Guljamol asqarova she’rlarida ayol ruhiyatini namoyon etuvchi grammatik vositalar



Download 59,65 Kb.
bet1/7
Sana22.04.2022
Hajmi59,65 Kb.
#571702
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Chamanoyga G. Asqarova


GULJAMOL ASQAROVA SHE’RLARIDA AYOL RUHIYATINI NAMOYON ETUVCHI GRAMMATIK VOSITALAR
O’zbek tilida ma’no ifodalashningning uch xil turi bor: Leksik ma’no, grammatik ma’no va uslubiy ma’no. So’zning leksik ma’nosi – so’zning material qismi1 — leksema bildiradigan ma’no bo’lib, muayyan tovushlar majmuyini ma’lum obyektiv voqelikka bog’lash bilan kishi ongida yuzaga keladigan mazmun-mundarija, lug’aviy ma’no hisoblanadi. Yevropa tilshunosligida leksik ma’no “so’zlarning katalogi”2 deb qaralib, ongda yaxlitlikda mavjud “obyekt”dir. Masalan, “ Bolalarni o’ynatdik” gapidagi birinchi so’z hali yosh, voyaga yetmagan odamni, go’dakni, ikkinchi so’z esa harakatni (bola bilan bog’langan harakatni) bildiradi. Demak, "bola" va "o’yna" so’zlaridan ifodalanadigan mazkur aniq ma’nolar shu so’zlarning leksik ma’nolaridir. So’zning leksik ma’nosi muayyan so’zning aniq mazmunini (narsa, belgi, harakat tushunchalarini ifodalash, emotsiyalarni bildirish) tashkil etadi. So’zning leksik ma’nosi o’zak-negizning o’zi bilan ifodalanadi; yasovchi affikslar ham so’zdagi material qismning ichiga kiradi. Shu jumladan leksik ma’no so’z yasalishi va leksikologiya bilan bog’liqdir. So’zning leksik ma’nosi shu so’zning o’zigagina tegishli xususiy ma’no bo’lishi bilan bir qancha o’xshash so’zlar uchun umumiy hisoblanadigan, umumiylik xarakteriga ega bo’lgan grammatik ma’nodan farq qiladi. Dissertatsiyamiz birinchi bobida Guljamol Asqarova she’riyatida ruhiy holat ifodalovchi leksik birliklarning semantik tasnifida yuqoridagi fikrlarimizga misollar keltirilgan.
So‘z lug‘aviy ma’nodan tashqari grammatik ma’noga ham ega bo‘ladi. So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatib, uning ma’lum bir grammatik shaklga egaligini ifodalaydigan ma’no grammatik ma’no deyiladi3.Masalan, qalam, suv, tosh, uy so‘zlarining har biri uchun taalluqli bo‘lgan lug‘aviy ma’nodan tashqari, ular uchun umumiy bo‘lgan ma’no, ya’ni ularning ot turkumiga mansubligi, narsalik tushunchasi, bosh kelishik va birlik shakl-daligi kabilar mazkur so‘zlarning grammatik ma’nosini tashkil qiladi. Demak, so‘zning lug‘aviy ma’nosi xususiy (ya’ni har bir so‘zning o‘zigagina xos bo‘lgan ma’no), grammatik ma’nosi esa umumiydir.
So‘z lug‘aviy ma’no-tushunchadan tashqari, insonning narsa va hodisaga bo‘lgan ijobiy yoki salbiy munosabatini ham bildiradi. Insonning ijobiy va salbiy munosabati so‘zning hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i deb yuritiladi. Masalan, yuz, aft, bashara, turq, chehra, oraz, chiroy kabi sinonimlar qatorida yuz so‘zi odam a’zosining biri haqidagi tushunchani anglatadi, bu ijobiy yoki salbiy ma’no ottenkasiga ega bo‘lmagan betaraf so‘z. Aft, bashara, turq so‘zlarida so‘zlovchining asosiy-bosh tushunchaga qo‘shimcha salbiy munosabatini ifoda etuvchi ma’no ham mavjud. Chiroy, chehra, oraz, ruxsor so‘zlariga so‘zlovchining ijobiy (hayrihoxligi, yoqimli, go‘zal kabi ma’no) munosabati ham yuklatilgan. Bunday qo‘shimcha ma’no ottenkalar kishilarning hissiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. So‘zdagi salbiy hissiy-ta’siriy bo‘yoq muayyan matn tarkibida oydinlashadi.Bet so‘zi «Beti qursin» ga’ida salbiy ma’no, «Beti-betiga tushsa nima deydi» ga’ida bu salbiy ma’no kuchsizlanadi. Kitobning beti birikmasidagi beti so‘zida salbiy ma’no umuman yo‘q. Dissertatsiyaning ikkinchi bobida Guljamol Asqarovaning she’rlarida ayol ruhiyatini namoyon etuvchi grammatik vositalar xususida so’z yuritiladi. Grammatik ma’no – tilda muntazam (standart) ifodaga ega bo‘lgan grammatik birlikning mavhum lingvistik mazmuni4 hisoblanadi. Grammatik ma'no individual emas, chunki u umumiy morfologik xususiyatlar va sintaktik funksiyalar bilan birlashtirilgan so'zlarning butun sinfiga tegishli. Ayrim xususiy grammatik maʼnolar soʻzda turli grammatik shakllarda oʻzgarishi mumkin5 (qarang. otlarda son va hol maʼnosini yoki feʼl shakllarida zamon maʼnosini oʻzgartirish, soʻzning leksik maʼnosi esa oʻzgarishsiz qoladi). Shu bilan birga, so'zning grammatik ma'nosini o'zgartirish imkoniyati nutqning ma'lum bir qismining grammatik ma'nolari to'‘lami, har bir tilda ularning ro'yxatining "yo’iqligi" bilan cheklangan, leksik ma'nolar ro'yxati esa ochiq, chunki har qanday tilning leksik tizimi ochiq, demak, u yangi so'zlar va shunga mos ravishda yangi ma'nolar bilan to'ldirilishi mumkin. Leksik maʼnodan farqli ravishda grammatik maʼno soʻz kabi toʻgʻridan-toʻgʻri ifodalanmaydi, balki ma’no qatʼiy belgilangan shaklda, unga maxsus biriktirilgan grammatik vositalar (affikslar) yordamida ifodalanadi. U go'yo so'zning leksik ma'nosiga hamroh bo'lib, uning qo'shimcha ma'nosi hisoblanadi.
So'zning grammatik ma'nosiga ko'‘incha uning hosila ma'nosi kiradi (agar so'z hosila bo'lsa), chunki so'z yasalishi tilning grammatik tuzilishiga kiradi. Hosil maʼno faqat turtki soʻzlarga xos boʻlgan, soʻz yasalish vositalari bilan ifodalangan umumlashgan maʼnodir. Tuzuvchi va hosila so'z o'rtasidagi semantik munosabatlar turli yo'llar bilan rivojlanishi mumkinligi sababli, so'z yasash ma'nosining bir necha semantik turlari ajratiladi: hosila so‘z hosil qiluvchi xususiyatning tashuvchisi vazifasini bajaradi (qarang. so‘zdagi “atributiv xususiyatning tashuvchisi” ma’nosini bildiruvchi sub’ektni xarakterlovchi hosila), Shu bilan birga, hosil bo'lgan so'zning nutq qismining atributi hosil qiluvchi bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi mumkin. Trans’ozitsiya turi, bunda hosila soʻzning maʼnosi hosil qiluvchi soʻzning grammatik semantikasini toʻliq saqlaydi, garchi u boshqa ga’ boʻlagi sinfiga oʻtgan boʻlsa ham (qarang. soʻzdagi obʼyektiv harakat maʼnosi). yurish yoki so‘zdagi mavhum xususiyatning ma’nosi donolik) va modifikatsiya turi, bunda qoʻshimcha semantik kom’onent olgan hosila soʻzning maʼnosi faqat oʻzgartiriladi, chunki hosil qiluvchi soʻzning maʼnosi hosilaning semantik doirasiga toʻliq kiradi, tegishli qismi oʻzgarmaydi.
Grammatika (yun. grammatike, gramma soʻzidan – harf, yozish) – tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va ga’larni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. 2) Grammatik kategoriya - 1) maxsus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarish, birikish va ga’ hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. Grammatik kategoriya grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng boʻlmaydi. Masalan, bizning oila - toʻq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak - ega va kesim mavjud. Otlaring birlik va ko’’lik shakllarida ishlatilishi grammatik son kategoriyasi deyiladi. Son kategoriyasi otlaming muhim morfologik belgilaridan bo’lib birlik va ko’’lik shakllari asosida son kategoriyasi vujudga keladi. Otlarning birligi biror vositasiz ifoda etiladi. Ya’ni otning ko’’likni bildiruvchi -lar qo’shimchasi mavjud bo’lmagan holati birlikdir: kiyim, uy, ovqat, o’quvchi, kitobxon, murabbiy kabi.
Otlaming ko’’ligi -lar qo’shimchasi bilan ifodalanadi: o’quvchilar, kitoblar kabi. Ko’’likning -lar qo’shimchasi orqali ifodalanishi morfologik usul bilan ifodalangan ko’’likdir. Bundan tashqari otlarda ko’’likni hosil qiluvchi boshqa vositalar ham mavjud. El, olomon, xalq kabi o’zi birlikda bo’lib, mazmunan ko’’likni bildiradigan so’zlar ham mavjud. Bunday ko’’lik lug’aviy – semantik usul bilan hosil bo’lgan ko’’likdir.
Otlarning ko’’ligi miqdor bildiruvchi so’zlarni otlardan oldin keltirish bilan ham hosil qilinadi: bir talay ish, bir necha kun kabi. Ko’’likning bunday ifodalanishi sintaktik usul bilan ifodalangan ko’’likdir. Sintaktik ko’’lik otlardan oldin sonlarni: o’n kishi, yuz xonadoni, olmoshlarni qancha ish, shuncha odam, necha kun keltirish bilan ham hosil bo’ladi.
Masalan, Ikromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmas ekan. (S.A.) Shuningdek, ot oldidan so’zlarni takrorlash orqali sintaktik ko’’lik hosil bo’ladi: savat-savat meva, uzoq-uzoq yo'l. Otasining har qadamida allaqanday kishilar bilan uzoq-uzoq so'zlashuvidan zerikardi. (A.Q.)
Lug’aviy semantik va sintaktik usul bilan ifodalangan ko’’lik so’zning morfologik tuzilishi bilan bog’lanmagan holda, morfologik ko’’lik so’zning tuzilishi bilan bog’liq. Shuning uchun -lar qo’shimchasi bilan hosil bo’ladigan ko’’lik so’zlarning ma’no xususiyati bilan bog’liqdir. Shu bilan birgalikda -lar qo’shimchasi o’zbek tilida ko’’likni hosil qiluvchi yetakchi vositadir. Biroq, bu qo’shimcha barcha otlarga qo’shilavermaydi, yoki qo’shilganda ham doimo ko’’lik ma’nosini ifoda etavermaydi.
-lar qo’shimchasining barcha otlarga qo’shilmasligi hamma otlarning ham grammatik ko’plikda qo’llana olmasligini ko’rsatadi. Donalab sanalmaydigan otlarga -lar qo'shimchasi qo’shilganda ko’’likni emas, balki narsa - predmetning turini xilini anglatadi. Shunga ko’ra -lar qo’shimchasi ko’’likdan tashqari yana quyidagi ma’nolarni ifodalaydi.
1. Donalab sanab bo’lmaydigan predmet nomlariga qo’shilganda ularning turli – tumanligini, har hilligini bildiradi: tuzlar, sutlar, bug’doylar, yog’lar, unlar, qirqmalar (qovun turi).
Yomg’irlar yog’mokda boshimni silab,
Sizni kуgaяpman intizor, bedor.
Ismingizni aytsam mahzun shivirlab,
“Sen bilan qolaman” demokda bahor.
2. Mavhum otlarga qo’shilganda, shu otdan anglashilgan ma’no kuchayadi. Masalan: Ming turlik xayollarga borib qaytdi.
Qizg’aldoqlar qonimga keling,
Ishq dardlari jonimga keling,
Yorijonim, yonimga keling,
Bahor keldi aхir olamga.
3. predmetlarning noaniq bo’lgan ko’p miqdorini ifodalaydi. Suhbatlar goh qizib, goh davom etardi. (O.) Biz bo’lajak adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas, undan chiqish yo’llarini ham ko’rsatishimiz mumkin. (A. Q.)
Azal shunday oshiqlar holi,
Abad hamroh vasl-u ayriliq.
Harir tunlar oldinda hali,
Kel, yўlbarsim, qaфasingdan chiq.
4. Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik qo’shimchalaridan keyin qo’shilib hurmat ma’nosini ifodalaydi: otamlar, onamlar kabi.
5. Shaxsni anglatuvchi so’zlarga qo’shilib, piching, kesatish va hurmat ma’nolarini anglatadi.
6. Payt, vaqt bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, taxmin ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Shu gapdan bir hafta chamasi keyin va chorlar kutishning beshinchi kunlari edi. (A. Qod.)
7. Juft ‘redmetlarini bildirgan so’zlarga qo’shilganda ko’plikni emas, balki ularning ikkitaligini ta’kidlash ma’nosini ifodalaydi: ko’zlar, quloqlar, qoshlar, lablar, torlar kabi. Masalan: Bugуn Sizni kuzatdim yo’lga,
Qo’llarimni cho’zdim Siz tomon.
Azal-abad tilangan qo’lga,
Muhabbatni qilurlar ehson..
8. Kishi organizmi a’zolariga qo’shilganda ta’kid kuchayadi: yuraklar, tillar, burunlar.
Varraklarda uchar yuraklar
Yuraklardek uchar varraklar,
Bir diydor deb jonim halaklar,
Bahor keldi aхir olamga.
9. Atoqli otlarga qo’shilganda umumlashganlik, o’xshaganlik ma’nolari anglashiladi. Ajoyib naslsiz, sizdagi talant. Amular, Sirlarning mazmunidan mo'l. (G'.G'.)
10. Aniq va mavhum otlarga qo’shilib, hurmat, izzat ma’nolarini ifodalaydi. Xotiralariga malol kelmagay, hazrat. (O.) Qadamlariga hasanot, ko’p xursand bo’ldik.(O.)
Jim tursam, jonimda isyonlar turar,
Tomirim, qonimda sha’n-shonlar turar,
Yerman, lek, poyimda osmonlar turar,
Bу qon, suyak bilan qayga boraman?
11) Shaxs kategoriyasi ish-harakatning biror shaxsga munosabatini bildiradi. Masalan: I shaxs ish-harakatining so’zlovchi tomonidan bajarilishini, II shaxs ish-harakatining suhbatdosh tomonidan bajarilishini bildiradi. Ba’zi tillarda shaxs-son boshqa so’z turkumlari orqali ham ifodalanadi. Masalan: Biz ishchimiz.
12) So’zlarning ga’da bir-biriga bo’lgan munosabatlarini kerakli shakllarda ifodalagan grammatik hodisaga kelishik kategoriyasi deyiladi. Kelishik kategoriyasi har bir tilga xos ma’lum grammatik vositalar orqali gapdagi so’zlarning bajarayotgan vazifasini aniqlab beradi. Turli so’z shakllarini o’z ichiga olgan morfologiya sintaksis bilan bir bo’lib tilning kommunikativ vazifasini bajaradi.
So‘zning keng ma’nodagi grammatik ma’nosining moddiy ifodasi uning grammatik shaklidir. Soʻzning tor maʼnosida grammatik shakl deganda soʻzning muntazam oʻzgarishlaridan biri tushuniladi (masalan, soʻzning oʻz kelishigi yoki kelishigidagi har qanday shakli). Grammatik ma’no va grammatik shakl bir-biridan ajralmas, ular lisoniy belgining ikki tomonidir. Leksik va grammatik ma'nolarni qarama-qarshi qo'yishda so'z elementlarining funktsional tasnifi - morfemalar asoslanadi. Biroq, ildiz, ‘refiks, qo'shimchalar, qo'shimchalar va boshqalarga bo'linish ma'nolarni batafsilroq ko’rishimiz mumkin. Grammatik ma’nolarni ifodalashda ishtirok etuvchi vositalar barcha tillarda bor, lekin ularning miqdori chegaralangan, bu vositalar qatoriga affiksatsiya, ichki fleksiya, reduplikatsiya, so’zlarni qo’shish, urg’u, intonatsiya, yordamchi so’zlar, so’z tartibi va su’’letivizm kiradi. Ularning har birini alohida ko’rib chiqamiz. Affiksatsiya so’zning o’zagiga yoki asosiga turli affikslarni (prefiks, infiks, suffiks, fleksiya yoki qo’shimchalar) qo’shish yordamida grammatik ma’noni ifoda qilish vositasidir. Turkiy tillarda, xususan o’zbek tilida prefiks faqat boshqa tillardan o’tgan so’zlarda uchraydi. Masalan, o’zbek tilida tojik tilidan olingan be- (bemalol, beminnat kabi), bo- (boadab), ba’zan ba- shaklida (badavlat) ‘refikslari ko’p qo’llanadi. O’zbek tilida -gina suffiksi erkalash va kichraytirish ma’nolarini ifodalaydi: yaxshigina, kichkinagina, shiringina kabi. Kelishik qo’shimchalari, ko’plik qo’shimchasi va fe’l shakli, zamoni va hokazo qo’shimchalar grammatik ma’noni ifodalashda keng qo’llanadi. Affiksatsiya ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarda ko’p tarqalgan. Guljamol Asqarova she’riyatida ayol ruhiyatini ifodalovchi grammatik vositalardan affiksatsiya usulidan ham foydalanilgan o’rinlarni kuzatishimiz mumkin. Masalan, quvnoq, yangroq, baxtli, o’ynoq, xushhol, xushnud, xurram, shodmon kabi sifatlar shoira she’riyatida ayol ruhiyatini ko’rsatishga xizmat qilgan.
Yursam to‘rt tarafim gulzor bo‘ladi,
Gullayman, har kunim bahor bo‘ladi,
So‘z aytsam ash’oru alyor bo‘ladi,
Men shu go‘zal yurtning baxtli qiziman6.
She’riy parchada baxtli leksik birligi baxt(ot) +li(egalilikni bildiruvchi grammatik vosita ) hosilada baxtga ega(sifat) ma’nosida kelib, kontekstda ayolning baxtli ekanligini namoyon qilgan.

Download 59,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish