www.ziyouz.com kutubxonasi
55
Ya’ni Qur’on o‘qilar ekan, ovoz ohangi yurakning hissiy klavishlarini harakatga soladi. Undan keyin
yurak oyatlar orqali kelayotgan shifrlarni sezadi va tushuna boshlaydi. Ko‘ngli toza mo‘minning Qur’on
o‘qilganda ta’sirlanishi, yig‘lashi, ba’zi bir paytlarda butun iztirob va dardlarining arishi buning eng
yorqin dalilidir. Shuni unutmaslik kerakki, bu muvozanatning yuzaga kelishi uchun imon shartdir.
Chunki yurakning ma’no klavishlariga bosadigan barmoq imondir. Turli oyatlarda yurak darchalari
yopiq bo‘lmaganlarning Qur’onni yuraklari bilan sezib imonga kelishlari yozig‘ilikdir. Hatto,
inonmaganlarning ham mutlaqo yurak sirida sezilarsiz va tushunarsiz bo‘lsa-da, ta’sir qolajagi
bildirilgandir. Qur’onga qarshi chiqqanlarning ham bu bilinmas to‘lqinlanishlardan bezovtalanib
Qur’onga qarshi chiqishlari yana Qur’on amrlaridandir.
Imon naqadar kuchli bo‘lsa, Qur’onning yurak orqali tushunilishi, undagi ma’nolarning qamrab
olinishi ham shunchalik to‘kis bo‘ladi, ya’ni ideal ma’nodagi mo‘minlarda Qur’onni his qilish va anglash
kuchli bo‘ladi, ideal mo‘min deganda, hech bir Qur’on va din ta’limi bo‘lmasa ham hatti-harakatlari va
axloqi tamomila Qur’on oyatlari yo‘nalishida bo‘lgan kishilarni nazarda tutamiz. Shunday qilib,
Qur’onning eng muhim mo‘jizasi - insonga bir yashirin xazina o‘laroq berilgan yurakning ma’nosini
harakatga keltirishidir. Bizning davrimizda inson ovoziga moslab sozlangan kassa (seyf) qulflari bor.
Ya’ni u kassaning egasi gapirmaguncha, u kassani ochish mumkin emas. Mana Qur’on, xuddi ko‘ngil
kassasining va u kassadagi so‘ngsiz ma’no xazinasining eshiklarini ochganday ta’sir sirlariga ega.
Pag‘ambarimizning har bir musulmonga Qur’onni tushunsa-tushunmasa, tez-tez o‘qib turishni
buyurganlarining sababi shu nozik hikmat bilan aloqadordir.
"Qur’on bilan inson egizak aka-ukalardir"
hadisi ham shu hikmatning yaqqol ifodasidir. Har insonning ko‘nglida Qur’onning bir nusxasi bor.
Ya’ni inson olam sirlarini ich dunyosida olib yuradi.
V) Qur’on va anfus hikmatlari
Olamdagi jamiki borliqlar o‘z haqiqatlari va mohiyatlarini ikki tomondan aks ettiradi. Birinchi
tomoni ofoq, ya’ni tashqi ko‘rinishlari bo‘lsa, ikkinchisi anfus, ya’ni ichki ko‘rinishlari, chin
mohiyatlaridir. Bu kungi insonlar uzoq yillar davomida unuta boshlagan bu muhim ta’rifni o‘rnaklar
bilan sharhlagim keladi: bir tosh parchasining yoki ma’dan (metall)ning ofoqi - uning rangi, qattiqligi,
shakli kabi qo‘pol ko‘rinishlaridir, anfusi esa uning atom qurilmalaridir. Yoki biron jonivorning ofoqi -
uni biz nomlagan turi, jinsi, og‘irligi kabi ko‘rinishlaridir, anfusi esa genetik shifrlaridir.
Anfusning ikki muhim xususiyati bordirki, bularni tan olmagan ateizm ilmi bir turli haqiqatlarni
bulg‘ab tashlamoqda. Anfusning birinchi xususiyati o‘zi tamsil etgan mavjudotning eng ichida, eng
kichik nuqtasi shaklida bo‘lishiga qaramay, u mavjudotning har joyida bu xususiyat mavjuddir (bir
toshning yoki moddaning har nuqtasida atomlar bo‘lgani singari). Anfusning ikkinchi xususiyati esa,
qancha-qancha pardalardan o‘tib, ich-ichga toqlik sari borishidir. Yana tosh misoliga qaytsak, turli-
tuman toshlar anfuslari jihatdan atomlarida farqlidirlar. Lekin atomlarning ham anfusi bor va
atomlarning anfusi kvant degan qudratli zarrachalardir. Biz anfuslari farqli deb bilgan toshlar va
ma’danlar atomlar qavatida anfus jihatdan tekshirilsa, aynan bir-biriga o‘xshashligi ko‘riladi. Bu
qashshoqday ko‘rinuvchi xulosaning sababi shundaki, bir mavjudot bor bo‘lishi uchun ilohiy kuch u
mavjudotga makonlarda masofa beradi, u shu haqiqatdan tug‘iladi. Demak, ofoq toqlikdan
uzoqlashgan bu masofalarning tamsimchilaridir. Anfus esa bu masofalarda bor bo‘lgan toqlik
sirlarining shifrlaridir. Endi shu asosiy ma’lumot nuqtai nazaridan Qur’onning anfus sirini ko‘rib
chiqaylik. Bu mavzuni ifodalash uchun qo‘llanilgan jamiki so‘zlar haqiqatning ofoqini bayon etadi.
Holbuki, hodisalarning asl haqiqati (mohiyati) uning anfusida, ya’ni ma’nosidadir. Shunday qilib,
Qur’on jamiki hodisalarning ma’nosidagi o‘zni va haqiqatni bayon etadi. Bu fikrni misol ustida tahlil
etaylik: insonning qanday mavjudot ekanligini tarix davomida minglarcha kitob sharhlagan. Ulardagi
ifoda va xulosalarning hammasi ham inson haqiqatining ofoqidir, insonni to‘la va uzil-kesil anglatish
vasfidan yiroqdir, hatto, aksincha, ofoq vositalari ichida uni ko‘mib-bekitib yuborgandir.
Holbuki, Qur’on insonni ta’riflarkan, uning ko‘plik va toqlik olami orasidagi intiqol sirini
ko‘rsatganki, butun mavjudotlarning va insonning mohiyati shu nuqtadan ichki ko‘rinishi bilan birga
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |