Xalqaro birliklar tizimi (SI)



Download 68 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi68 Kb.
#275689
  1   2
Bog'liq
XIX-asr oxiri v-WPS Office[3][2]


Mavzu: Xalqaro birliklar tizimi (SI)

XIX-asr oxiri va XX-asr boshida SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari paydo bo'ldi. Shu tahlit, xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari ko‘payib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni o‘zini esa har xil ta'riflashga majbur bo‘linadigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari amalda ko‘p qo‘llaniladigan lekin tizimlashmagan nostandart birliklar, hamda ko‘plab davlatlarda mahalliy ijtimoiy tuzumda uzoq asrlardan beri muqim o‘rnashib qolgan milliy birliklarning ham amaliy ahamiyati yuqoriligicha qolgan bo‘lib, bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi. Xususan, biror birlikni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazishda kattaliklar qiymatlarining oldiga o‘tkazish koefitsientlarini qo‘yish, bir qancha matematik amallarni qo‘shimcha bajarishga majbur bo‘linardi. Natijada, fizik kattaliklarning metrik tizimiga asoslangan yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish va dunyo miqiyosida joriy etish, kun tartidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu tizimga qo‘yiladigan asosiy talablarga binoan, qabul qilinishi lozim bo‘lgan yangi tizim, amaldagi barcha tarqoq xalqaro birliklar tizimlarining va tizimlashmagan nostandart birliklarning o‘rnini butunlay bosa olishi hamda, amaliy foydalanishga qulay bo‘lishi shart edi.1948 yilgi IX - o‘lchov va Tarozolar Bosh Konferensiyasiga Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika Ittifoqining rasmiy murojaatnomasi kelib tushdi. Unda fizik kattaliklarning yagona xalqaro standartlashtirilgan tizimini qabul qilsih masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan edi. Shuni ta'kidlash joziki, xalqaro miqiyosdagi metrologik unifikatsiyaning qabul qilinishiga bo‘lgan talabning bunday qat'iy ravishda ilgari surilishi avval kuzatilmagan edi. Bu boradagi barcha murojaatlar aksariyat hollarda mavhum xarakterga ega bo‘lib, odatda jiddiy ko‘rib chiqilmagan, chunki, bir sohaga oid birlikni boshqa sohaga tadbiq etish yoki ko‘plab mustaqil birliklar tizimini yagona tizimga birlashtirish g‘oyasini amalda uddalash favqulodda murakkab ish deb sanalgan . Lekin fizik kattaliklarning yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish zaruriyatini zamonning o‘zi taqozo qilayotgan edi. XX asrning o‘rtaliriga kelib yuz bergan jahon fan - texnika inqilobi, xalqaro savdo hajmining ortishi va davlatlararo iqtisodiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi turli birliklar tizimlari orasidagi nisbatlarda kelib chiqishi ehtimolligi yuqori bo‘lgan chalkashliklarni imkon qadar bartaraf etish zaruriyatini paydo qildi . Yuqorida qayd etilgan omillarni e'tiborga olib, o‘lchov va Tarozilar Xalaqaro Konferensiyasi, o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasiga (O‘TXQ) turli mamakatlarning ilmiy, pedagogik va texnik doiralarining fikr va takliflarini o‘rganib chiqish asosida, Metr Konvensiyasiga a'zo bo‘lgan davlatlar orasida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yagona xalqaro birliklar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash vazifasini topshirdi. 1954 yilda X - O‘TXK uzunlik va masofa uchun - metr, vaqt uchun - soniya, massa uchun - kilogram, harorat uchun - Kelvin gradusi, yorug‘lik kuchi uchun esa - Kandela (sham), tok kuchi uchun - amper birliklari asos qilib olingan xalqari tizimni qabul qildi. Mohiyatan bu tizim MKSA tizimining ayan o‘zi edi . Tarkibi o‘lchov va Tarozolar Xalqaro Idorasi direktori va O‘TXKning 7 a'zosidan iborat bo‘lgan, akademik Burdun raisligidagi maxsus hay'at tuzildi. hay'at 1954-1964 yillar davomida, ya'ni 10 yil faoliyat olib bordi va u quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

1956 yilgacha yagona birliklar tizimining loyihasini ishlab chiqdi va unga Xalqaro Birliklar Tizimi (Systeme International; SI) nomini berdi;

1958 yilda karrali va ulushli birliklarning hosil qilish qoidalarini aniqladi;

1960 yilda yagona xalqaro birliklar tizimi loyihasi O‘TXQ tomonidan ma'qullandi va uning asosidagi ilmiy hisobot ma'ruza XI ? o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiaysiga taqdim etildi;



1964 yildagi XII O‘TXKga birliklar bo‘yicha: Litrni 1 kub detsimetrga (aniq) tenglashtirish va harorat intervallari haqidagi qator takliflarni kiritdi.

1960 yilda O‘TXKning navbatdagi, XI bosh konferensiaysi bo‘lib o‘tdi va u xalqaro hay'at tavsiya etgan yagona birliklar tizimining Xalqaro Birliklar Tizimi, qisqacha qilib esa SI nomi ostidagi loyihasini tasdiqladi. Bu tasdiqqa ko‘ra SI tizimi 6 ta asosiy (uzunlik, massa, vaqt, harorat, tok kuchi, yorug‘lik kuchi) va ikkita qo‘shimcha (yassi burchak va fazoviy burchak) kattalikni va ularga muofiq ravishda oltita asosiy (metr, kilogramm, soniya, Kelvin, Amper, Kandela) va ikkita qo‘shimcha (radian va steradian) birliklarni qabul qildi . 1964 yilda esa O‘TXQ xalqaro hay'atni o‘rnini bosuvchi yangi ichki struktura - Konsultativ qo‘mitalarni ta'sis etdi. Konsulatativ qo‘mitalar o‘zining 1967, 1969, 1971 va 1974 yillardagi bo‘lib o‘tgan tizimli yig‘ilishlarida Xalqaro Birliklar Tizimiga tegishli qator masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqdi va O‘TXKning XIII, XIV va XV konferensiyalariga tasdiqlash uchun kiritdi . 1971-yilning oktaybr oyida bo‘lib o‘tgan XIV o‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiaysi molekulyar fizika, kimyo, kmyoviy texnologiyalar hamda termodinamika sohalarida keng tarqalgan modda miqdori birligi - Molni va uning hosilaviy birliklarini SI ning 7-asosiy birligi sifatida rasman qabul qildi. Shuningdek bu konferensiyaning qarorlariga ko‘ra bosim birligi uchun nyuton taqsim metr kvadrat (Nm2) o‘rniga yangi, maxsus nom - Paskal va elektr o'tkazuvchanlik uchun minus birinchi darajali Om (Om–1) o‘rniga yangi, maxsus nom Simens tasdiqlandi . 1983 yilgi XVII Bosh Konferensiyada metr uchun avvalgi Kripton-86 atomining ionlanuvchi nurlanishiga asoslangan ta'rifi bekor qilinib, o‘rniga aniq fizik doimiy deb qabul qilingan kattalik - yorug‘lik tezligi asosidagi yangi ta'rifi qabul qilindi . XX-asrning 80 - yillariga kelib SI xalqaro miqiyosda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan asosiy tizim sifatida birin ketin rasman qabul qilina boshladi. Jumladan, 1974-yilga kelib, Avstriya, Bolgariya, har ikkala Germaniya, Italiya, Kanada, Sobiq Ittifoq, Fransiya, Chexoslovkiya, Shvetsiya va boshqalar ixtiyoriy yoki majburiy ko‘rinishlarda o‘zlarida joriy etdilar. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) SI ni o‘zining asosiy foydalanish hujjati sifatida MS ISO?31 asosida rasman qabul qildi. Xalqaro Metrlogiya Qonunchiligi Tashkiloti o‘z tarkibidagi a'zo davlatlarga SI ni qonuniy tartibda joriy qilish va nazorat - o‘lchov asboblarini ham SI asosida sozlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. BMTning fan, ta'lim va madaniyat ishlari bo‘yicha xalqaro tashkiloti - YUNESKO barcha a'zo mamlakatlarni Xalqaro Birliklar Tizimini qabul qilishga chaqirdi . 1975-yilda butun jahon bo‘ylab Metr Konvensiyasining qabul qilinganliginin 100 yillik tantanalari keng nishonlandi. Shu munosabat bilan O‘TXQ tomonidan zarb qilingan yubiley esdalik medallarining bir tarafida xalqaro birliklar tizimi ramzi - SI hamda uning 7 asosiy birliklari nomma nom keltirib o‘tilgan Va Metrning Kripton-86 atomi asosidagi qabul qilingan o‘sha vaqt uchun yangi ta'rifi ifodalangan edi .

Xalqaro birliklar tizimi (SI — Sisteme Internationale) (fransuzcha: Système International d’Unités) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. Oʻlchov va tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11Bosh konferensiyada qabul qilingan (1960). Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — sekund (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori — mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi —steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy o'lchov birliklaridan foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqdanadi. Bunda koeffitsiyent o'lchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak . Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar ulchamlari bilan bogʻlanishi ifodasiga shu kattalikning oʻlchamliligi deb ataladi. SI tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorugʻlik kuchi, modda miqdori oʻlchamliklari moye ravishda L, M, T, I, Q, J, L^orqali ifodalanadi . Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini oʻz ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimida mexanik, issiklik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar oʻzaro bogʻlangan buladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy oʻlchashlar uchun juda qulay hisoblanadi. Fizik kattaliklar 1960 Parizhda qabul qilindi




Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish