SEZGI ORGANLARI
Sezgi organlarining ahamiyati
Sezgi organlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Markaziy nerv sistemasiga tashqi va ichki muhitda sodir bo’lib turadigan barcha jarayonlar to‘g‘risida axborot kelib turadi. Bu axborot sezgi organlari orqali qabul qilinadi. Har bir sezgi organi faqat muayyan turdagi ta’sirot idrok etilishini ta’minlaydi. Masalan, ko‘z yorug‘likdan, quloq tovushdan ta’sirlanadi.
Sezgi organlarida joylashgan retseptorlar tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirni nerv impulslariga aylantiradi. Retseptorlarning har biri muayyan ta’sirni qabul qilib, nerv signallariga aylantiradi, Retseptorlar o‘z ta’sirlovchisiga juda sezgir bo'ladi.
Masalan, ko‘z retseptorlari bir kvant yorug’likda ham ko'rish sezgisini hosil qiladi. Quloqning nog'ora pardasi tovush vodorod atomidan o‘n marta kichik masofaga siljiganida ham retseptorlarda tovush signallari hosil bn'ladi. Hidli moddaning bir necha molekulasi hid bilish retseptorlarida qo‘zg‘alish paydo qiladi.
Sezgi organlari tashqi muhit ta’sirini qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi hosil bo‘lishi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi nerv markazlari bilan bog‘- liq. Sezgi organlari organlar faoliyatini nazorat qilib va boshqarib turadi. Masalan, odam svetofoming qizil chirog‘iga to‘xtaydi, tanish ovozni eshitib, o‘girilib qaraydi, gaz hidini sezganida oshxonadan xabar oladi
Sensor sistemalar, ya’ni analizator.
Nerv impulslari sezgi organlarida joylashgan retseptorlardan sezuvchi neyronlar orqali markaziy nerv sistemasiga uzatiladi. Nerv impulslari ta’sirida yarimsharlar po‘stlog‘idagi neyronlarning qo‘zg‘alishi sezgi tuyg‘usini hosil qiladi
Retseptorlar, qo‘zg‘alishni nerv markaziga o'tkazadigan nerv yo‘li va yarimsharlar po‘stlog‘ining maxsus zonasi sensor sistemam (lot. sensus - sezgi) hosil qiladi. Bunday sistemani I.P. Pavlov analizatorlar deb atagan. Shunday qilib, analizatorlar atrof-muhitda va organizmda sodir bo‘ladigan hodisalarni qabul qilib, tahlil qilishga ixtisoslashgan nerv tuzilmalaridan iborat.
Ko‘rish analizatorlarining
tuzilishi: 1 - ko‘rish markazlari
(markaziy qismi), 2 - ko'zlar
(periferik qismi), 3 - ko‘rish nervlari
(o‘tkazuvchi qismi)
Ichki analizatorlar organizm ichki muhiti, muvozanat saqlash, tayanch-harakat apparati, qon bosimini nazorat qiladi. Markaziy nerv sistemasi analizatorlar orqali organizmda va undan tashqarida yuz berayotgan jarayonlar haqida aniq axborot oladi. Ana shu asosda organlar va to'qimalarga buyruq beradi.
Bosh miya yarimsharlari po'stloq qismida analizatorlaming oliy markazlari joylashgan. Masalan, ensa zonasida ko‘rish, tepada - teri orqali sezish, chakkada - eshitish markazlari bor. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘idagi assotsiativ zonalar barcha analizatorlami o‘zaro bog‘lab turadi. Sezgi organlaridan chiqadigan nerv yo'llari orqa miya, bosh miya stvoli va oraliq miyada kesishib, kontakt (tutashuv) hosil qiladi. Barcha analizatorlar funksional jihatdan o‘zaro chambarchas bog‘langan.
Shu tufayli tashqi muhitda yuz berayotgan hodisalar to‘g‘risida umumlashgan yaxlit tasavvur hosil qilamiz. Masalan, osmonda bulut paydo bo'lishi (ko‘rish analizatori), havoning sovishi (teri analizatori), momaqaldiroq gumburlashidan (eshitish analizatori) tezda yomg‘ir yog‘ishi to‘g’risida xulosa chiqaramiz, yomg‘ir yog‘ishini kutib o‘tirmasdan, o‘zimizni panaga olamiz.
Analizatorlardan birining funksiyasi buzilganida boshqalarining sezgirligi kuchayadi. Masalan, ko‘zi ojiz odam boshqalarga nisbatan yaxshiroq eshitadi, harorat va bosimga sezgirroq bo‘ladi, U qog'ozga o‘yib yozilgan harflarni bemalol o‘qiydi, qog‘oz pullarning qiymatini aniq aytib beradi, har qanday odamni oyoq tovushidan tanib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |