Mundarija: Kirish bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy va ijtimoiy iqtisodiy ahvol



Download 272,5 Kb.
bet1/7
Sana04.06.2022
Hajmi272,5 Kb.
#635815
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxorodagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va jadidchilik


Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………
1 bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy va ijtimoiy iqtisodiy ahvol.
1.1.Buxorodagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va jadidchilik………………….
1.2.XX asr boshida jadid adabiyoti va tarixiy hodisalar..................................
1.3.Jadid marifatchisi va teatr........................................................................
2 bob. Jadidlar merosida adabiyot va san’at..................................................
2.1.A.Fitrat va boshqa jadidlar ijodida musiqa................................................
2.2. 20-30-yillarda hukmron « mafkura » va jadid adabiyoti........................
Xulosa....................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...................................................................
Kirish.
Mustaqillik elga, yurtga o’zligini, imonu e’tiqodini qaytarib berdi. Vatan mustaqillik tufayli o’z taqdirini o’z qo’liga oldi. Adolatning qon tanachalariga hayot yugurdi.
Istibdod mafkurasi, zanjirband siyosat tufayli atayin buzib ko’rsatilgan ona tarix sahifalarini xolis, halol, birlamchi ma’nolarida o’rganish, yoritish va targ’ib etish imkoniyatiga ega bo’ldik.
Qo’lingizdagi malakaviy ish ham Istiqlol samarasidir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o’z ma’ruza, maqola, suhbatlarida - fidoyi jadidlarimiz hayoti biz uchun o’rnak, yoshlarni istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega, ularning bosib o’tgan kurash yo’lini o’rganish zarur, deb ta’kidlaganlari barchamizga ma’lum.
Bunday tadqiqotning (yoki tadqiqotlar majmui) paydo bo’lishini jamiyat salkam bir asr davomida intiqlik bilan kutdi. Lekin bu, jadidchilik haqida hech narsa yozilmagan, nashr etilmagan ekanda, degan ma’noni bildirmaydi.
Asrimizning 20-30 yillaridayoq bu haqda qator maqolalar va, hatto, risolalar ham e’lon qilingan. O’sha davr Moskov ilmiy jurnallarida ham bu muammoga munosabat bildirilgan ishlar chop etilgan. Xorijdagi mutaxassislar ham bu masalaga o’qtin-o’qtin murojaat etib turdilar. Ammo, bu chiqishlarning aksariyati o’ziga xos cheklanishlarga ega edi.
Sho’rolar hududidagi ishlarda jadidchilik haqida bir vaqtlar xiyol ijobiy fikrlar aytish ko’zga tashlansada, keyin, bora-bora u sho’ro tuzumiga qarshi aksilinqilobchi g’oyaviy harakat, millatchilik, turkchilik, islomchilik va hokazolar tarzida faqat salbiy baxolab kelindi. G’arbda bu muammo xususida fikr yuritilganda esa, asosan, ilmiylik va tarixiylikka tayanish sezilsada, aksar hollarda, yetakchi maqsad sho’rolarning milliy siyosatiga qarshi kurash va uni fosh etish ekani sezilib turadi. Lekin bundan qatiy nazar, 90-yillargacha kelgan 50-60 yil ichida jadidchilik haqida to’g’ri gapni aytganlar asosan g’arb olimlari bo’ldi. Bu masalani o’zimizda o’rganishda 60-80 yillarda birmuncha siljishdek ko’ringan jadidlarni o’ng va so’llarga ajratib baholash esa, aslida, mohiyat e’tibori bilan jadidchilikning sho’ro tuzumini yoqlash va uni mustahkamlash yo’liga o’tgan vakillarini oqlash tadorigidagi ustamonlikdan boshqa narsa emas edi.
Mazkur ishda jadidchilikni muosir zamon va makonda, bor murakkabligi bilan anik tarixiy sharoitlarda tug’ilishi, shakllanishi, ba’zan chekinishi, so’ng yana o’sish va rivojlanish yo’liga o’tishi, mustabid tuzum va jamiyat tufayli tanazzulga yo’l tutishi singari jarayonlarning ba’zi qirralarini o’rganishga bag’ishlanadi. Bu masalalarni, jadidchilik tarixini yaxlit, butun bo’y-basti bilan o’rganish esa, kelgusining vazi-fasidir.
Jadidchilik davlat, tuzum, boshqaruvni isloh etish, va millatni rivojlantirish orqali, umuman, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qo’ygan g’oyalar va aniq amaliy tadbirlarni o’zida mujassamlashtirgan tizim ekani barchaga ayon. Shunday ekan, bu tizim jahon sivilizasiyasida nihoyatda katta rol o’ynagan Turkistondek ulkan tarixiy bir o’lkada, ko’p asrlar davom etib kelgan hayotning sharqona tarzini saqlagan xolda, uni g’arb va Ovrupo taraqqiyoti natijalari bilan boyitishdi ko’zlaganini hamda XX asr tongidan yangicha yashamoqni vujudga keltirish usullarini izlaganini, istibdod sharoitida o’z qaqdirini o’zi belgilash yo’lida kurashga kirishganini ko’rsatuvchi sertarmok va murakkab jarayonlarni o’zida istifoda etdi. Bu jarayonlarni o’rganish, tadqiq etish esa oson ish emas.
Murakkab jarayonlarni taxlil etuvchi tadqiqotlarni hamma ham birdek, silliqqina qabul qilmasligi, tabiiy. Ushbu ishda ham shunday bo’lishi mumkin. Har bir ishda yoritilayotgan masalada muallifning o’z nuqtai nazari yotadi, u kezi kelganda bahs va munozara uyg’otar. Masalan, bir tarixiy fakt haqida o’z davridagi matbuot sahifalarida bir emas, ba’zan ikki-uch xil ma’lumotlar ham uchrab qoladi va ular turli maqolalarda shu yo’sinda aks etadi. Bunga ko’p ham ajablanmaslik kerak. Ana shunday bahsli ma’lumotlar asosida munozaralar uyg’onadi va ularning tahlili natijasida haqiqat tug’iladi.
Turkiston jadidlarida G’arb va Ovrupo falsafasi, ayniqsa, fransuz ma’rifatparvarlaridan o’rganilgan joylar ko’p. Buni alohida ta’kidlash zarur. Bu dunyo va insoniyat yaxlitligiga yana bir dalildir. Zero, bir vaqtlar o’z taraqqiyotiga Sharqdan kuchli turtkilar olgan G’arb va Ovrupo muayyan yuksalish bosqichida turib, ijobiy sama-ralarini Sharqning o’ziga yana qaytarib berdi. Lekin, ayni vaqtda, jadidchilik harakatidagi barcha ilg’or nuqtalarni, faqat G’arbga, Ovrupoga bog’lab qo’yish o’rinli bo’lmas. Jadidchilik harakati va g’oyalarining asosini Turkistonning o’zida vujudga kelgan tarixiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyat va sharoitlardan izlamoq to’g’riroqdir. Birgina misol: taraqqiy etgan G’arb va Ovrupo mamlakatlari o’zga, bosqichni mamlakat asoratida emas edilar. Turkiston esa, Sho’ro to’ntaruviga qadar ham, undan keyin ham ana shunday istibdod ostida edi. Binobarin, jadidlarning bosh g’oyalari ham ana shu - istibdodsan qutilish va mustaqillikni ko’lga kiritish maqsadi bilan bog’lanib ketadi. To’plamda bu masalaga alohida e’tibor berishga harakat qilingan.
Jadidlarning ulkan arboblari, adiblari o’z ijodida, qarashlarida ba’zan G’arbga, Ovrupoga keskin salbiy munosabat bildirishlariga ham tarixan yondashmoq kerak bo’ladi. Masalan, shunday munosabat, ayniqsa, Fitrat ijodi va qarashlarida mo’l uchraydi. Buni salbiy ma’nodagi millatchilikka yo’ymaslik kerak. Zotan, XX asr boshlarida qator Sharq mamlakatlari taraqqiy etgan Ovrupo mamlakatlarining istibdodida bo’lib kelganini bilgan kishi Fitratni to’g’ri tushuna oladi.
Rossiya musulmonlari syezdini (1905) chaqirishda (bu yig’in Nijniy Novgoroddagi Oka daryosida turgan “Gustav Struve" kemasida yashirin bo’lib o’tgan) jadidlarning tashabbus ko’rsatganlari ma’lum. Shunday ma’lumotlardan kelib chiqib, ba’zi tadqiqotlarda, jadidchilikning kelib chiqishi zamirida musulmonchilik g’oyalarini mustahkamlash va musulmonlarni birlashtirishgina yotadi, demoqchi bo’ladilar. Bu fikr noto’g’ri ekanligini tarix ko’rsatdi va ushbu ishda bu tarixiy haqiqat aniq faktlar, misollar asosida ochib beriladi. Jadidlarni ma’naviy yakdillik ("duxovnaya konso lidasiya") birlashtirib turganligini ochishga alohida urg’u beriladi. Shu nuqtai nazardan, ba’zan turli maqolalarda, bir masalaga turlicha qarashlar, hatto, turlicha baholar ko’zga tashlanib qoladi. Bunday hollarda muallif fikriga o’zgartirish kiritmaslik ma’qul ko’riladi. Chunki, mutaxassislar bu kabi qarashlarga o’zlarining mustaqil muno-sabatlarini bildira oladilar.
XX asr tongida Turkistonda inqilobiy harakat faol tus olgan edi, degan fikrlarga ham tanqidiy qarash kerak bo’ladi. Chunki, Turkistonda sho’ro mafkurasi tiqishtirib kelgan ma’nodagi marksistik to’garag-u, RSDRPlar ilgari surgan mazmundagi programma-minimum, programma-maksimumga ega inqilobiy harakat bo’lgan emas. Agar bo’lsa, bu o’lkaga Rossiyadan qochib yo ko’chib kelganlar orasida ma’lum darajada bo’lgan. Yerli xalq vakillari orasida esa, ommaviy tusda bo’lmagan. Turkistonda bu davrda muayyan yo’nalishdagi inqilobiy tusdagi harakat mavjud edi, deyiladigan bo’lsa, ilg’or vakillarida jadidchilik g’oyalarini o’ziga singdirgan milliy ozodlik va taraqqiyparvarlik yo’sinidagi inqilobiy harakat haqida gap bo’lishi mumkin.
Ayrim ishlarni hisobga olmaganda, shu vaqtgacha jadidchilik haqidagi tadqiqot va maqolalar, aksar hollarda, adabiyotshunoslar qalamiga mansub bo’lganini va asosan, adiblar ijodi tadqiq etilganini kuzatamiz. Qo’lingizdagi ishda jamlangan ma’lumotlarda jadidchilik muammolari, asosan, tarix fani nuktai nazaridan yoritiladi va u O’zbekistonda shu yo’nalishda yaratilgan dastlabki ishlardandir.
Eng asosiysi, bu ishda jadidchilik harakatining tarixiy asoslari va mohiyati, jadidchilik tizimida milliy davlatchilik g’oyalarining tutgan o’rni, Buxorodagi jadidchilik harakatining o’ziga xos xususiyatlari, jadidchilikning xalqaro miqyosdagi eng ilg’or ma’rifat va madaniyatiningg Turkistonda o’zlashtirilishida jadidlarning roli va ularning istiqlol g’oyalarini hayotga singdirish uchun olib borgan kurashlari singari muammolarga e’tibor beriladi.
Shunisi e’tiborliki, biz mazkur ishdagi ayrim o’rinlardan jadid vatandoshlarimizning naqadar buyuk va teran tafakkur egasi bo’lganligini kuzatish imkoniga ega bo’lamiz. V.I.Lenin: "...biz kommunizm quramiz, Rossiyadagi musulmonlar o’z taqdirlarini o’zlari hal qiladilar", - deb dunyoga ayyuhannos solib turgan bir paytda, 1920 yil sentyabrida, Bokudagi Sharq xalqlari qurultoyida T. Norbo’tabekov aytgan, sho’rolar, mohiyat e’tibori bilan "kommunizm niqobi ostida ishlayotgan zamonaviy mustam-lakachilar"dir, degan fikr kimni to’lqinlantirmaydi, deysiz?
Yoki yana bir misol: Marks asos solgan sinfiylik nazariyasini rad etish uchun deyarli 150 yil va yana Lenin asos solgan tuzumni barbod etish kerak bo’ldi. Vatandoshimiz Munavvarqori Abdurashidxonov esa bu xulosaga bundan 70 yil avval kelgan ekan. Mana uning fikri: "Bizning sinfiy dunyoqarashimiz negizida sinflarni inkor etish yotadi".
Yana muhimi shuki, ishda bundan 80-90 yil avvalgi xodisalar haqida fikr yurita turib, faqat tarix qurshovidagina qolib ketilmay, ularning asosiy e’tibori faqat fakt va ma’lumotdagina emas, ularning taxlilidan chiqariladigan xulosalarda, bu xulosalarni bugunimiz bilan bog’lashga harakat qilishda, ya’ni ularning zamonaviyligida, bizning shu kunimiz xizmatiga, Istiqlolimiz va Mustaqilligimiz xizmatiga bo’ysindirilishidadir.



Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish