Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

35

Qur’on moddiy olamdagi bu ko‘plik in’ikosini tamalda magnitik taranglik formulasi holida izohlab 



bergandir. 

 

G) Koinot sahifalari



 

Ajabo, bir-biridan farqlanuvchi makonni, olamlarni, cheksiz o‘lchovlarni biz o‘z ilmimiz doirasida 

qanday idrok qila olamiz? Bu savolning javobini na bugungi ilm-fan, na kelajakning ilmi bera olgay. 

Holbuki, Qur’on anglash qiyin bo‘lgan bu savolga juda ochiq-oydin javob bergandir. 

21-sura, 104-oyat: 

Yavma nat’viys—samoa kat’oyyis sijilli lil kutubi, kamo bada’no avvala holkin nu’iydux, va’dan 

a’layno inno kunno foi’liyn.

 

Ya’ni: 



U kunda biz samoni kitob sahifalariday o‘raymiz, avval qanday yaratgan bo‘lsak, o‘sha holga 

qaytaramiz, bu bizning va’damizdir, albatta, shunday qilajakmiz.

 

Cheksiz o‘lchovlarni va bir-biridan farqlanuvchi makonlar fizikasining bir oz bo‘lsa-da bilganlar 



uchun bunchalik shohona fizik ta’rif lol qoldirarli bo‘lmasligi mumkin emas. 

Bu ta’rifdan ko‘rinadiki, olamlar Lavhi Maxfuz kitobining sahifalariga o‘xshaydi. U kitobning har 

sahifasi bir turli makonning ifodasidir. Masalan, moddiy olam u kitobda bir yoki bir necha sahifadir. 

Yetti qavat osmonlar u kitobda yetti sahifali bir juz’dir. 

Jannat makonlari ham kitobda bir boshqa juz’dir. Qavat-qavat makonlarning qavat-qavat sirlari 

ichida Olloh qiyomat kunini, mahsharni yodimizga muhrlar ekan, bir boshqa olamga ko‘chib 

o‘tishimizni kitobning ma’lum bir sahifasining o‘ralishiga o‘xshatadi va chinakam hayratlanarli ta’rifni 

shundan keyin beradi. Turli makonlarning yaratilishini ham bamisoli bir kitobning sahifalariga 

o‘xshatgandir. 

Endi idrok kuchmizni qiynab bu makonlarga yaqinlashishga urinib ko‘raylik. Cheksiz olamlar 

kitobining dastlabki juz’i moddiy olamlardir. Ma’lumki, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning oldingi uch o‘lchov 

bilan sheriklikda qurgan makonlari moddiy olamlardir. Bularning ichida bir sahifa esa bizning moddiy 

makonimizdir, to‘rtinchi o‘lchov vaqtning kuchli ta’siriga uchragan boshqa bir makondir. Bu makon 

butun galaktikamizni qoplaydimi yoki quyosh tizimimizni tashakkul etadimi - hali tuzukroq bilingani 

yo‘q. Zero, vaqt o‘lchovini ta’siri galaktikamizning har nuqtasida bir xilmi, bir xil emasmi - bilmaymiz. 

Biz tadqiq etgan astrofizika kitoblarida gallatikamizning har nuqtasida vaqtning oqish sur’ati bir xil 

emas, degan fikr bor; unday bo‘lsa galaktikamizda farqli makonlar ham bo‘lishi mukin, degan fikrni 

qabul qilishimiz kerak. 

Qur’onning xilma-xil suralardagi qiyomat ta’rifidan bilamizki, galatikamiz ko‘p jihatdan bir-biridan 

farqli, lekin hammasi ham moddiy bo‘lgan makonlardan tarkib topgan. Olloh ularni 

"kitob 

sahifalariday o‘rayman, avval qanday yaratgan bo‘lsam..." - 

deb buyuradi. 

Vaqt birligi ta’smir qilmaydigan boshqa bir makondan, masalan, jannat sahifalaridan tarkib 

topgan olamda tajalli berishimiz shu tariqa yana ham qulay ko‘chadi. Jannat makonining xususiyatlari 

yuzlab oyatda sharhlangan. Ko‘pincha u makon haqidagi tushunchamiz faqat misol shaklida 

tushunilishi mumkin. Masalan, Erika - haddan tashqari o‘zgacha bir makon mav’qei (koordinati) dir. U 

yerda paydo bo‘lgan inson uchun masofa tushunchasi bo‘lmaydi. Chunki Erika makonida birinchi 

o‘lchov yo‘qdir. Bu mavzudagi oyatlardan bilib olamizki, Erika makonida eng uzoq, eng yaqin degan 

tushunchalar o‘rnida cheksizliklar sayri bor. 

Shunday qilib, bu oyat koinotning so‘ngsiz olamlarini va makonlarini bir kitob sahifalariga 

o‘xshatib, makon va zamon haqidagi tushunchalarimizni kengaytiradi. Koinot o‘lchovlarini va 

makonlarini ayrim-ayrim sahifalarda ko‘rgandan keyingina eng ilg‘or aspyufizika ilmini egallash 

mumkin. Zotan, insonga shunday farqli makonlarda paydo bo‘lish xususiyati ato bo‘lgan. 

Olamlarning sahifalari misolidagi muhim hikmat yaratilmishlar farqli sahifalarda bor bo‘la olishi 

siridadir. 

Jannatda yerdagi ba’zi mevalarning bor bo‘lishi hikmati shundan kelib chiqqan. Lekin farqli 



Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish