O'zbekiston Milliy Universiteti
Tarix fakulteti tarix(mamlakatlar va mintaqalar yo'nalishi) 2- kurs 204- guruh talabasi Sheripbayeva Sharofatning Raqamli tarix fanidan tuzgan slaydi
Katta Guldursun (mil.av. IV-III asrlar- milodiy III, XII-XIII asrlar) haroba - ilk antik davrda paydo bo’lganiga qaramasdan, Xorazmshohlar sulolasing eng yorqin yodgorliklaridan biri hisoblanadi. U Qadimgi Xorazmning eng katta qal’alaridan biri hisoblanadi. Katta Guldursunning maydoni 80, 500 m.2 (350x230 m.) bo’lib, uning tuzilishi noto’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lgan va burchaklari asosiy tomonlarga yo’naltirilgan. Qal’aning darvozasi sharqiy devorning o’rtasida joylashgan.
Qal’aning devorlari pastki qismidagi antik devorlar va minoralar paxsadan, uning keyingi qismlari esa xom g’ishtdan qurilgan. Devorlar hozirgi kungacha o’z balandligini yo’qotmagan va ba’zi joylarda u 15m gacha yetadi. Keyinchalik, XII-XIII asrlarda ushbu devorlar Xorazmshohlar tomonidan qayta qurilgan. Qal’a istehkomlari ikki qavat mustahkam minoralaga ega tashqi devor bilan yanada mustahkamlangan.
O’rta asrlarda qal’a asosan faqat strategik maqsadlarda ishlatilgan va unda deyarli aholi istiqomat qilmagan. Qazilmalar davomida qal’aning ichidan ko’plab antik va o’rta asrlarga oid sopol buyumlar, bronzadan yasalgan buyumlar va bezaklar, antik va o’rta asrlarga oid tangalar topilgan. Ushbu tanga topilmalaridan shunday xulosa qilish mumkinki, Katta Guldursun hududidagi eng so’nggi aholi istiqomat qilgan davr- Xorazm mo’g’ullar tomonidan bosib olingan, Muhammad Xorazmshoh hukmdorligi davri, 1220-yilga borib taqaladi.
Katta Guldursunning katta xarobalari afsona ertaklar bilan qamrab olingan. Yaqingacha, xalq orasida qal’a ichida yashirin yer osti yo’li borligi va u vahshiy ajdar tomonidan qo’riqlanishi to’g’risidagi rivoyat keng tarqalgan edi. Agarda kimdir Guldursun xazinasi ilinjida pastga tushsa, uni katta omadsizlik kutishiga ishonilgan.
Mushkulshod jome qabristoni va masjid taxminan 700 yillik tarixga ega. O‘sha davrda u yerda faqat chillaxona va hujralar, keyinchalik masjid qurilgan. U zotning o‘limidan 132 yil keyin Sohibqiron Amir Temurning Shayx Zayniddin bobo qabri ziyorati natijasida ul zotga ixlos va hurmat ko‘rsatib maqbara qurdirgan. Maqbara shu kungacha bir necha bor ta’mirlangan. Minora gumbazli, masjid binosi 6000 namozxonga mo‘ljallangan bo‘lib, ikki yoni ikki qavatli xonaqoh, yerto‘la, romli ayvon, tahoratxona, talabalar uchun yotoqxona, oshxona, mutavalli va imomlar xonasidan iborat. Tahoratxonada issiq, sovuq suv mavjud, kanalizatsiya ulangan. Xonaqohga o‘rnatilgan maxsus uskuna vositasi bilan yozda salqin, qishda esa issiq bo‘ladi.Masjid 04.08.1998 yil № 2 raqam bilan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. Mustaqilligimizning 20 yillik bayrami arafasida masjid binosining ichki qismi kapital ta’mirdan chiqarildi. Ta’mir jarayonida masjid intereri uchun xos bo‘lgan xattotlik san’ati, ganch va yog‘och o‘ymakorlik ishlari keng qo‘llanildi. Sulton Uvays Bobo majmui— Beruniy tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (17—19a.lar). Sulton Uvays (asl ismi Suhayl ibn Omir ibn Rumon ibn Nohiya ibn Murod) Yamanning Qaran qishlogʻi Murodiy qabilasida (mil. 625 y.da) tugilgan. Hazrati Ali va Muoviya askarlari oʻrtasidagi Siffin jangi (657 y.)da 32 yoshida shahid boʻlgan. Suriyaning Sofa qishlogʻida dafn etilgan. Sulton Uvays hadislar yigʻish bilan shugʻullangan (7a. 1-yarmi). Uning izdosh muxlislari 17-asrda ramziy kabr (Shohabbos hozirgi Beruniyda) va ziyoratgoh bunyod etishgan. Olloqulixon shayxga atab katta masjid va alohida 10 ta chillaxona qurdirgan (19-asr). Majmua toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (21,5x53 m), shimoldan — janubga tomon yoʻnaltirilgan. Sulton bobo maqbarasi, keyinchalik bunyod etilgan (asosan, gumbazli) maqbaralar va b. atrofi gʻishtin devor bilan oʻralgan hovlining shimoliy qismida joylashgan. Janubda masjid, ayvon, xujra va mehmonxonalar bor. Majmuaga gʻarbdan kiriladi. Sulton uvays bobo majmui oʻrta asr Xorazm meʼmoriy anʼanalari asosida (pishiq gʻishtdan) qurilgan. Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan ziyoratxona, kirish qismi taʼmirlangan (2002). Sulton Uvays bobo maqbarasi Amudaryoning quyi tomonidagi aholining eng sevimli joyi bo‘libgina qolmay, balki sayyohlik markazi hamdir. shayx Zayd masjidi (arabcha: مسجد الشيخ زايد) — Dunyoning eng yirik masjidlaridan biri Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi Prezidenti Shayx Zayd ibn Sulton al Nahayon sharafiga Abu Dabi shahrida barpo etilgan Masjidga nomusulmonlar ham (ekskursiya maqsadida) tashrif buyurishi mumkin Ushbu masjid binosining gilami dunyodagi eng yirik gilam boʻlib uning ogʻirligi 47 tonnadir ,Masjid binosining markazidagi qandilning ogʻirligi 12 tonna Masjid 40 ming namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |