Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

54

yetishgan kishi, o‘z-o‘zidan bir insonlik mehrini qozonadiki, bu tiriklik uni yana bir o‘lmaydigan 



hikmatga yetishtiradi.  

Qur’ondagi hay hikmatining juda muhim jihati shundaki, u insonga g‘ayrat beradi. Boshqacha 

aytganda o‘lik qalblarni tiriltiradi. Yana aniqrog‘i qalblar ma’naviy jihatdan faqat Qur’on bilan jonlandi, 

ya’ni qalb uning oyatlaridan kelgan hay siri bilan ko‘zini ochgan uyqudagi go‘zal kabidir. Uni bir 

tarafdan alast xitobi (chorlovi) bilan, ikkinchi tarafdan haqiqiy yurti bo‘lgan jannat hidi bilan faqat 

Qur’on tiriltiradi. 

Haq oshiqlari chuqur uyquga ketsalar ham ba’zan darhol uyg‘onadilar, ba’zan bir turli ko‘zalarini 

ocholmaydilar. Shu vajdan Qur’onni idrok etolmagan qalbga o‘lik ko‘z deb qaraladi. 

Qalbning jonlanishi vijdonning tug‘ilishi va imon olovining yonishi bilan ko‘zga tashlanadi. Undan 

keyin bu tirilish gul g‘unchasining ochilishiday qavat-qavat bo‘lib davom etadi va to‘xtaydi. 

Namoz va namozda Fotihaning kunda 40 marta o‘qilishi naq abadiyatgacha davom etadigan bu 

jonlanishga xush ohang qo‘shadi. 

So‘ngsiz go‘zalliklarda odam hech to‘ymaydigan zavq olamida, har kun yangi bir makonning 

tomoshasi va har kun yangi bir lazzatning siri tajalli etadi. Qur’on mana shunday: insonni har kuni 

yangi bir olamning tirikligiga eltadigan Ilohiy mo‘jiza. Va buni boshidan o‘tkazganlar: "HAYF Qur’onni 

faqat kitob deb bilganlarga!" - deya xitob qiladilar. 

 

B) Yurak va Qur’on .



 

Qur’onning boshqa so‘zlardan va qo‘lyozmalardan eng katta farqi yurak bilan uning orasidagi  

munosabatdir.  

Shu bois, kitobimizning boshidan beri sharhlashga urinayotganimiz Qur’on mo‘jizalarining eng 

muhim siri yurakda tavallud topadi. 

"Inson bilinmazi" ("Insonning bilib bo‘lmas tomonlari") 

degan kitobimizda yurakka oid batafsil 

ma’lumot berilgan. Bu yerda faqat bir xulosamizni aytaylik: Insonning yuragi moddiy qurilishi 

jihatdan, vujudning boshqa asab tizimlaridan farqli o‘laroq, butunlday bo‘lakcha bir hissiy vasfga ega. 

Sevgilar, alamlar, hatto gina va ehtiros ham uning moddiy qurilishini juda qattiq ta’sir ostiga oladi. 

Biroq hodisani uzoq o‘ylaganda miyamiz qanday horisa, bunday his-tuyg‘ular bilan yuragimiz ham 

shunday horiganini, hatto shikastlanganini farqlaymiz. 

Qalbimizning ma’naviy jihati juda muhimdir. Oldindan sezishlar yuragimizning ma’naviy tomonini 

aniq ko‘rsatuvchi tugal chizgilardir. Bugun-erta yuz beradigan hodisani oldindan his qilish yoki olis 

kelajakda bo‘ladigan voqeani, masalan, qo‘lga katta boyliklar tushajagini oldindan sezish kabi 

xususiyatlari hamma tan oladigan, hech inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Insonning eng bilib 

bo‘lmas tomoni mana shu yuragining ma’naviy xususiyati bilan bog‘liq. Ishonch markazi yurak 

ekanligi ham undagi bu xususiyatni bizga o‘zgacha bir tushuntirish tarzidir. Aql hamda fikr idrok 

qilishga qiynaladigan haqiqatlarni yurak shu xususiyati tufayli tez idrok qiladi, bir lahzada sezadi. Aql 

va fikr barcha hodisalarni o‘z bilimlari majmui va zamon formulasi doirasida baholaydi. Qolbuki, yurak 

bunday boylikka va zamonga ehtiyoj tuymaydi, bilinishi kerak bo‘lgan narsani (hodisani) sezadi va 

to‘g‘ri topadi. Yurak bilan aqlning ishlash tarzlarini, matematik bir hisob misolida chog‘ishtirib ko‘rish 

mumkin: ya’ni bu qog‘ozga yozilgan narsalarning hisoblanishi bilan barcha ma’lumotlar joylashtirilgan 

elektronik miyaning javob berishi orasidagi farqqa o‘xshaydi. Yurak bamisoli hamma ma’lumotlar bilan 

jihozlangan elektronik bir aqlga o‘xshaydi. Sizning kunlarcha yuritgan hislaringiz ko‘ngil tugmasiga 

bosib bir onda chiqariladi. 

Qur’on, koinot sirlarini tashuvchi umuman shifr orqali tushuniladigan ilohiy noma bo‘lgani uchun 

faqat yurak yo‘li bilan qamrab olinishi mumkin. Qur’on o‘qilganda Qur’on tilini hech tushunmaydigan 

odam ham undan bir narsalarni anglashi mumkin, chunki yurak aql ishlatadigan ma’lumot xazinasi 

bo‘lmish sarmoyani ishga solmaydi. U, koinotga oid bir sirni sezarkan, aql kabi bir qator old 

hukmlarga muhtoj emas, shu tufayli tildagi farq ham unga mone bo‘lolmaydi. 

Qur’onning ko‘ngilga xitob qiluvchi bu sirlari uning ohang tizimidagi go‘zallik ta’sirida boshlanadi. 




Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish