Ma'naviyatning ta'rifi va falsafiy talkini Ma'naviyat tushunchasi arab tilidan kirib kelgan bo'lib, «amri-ma'ruf»



Download 75,84 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi75,84 Kb.
#314972
Bog'liq
manaviyat





Ma'naviyatning ta'rifi va falsafiy talkini
Ma'naviyat tushunchasi arab tilidan kirib kelgan bo'lib, «amri-ma'ruf», «mushoira», «chiroyli so'z» kabi ma'nolarni anglatadi.
Ma'naviyat inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko'zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki ruhiy-botiniy tomonlarini qamrab oladi. Inson - tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu hislati ya'ni, yuksak ma'naviyat egasi bo'la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa mavjudotlarda ko'ra olmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy ozuqa va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bag'ishlaydi.
Ma'naviyat insonning ruhiy va aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir. Ma'naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki, bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo'q.
Prezidentmiz I.A.Karimovning ma'naviyat haqidagi ta'rifi: «Ma'naviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan kuch...».
Faylasuf Abdulhafiz Jalolovning ma'naviyatga bergan ta'rifi: «Ma'naviyat - inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo'lib, kishilar uning vositasida o'zlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda taraqqiyoti xususiyatlarini o'rganadilar, qonunlarini kashf etadilar va ularga tayanib, o'z turmush sharoitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar».
«Vatan tuyg'usi» kitobining mualliflari: «Ma'naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari va aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha» deb ta'riflaganlar.
Bir qator olimlarimizning fikricha: «Ma'naviyat - insondagi ahloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta'sir qiluvchi tizim yoki ma'naviyat - insonning aqliy, ahloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy qarashlar yig'indisi hisoblanib, diniy va dunyoviy qarashlarining aks etish darajasidir».
Ma'naviyat - insonning ruhiyatini, uning o'z-o'zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni,yaxshilik bilan yomonlikni, go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish kobiliyatini, akl-zakovatini, yuksak maksad va g'oyalarni qo'ya bilishi, ularni amalga oshirish uchun harakat qilishi va intilishi salohiyati.
Ma'naviyat millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalaridan mavjud bo'lgan muammolarini ma'naviyatni rivojlantirish orqaligina hal etish mumkin. Chunki qaysi davlatda ma'naviyat yuksak darajada bo'lsa o'sha joyda johillik, hasadgo'ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, tekinxo'rlik, g'iybat, ko'rolmaslik, yovuzlik, tuhmat, ichkilikbozlik, fohishabozlik, poraxo'rlik qilish kabi salbiy illatlarga o'rin qolmaydi.

Ma'naviyatning asosiy kategoriyalari va uning rivojlanish qonuniyatlari

Ma'naviyat kategoriyalari – ma'naviyat fanining tayanch tushunchalaridir. Ma'naviyat kategoriyalari 2 guruhga bo'linadi:
1. Milliylikka oid tushunchalarga milliy o'z-o'zini anglash, milliy g'urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga mas'uliyat, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san'at, urf-odatlar, qadriyatlar, davlat tuzumiga, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, kasbining mohir ustasi bo'lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan xabardor bo'lish va uni qo'llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayotida faollik va boshqalar kiradi.
2.Odob-axloqqa oid tushunchalarga shaxsning o'z-o'zini anglashi, bilimdonlik, qalb tozaligi, sahiylik, samimiylik, hayrixohlik, iymon, halollik, e'tiqod, diyonat, poklik, mehr-shafqat, vijdon, rostgo'ylik, adolat, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafo, to'g'rilik kabilar kiradi.
Ma'naviyat qonunlari 2 guruhga bo'linadi:
Birinchi guruh qonuniyatlariga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog'liq bo'lgan qonuniyatlar kiradi. Shaxs, millat yoki jamiyat ichki salohiyati mustahkam, zaminlari chuqur bo'lishi ma'naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Ichki salohiyat nochor bo'lsa millatning bir butunligini saqlash, shaxs ma'naviyatini rivojlanishiga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazadi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o'zaro munosabatlari jarayonida sodir bo'ladigan «o'zaro ta'sir» va «o'zaro boyitish» orqali namoyon bo'ladigan jarayonlar kiradi.
Shaxsning ma'naviy kamoloti uning tug'ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma'lum bosqichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan hamkorlik natijasida yuzaga keladi. Inson boshqa insonlarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar bilan aloqa qilmasdan rivojlana olmaydi.

Ma'naviyatni rivojlantirish - davlat siyosatining asosi



Ma'naviyatning rivojlanishi davlat yuritayotgan siyosatga bog'liqligi uning jamiyatning rivojlanishiga asosiy turtki beruvchi hodisaligida namoyon bo'ladi. Masalan, sobiq sho'rolar tuzumi davrida ma'naviyat va u bilan bog'liq masalalarga sust e'tibor berilgan, buning oqibati o'laroq davlatda manqurtlar sonining ortib borishi hamda davlatning har sohada ortda qolib ketishi va ma'naviy parokandalik, ruhiy qashshoqlikning kuchayib ketishiga va davlatning inqirozga yuz tutishiga olib keldi.
Ma'naviyatning davlat siyosati darajasiga ko'tarilishining asosiy sabablari:\
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o'sishi bilan bog'liqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo'lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo'nalishidan kelib chiqqan holda o'zgartirmasdan turib ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi.
Ikkinchidan, ittifoq tarqalib ketishi bilan uning mafkurasidan kechish va har qanday mafkuraga qarshi kurashish jarayoni boshlandi. Bu esa odamlarning ma'naviyatiga, qadriyatlariga o'zining salbiy ta'sirini o'tkazdi. Ba'zi olimlar avval iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish zarur, ana o'shanda ma'naviyat ham o'z iziga tushib ketadi degan fikrlarni aytdilar. Bu esa insonlarni bir tomonlama ya'ni shaxsiy manfaatlarga ustuvorlik berish tuyg'usini kuchaytirib yubordi xolos, vatanparvarlik va milliy manfaatlardan o'zining manfaatlarini ustun qo'yish boshlanib ketdi.
Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi esa yangi jamiyat qurish uchun xatarli. Uchinchidan, ittifoqning tarqalib ketishi, iqtisodiy munosabatlarning uzilishi nafaqat bizda balki butun MDH hududida keskin iqtisodiy muammolarni yuzaga kelishi odamlarni dovdiratib qo'ydi, ko'pchilik hollarda yoshlarning ta'lim olish, kasb o'rganish o'rniga bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfi yuzaga keldi. Pul topish, o'z iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish albatta yaxshi, lekin bu shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid kelmasligi, ularning ma'naviy qashshoqlashib ketishiga olib kelmasligi lozim. Bunday xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To'rtinchidan, ittifoq davrida erishilgan barcha yutuqlar faqatgina Rossiya manfaatlariga xizmat qilib keldi, O'zbekistonga turli bahonalar bilan rus millati vakillarining ko'chib kelishi va bu yerda ruscha turmush tarzi, rus tili, rus an'analarini singdirish, mahalliy xalqlarni boshqarish hisobiga rus millati ma'naviyati ustivorligiga erishish va rus turmush tarzini shakllantirishga ham xizmat qilib keldi. Bunday ayyor va zo'rovona siyosat oqibatida millatlarning o'zligini anglashga bo'lgan intilishiga zarba berildi. Bu narsa millatning yo'q bo'lib ketish xavfini tug'dirdi. Bu salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millat rivojiga erishib bo'lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy ma'naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, millat katta yoki kichik bo'lishidan qat'iy nazar ma'lum moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchisi, istemolchisi, boshqalarda uchramaydigan, o'ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o'zining mustaqil o'rniga ega bo'lish kabi omillarni, ya'ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy zarurat darajasiga ko'tarilgan edi.
Oltinchidan, o'zbeklar jahon sivilizatsiyasiga o'zining katta hissasini qo'shgan xalqdir. Uning ma'naviyat, fan, madaniyat sohasidagi yutuqlari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotganicha yo'q. Ittifoq esa bizdagi bu yutuqlarni, bobokalonlarimizni unutishga intilar edi.
Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahonda o'zining munosib va adolatli o'rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma'naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Yettinchidan, ma'naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma'lum maqsadlar sari davlat atrofida uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug'lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan mexanizmdir. Bu muhim mexanizmdan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizni qaddini ko'tarishda foydalanishga bo'lgan ehtiyoj davlatimiz hukumati tomonidan o'z vaqtida anglab yetildi.
Mustaqillikdan so'ng ma'naviyatni rivojlantirish va milliy merosni qayta tiklashni davlatimiz hayotida ustuvor siyosat darajasiga ko'tarildi. Shu sababli Prezident tomonidan 1994 yil 23 aprelda «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil qilish to'g'risida»gi, 1996 yil 9 sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risidagi, 1999 yil 3 sentyabrda «Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi» farmonlari chiqarildi. Ushbu farmonga muvofiq oliy o'quv yurtlarida 1997 yildan buyon «Ma'naviyat asoslari» fani va maktablarda «Odobnoma» darslari o'tilmoqda, viloyatlarda va korxonalarda markazlar ishlab turibdi.
Milliy ma'naviy tiklanish kontseptsiyasi I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, quyidagi masalalarni o'z ichiga oladi:
1. Ma'naviy meros va diniy qadriyatlarni o'zlashtirish, milliy tuyg'ularni mustahkamlash.
2. Milliy g'oya va mafkurani shakllantirish, uni xalqimiz dunyoqarashiga aylantirishga erishish.
3. Ta'lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish...
4. Milliy, ma'naviy salohiyatimizning jahon sivilizatsiyasidagi o'rnini tiklash va hozirgi zamon umumjahon ma'naviyati tizimi rivojiga hissa qo'shish.
5. Yoshlar ma'naviyatini milliy g'oya bilan boyitib borish, ular ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish.

6. Insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha boyliklarni milliy – ma'naviy salohiyatimizning ajralmas qismiga aylantirish.


Xulosa qilib aytganda, ma'naviyat insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi ijtimoiy hodisa, odam ruhiy va aqliy olamining majmui, inson qalbidagi ilohiy nurdir.


Download 75,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish