www.ziyouz.com kutubxonasi
41
bajararkan, xuddi qurilishda suvga muhtojlik bo‘lgani kabi, ion energiyasiga muhtojdir. Hujayraning
olgan oziqlarni kuydirib tashlab, energiya bilan ta’minlanishi ham yangi bir molekulyar olish-berishdir
(Kreps nafasi). Oziqlarning kuydirilishi ichki redoks (reduktsiya-kichrayib yo‘qolish yoki tiklanish)
hodisalariga tayanadiki, yana tamal vosita hidrogen ionidir, u tufayli suvdir. Hujayra muhitida
hidrogen ioni bo‘lmasa, bu keng va tartibsiz bioximiya hodisalari qat’iyan yuz bermaydi.
Mana, suv ila tiriklik orasidagi munosabat bu nuqtai nazardan ham muqarrar bir hayot
hikoyasidir. Tiriklikning suvdan tug‘ilishini amr etgan oyat bu hikmatni ham qamrab olgandir.
B) Inson va uch qorong‘i mintaqa
Endi sizga Qur’ondagi yana bir biologik mo‘jizasini aytib beray. Insonning ona qornida qanday
marhala (manzil, bekat, etap) lardan o‘tishini ayon qiluvchi bu oyat, inson biologiyasi haqida hali hech
narsa ma’lum bo‘lmagan o‘n besh asr avvalgi zamon uchun emas, bu kun uchun ham mo‘jiza
xarakterini saqlab qolgan:
39-sura, 6-oyatdan:
"...yoxlukukum fi butuni ummahotikum xolkan min ba’di xolkin fi zulumotin salos..."
"...sizni onalaringizning qornida uch turli qorong‘ilik ichida bir yaratilishdan boshqa yaratilishga
o‘tkazib yaratgandir...''
(Abdulloh Oydin tarjimasi).
Insonning ona qornidagi hayoti shunday jarayonlardan o‘tadi:
Onaning tuxum hujayrasi urug‘lanib, yetilgan zahoti qorin bo‘shlig‘iga sakraydi. "Fallop nayi" deb
atalgan, bir uchi rahimga (jinsiy a’zoga), ikkinchi uchi qorin bo‘shlig‘iga ochilib turgan naychaning
qorin bo‘shlig‘iga qaragan uchi bir meduzaning qo‘llari kabi uzun uzatkichlarga egadir va u tuxumni
qorin bo‘shlig‘ida bir vakuum singari tutib, ichiga qamab oladi. Mana shu tuxum, sperma (maniy)
hujayralari bilan shu naycha ichida urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum shu naychada bir muxlat dam
oladi, so‘ngra rahimga o‘tadi. Bu o‘tish tarzi tamomila o‘rganilgan. Keyin bu tuxum hujayrasi qavat-
qavat hujayralardan qurilgan rahim ichiga qulay bir joyga o‘rnashadi. Urug‘langan tuxum uchun
rahimning ichki sathi boy va muhtasham bir muhitdir.
So‘ngra platsenta
5
yuzaga keladi va shu kez ulg‘aya boshlagan embrion suyuqlik ichiga olinadi.
Albatta, bu hayot hikoyasi qorung‘ulik dunyosida davom etadi.
Ishning eng qiziqarli tomoni - bizning davrimizda endigina o‘rganilgan, homila shakllanishiga
qulaylik yaratadigan sirlar bundan o‘n besh asr oldin qanday bilindi ekan?
Uch qorong‘i mintaqa - embrionning, ya’ni urug‘langan tuxumning uch turli makonidir:
a) Fallop naycha
6
sidagi qorong‘i mintaqa;
b) rahimda oldin tanlangan rahim epiteli ichidagi qorong‘i mintaqa;
v) platsenta shakllangandan keyin Amnion suvi
7
nomli to‘rvachadagi qorong‘i mintaqa.
Qur’onning savlati va ulug‘vorligini tomosha qiling: bu, aql bovar qilmas Ilohiy So‘z mo‘jizasidir.
Oyati karimadagi uch bosqichli xilqat (yaratilish)ga kelsak:
a) Fallop naychasida vujudga kelgan ilk xilqat - ona va otadan kelgan ginetik shifrlarning
birlashishi;
b) rahmdagi ilk o‘rnashuv chog‘ida xilqatning ikkinchi bosqichi yuz beradi. Bu bosqichda
urug‘langan hujayra dastlabki qiyin va sirli bo‘linishlarini ado etib bo‘lgach, embrionning jitobiologiya
skeleti (sinchi, shotilari)ni hozirlash;
v) amnion suvi ichidagi embrionning hayot bosqichi esa, xuddi fotografga o‘xshab, vujudga
keladigan jonlining bichimini (me’moriy shaklini) ishlaydi.
Embrionning ikkinchi hayot bosqichi uchun Qur’on "alaq" ta’birini qo‘llagan.
Qorong‘i mintaqalarning ta’kidlanishi hikmati - bir yondan inson vujudi va rahim ichidagi tabiiy
qorong‘ilikni ko‘rsatishidadir; bir yondan ona rahmidagi hayotning tashqi dunyo ila aloqasi uzoqligini
5
Platsenta – urug’ joylashgan to’qima o’simtasi
6
Fallop naychasi - Fallopiy (1523-1562) degan olim kashf etgani uchun ayollar bachadoni uning nomi bilan ataladi.
7
Amnion suvi - insonning umurtqali yaralishida asosiy rol o‘ynaydigan suyuqlik.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |