagi hamma davr yotqiziqlaridan tashkil topgan. Ular asosan slaneslardan, ohaktoshlardan, konglomeratlardan, argilitlardan, qumtoshlardan, alevrolitlardan iborat.
Mezazoy gruppasi yotqiziqlari tog’ massivlarini o’rab turadi va asosan konglomeratlar, qumtoshlar, gillar, alevrolitlar, ohaktosh va tosh tuzlaridan iborat.
Kaynazoy yotqiziqlari O’zbekistondada keng tarqalgan. Paliogen yotqiziqlari qumtosh, gil, alevrolit, ohaktosh, margelardan tashkil topgan va tekisliklarda keng tarqalgan. Neogen yotqiziqlari ham keng tarqalgan bolib, asosan qumtoshlar, qumlar, gillar palivrolitlar, ohaktoshlar, mergellardan iborat bolib ularda gips va chig’anoq qosxilmalari ham uchraydi.
. I.bob.O’zbekiston hududi geologik shakllanish ta’rifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |