Referat mavzu: O’zbekistonning geologik tuzilishi. Topshirdi: husanov I qabul qildi: usmonova s



Download 0,74 Mb.
bet7/10
Sana12.01.2017
Hajmi0,74 Mb.
#255
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
B a y k a l burmalanishi

Katta maydonlarni suv bosgan. Baykal burmalanishi tugagan. Umurnqasiz dengiz hayvonlari ko’payib ketgan

Boksit, fosforit, cho’kindi marganes va temir rudalari, tosh tuz, geps.

K r I p o t o z o y

Proterozoy erasi 2mlrd. yil







Baykal burmalanishining boshlang’ich bosqichlari ro’y bergan. Kuchli vulqonlar otilgan. Bakteriyalar va suv o’tlari zamoni bo’lgan.

Temir rudasining katta konlari , polimetall rudalari, grafit, qurilish hom ashyosi.

Arxey erasi. 1mlrd yil







To’xtovsiz vulqonlar otilgan va yog’ jinslari metomorfiklashishi kuchli bo’lgan. Bir hujayrali itidoiy jonivorlar va bakteriyalar rivojlangan.

Temir va polimetall rudalari, qurilish xom ashyosi.

Oloy-Turkiston tizma tog’larida dengiz sathidan 4500 m baland. Oligosen davrida (38 mln yil avval) dengizda yashaganekzogiro-fergonenzisning chig’anoqlari topilgan. Demak, o’sha davrda chig’anoqlar 4000 m pastda yotgan tektonik ko’tarilish cho’kindini dengiz sathidan 450 m baland ko’tarilgan. O’zbekiston hududining tog’li qismi oligosen davrdan to hozirgi davrga qadar 8500 m ko’tarilgan. Neogen oxiridan boshlab tektonik harakatlar kuchaygan tog’ tizmalari ko’tarilish va tog’ oraliq botiqlari choo’kishi uzoq davom etgan, botiqlarni bir necha ming metr qalinlikda tog’ jinslari to’plangan.

Masalan: professor N.P.Vasilkovskiy neogen davrida Chirchiq botig’ida to’plangan jinslar qalinligi 1500 m dan ziyod.

O’zbekiston hududidagi to’rtlamchi davr yotqiziqlari Yu.A. Skvortsov va G’.A.Mavlonovlar tomonidan strategrafik bo’linish sxemasiga ko’ra 4 kompleksga – Nanay (G1) – Toshkent (G2) – Mirzacho’l (G3) – Sirdaryo (G4) ajratilgan. O’rta Osiyoda to’rtlamchi davrning bu komplekslarga kirmagan, bo’limlarga ajratilmagan yotqiziqlari ham alohida ko’rsatiladi. Bular qumlar va ko’l – kimyoviy yotqiziqlardi

O’zbekistonning tog’li hududlarida , tekislik qismidagi qoldiq tog’larda bu tog’ jinslari yer yuzasiga chiqadi, Turon plitasining tekisliklarida va tog’lar orasidagi botiqlarida esa katta chuqurliklarda yotadi va bu tog’ jinslari ustini Mezazoy hamda kaynazoyning uvoq tog’ jinslarini qoplab yotadi.

Proterazoy yotqiziqlari O’rta Osiyoda Hisor tog’ tizmasining janubiy-g’arbiy tarmoqlarida o’lkasida ajratilgan. Bu yotqiziqlar slaneslar, gneyislar paragneyslarda tashkil topgan.

Poleazoy yotqiziqlari turkumi asosan antiklinoriylarning yadrolarida tarqalgan bo’lib, bu eradagi hamma davr yotqiziqlaridan tashkil topgan. Ular asosan slaneslardan, ohaktoshlardan, konglomeratlardan, argilitlardan, qumtoshlardan, alevrolitlardan iborat.

Mezazoy gruppasi yotqiziqlari tog’ massivlarini o’rab turadi va asosan konglomeratlar, qumtoshlar, gillar, alevrolitlar, ohaktosh va tosh tuzlaridan iborat.

Kaynazoy yotqiziqlari o’lkaoda keng tarqalgan. Paliogen yotqiziqlari qumtosh, gil, alevrolit, ohaktosh, margelardan tashkil topgan va tekisliklarda keng tarqalgan. Neogen yotqiziqlari ham keng tarqalgan bolib, asosan qumtoshlar, qumlar, gillar palivrolitlar, ohaktoshlar, mergellardan iborat bolib ularda gips va chig’anoq qosxilmalari ham uchraydi.

To’rtlamchi davr yotqiziqlari kelib chiqishiga ko’ra kontinental, allyuvial-prolyuvial, prolyuvial va dellyuvial bo’lib, litologik tuzilishi va qatlamining qalinligi bir xil emasligi bilan ajralib turadi. Alyuvial yotqiziqlar asosan yirik daryo vodiylarida keng tarqalgan bo’lib, konglomeratlar, shag’allar va qumlardan iborat, usti uncha qalin bo’lmagan lessimon gil jinslar bilan qoplangan. Alyuvial – prolyuvial yotqiziqlar tog’lar va tog’ oldi tekisliklaridagi daryo va soy yoyilmalarida tarqalgan va konglomeratlar, shag’allar va lessimon jinslardan tarkib topgan. Prolyuvial yotqiziqlar vaqtincha oqar suvlar olib kelgan mayda shag’allar va lessimon jinslardan iborat bo’lib, tog’ etaklarida keng tarqalgan. Delyuvial yotqiziqlar asosan lessimon jinslar bo’lib toglar yon bag’irlarida tarqalgan.

Neogendan keyin antropogen tog’ oraliq botiqlari ko’tarila boshlangan. Neogen davri yotqiziqlari hozirgi vaqtda ancha baland ko’tarilgan va oqar suvlar uning tagini yuvmoqda. Bu tog’ tizmalari bilan birga botiqlar ham ko’tarilayotganligidan dalolat beradi.

Tog’li qismi doimo ko’tarilavermay doim tinch turishi davri ham bo’lgan. Masalan: Chirchiq davr neogen, mezazoy, proterazoy eralari qatlamlari bu vodiy ko’tarilish yuz berganligi uchun eroziya yordamida kesilgan. Bular bu vodiy hududida ba’zi vaqtlar tektonik harakatlar to’xtab tinch turish davrlsri almashingan.

Buni daryo o’zanlari terassalar sonini aniqlash zarur. Chirchiq yonbag’irlarida 20 ta terassa hosil bo’lgan. Demak, 20 marta ko’tarilish va tinch turish davrlari bo’lgan. Lekin tinch turish davridan ko’tarilishi kuchli bo’lgan, ko’p vaqtni o’z ichiga olgan. Chunki, bazan terassalar daryo o’zanidan balandligi 800-1000 m balandda terassalarning ustki qisminitashkil qilgan shag’al vas oz tuproq qalinligi 300 m oshmaydi. O’zbekistonning tog’li qismini tekshirgan gealog va geomorfologlar N.P.Vasilevskiy, Yu.A.Skvarsov, G’.O.Mavlonov, M.M.Mamatqulov 4 davrda 4 marta ko’tarilish vat inch turish davri bo’lganligini aniqladilar. 1. Nanay. 2. Toshkent. 3. Mirzacho’l. 4. Sirdaryo davri hozirda ham davom etmoqda.

O’zbekistonning tog’li qismida tekto’nik harakatlar turli xarakter va kuchga ega bo’lgan/ Uning bir qismi ko’tarilsa,ikkinch bir qismi pasaygan. Ko’tarilgan qisimlar tog’ tizmalariga, pasaygan qismi esa tog’oraliq botiqlariga tog’ri keladi. Ko’tarilayotgan qisimlardan oqar suv va boshqa tabbiy jarayonlar ishi tasiri jarayonida yemirlgan tog’ jinslari cho’kayotgan joylarga toplana boshlagan. Bunday jarayon Neogan davridan boshlangan. Tog’ orliq botiqlaridagi Neogen davrida yotqizilgan tog’ jinsi qatlamalrining tarkibi shuni ko’rsatadiki bu davrda tog’ tizmalarining ko’tarilshi va botiqlarnng cho’kishi ancha zaif bo’lgan chunki botqlarda yotqizilgan qatlamlar asosan Gilli va qumli tog’ jnslardan tashkil topgan bu Gilli va qumli qatlamlarning ustki qismi esa qalin qum aralash shag’al toshlardan tashkil topgan bu xol botiqlar o’rab turgan tog’ tizmalarining keyinchalik ko’tarilishi kuchayganligidan dalolat beradi. Demak Neogen davrining oxirlariga kelib Differsiyalashganligi ancha kuchaygan tog’tizmalarining kotarilishi va tog’ oraliq botiqlarning cho’kishi uzoq vaqt davom etgan, natijada tog’ oraliq botiqlarda qalinligi bir necha ming metr keladigan cho’kindi tog’ jinsi qatlamlari toplangan. Cho'kindi jinslar magmatik va metamorfik jinslarning turli kuchlar ta’sirida yemirilib to'planishidan vujudga keladi. Metamorfik tog' jinslari cho'kindi va magmatik jinslarning harorat, bosim gaz va suyuq holidagi eritmalar ta’sirida qayta kristallanib o'zgarishidan paydo bo'ladi. Ammo shuni aytish kerakki, metamorfik jinslar ham o'z navbatida qaytadan metamorfizmga uchrashi mumkin. Masalan, Kola yarim orolidagi belomeoridlar deb ataladigan metamorfik jinslar bir necha marta o'zgargan.

Bu uch guruh tog' jinslari minerallardan tashkil topib, ular bilan turli foydali qazilmalar bog'liq bo'lganligi sababli minerallarning kimyoviy tarkibi va fizik xossasini o’rganish lozim. Ma’lumki, bir xil tog' jinsning tarkibi ikkinchi xil tog' jinsining tarkibiga mos kelmaydi. Masalan, magmatik tog' jinslari bo'lmish granit, kvars, dala shpati, biotit rogovaya obmanka minerallaridan tashkil topgan bo'lsa, dunit, olivinit, piroksen olivindan va metamorfik tog' jinslaridan bo'lmish marmar faqat kalsit minerallaridan tashkil topgan. Demak, minerallarning fizik va ximik xossalarini o'rganib, ular qaysi tog' jinsida uchrashini bilib, tog' jinslarining nomini aniqlash mumkin ekan.

O’zbekiston tog’li hamma hudidlarida tekto’nik ko’tarilsh va tinch turish jarayonlari bir vaqtda sodir bo’lamagan. Shuning uchun tog’lardagi hamma daryo vodiylarida tirrassalarning soni va tuzilishi turlichadir.

Tektonik tuzulishining o’ziga xosligi, yer qobig’ining qalinligiga va er yuzasining tuzilishiga qarab O’zbekiston hududi, tektonik jarayonlarning kechishi keskin farq qiluvchi ikkita tektonik o’lkaga ajratiladi:

I. Tyanshan epegensen orogen.

II. Turon epigersin plitasidan iborat

O’zbekistonning qismi – ya’ni uning sharqiy va janubiy qismlari Neogen va to’rtlamchi davrlarda tektonik harakatning kuchli faollashishini boshidan kechirganligi uchun platformalardan keyin hosil bo’lgan orogen o’lkasiga kiritiladi. U har xil katta kichiklikdagi tektonik tuzilmalardan iborat. Ularning asosiylari Chotqol – Qurama, Nurota – Oloy, Hisor – Zarafshon sistemalaridagi tog’ tizmalari, Afg’on – Tojik botig’i, Qizilqum qoldiq toglari, Toshkent yoni tog’ oldi botig’i, Zarafshon, Farg’ona botiqlari hisoblanadi.

Turon plitasi har xil tektonik tuzilmalardan tashkil topgan. U O’rta Osiyoning shimoli-g’arbini egallaydi va Sirdaryo, Amudaryo, Shimoliy va Janubiy Ustyurt sineklizalarini, Markaziy Ustyurt tekisliklarini o’z ichiga oladi.

Orogen va plitali tektonik tuzilmalar Gersen va Alp tog’ hosil bo’lish davrida vujudga kelgan, ularni turli katta kichiklikdagi va yo’nalishdagi yoriqlar kesib o’tgan. Bu yer yoriqlari bo’ylab ro’y berib turadigan harakatlar ta’sirida mazkur tektonik tuzilmalar har xil balandlikka ko’tarilgan, ba’zilari cho’kkan, natijada palaxsasimon rel’ef shakllari hosil bo’lgan. Gersen tog’ hosil bo’lish davrida tektonik harakatlar bilan bir qatorda vulqonlar ham otilgan. Vulqon va yoriqlarda sodir bo’layotgan jarayonlar natijasida O’rta Osiyoda mavjud rudali, rangli, nodir, qimmatbaho foydali qazilmalar hosil bo’lgan.

Yer ichki qismida uning sirtiga tomon yo'nalgan kuch ta’sirida yer po'stining ayrim qismlarini to'satdan silkinishiga zilzila deyiladi. Ba’zan silkinishlar tashqi faktorlar (tog’dagi qulashlar, katta meteoritning yer yuzasiga tushishi va b.) dan ham bo'lishi mumkin. Bir necha yuz yillar davomida to'plangan ma’lumotlar bu hodisani planetamizning ayrim seysmik zonalarda ko'p bo'lib turishini ko'rsatadi. Yer yuzasini yemiruvchi, buzuvchi, zilzilalarning ko'pi Pireney, Al'p, Apenin, Karpat, Bolqon, Kavkaz tog’lariga va O'rta Osiyoning tog’li rayonlariga, janubda Hindikush, Himolay tog’lariga va Tinch okean halqasiga to’g’ri keladi. Yer sharida bo'ladigan zilzilalar yer po'stining asosan ikki yirik harakatchan mintaqasida tarqalgan:

1. Tinch okean mintaqasi hamma zilzilaning 80 % ini tashkil etadi. Bu


mintaqa eng chuqur yer yorig'i o'tgan joylarni o'z ichiga olib, chuqurligi 700
km ga boradi. Ayniqsa Yaponiyada bo'ladigan kuchli zilzilalar bunga yaqqol
misol bo'ladi.

2. O'rta yer dengiz - Indoneziya mintaqasi. Bu mintaqa ekvator


mintaqasi bo’lib, barcha zilzilaning 12% i to’g’ri keladi. Bu mintaqa Janubi-Sharqda Indoneziyadan boshlanib g'arbga tomon Himolay tog’lari orqali Tyan'shan' va Pomirga, Afg’oniston, Eron orqali Kavkaz tog’lariga boradi va bu yerda Qora dengiz sohillari bo'ylab ikkiga bo'linadi: bir qismi shimoli g’arbda Qrim, Karpat, Al'p, Pireney tog’lari orqali Atlantika okeaniga chiqadi, ikkinchi qismi esa, janubi – g’arbga tomon yo'nalib, O'rta dengizning janubiy va shimoliy sohillari bo'ylab u ham Atlantika okeaniga chiqadi. Zilzilaning qolgan qismi ikki kenja mintaqaga to’g’ri keladi. Bularning biri Shimoliy va Janubiy Amerikani, ikkinchisi Qizil dengiz orqali Afrika yer yoriqlarini, shimolda Arabistonni, Hindistonni o'z ichiga oladi. Bulardan tashqari, Atlantika okeani ostidagi rift (planetar yer yorig’i ) zonasi Islandiyadan Buva oroligacha cho'ziladi. Umuman zilzila bo'lmaydigan joy Yer sharida yo'q desa bo'ladi. Kuchsiz zilzila bo'ladigan joylar platforma o'lkalar, kuchli va tez-tez zilzila bo'ladigan joylar geosinklinal' o'lkalar deb ataladi.

1966 yildagi Toshkent zilzilasi shu mintaqaga joylashgan bo'lib uning sabablari chuqur o'rganilgan va alohida kitob qilib chop etilgan.

Zilzila sabablari zilzila ro'y berishi sababiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:

a) ekzogen jarayonlar natijasida bo'ladigan o'pirilish zilzilalari;

b) vulkan harakati natijasida bo'ladigan;

v) tog’ hosil bo'lish jarayoni natijasida bo'ladigan tektonik zilzilalar va

g) tektonik zilziladan farq qiluvchi chuqurdan bo'ladigan yoki plutonik zilzilalarga bo'linadi.

O’zbekiston juda kuchli zilzilalar bo’lib turadigan Turkiston seysmoaktiv mintaqasida joylashgan. Kuchli zilzilalar tez-tez bo’lib turadi ularning kuchi 8-10 ball, zilzila manbai yer yuzasida 8-40 km chuqurda joylashgan. (K.Abdulla Karimov) : Qadimgi O’zbekistonda bir qancha shaharlaridatalofatli zilzilalar bo’lib o’tgan. 838-839 yil Farg’onada, 942, 1818, 1882 yil Buxoroda, 1208-1209 yil Urganchda, 1490 yil Samarqand, 1494 yil Namanganda, 1797 yil Urgutda, 1966 yil Toshkentda.

Juda dahshatli zilzilalar kuchi 9-10 ball, masalan: 1902 yil Andijonda (50 ming yashaydigan) aholi punkitlari butunlay vayron bo’lgan 4652 kishi xalok bo’lgan, 7000 qoramol o’lgan. Hozir ham harakat qilayotgan katta tektonik bloklar shimolda Markaziy Qozog’iston qalqoni Ural-Sibir epigersin platformasida turgan plitasi, sharqda qadimgi Kembriygacha hosil bo’lgan. Tarim platformasi, janubda Hindiston platformasi orasida joylashgan. Shuning uchun qo’shni rayonlarda bo’lgan zilzilalarni seysmik to’lqinlar doimo aks etib turadi. Respublikada zilzilalar bo’lib turishiga sabab bo’ladi.

Yangi kuchli tektonik harakatlar Tyanshan orogen oblastida bo’lib turadi (o’rtacha kuchi 8 ball).

Turon plitasi, Tyanshan orogen oblastida yer po’sti harakatlari bir-biri bilan boplikligi zailzilalarni Tyanshan, Turon o’rtasida seysmik faollashuvga sabab bo’ladi. Masalan : Ular o’rtasida joylashgan Toshkent (1966 yil 26 aprel) Nazarbek 1980 yil, II.XII Urganch, Toshkentda kuchli zilzilalar 100 yilda 1 marta (8 ball) 7 ball 25 yilda 1 marta, 6 ball 1 yilda bir marta. Kuchsizlari har kuni qayd etiladi. Seysmolog, geolog, gidromorfologlar kuzatishlaricha O’zbekiston va qo’shni oblastlarda zilzilalar yer yoriqlari va ularning bir-biri bilan tutash joylarida bo’lib o’tgan.

Masalan: 1966 yil Toshkent zilzilasi : Qorajontog’ va uni perpendekulyar kesib o’tgan yer yorig’i darz ketgan mintaqasi bo’ylab 1976-84 yil Gazli zilzilasi Osiyo chuqur yorig’i bilan Persid-Balxash yer yorig’i mintaqasida, 1977 yil Isfara Botkent zilzilasi, janubiy Farg’ona Qoratog’-Pomir yer yorig’i kesishgan mintaqasida bo’lgan. V.I.Ulamov : O’zbekiston va unga qo’shni hududlarni quyidagi mintaqalarga ajratgan.

1. Sharq Farg’ona 8-9 ball (masalan: Andijon 1902 yil 8-9 ball).

2. Talas Farg’ona (1946 yil 3.XI. 7-8 ball Chotqol zilzilasi).

3. Janubiy Tyanshanning g’arb va shimol qismi (1907 yil 21.X. Qoratog’, 1977 yil 31.Isfara Botkent zilzilasi).

4. Markaziy Qizilqum (1976yil 8.IV.I7.V., 1984 yil 20.III.Gazli 9-10 ball).

Zilzilalarni o’rganish uchun 1966 yil O’zFa qoshida zilzilashunoslik ilmiy tekshirish institute, viloyatlarda bashorat qilish rasadxonalari

1. Uzoq muddatli qaysi yillar gidralogiya, mineralogiya fanlari doktori J.X.Yoqubov tomonidan ishlab chiqildi. 1987 yil Yangiyo’l, 1980 yil Nazarbek, 1983 yil Chotqol, 1984 yil Pop bashorat etgan.

2. Qisqa muddatli oyning qaysi kunida. Bir necha usullari bor:

a) impuls elektromagnit maydoni o’zgarishi usuli.

b) magnit usuli.

A usulda Chorvoq suv ombori yaqin. Yangi bozor rasadxonasi 4-5 ball zilzila 1-2 kun oldin.

B usulda 1968-90 yillardagi zilzilalar.

3. O’rta mudatli (qaysi oyda).

Zilzila darakchilari:

1. Yer qimirlashining davriy takrorlanishi. Masalan: Farg’ona har 20 yilda 1 marta, 1 chi 10 yilda uncha kuchli zilzilalar bo’lmaydi, 2 chi 10 yillikda kuchli bo’ladi. Masalan: 1977-87, 1897-1907, 1917-27, 1937-47, 1957-67 yillar.

2. Yer osti mineral suvlari tarkibini o’rganish radon, geliy, argon, vadarot, azot, oltingugurt, xlor miqdori keskin o’zgarishi.

Kelgusidagi zilzilalarni bashorat qilishda yer osti suv sathi, neft, gaz konlari debitning yer hozirgi zamon harakatlari o’zgarishi, metirologin darakchilar o’rganish muhim. Shu asosida 1976 yil 27.X. Gazli, 1978 yil I.XI., Andijondan 130 km janubiy Oloy, 1980 yil II.XII. Nazarbek 1984 yil 27.XII., Pop aytilgan.

Hozirgi kunda o’rtacha 7 balldan yuqori zilzilalar 70 % i oldindan aytilmoqda.

O’zbekiston hududi geologik taraqqiyoti mobaynida murakkab jarayonlarni boshdan kechirgan. Shuning uchun relefi xilma-xil.

Sharq, janubiy-sharq qismi O’rta Osiyoning balandlik tog’lari Tyanshan Pomir-Oloy tizmalari tarmoqlari kirib keladi.

Janubiy-sharqiy va sharq ularning balandligi 7495 m yetadi.

Teritoryasi tahminan 71% (70) tekisligi tahminan 29% (30) tog’lar egallagan.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish