Mundarija kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehnat va aholining ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining shakllanishi va asosiy yo`nalishlari
MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………
I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA MEHNAT VA AHOLINING IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATLARINING SHAKLLANISHI VA ASOSIY YO`NALISHLARI 1.1Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni………………
1.2 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining mezonlari va ko`rsatkichlari………………………………………………………
II BOB. MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH ORGANLARI FAOLIYATLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI 2.1 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini baholash usullari…………………………………………………
2.2 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish mexanizmlari……………………………………………
XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda ijtimoiy mehnat sohasidagi munosabatlarning rivojlanishini ham taqozo qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining Shunday asoslari birinchi navbatda qanday darajadagi tashkiliy tuzilmaning mavjudligi, uning mehnat munosabatlarini barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’siri, sohasidagi huquq va kafolatlarning amalga oshishida ko‘mak va imkon berishi bilan belgilanadi.
Bu esa ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday iqtisodiy munosabatning tashkiliy-iqtisodiy bazasiz amalga oshishi mushkul. Mehnat munosabatlari amalga oshishining Shunday asoslari birinchi navbatda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish va ular samarali shakllanishining sifat ko‘rsatkichi bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash holatiga bog‘liqdir.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash” bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning amalga oshirilishi natijasida 2019-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Bu ish o‘rinlarining 60,3 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi1.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar singari respublikamizda ham Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi takomillashtirish bilan bog‘liq echilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Ularning asosiysi sifatida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish va istiqbollashtirish kabi muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim.