www.ziyouz.com kutubxonasi
46
vazifasining qiyomatda ko‘rinishidir.
Mavlono Jaloliddin Rumiy:
'Tuproqqa qaysi urug‘ otilib, takror tirilib chiqmas,
Nechun inson urug‘i tuproqda tirilishidan gumonsiraysiz?" - deydilar.
Ma’lumki jonlining genetik kartalari shifr holidan vujud holiga kelishi sahifasi - bu murtak
(embrion)ning shakllanishi jarayonidir.
Olloh jonli shifrlarini, ya’ni genetik kartalarning ochilishini (murtak tashakkulini) uch yo‘l bilan
bergandir:
a) tuxum;
b) ona rahmi;
v) tuproqda rivojlanish.
Murtak tashakkulida bu uch turli yo‘l ham ishtirok etadi.
Tuxum genetik karta va kerakli aminokislotalari bilan birga yopiq bir laboratoriyadir. Tashqaridan
faqat issiqqa muhtoj, goho-goho nurga ham(ba’zi sudraluvchilar tuxumlarini ko‘zlaridan taraluvchi nur
bilan rivojlantiradilar). Ona rahmi esa ochiq bir laboratoriyadir, genetik hujayralarning ishlashi uchun
kerakli aminokislotalarni qondan oladi.
Tuproqqa kelinsa, u qisman ona rahmiga o‘xshaydi. Tuproqqa tushgan qonda (urug‘da,
danakda) rushaymin (embrion, murtak) muhtoj bo‘lgan ba’zi aminokislotalarni quyuqlashgan (qotgan)
bir shaklda, ichida saqlab qo‘ygandir. Tuproqning bo‘lguvsi jonliga ona sifatidagi yordami ko‘proq ion
jihatidandir. Aslida tuproq bu ion materiallarini yomg‘ir suvining elektrik kuchi yordamida, ko‘proq
suvi yordamida ishga soladi. Lekin murtak rivojlanishi uchun aminokislotalarga, ularni asosini tashkil
etuvchi benihoya muhim modda - azotni tayyorlab berishga majburdir. Bu azot esa, uch qo‘lli fosfor
bazasi yordamida ishga kirisha oladi. Bu borada tuproqdagi mikroblarning bu benihoya muhim azotni
tayyorlab berishlarini unutmaslik kerak. Jamiki bu haqiqatlarni ko‘z oldimizga keltirsak, tuproq jonlilar
uchun muhtasham bir jon bankidir.
Mana, oyat juda muhim bo‘lgan bu hikmatni ham bizga o‘rgatadi. Bu mavzudagi eng qimmatli sir
esa jonlining asosiy qurilmasi DNAga oiddir. Kimyoviy birikmalar qaysi qavatlarda ishlashga
kirishmasin, bari bir jonlilik bu matematik bir taqdir dasturidir.
5. BO’G’OZLARNING HIKMATI
Asrimizning eng taniqli tadqiqotchi olimlaridan Jaqus Kusto ikkinchi oti: kapitan Kusto musulmon
bo‘ldi. Dengiz osti hayotini tadqiq qilish bo‘yicha eng usta va mohir olim hisoblanuvchi bu inson
ummonlar tagida ilohiy ko‘rkamlikni ko‘rib, hayratlarga cho‘mdi va ko‘nglida haqiqat nuri porlay
boshladi.
Jaqus uchun, ochig‘i, bir bahona kerak edi. Bir kuni yangi bir tadqiqot qildi. Bo‘g‘ozlar va
ularning ikki yonidagi dengizlarning qo‘shilishini, har ikki dengiz ostidagi hayotning farqlarini
o‘rganayotgan edi. Darhol aniqlagan narsasi shu bo‘ldiki, bo‘g‘ozlarda, xususan, Adan ko‘rfazi bilan
Qizil dengiz tutashadigan Bob ul~Mandap bo‘g‘ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani) bilan Oq
dengiz (O’rta dengiz) tutashadigan Jabali Torik (Gibraltar) bo‘g‘ozida ikki yondagi dengiz bir-biri bilan
qat’iyan aralashmas ekan.
Jaqus Kusto butun tadqiqotchilik zakosini ishga solib, bu hodisani o‘rgandi: ikki bo‘g‘oz ostida
ham 45 daraja qiyalikka duch kelgan yer osti suvlari taralib pishqirar va ikki dengiz taralish jarayoni
tufayli bir-biriga aralashmas edi. Shu tariqa oradagi jarayonga qaramay, bo‘g‘ozning ikki yonidagi
ayri-ayri dengiz suvi birlashib ketishidan o‘zini saqlar edi.
Olim bu hodisani ko‘p qiziqarli deb bildi va matbuotda e’lon qildi. Shunda bo‘ladigani bo‘ldi.
Oldinroq musulmon bo‘lgan bir do‘sti Moris Bejard bu haqiqatning o‘n besh asr oldin Qur’onda
yozug‘lik ekanligini bildirdi (55-sura, 19-20-oyatlar):
Maraj al bahrayni yaltakiyoni, bayna humo barzahun lo yabg‘iyon
Ya’ni:
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |