Dastlabki tergov organlari. Adliya vazirligi va uning organlari. Prokuratura organlari



Download 56.67 Kb.
Sana31.03.2017
Hajmi56.67 Kb.
HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI

REJA:

  1. Dastlabki tergov organlari.

  2. Adliya vazirligi va uning organlari.

  3. Prokuratura organlari.

  4. Surishtiruv organlari.

  5. Advakatura.


Prakuratura organlari:
Prakuratura organlari huquqni muhofaza qilish organlari tizimida etakchi o’rin egallaydi. Prakuraturaning vazifasi jamiyatchilikka qarshi kurashishdan iborat.

Prakuror: qotil, bezori, o’g’rilarni va shu kabi jinoyatchilarning sudda qonun bilan ayblaydi hamda ularni jazolashni talab qiladi.

Ammo qonunning buzilishlari turli bo’lishi mumkin. Prakuraturaning asosiy vazifasi-respublikaning barcha qonunlari aniq va so’zsiz bajarilishini nazorat qilishdan iborat.

O’zbekiston respublikasining konstitutsiyasining 118m: O’zbekiston respublikasi hududida qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O’zbekiston respublikasining bosh prokurori va unga bo’ysunuvchi prokurorlar amalda oshiradi. Barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari va davlat nazorati idoralari, hokimiyatlar shuningdek kimga qarashliligidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, hamma korxonalar, tashkilotlar harbiy qismlar mansabdor shaxslar fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishlari ustidan nazorat prakuratura organlari zimmasiga yuklatilgan.

Konstitutsiyada mustahkamlangan qoidalar-qonunlar ustivorligini har taraflama qaror toptirish, huquq –tartibotni mustahkamlash, insonning hamda hamma fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklariga nisbatan xarakatlardan ularni himoya qilishni taminlash- prakuraturaning bosh vazifasidir. Prakuratura o’zining butun faoliyati bilan mansabdor shaxslar va fuqarolarning o’z burchini halol bajarish, qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yordam bermog’i lozim.

Prokuror nazorati davlat tomonidan, davlatning oliy organ O’zbekiston respublikasining oliy majlisi nomidan amalga oshiriladi. Prokuror nazorati bir qator yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi.



  1. Qonunlarni bajarilishi ustidan umumiy nazorat.

  2. Jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlarning qonunlarni bajarilish ustidan nazorat.

  3. Qo’lga olingan kishilar, daslabki tarzda qamoqqa olinganlar tutiladigan joylarda qonunlarni bajarilishi ustidan nazorat, sud tomonidan tayinlangan jazo choralarini va majburiy tusdagi boshqa choralarini ijro etish paytida qonunlarni bajarilishi ustidan nazorat.

  4. Ana shu yo’nalishlar qonunchilikni mustahkamlash vazifalari hamda prokuror vakolatlarini umumiyligi bilan bog’langan. Umumiy nazorat prokuror nazoratining yetakchi yo’nalishidir.

Umumiy nazoratning boshqa bir jihati harbiy qismlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonunlarni aniq va bir xilda bajarilishni ta’minlashdan iboratdir.

Umumiy nazoratni amalga oshirishda prakuratura organlarining asosiy diqqat-e’tibori quyidagi holatlarda qonunchilikni ta’minlashga qaratilgan:


  • Davlat boshqaruv organlari, maxalliy boshqaruv idoralari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar tomonidan huquqiy hujjatlarni nashr qilinganligida.

  • Mansabdor shaxslar huquqiy hujjatlarni va shaxsning daxilsizligini, insonning ijtimoiy iqtisodiy ,siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklarini daxilsizligini ta’minlashga, uning shon-sharafi, qadr-qimmatini himoya qilishga, atrof-mihitni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy hujjatlarni bajarayotganda.

  • fuqarolarni konstitutsiyaviy burchlarini ado etayotganlarida.

Ana shu hollarda prokuror qonunchilikni ta’minlanishini to’la ta’minlash shart.

Prokuror umumiy nazoratni amalga oshirar ekan quyidagi huquqlarga egadir.



  • Qarorlar, farmoishlar, buyruqlar hamda boshqa hujjatlar va materiallarni tekshirish uchun ularni talab qilib olish qonuniylikni holati, ta’minlash tadbirlari haqidagi axborotni olish.

  • O’z nazorati ostidagi korxonalar, tashkilotlarda tekshiruv o’tkazishni, tekshiruv o’tkazish uchun mutaxasislar ajratishga ekspertizalar o’tkazishni, mansabdor shaxs va harbiy qism rahbarlaridan talab qilish.

  • Mansabdor shaxs va fuqarolarni chaqirtirish, qonun buzilganligi to’g’risida ulardan og’zaki va yozma ravishda tushuntirish xatlarini talab qilish.

Qonun buzilganda, qonun buzilganligi aniqlanganda, prokuror va uning o’rinbosarlari quyidagi ishlarni bajarishga haqli.

  • vazirliklar davlat qo’mitalari va idoralar; korxona, tashkilotlar , hokimiyatlar, harbiy qismlar hujjatlari, mansabdor shaxslar qarorlari va xatti- xarakatlari yuzasidan norozilik bildirish.

  • Belgilangan tartibda, harakatdagi qonunlar asosida jinoiy ish qo’zg’ash , intizomiy ishlar ma’muriy tartibdagi qonun buzilishlari bo’yicha ish qo’zg’ash materiallarini jamoatchilik ko’rib chiqishi uchun topshirish.

  • Qonun buzilganda, qonun buzilganligi aniq ko’rinib turgan hollarda uni bartaraf qilish uchun ko’rsatmalar berish.

  • Qonunni buzish mumkin emasligi to’g’risida mansabdor shaxs va fuqarolarni yozma ogohlantirish.

  • Qonun buzilganligini bartaraf etish, unga yordam bergan shart- sharoitlarni tugatish haqida davlat organlariga va jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga tavsiyanoma berish.

  • Fuqarolarning jamiyat va davlatning huquqlarini qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish to’g’risida sudlarga yoki xo’jalik sudlariga murojaat etish.

  • Davlat organlari va jamoat birlashmalarining normativ xujjatlari konstitutsiyaga mos bo’lmagan hollarda kostitutsiyaviy sudga murojaat qilish.

Qonun buzilganligi aniqlanganda prokuror norozilik xati, (protest) ko’rsatma tavsiyanoma, ogohlantirish xati qaror tayorlaydi.

Agar qonun buzilishi aniq bo’lsa tezlik bilan bartaraf etilmasa, u fuqarolarning huquqlariga, davlat korxona, tashkilotlar manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishga prokuror yozma buyruq chiqaradi.

Qaror- bu jinoiy ish qo’zg’atish to’g’risidagi intizomiy yoki ma’muriy qoida buzilishi bo’yicha ish qo’zg’atish to’g’risidagi hujjatdir.

Tavsiyanoma – qonun bir necha bor buzilishi bo’yicha uning kelib chiqishiga yordam beradigan shart- sharoitlar, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar berish bo’yicha prokuror nazoratini amalga oshiradigan hujjatdir.

Prokuratura umumiy nazoratini yuritar ekan o’z ixtiyoridagi huquqiy omillardan to’la foydalanishi lozim.

Prokuratura organlari prokuror nazoratiga xos usullar bilan ish yuritib iqtisodiyotni yangi izga solishga qat’iy huquqiy tartib o’rnatilishiga har tomonlama yordam berishlari kerak.

Fuqarolarning huquqlari va qonuniy moneratlarini ta’minlash masalasiga prokuratura organlari diqqat e’tibor kuchaytirishlari talab qilinadi.

Inson haqida g’amxo’rlik qilish, qonun oldida hamma fuqarolarni tengligini taminlash, fuqarolarning kamsitilishiga qaratilgan g’ayriqonuniy, harakatlarni to’xtatish ,fuqarolarning takliflari, arizalari, va shikoyatlarini atroflicha ko’rib chiqish, unga qonun nuqtai nazari bilan qarash, prokuratura barcha xodimlarining fuqarolik burchidir. Prokuratura xodimlarining burchlari prokuratura to’g’risidagi qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.

Prokuratura umumiy nazorati ya’ni, O’zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir turda bajarilish ustidan nazoratni davlatimizning asosiy qonuni 118 m, 119 m, 121 moddalarda ham aniq mustahkamlab qo’yilgan.

Prokuratura organlari faoliyatidagi muhim yo’nalishlar, muhim vazifalar quyidagilardan iborat.



  • jazolarni muqarrarligini ta’minlash birorta jinoiy ish jinoiy harakat ochilmay qolmasligi mumkin emas.Jinoiy harakat sodir etgan har qanday shaxs qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortilishi kerak.

  • Prosesual jarayon, faoliyat va ayniqsa inson huquqlari va erkinliklari cheklab qo’yilishi bilan bog’liq faoliyati amalga oshirishda qonuniyligini ta’minlash.

Jinoiy ish qilishda shubha ostida olingan shaxslar, fuqarolar faqat qonunda belgilab qo’yilgan tartibda asoslarga muvofiq ishlanishi mumkin.

Sudning qarorisiz yoki prokurorning roziligisiz hech kim qonunga xilof ravishda va asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.


  • Ish bo’yicha ayblanuvchi aybini ochuvchi va uni oqlovchi, uni javobgarligini yumshatuvchi, yengillashtiruvchi yoki og’irlashtiruvchi barcha holatlar har tomonlama. Xolisona tadqiq qilinishini ta’minlash.

  • Jinoyatni sodir qilishdagi sabablarni, bunga yordam berga sharoitlarni aniqlash, jinoyat sodir qilishni oldini olish choralarini ko’rish.

  • Ushlab turilganlar, qamalganlar, sud tomonidan jazo choralarini va majburiy choralarni ijro etish chog’ida qonunlarni ijrosini nazorat etish muhim ahamiyatga egadir.

Prokuratura organlari nazorat qilishdan tashqari boshqa vazifalarni ham bajaradi:

Jinoiy ma’muriy xo’jalik ishlari ko’rilayotganda ishtirok etish . Sud xujjatlari xarakatdagi qonunlarga mos kelmasa, ular yuzasidan norozilik bildiriladi.

  • Jinoiy ishlarni tekshiradi. Jinoiy ish sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortadi.

  • Qonunlarni takomillashtiradi va targ’ib etishda qatnashadi.

Prokuraturani tashkil etishning prinsiplari:

  1. Bosh prokuror rahbarligidagi prokuratura organlarining birligi, quyi darajadagi prokurolarning yuqori darajadagi prokurorlarga bo’ysunishi.

Prokuratura organlarining butun tizimining birligi qonunlarni bir xilda bajarilishini ta’minlash.

Prokuratura o’z tarkibida barcha turdagi prokuraturalarni birlashtirgan yagona davlat organidir.Ular: hududiy , transport, harbiy hamda tabiatni muhofaza qilish prokuraturalaridir.


UMUMIY NAZORATNI AMALGA OSHIRISHDAGI

PROKUROR HUQUQLARI.

(mavzu rejasi)

  1. Umumiy nazorat tushunchasi.

  2. Umumiy nazoratni amalgam oshirishda prokuror huquqlari.

  3. Qonun buzilganda bajariladiganqonuniy harakatlar.

  4. Qaror…

  5. Tavsiyanoma…

  6. Ogohlantirish xati.

1.Qaror:-jinoiy ish qo’zg’atish to’g’risida, intizomiy yoki ma’muriy qoida buzilganligi bo’yicha ish qo’zg’atish to’g’risidagi hujjat.

2 Tavsiyanoma – qonun bir necha bor buzilishi oqibatida uning kelib chiqishiga sabablar shart- sharoitlar, ularni oldini olish bartaraf etish yuzasidan takliflar beruvchi prokurorning yozma hujjatlari.

2. Ogohlantirish xati- bu yozma ravishdagi yuridik hujjatdir. Agar shaxs bundan buyon qonun buzilishlariga yo’l qo’yadigan bo’lsa u ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish to’g’risida ogohlantirib qo’yiladi.

Prokuratura organlarining eng muhim vazifalari.


  1. Jazolarni muqarrarligini ta’minlash. Bororta ham jinoyat ochilmay qolmasligi jinoiy ish qilgan shaxs qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortish.

  2. sud ishlarijarayonida inson huquqlarini ba erkinliklarini qonunchilikni ta’minlash.sudning qarorisiz prokuror roziligisiz hech kim qonunga xilof ravishda jinoiy javobgarlikka yoki qamoqqa olinishi mumkin emas.

  3. Ayblov ishlari bo’yicha ayblanuvchi, oqlovchi javobgarlikni yumshatuvchi og’irlashtiruvchi holatlar bo’yicha har tomonlama va holisona ishni tahlil qilish.

  4. jinoyat sodir qilish sabablari va jinoyat qilish uchun shart- sharoitlar yaratib berilgan sharoitlarni aniqlash jinoyatni oldini olish choralarini ko’rish.

Ushlab turilganlar daslabki tarzda qamalganlar yashayotgan joylarda sud tomonidan tayyorlangan jazo choralarini ijro etishda qonun ijrosini nazorat qilishni ta’minlash prokuratura organlarining asosiy vazifasidir.

Prokuratura organlari nazorat qilishdan tashqari boshqa vazifalarni ham bajaradilar.



  1. sudlarda jismoniy ish ko’rilayotgan paytda qaralovchi sifatida qatnashish sudlarda fuqarolik ishlari xo’jalik ishlari korilayotganda ishtirok etish, sud hujjatlari qonuniga mos kelmasa, ular yuzasidan nazorat norozilik bildirish.

  2. jismoniy ishlarni tekshirish jismoniy ish sodir qilingam shaxslarni jismoniy javobgarlikka tortish. Qonunlarni takomillashtirish va targ’ib etishda qatnashish.

Umumiy nazoratni amalga oshirish


Prokuror umumiy nazoratni amalgam oshirar ekan, quyidagi huquqlarga ega.

  • qarorlar, farmoishlar,yo’riqnomalar boshqa hujjat va materiallarni tekshirish uchun ularni talab qilib olish, qonuniylik hulosani va uni ta’minlash tadbirlari haqida axborotni olish.

  • O’z nazorati ostidagi, hamda o’ziga tegishli korxonalar, tashkilotlarda tekshiruvlar o’tkazish, tekshiruvlar o’tkazish uchun mutaxasislar ajratilishi, idoraviy va idoradan tashqari ekspertizalar o’tkazilishini davlat organlari va harbiy qismlarni rahbarlari va mansabdor shaxslardan talab qilish.

  • Qonun buzilganda mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirtirib ulardan og’zaki va yozma tushintirish xatlari olish . Bu harakatlar prokuratura umumiy nazoratini amlga oshirishga asos bo’ladi.

Qonun buzilganligi aniqlanganda prokuror va uning o’rinbosarlari quyidagi ishlarni bajarishga haqlidir.



  • belgilangan tartibda jinoiy ish qo’zg’atish, intizomiy ishlar va ma’muriy tartibda qonun buzilishlari bo’yicha ish qo’zg’atish.

  • Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, hokimiyatlar, harbiy qismlar, mansabdor shaxslarning qarorlari va hatti-harakatlari yuzasidan norozilik bildirish.

  • Qonun buzilganligi aniq ko’rinib turgan hollarda uni oldini olish,bartaraf qilish bo’yicha ko’rsatmalar berish.

  • Qonunni buzish mumkin emasligi to’g’risida mansabdor shaxs va fuqarolarni yozma ravishda ogohlantirish.

  • Qonun buzilganligini bartaraf etish, qonun buzilishiga sabab bo’lgan shart-sharoitlarni tugatish to’g’risida davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslarga tafsiyanoma yuborish.

  • Fuqarolarning, jamiyat va davlatning huquqlarini va qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish to’g’risida sudlarga va xo’jalik sudlariga murojat etish.

  • Davlat organlari va jamoat birlashmalarining normativ hujjatlari konstitutsiyaga mos bo’lmagan holda konstitutsiyaviy sudga murojat qilish harakatlari amalga oshiriladi.

Prokuratura va uning organlari


O’zbekiston Respublikasi 1992-yil 9-dekabr Prokuratura to’g’risidagi qonun.

O’zbekiston Respublikasida qonunlarni ijrosi ustidan prokuratura nazorati.

O’zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo’y sunuvchi prokurorlar barcha vazirliklar, qo’mitalari, idoralar, davlat nazorat idoralari. Hokimiyatlar, kimga bo’y sunishdan, qarashliligidan, kimning tasarrufida bo’lishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar-tashkilotlar, harbiy qismlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar; fuqarolar qonunlarni aniq va bir xilda ijro etishlari ustidan nazoratni amalgam oshiradilar.
Prokurorlik nazoratini maqsadi va vazifalari.
Prakuratura idoralarining maqsad va vazifalari: O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida mustahkamlangan inson va fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklari, davlat mustaqilligini, ijtimoiy davlat tuzilishini, siyosiy va iqtisodiy, tizimlarni, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarni huquqlarini g’ayriqonuniy tajovuzlardan muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan.

Prokuratura faoliyatini asosiy yo’nalishlari.




  1. Inson va fuqarolarni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini muxofaza qilishga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat olib boorish.

  2. Barcha idoralar, korxona, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan qonunlarni ijro etilishini nazorat qilish.

  3. jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi idoralarning qonunlarini ijro etishlarini nazorat qilish va ularning qonunlarini qo’llashga doir faoliyatini barqarorlashtirish.

  4. Sudlarda jinoiy ishlar ko’rib chiqishda davlat ayblovini qo’llab quvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarini,xo’jalik nizolarini qarab chiqishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo’lmagan sud hujjatlariga protest yozib berish.

  5. Ushlanganlarni, saqlash daslabki qoloq, sud tayinlagan jazo va majburiy xarakterdagi boshqa choralarni o’tish joylarda qonunlarni bajarilishi ustidan nazorat qilish.

  6. Jinoyat yuzasidan tergov olib boorish, jinoyat etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish.

  7. Qonunchilikni takomillashtirishi va qonunlarni targ’ib qilishda qatnashish.

Prakratura idoralarining tizimi.


O’zbekiston Respublikasi prakuratura idoralarining tizimi:

O’zbekiston Respublikasi prakuraturasi, Qaraqalpog’iston respublikasi prakuraturasi, viloyat, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar va boshqa hududiy prakuraturalardan iborat.

O’zbekiston Respublikasi prakuraturasi idoralari tizimiga:

Transport, harbiy tabiat muhofazasi, va boshqa iqtisoslashtirilgan prakuraturalar kiradi.



Prakurorning vakolatlari.

Prokuror o’z vakolati doirasida nazoratni amalgam oshirishi chog’ida:



  1. Xizmat guvohnomasini ko’rsatib: vazirliklar,davlat qo’mitalari va idoralarning tobeligida kimga

Surishtiruv organlari.

Huquq-tartiboti muhofaza qilish organlari tizimida surishtiruv organlari shu kim ahamiyatga ega. Ular zimmasiga jinoiy ish belgilarini jinoyat etgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor qidiruv ishlarini hamda qonunda nazarda tutilgan chora tadbirlar ko’rish, jinoiy ishlarni oldini olish va ularni amalgam oshirmaslikka barcha chora tadbirlarni ko’rish vazifasi yuklatilgan.

Surishtituv organlari quyidagilar:


  • Militsiya

  • Davlat xavfsizligi xizmati organlari

  • Harbiy qismlarning kamandirlari, boshqalar

  • Axloq tuzatish, mehnat muassasalarining boshliqlari

  • Chegara qo’riqlash organlari

Surishtiruv ishlarini olib borish yuqorida sanab o’tilgan organlar va mansabdor shaxslar uchun asosiy vazifa hisoblanmaydigan qo’shimcha vazifadir.

Ammo milisiaya uchun surishtirish- uning faoliyatida muhim yo’nalishlaridan biridir.Milisiya tomonidan jinoiy ishlarni surishtirish shaklida o’tkaziladigan tekshiruvlar ko’pincha jamoat tartibini buzish, mulkka qasd qilish, bezorilik, o’z boshimchalik mayday o’g’rilik bilan shug’ullanish bilan bog’liq bo’ladi.

Jinoyat ish belgilari ma’lum bo’lganda surishtiruv organlari jinoiy ish qo’zg’aydilar va jinoiy prosesual qonunlariga amal qilgan holda jinoiy ishni aniqlab, uning izlarini aniqash bo’yicha ishonchli tergov ishlarini olib boradilar.

Dastlabki tergov o’tkazish shart bo’lgan ishlar bo’yicha surishtiruv maskur4 ish qo’zg’atilgan kundan boshlab kechiktirmay tugatilishi lozim.

Zarur ishlar bajarilib bo’lingandan so’ng surishtiruv organi prokurorning ko’rsatmalarini, 10 kunlik muddatda tugashini kutmay ishni tergovchiga topshirishi va bu haqda prokurorga xabar berish kerak. Surishturuv organi ishni tergovchiga topshirgandan so’ng tergovchining maxsus topshiriqlariga binoangina shu ish yuzasidan tergov qilinishi mumkin.

Dastlabki tergov shart bo’lmagan ishlar bo’yicha surishtiruv ushbu ish qo’zg’atilgan paytdan boshlab bir oydan kechiktirmay tugatilishi lozim.

Bunday ishlar yuzasidan surishtiruv materiallari ishning sudda ko’rib chiqilishi uchun asos bo’ladi.

Surishtiruv organining rahbari surishtiruv ishklarini olib boradi.Anashu surishtiruv ishlarini o’z qo’li ostidagi hodimiga va surishtiruvchiga topshirilishi lmumkin.Eng muhim masalalar surishtiruvchiga emas, surishriruv organiga topshiriladi.

Surishtiruvchining qarori rahbar tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.

Surishtiruv organi bilan surishtiruvchi shaxs o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bir tomindan xizmat yuzasidan biri ikkinchisiga bo’ysinishi, ikkinchi tomondan esa jinoyat – prosesual tusga ega bo’ladi.

O’zbekiston respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha tezkor qiduruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xuxusiy koperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ularning bo’limlarini tuzish, faoliyat ko’rsatishi taqiqlandi.

Qonuniylik va huquq tartiboti, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, jamoat tashkilotlariga, fuqarolarga yordam ko’rsatishlari mumkin.



Dastlabki tergov

Jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi irganlar tizimida dastlabki tergov organlari muhim o’rin tutadi.

Jinoiy ishga doir hamma holatlarni xolisona tadqiq qilish dastlabki tergov organlari zimmasiga yuklatilgan.

Prakuratura organlarining, ichki ishlar organlarining, milliy xavfsizlik xizmatining tergovchilari amaldagi qonunga muvofiq dastlabki tergov ishlarini olib boradilar. Ushbu organlar o’rtasida turli xil tekshirishlar bo’yicha huquq doirasi belgilab olingan

Tergovchilarning jinoiy ishlarni tekshirish sohasidagi butun faoliyati, sih jarayoni, ularning huquq doirasidan qat’iy nazar, jinoyay- jarayoni qonunlari bilan tartibga solib turiladi.

Tergov apparati, uning qaysi idoraga mansubligidan qat’iy nazar, hududiy yani : tuman, shahar, viloyat, havo, temir yo’l trasporti bo’yicha dastlabki organlari tashkil qilinadi: Dastlabki tergov organlarining vazifasi jinoiy ishlarni tekshirishdan iborat bo’lib, bu jarayonda quyidagi ishlar bajariladi: tez va to’la – to’kis aniq tekshiruv o’tkazish. Tez tekshiruv o’tkazishning ma’nosi shuki birinchidan: izlar bosilmasdan ro’y bergan voqea joyi voqea guvohlar xotirasidan chiqmasdan, jinoyat izlari, ashyoviy dalillar borligida ishning hamma holatlarini aniqlash imkoni bo’ladi.JInoiy ishni to’la ochish, maskur jinoiy ishga doir barcha holatlar, unga bergan sharoitlar aybdor shaxslar aniqlanganini dalillar bilan aniq isbotlanganini bildiradi.



Aybdorni fosh etish:

  • Aybdorlarni fosh etish va ularni ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortish.

  • Jinoyatchilik jinoiy harakat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni o’rnini qoplash sharoitlarini aniqlash.

  • Inoiy ish sodir etilishiga yordam bergan sharoit yaratib bergan sabablarni va sharoitlarini o’rganish.

  • Qonunchilik mustahkamlanishiga har tomonlama yordam bo’lish

  • Fuqarolarni qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish vijdonan bajarish.

Surishtirish shaklidagi tekshiruvchilardan hamda sudgacha materiallarni bayonnoma shaklida tayyorlashdan tashqari barcha ishlar yuzasidan dastlabki tergov o’tkazilishi shart.Dastlabki tekshiruvni mansabdor shaxs bo’lmish tergovchi o’tkazadi uning asosiy vazifasi- dastlabki tergov ishni olib borishdan iborat.Uning zimmasiga boshqa vazifa yuklatilishi mumkin emas.
Adliya vazirligi va uning organlari.

Adliya organlari fuqarolik va jinoiy ishlarni hal qilishda sud organlarini tashkiliy jihatdan qo’llab quvatlab turadi.

Adliya organlarining bosh vazifasi- sud ishlarini tashkil etish darajasini oshirish sudyalarning mustaqillikka rioya etishiga faqat qonunga rioya etishga odil sudlov maqsadlari hamda sudlarning vazifalari amalgam oshishga har tomonlama yordam berishdan iborat.

1992 yil 8 yanvarda chiqarilgan “ O’zbekiston Respublikasida Adliya vazirligini faoliyatini mustahkamlash” to’g’risida farmon Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasida huquqiy siyosatni o’tkazish sohasida davlat organlarining faoliyatini mustahkamlab turadi.O’zbekiston Respublikasida Adliya organlari faoliyatiga Adliya vazirligi rahbarlik qiladi.

Fuqarolarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taminlaydi himoya qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shon- sharafi va qadr qimmatini himoya qilishda president manfaatlarini yoqlovchi vakil sifatida ish ko’radi.



Adliya vazirligi quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Davlat va xo’jalik organlariga yuridik xizmat xodimlarini tayyorlash qayta tayyorlash attistasiyadan o’tkazish ishlarini tashkil qilish fuqarolarga haqiqiy xizmat bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik masalalariga ruhsat berish.

  2. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari o’z huquq doirasida qabul qlingan hamda umimiy majburiy majburiy tusdagi normative hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o’tkazish va ro’yxatga olish.

  3. Adliya vazirligi tasarrufidagi masalalar bo’yicha qonuniy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida tekshirishlarni ishlab chiqish va ularni respublika oily majlisi riosatiga havola etish.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy keraklilarcha ishtirok etish huquqiga egadirlar

Siyosiy partiyalar, jamoa birlashmalariga ommaviy harakatlarga, shaxslarning huquqlari erkinliklarini va qadr qimmatini hech kim kamsitishi

mumkin emas (34 modda).


Ommaviy harakatlarda qatnashish huquqlari:


  1. dan: O’zlarining aniq maqsadlari va vazifalarini ko’zlab.

  2. dan: Ixtiyoriy va boshqa fuqarolar bilan teng asoslarda jamoat birlashmalari va ommaviy harakatlarga kirish a’zo bo’lish.

  3. dan: Jamoat birlashmalarining maqsadi va nizomidagi vazifalarni hech qanday to’siqsiz amalgam oshirish, uning himoyasidan va a’zolikdan kelib chiquvchi huquqlardan foydalanish.



  4. Jamoat birlashmalari orqali jamiyat va davlatni birlashmalariga nizomida belgilangan vazifalarni bajarishni imkoniyat kafolatlaydi.


Адабиётлар


  1. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2003.

  2. И .Каримов. Ватан саждогоҳ каби муқаддасдир.- Т.;- Т.: Ўзбекистон, 1996, 278-бет.

  3. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 12 апрелдаги 171- сонли қарори билан тастиқланган “ Фуқоралик ҳолати далолатномаларини қайд этиш қоидалари “.- Т.:Адолат, 1999 йил.

  4. Ўзбекистон Ркспубликасининг “Оила кодекси”.- Т.:Адолат, 1998.

  5. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллари. – Т.:Ўзбекистон, 2001.

  6. Атоходжаев Ф.М. Развитие зконодателъства о бракс Республики Узбекистан и проблемы далънейшего совершенствования. Автореферат дисс. Доктора юридических наук.- Т.:2000.

  7. Исломов З.Мирҳамидов М. Ҳуқуқшунослик. А.Қодирий номидаги халқ мероси нашириёти,-Т.: 2002.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa