www.ziyouz.com kutubxonasi
37
Endi Yerga oid shart-sharoitlarni bir ko‘zdan kechiraylik. Yer Quyoshdan shunday bir uzoqlikda
turishi kerakki, muhit issiqligi u molekulalarda shunday muvozanatli harakat imkonini bersin. Bu
masofa Yerning Quyosh atrofida aylanish sur’ati bilan hamohang bo‘lishi shart. Zero, shunda
giroskopik itarish kuchini saqlay olmaydi. Aytaylik, bu masofa hozirlandi. Endi esa Yerning kurra
shaklida ekanligi bilan aloqador muammolar bor. Agar Yer o‘z o‘qi atrofida ma’lum bir tezlikda
aylanmasa, u vaqt atmosferaning har tarafi bir xil issiqlikda bo‘lolmaydi va muvozanatli atmosfera
yuzaga kelmaydi. Boring, ana bu aylanish ham yo‘lga qo‘yildi, deylik, endi qutblarda atmosfera so‘rilib
ketadi, ekvatordagi atmosfera jadallik bilan qutblarga hujumga o‘tadiki, Yer yuzidagi shamolga dosh
berib bo‘lmaydi. Nima bo‘ladi? Yerning o‘qi (mehvari) tik bo‘lolmaydi, 23,5 daraja egiladi, shu tariqa
atmosfera molekulalari barqaror muvozanatga erishadi-yu, lekin sovuq mintaqalarda issiqlik butunlay
yo‘qolib, muvozanat yana buziladi: atmosferaning ichiga shunday bir modda qo‘yish kerakki,
issiqlikning yo‘qolishiga monelik qilsin, u ham bor: bu -
atmosferadagi karbondioksit.
Mana shu sharoitlarning bari
bir oraga kelgandagina
muhit yaratiladi. Endi oyat karimani
xotirlaylik: Olloh oldindan Yer va muhit bir-birisiz yasholmasliklariga e’tiborni tortmoqda. Bu esa — biz
endigina o‘rgangan ilmlarimizdan chiqargan xulosalarimizdir. O’n besh asr avval bu sir, bu ilmiy
mo‘jizaniig aytib qo‘yilganligi bizni titroqqa soladi va hayratlantiradi. Ollohning
"yuzlandi"
kalomidan,
u o‘zgacha bir yaratish jarayoni o‘tkazajagini, biz yuqorida sanab o‘tgan shart-sharoitlarni lutf
etajagini anglashimiz mumkin. Yuqorida biz
"Yerning osmoni
degan ta’birni ishlatgan edik. Suraning
12-oyatida
"samo ad—dunyo" ("dunyoning samosi")
degan ta’bir borligi uchun biz ham o‘sha ta’birga
suyangan holda
"Yerning osmoni"
ta’birini olishga jur’at etgan edik. Garchi oyatda aynan
"arzning
samosi"
degan ta’bir yo‘q bo‘lsa-da, "samo" degan ta’birning umumiy ma’nosida bir qancha hikmatlar
mavjudligini nazardan uzoq tutmaslik kerak. Oyatga shu jihatdan qaralsa, uning shunday hikmatlarini
ilg‘ash mumkin: umumiy ma’noda samo-koinotning ma’lum makonlarini ifoda qiladi. "Samoning yetti
qavati" iborasini sharhlaganimizda biz bu mavzuga mufassal to‘xtalgan edik. Bu yerda bahs mavzui
faqat birinchi va ikkinchi samolar orasidagi bir-biriga uyg‘un muvozanat borasidadir. Ma’lumki,
Galaktika ichida Somon Yo‘lini eng mukammal nuqtada deb bilamiz. Bu komillikni yaratish uchun
Ollohning maxsus bir amri bo‘lganligini oyatdan tushunib olish mumkin. Undagi
istamasangiz ham"
amridan maqsad - Galaktikaning bu aktsiyasida muvozanat yaratish markaz koordinatiga nisbatan
yanada qiyinroq bo‘lganligiga ishora qilmoqdir.
Yerimiz, Galaktika ichidagi o‘z nuqtasida 230 milliard yil muttasil giroskopik harakatda bo‘ladi
(albatta, Quyosh sistemasi bilan birga). Bu nuqta giroskopik harakat uchun nihoyatda qulay, shunday
harakatga mos bir joydir. Umumiy tushunchalar nuqtai nazaridan olganda Yer Galaktika markazidan
uzoqdir. Ammo, Tangrining bu joyni ustun qo‘yishidan shuni ilg‘ash mumkinki, u kelgusida insonni
mehmon qilib yuborajagi dunyoni radioaktiv ta’sirlardan ma’zurli qilib qoldirgandir. Shu sababli
samoga, Galaktikamizning makoniga
"istamasangiz ham moslashishga harakat qiling", -
deb amr
etgandir. Oyatdagi
"Olloh samoga yuzlandi, u bir tutun edi"
jumlasining bizga uqtirayotgan hikmatiga
kelsak,
"samo" (osmon)
atamasini
"atmosfera"
deb qabul etmog‘imiz kerak, shunda bugungi
atmosferadan oldin atmosferaning karbondioksit bo‘lganligini anglab yetamiz. Ilmiy haqiqatlar hozir
shu nuqtaga kelgan. Samo (osmon) deganda Galaktikamizning samosi qabul qilingan taqdirda, bu
kungi ilmiy xulosalarda uqtirilganiday, Galaktikamiz - energiya buluti ekanligida bir tutun ko‘rinishida
edi. Mana shu sahifaga kelganda Haq-Taolo Yerning makonini komillik bilan taqdirlagandir.
Har ikki tarzda va sharhda ham ko‘rilganiday, yerga oid ming bir hikmat xayolimizga kelaveradi.
Zotan, "Fussilat" - so‘ngsiz hikmatlar, xususan, moddiy olamga juda ko‘p sirlar izohlangan suradir.
Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam har kecha bu surani o‘qir, undan katta
I
zavq olar edilar.
B) Yerning aylanishi va dumaloqligi
Qur’onda Yerning aylanishiga diqqatni tortuvchi juda ko‘p oyat bor. Xususan,
Omma
juz’idagi bir
qancha surada kunduz va kecha shunday ta’riflanganki, ulardan yerning
I
aylanishini osongina bilish
mumkin. Lekin
27—sura("Naml"), 88—oyatda
Yerning aylanishi juda ochiq-ravshan bayon etilgan:
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |