Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

52

YETTINCHI BO’LIM 



 

QUR’ONNING KALOM SIRI 

 

Men shu yergacha aqlchi (ratsionalistik) ilmlar yo‘li bilan Qur’onning qanday muhtasham 

mo‘jizalar manbai ekanligini ochishga urindim. Endi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qur’onning o‘ziga 

yaqinlashib, uning aql bovar qilmas siri-Qur’on haqiqatiga e’tiboringizni tortmoqchiman. 

Har kuni sizni o‘rab olgan ba’zi hikmatlarni hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Qur’ondan oyatlar o‘qib, 

balolardan qutulganingizni, o‘qigan fotihangiz bilan o‘liklarga huzur va rahmat yetkazganingiz va yo 

Qur’onni anglamasangiz ham uni eshitganda ko‘nglingiz yayraganini, ko‘zlaringiz nurga to‘lganini, 

qanchadan-qancha kitoblar, so‘zlarning ta’siri tez o‘tib ketgani holda, Qur’onning ta’sirchanligi o‘n 

besh asrdan beri hech o‘zgarmay yashab kelayotganini xayolingizdan o‘tkazganmisiz? 

Butun bu haqiqatlarni quruq moddiy qoliplar asosida sezib bo‘ladimi? 

Qur’onning mana shu moddiy dunyodan tashqaridagi hikmatlari kalom siri deyiladi. 

Payg‘ambarimiz Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamdan: "Ey, Ollohning Rasuli, har 

payg‘ambarning bir mo‘jizasi bor: Musoning hassasi, Iso nafasining hayotbaxshligi (o‘liklarni ham 

tiriltira olishi)ni bilamiz. Sizning mo‘jizangiz nima?" - deb so‘raganlarida, "Mening mo‘jizam kalomdir", 

- deb buyurganlar. 

Kalomdagi so‘zlar so‘z emas, so‘zlar yig‘indisi oddiy gap emas, ilohiy hikmatlar xazinasidir. 

Kalomdan tashqaridagi barcha so‘zlar va bilimlar moddaning tashqi xususiyatlarini bildiradi. Kalom 

esa har narsaning mohiyatini ochib beradi. Bu mohiyatda Tangrining ilg‘or san’atini ko‘ramiz va 

go‘zalligini his qilamiz, Qur’on oyatlari har bir kalimasida, har bir iborasida bizni bir sirdan ogoh etadi, 

har narsaning, har xodisaning zamiridagi haqiqatni anglatadi. 

Qur’on, har kalimasi bilan ashyoning mohiyatini eng tashqaridan eng ichigacha - qalbigacha, 

o‘zagigacha - birma-bir ochib beradi, har o‘qilganda yangi bir hikmatni his qildiradi. 

Zero, Kalom siri - bu, ma’nodir. Shu vajdan bu sir zako va idrok bilan emas, qalb bilan seziladi. 

Qur’onning eng asosiy jihati bo‘lgan ifodalar va qamrovlarning tagiga yetish juda qiyin. Men 

Qur’ondagi ana shu hikmatni to‘rt bo‘lim orqali sizlarga yetkazishga urinib ko‘raman. 

 

A) Qur’onning hay siri



 

Hay - tirik va jonli ma’nosida keladi. Lekin haqiqatda Ilohning bir Sifatidir. O’lmaslikni, mangu 

tiriklikni bildiradi. Shu tufayli hay - jonlilarga oid foniy hayot emas, jamiki tirik mavjudodlarga oid 

mushtarak tushunchadir. Borliqlarning genetik shifrlar orqali avloddan avlodga o‘tkazib qoldirgan 

hayot hikoyasi - hay siridan bir parchadir. 

Qur’ondagi hay siriga kelinsa, bu oyatlar ma’nosidagi o‘lmaslikni ifoda etadi. 

Qur’on kalomi abadiy tirikdir: yashayveradi, kun o‘tgan sayin yosharib boraveradi, eskirmaydi 

hamda oyatlarning ma’no va g‘oyalari g‘aroyib bir jonli mavjudodday oramizda aylanib yuraveradi. 

Butun hayotga toshining og‘irligini sezdiradi. 

Biz bu hay sirini qanday his etamiz? Hay siri chindan ham qalb ko‘zi bilan seziladi. Faqat u bizga, 

ilmda aks etgan jihatlari ila ko‘riladi. Chunonchi: 

1. Uning amrlari insonga baxtiyorlik ato etishi necha bor isbotlangandir. Uning taqiqlariga amal 

qilmagan insonlar va jamoalar ne-ne falokatlarga duchor bo‘layotganlari, umrlari besamar o‘tayotgani 

ham ko‘rinib turibdi. Chunonchi sadaqa haqidagi amrlari insonlar orasida hal qilish qiyin bo‘lgan 

umumiy birlikni vujudga keltirishi shak-shubhasizdir. Bu amrlarga rioya qilmaganlarning "insonparvar" 

doktrinayu rejalari g‘avg‘o chiqarishdan boshqa narsaga yaramayotir, dunyo sahnasida umidsizlik 

vujudga keltirayotir. 

2. Uni yurakdan tinglanganda, jamiki alamlardan, mushkullardan forig‘ bo‘linadi, siz o‘zingizni 

ma’nolar jannatida ko‘rasiz. G’am-g‘ussalaringiz, dardlaringiz ham tinadi. Bu Qur’onning hay mo‘jizasi 

ichidagi shifo siridir. Uning aql bovar qilmas bu hikmati, hatto inonmaganlarga ham seziladi. 




Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish