www.ziyouz.com kutubxonasi
43
dan to 500 gacha bulut tomchichasi va donachasi bordir. Bu nazariya, ya’ni Bergeron Findeysen
nazariyasi yomg‘irdan oldin qotish (muzlash) hodisasi bo‘ladi, degan fikrni o‘tkazmoqda.
4. Lekin yomg‘ir tomchilarining ideal bir tekislikda yerga tushishi chin ma’nodagi muhim
xodisadir. Agar o‘rtacha kattalikdagi yomg‘ir tomchisi bulutlar kezib yurgan 1500-3000 metr
yuksaklikdan tushsa bormi, yerga favqulodda qattiq zarb bilan urilgan bo‘lardi. Xolbuki, yomg‘ir
tomchisi bulutdan mayda zarrachalar xolida tusha boshlab, yerga yaqinlashgan sari bir-biriga
qo‘shilib, kattalasha boradi. Tamomila yerga yaqin kelganda parashyut ochganday havoning ko‘tarish
kuchiga yaqin tezlikda inadi. Zotan, agar yomg‘irga bunday bir taqdir o‘lchovi ato etilmagan bo‘lsaydi,
bulutdan kamida yong‘oqday-yong‘oqdai do‘l yog‘gan bo‘lar edi. Normal sharoitlarda na yomg‘irning
jonni yayratib silashlari, na qorning ming bir naqsh bilan inishlari mumkin emas.
5. Yomg‘irning tashkil topishida ham, yog‘ish shiddatida ham muhim bir masala elektrik
kuchlanish hodisalaridir.
Biologiyadan xabarsiz kishilar bulutlardagi kuchli elektr energiyasini suv va tuz molekulalarining
ionlashuviga bog‘liq energiyalar deb hisoblaydilar.
Holbuki, oyatda bu elektrik kuchlanishga oid bir kalavaning uchi, ya’ni dalil bor. Ko‘kdan tushgan
o‘lchovli, taqdir etilgan bu suv o‘lik shaharga jon ato etadi. Biz yuqorida hayot negizida yotgan narsa
suv ionlari ekanligini aytgan edik. Jamiki jonlilarda suv molekulasining tez-tez o‘zgarib turishga
majburligi, ionlarning, ayniqsa, hidrogen ionlarining kuchlanishi bilan yaqindan aloqadordir. Bulutdan
yuzaga keluvchi yomg‘ir, xususan, bu devday elektrik kuchlanishlar bilan shunaqanggi kuchli bir ion
xususiyatini qo‘lga kiritadiki, haqiqatdan tuproqqa tushgach, jamiki bioximiya xodisalari darhol avj olib
ketadi va o‘lik shaharga jon ato bo‘ladi.
Mana, oyat yomg‘irning tashkil topishini ham hikmatdan bir qodar o‘lchovi, deb ta’riflaydi va hali
qancha biofizika sirlari borligiga e’tiborni tortadi. U qandil donalariday yog‘ishi lozim bo‘la turib,
naqadar muloyim bir kattalikka keltirib o‘lchab qo‘yilganligi xayratlanarlidir. Endi yomg‘irning
"O’lik
shaharga jon berganligi"
siriga yaqinlashaylik: Oyat quruq tuproqni o‘lik shaharga qiyoslaydi. Ya’ni
quruq tuproqning o‘zi jonli emas, o‘lik bir shahardir, ko‘chalari, muassasalari, tashkilotlari, binolari
bo‘lgan, ammo jonsiz bir shahardir. Yomg‘ir u kentga yog‘dimi, tamom, u yerda hayot boshlanadi.
QURUQ tuproqda turg‘un (statik) bir holga kelgan qandaydir bir ma’noda qotirib (muzlatib) qo‘yilgan
milliardlarcha genetik shifr bor. Bu shifrlar yuksak potentsial bilan yangilangan suv ionlarini topgan
zahoti hayot hikoyasini boshlaydilar.
Oyatning so‘nggi jumlasida esa, Haq-Taolo bizning mahsharda tirilishimizni xotirlayotir. Biz
bundan keyingi bahsda buning butun tavsilotlarini berishga harakat qilamiz. Bu yerda Olloh sizning
genetik shifrlaringizni ham xoxlagan kunimiz, xoxlagan onimizda faoliyatga o‘tkazamiz, amri bilan
katta ilmiy haqiqatga urg‘u berayottanini aytish bilan kifoyalanamiz. Bamisoli QURUQ tuproqda
genetik shifrlar bir o‘lik shahar ko‘rinishida bo‘lsa, sizning ham un-urvoq bo‘lib yotgan
jasadlaringizdan qolib ketgan qanchadan-qancha shifrlar bor.
Olloh xohlasa, ularni bir lahzada ishga qo‘yadi, yangidan hayotni boshlatadi.
"Yosin"
surasining
oxirida Alloh bergan genetik shifr misoli ham, shunday qilib, ilohiy mo‘jiza hikmatini cheksiz ufqlarga
yoyadi (Qur’onning
"Yosin"
surasidan 78-82- oyatlarni o‘qing).
G) Tuyaning biologik xususiyatlari
Afalo vanzuruna ilal’ibili kayfa xulikot?
(88-sura, 17-oyat).
Ya’ni:
Ular tuyaning qanday yaratilganiga hanuz qaramaydilarmi?
Bu oyatni o‘z ichiga olgan
"G’oshiya"
surasi (88-sura) Qur’onning mahsharni e’lon etishiga
ramziy ishora bo‘lib, g‘oshiya - insonlarda katta notinchlik uyg‘otgan dard, demakdir. Bir yoqdan
mahshar qo‘rquvi, ikkinchi yoqdan gunohkorlik xavotirini bildiradi va eng muhimi bu oyat bugungi
insonlarga bo‘lakcha bir xitob eta olish siriga ham ega.
Endi tuyaning sirlarini birma-bir ko‘rib chiqaylik:
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |