Mundarija: Kirish bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy va ijtimoiy iqtisodiy ahvol



Download 272,5 Kb.
bet4/7
Sana04.06.2022
Hajmi272,5 Kb.
#635815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxorodagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va jadidchilik

1.3.Jadid ma’rifatchiligi va teatr
XIX asrning oxirlari va XX asr boshlarida Turkiston zaminidagi eng ilg’or fikrli ziyolilar ongida paydo bo’lgan milliy uyg’onish ma’rifatchilikda yaqqol namoyon bo’ldi. Yangicha ma’rifatchilikning ilk jarchilari bo’lgan jadidlar keng miqyosli amaliy faoliyatlari bilan o’z g’oyalarining jamiyat hayotida mustahkamlanib barqaror bo’lishi, oxir pirovardida milliy ozodlik, siyosiy mustaqillik kurashlariga o’sib o’tishi uchun zamin yarata boshladilar. Bu davr Turkistonda ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojida yangi bosqich edi. Ana shu bosqichda yerli xalqning madaniy-ma’rifiy hayotida shu qadar ko’p o’zgarishlar yuz berdiki, uni hech mubolag’asiz Renesans, ya’ni Uyg’onish hodisasigagina qiyoslash mumkin.
Madaniy-marifiy islohotlarning ibtidosida, albatta, maktab-maorif ishlari turadi. Shu kezlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg’ona vodiysi shaharlarida o’nlab «usuli jadid» maktablari ochildi. Uning tashkilotchilari tatar ma’rifatparvarlari bilan birga, yerli ziyolilardan Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Siddiqiy Ajziy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Abdurauf Fitrat, Xamza Hakimzoda, Sadriddin Ayniy, Abduvahob Ibodiy, Saidrizo Alizoda kabi o’nlab atoqli zotlar bo’ldi.
Yangi usul maktablar Turkistonda jadid ma’rifatchiligining ilk ko’rinishi bo’lishi bilan birga, to mazkur harakat sof siyosiy qiyofa kasb etgunga qadar ham o’z ahamiyatini yo’qotmadi.
Maktab-maorif ishlari bilan bir qatorda, jadid ma’rifatchiligining yana bir yorqin ifodasi bo’lib, ilk o’zbek milliy matbuoti, biroz o’tib turli ma’rifiy jamiyatlar paydo bo’la boshladi. Jamiyatlar bevosiga ma’rifatchilikning ham ma’naviy, ham moddiy davomiyligini ta’minlashni vazifa etib belgilagan edi. Tijorat va boshqa mablag’ manbalarini yaratib, jadid maktablari to’xtab qolmasligi, gazetalarning muntazam chiqib turishi, alohida iste’dod ko’rsatgan mahalliy bolalarni xorijga tahsil uchun yuborish kabi ezgu ishlar jamiyatlarning asosiy maqsadi edi. Ana shu maqsad yo’lidagi yana bir vosita teatr bo’ldi.
Teatr jadidlar nazdida, avvalo, «ulug’lar maktabi», «ibratxona» bo’lib, xuddi maktab va matbuot kabi ma’rifat, ilm olmoq g’oyasini targ’ib etishi ko’zda tutilgan edi. Ikkinchidan esa, ma’rifiy va ko’ngilochar tomoshalar orqali mablag’ topib, maorif, matbuot ehtiyojlariga sarflamoq ko’zlangan edi. Turkistonga tatar, ozarbayjon, rus sayyor teatr jamoalarining kirib kelishi ovro’pocha o’zbek milliy teatr san’atining tug’ilishiga turtki berdi.
Turkistonning asr boshlari matbuotida Ovrupocha teatr san’atining turi bizda, 1913 yil rasman shakllanmasidan biroz ilgariroq boshlanganiga oid dalillar uchraydi. O’zbek yangi teatri tarixini maxsus o’rgangan B.O.Pestovskiy «Inqilob» jurnalining bir necha sonlarida e’lon qilingan katta maqolasida «Qorako’l» shahriga yaqin bir qishloqqa 1909 yilda «o’zbek teatri o’ynaldi» degan, xabar borganligini qayd etgan edi. «Turkiston viloyatining gazetasi» 1910 yil yanvar sonlaridan birida esa «tez fursatda Toshkent shahrida teatr, ya’ni «muqaltid» o’yini o’ynalaturg’on musulmon jamiyati (truppa) ochilur emish... Ul jamiyat musulmon zabonida «muqallid» o’ynar ekanlar», degan xabar bosiladi. Bu xabardan besh-olti kun o’tib, yana shu gazetada yerli tatar havaskorlari doimiy teatr truppasi tuzgani haqida ham kichik axborot berilgan. Balki avvalgi xabarda «musulmon jamiyati» deganda mazkur tatar havaskorlari nazarda tutilgandir? Ammo bundan qat’iy nazar, o’sha jamiyat spektakllari bevosita mahalliy ziyolilar ishtirokida o’tgan. Agar «Oyina» jurnalidagi «Doxiliya xabarlari» deb nomlangan ruknni ko’zdan kechirsak, teatr yo konsert tomoshalari haqidaga xabarlarda, mahalliy havaskorlar tatar teatrchilari bilan hamkorlikda spektakllar qo’ygani, aksariyat, milliy pyesalardan so’ng tatar pyesalari o’ynalgani, har bir spektaklda tatar va o’zbek aktyorlarining birgalashib ishtirok etganidan ogoh bo’lamiz.
Umuman, teatr masalasiga e’tibor 10- yillarda juda kuchli bo’lgan. Chor hukumatining Turkiston o’lkasidagi rasmiy nashri afkori hisoblangan «Turkiston viloyatining gazeti»dan tortib, «Sadoyi Turkiston», «Sadoiy Farg’ona» gazetalari, «Oyina» masalasida shunday qiziqishni ifodalovchi oddiy xabarlardan to spektakllarga taqrizu, teatr tanqidchiligiga oid nazariy maqolalargacha uchratish mumkin. Masalan, «Oyina» jurnali 1913 yilgi 8-sonida «Ovrupoda teatr» nomli maqola e’lon qilib, unda G’arbdagi yirik mamlakatlar teatrlari, ularning miqdori haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Madaniy taraqqiyoti yuksak bo’lgan Angliya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlarda yuzlab teatr tomoshaxonalari borligi, bular yonida endilikda sinematug’rofning ham paydo bo’lib, rivojlanayotgani aytiladi. Bunday maqolalar mahalliy ziyolilarni teatrchilik harakatiga da’vat qilsa, avomni shunday madaniyat o’choqlaridan bahramand bo’lishga targ’ib etar edi.
1911 yilda Mahmudxo’ja Behbudiy «Padarkush yoxud o’qumagan bolaning holi» nomli «3 parda 4 manzarali milliy, birinchi fojia»sini yozadi. Asarni chop qilish xususidagi urinishlar ikki yilgacha muvaffaqiyatsiz kechadi. Faqat pyesani 1812 yili rus-fransuz muhorabasining Borodino maydonidagi ruslar g’alabasi bilan yakunlanishi, 100 yilligiga bag’ishlab, Tiflisdagi senzorga yuborilishi nashr uchun imkon beradi. «Matbuot ishlari Tiflis qo’mitasi senzori ruxsati bilan Kavkaz o’lkasi sahnalarida qo’yish mumkin» degan 1913 yil 23 mart 19940-son qaroriga ko’ra, asar 1913 yil Samarqandda alohida kitob holida chop etiladi.
«Padarkush»ning nashrdan chiqishi, tom ma’noda, milliy teatrning tug’ilishini belgiladi. Shu yilning o’zidayoq, Samarqandda Behbudiy, Toshkentda Munavvarqori va Abdulla Avloniy rahbarligida asarni sahnalashtirish harakatlari boshlanadi. «Oyina» yozadi: «Samarqandning o’zbek va tatar yosh va taraqqiyparvarlari bir bo’lib, o’zbekcha «Padarkush» va tatarcha - «Oldaduk ham oldanduk» asarlarini Samarqand qiroatxonai islomiyasi naf’ig’a 1914 yil 15 yanvar oqshominda Samarqandda qo’ymoqchi bo’ldilar va ham ushbu g’ayratli o’zbek va tatarlar birlashib, Ho’qand va Buxoro va o’zga Turkiston shaharlarinda milliy tiyotrlar ko’rsatmoqchidurlarki, niyat va g’ayratlari shoyoni shukronadur. Idorag’a kelgan maktublarga qaraganda, Ho’kand va Toshkantda ham «Padarkush» fojiasini sahnado qo’ymoq uchun mashq qilmoqda emishlar. Agarda g’ayratli yoshlar milliy tiyotrg’a rivoj bersalar, yana boshqa asarlarda tartib nashr qilinur»22.
Demak, «Padarkush» pyesasining e’lon qilinishi, bu, Behbudiy yoki Samarqand shahri ziyolilari uchun ahamiyatli bir hodisa bo’lmay, butun Turkistonda ijtimoiy-madaniy hayotning yanada jonlanmog’i, teatr havaskorlari negizida yangi-yangi ma’rifatchi jamoalar maydonga kelishi uchun turtki bo’lgan.
«Padarkush»ning ilk sahna muvaffaqiyati Samarqand teatr havaskorlarini ijodiy jipslashuvi va truppada o’z faoliyatlarini yanada rivojlantirishlari uchun madad berdi.
Truppaning Turkiston shaharlaridagi gastrollari ham ularni teatrchilik bilan muntazam shug’ullanishga da’vat qilmoqda edi.
1913 dekabrdan boshlab «Toshkentda ham «Padarkush»ni sahnaga qo’yish uchun hozirlik ketadi. Bu to’g’risida Toshkent jadid muallimlari aktiv rol o’ynaydilar. Jumladan, professor Avloniy, Muhammadjon qori, Nizomxo’jayev, Shokir Rahimiy va boshqalar jiddiy kirishadilar. Professor Avloniy aytuvi bo’yicha, hozirlik ko’rar vaqtda Toshkent havaskorlariga Muhammadyorov nomli tatar ziyoli rejissyorlik vazifasini ko’ra boradi. Lekin hozirlikning borishi yaxshi bormay, teatr qo’yilishi sudralib ketadi. 1914 fevralda Aliasqar Asqarov Samarqanddan kelib, Toshkent havaskorlariga o’zini tanita oladi va rejissyorlik vazifasi unga topshiriladi. Buning bilan oz kunda hozirlik bitib, 1914 fevralda «Padarkush» pyesasi - ozarcha «Xo’r-xo’r» komediyasi bilan birlikda sahnaga qo’yilmoqchi bo’ladi»23. Demak, rejissuraning ojizligi spektaklni samarqandliklar bilan birga yoki ulardan avvalroq chiqarish imkonini bermagan. Aliasqar Asqarning Samarqandda spektakl postanovkasini yakunlashini kutishga majbur bo’lingan.
1914 yil 27 fevralda «Toshkent Yangi shaharidagi «Kolizey» teatrining 2000 kishilik tomoshaxonasida kech soat yettida «musulmon» jamiyat imdodiyasi foydasiga» Toshkent teatr havaskorlari rasman o’z spektakllari namoyishini boshlaydilar. Teatr kechasi, Abdulla Avloniy me’morial muzeyida saqlanayotgan «maromnoma» (afisha)dan ma’lum bo’lishicha, uch bo’limdan tashkil topgan. Birinchisi - Mahmudxo’ja Behbudiyning «Padarkush» pyesasi asosidagi spektakl namoyishi. Ikkinchisi, - ozarbayjon aktyorlaridan Aliasqar Asqarov, Guluzorxonim va M.Shaxbalovlar ijrosida bir pardalik ozarcha «Xo’r-xo’r» kulgu-tomoshasi (S.Muzagayni asari). Uchinchi bo’lim - «Milliy o’qish va jo’rlar» bo’lib, bunda sakkiz nomerlik konsert ko’rsatilishi ma’lum bo’ladi. Konsertda Mulla To’ychi hofiz, mashhur raqqosa Qurbonxon, mulla Ahmadjon to’ra kabilar qatnashishi va so’ngra «Turkiston faryodi» va «To’y» nomli Abdulla Avloniy qalamiga mansub manzumalar jo’rliqda aytilishidan ogoh etiladi. Maromnoma so’ngida butun kecha uchun mudiri mas’ul Abdulla Xo’ja o’g’li, rejissyor Aliasqar Asqarov ekani qayd qilinadi.
Ilk parda ochilishidan avval sahnaga Munavvarqori Abdurashidxonov chiqib, teatrning «ibratxona» ekani, unga yengil-yelpi qaramaslik, aktyorlar esa «bir tabibi hoziq misoli» ekanliklaridan qisqacha va’z so’ylab, bugun jamoani buyuk madaniy hodisa bilan tabrik etadi.
Spektakl hamma jihatdan baland saviyada o’tgan. Bu fikrni shu voqea munosabati bilan «Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914 yil 16-sonli va, ayniqsa, «Oyina» jurnalining 22-sonida bosilgan «Toshkentda milliy teatr» nomli batafsil axborot taqrizlaridan ham sezish mumkin. Xususan, Tuzil Jonboyev imzosi bilan «Oyina»da bosilgan axborot-taqrizda spektaklning har bir pardasi alohida baholanib, birinchi pardada Boy rolini Abdulla Avloniy, Domla rolini Ziyeboyev, Ziyolini Asomiddin Xo’jayev, Xayrullani Xoniy janoblari; ikkinchi pardada - mayxona manzarasi, Davlagzo’r rolini Xoniy, Nor rolini Poshshoxo’jayev, Tangriqul rolini Shohinoyatov, Boyvachchani - Badriddin Alamov; uchinchi pardada Boy xotinini A.Ziyoboyev, Domla rolini Husayniy janoblari, Pristav rolini Mirzaxonovlar yaxshi ijro etganlar va ularning so’zlari tomoshabinlarga juda ta’sir ko’rsatib, xalq o’rtasida ovoza bo’layotgani aytiladi.
Toshkentlik havaskorlarning katta muvaffaqiyatlari, ularning shu yo’nalishdagi faoliyatlarining yanada kengayishi va rivojlanmog’i uchun muhim turtki bo’ldi.
1914-1915 yillarda «Turon»ga tatar rejissyori Zaki Boyazidskiy va Mustafo Mansurov ijodiy jihatdan boshchilik qilib turadilar. 1914 yil so’nglarida truppa Hoji Mu’in va Nusratulla Qudratullaning «To’y» dramasini sahnalashtiradi. Spektak1, xuddi, avvalgi «Padarkush» kabi muvaffaqiyat qozonib, «Sadoiy Turkiston» gazetasi unga «Milliy teatr» sarlavhali maxsus maqola bag’ishlaydi. Maqolada pyesa mazmuni hikoya qilinib, so’ng spektaklning sahnalashtirilishi, aktyorlar ijrosi haqida mulohaza yuritiladi. Asarda qator personajlar talqinida A.Ziyoboyev, B.A’lamov, Sh.Shohinoyatov, M.Mirazimov, Q.Ismatullayevlarning yaxshi g’ayrat va mahorat ko’rsatganlari aytilib, Abdulla Avloniy talqin etgan Olimboy roli alohida diqqatga sazovor bo’lgani qayd etilgan.
«Turon» truppasi 1915 yildan boshlab tarjima asarlari qatori milliy dramaturgiyamizning yangi-yangi namunalarini muntazam sahnalashtirib boradi. 1915-1916 yillar davomida Abdulla Qodiriyning «Baxtsiz kuyov», Abdulla Avloniyning «Advokatlik osonmi?», «Pinak», Hoji Mu’inning «Mazluma xotun» pesalari truppa reper-tuaridan joy oladi. Shu yillari o’z milliy rejissyorlarimiz ham yetisha boshlaydi. Nizomiddin Xo’jayev, Abdulla Avlonin, Badriddiy A’lamov kabilar bu sohaning ilk qaldirog’ochlari bo’ldi.
«Turon» truppasi shu yillarda teatr san’atining yana bir janri - musiqali drama (ayrim manbalarda «opera» deb ham yuritiladi) teatrining ham poydevorini qura boshlaydi. Toshkentga Ozarbayjonning mashhur tragik aktyori, rejissyor, xonanda Sidqiy Ruhillo boshchiligidagi ozar musiqali teatr truppasi gastrollarga keladi. Bu truppa ozarbayjon musiqiy dramasining asoschilaridan bo’lgan Uzeyirbek Hojibekov bilan hamkorlikda «Layli va Majnun» (Fuzuliy dostoni asosida), «Asli va Karam» (ozar xalq milliy dostoni bo’yicha), «U o’lmasun, bu o’lsun» kabi qator musiqiy spektakllar yaratib, shuhrat qozongan edi. Ana shu spektakllar bilan ular Turkistonning yirik shaharlarida tomoshalar, musiqiy kechalar o’tkazadilar. Ayniqsa, Toshkentdagi gastrollari katta ahamiyat kasb etadi. Yerli teatr namoyandalaridan Abdulla Avloniy Sidqiy Ruhillo bilan ijodiy hamkorlikka kirishadi. Bu hamkorlik natijasi o’laroq, 1916 yilning 30 dekabrida «Kolizey» teatrida ozar va o’zbek aktyorlari ishtiroki bilan «Layli va Majnun» musiqiy drama (yoki opera)si namoyish etiladi. Librettoni Avloniy ozar turkchasidan o’zbek turkchasiga tabdil qiladi. Spektaklni esa S.Ruhillo sahnalashtiradi. Asosiy rollarni Sidqiy Ruhillo (Majnun), Durriyatxonim (Layli), A.Avloniy (Malu’), A.Muharramov (Navfal), N.Xo’jaev, Farid Tohiriy, Yusuf Aliyev kabilar ijro etadilar.
Yuqoridagi dalillar shuni ko’rsatadiki, «Turon» truppasi muntazam ishlovchi jamoa sifatida ijodiy o’sish, yangiliklar izlashga harakat qiladi. Xalqning madaniy-ma’rifiy saviyasini ko’tarish yo’lida yangi shakllar topishga urindi, dadil tashabbuskorlarga jur’at qila oldi.
Milliy teatr g’oyasi 10- yillarning o’rtalariga kelib, butun Turkiston shaharlaridagi ziyoli yoshlarning fikri-yodini qamrab oldi. Millatning najotini ma’rifatda ko’rgan jadid taraqqiyparvarlari o’z qarashlarining keng miqyos kasb etishida, xalq o’rtasida ommalashib, ularning «basirat ko’zlari» ochilishida teatrning benazir ahamiyatini tobora chuqurroq his etmoqda edilar. Ayniqsa, «Padarkush» spektaklining Samarqand va Toshkentda favqulodda muvaffaqiyat qozonishi turli shaharlardagi yoshlarni g’ayrat «ot»iga mindirdi. O’z teatr truppalari, o’z milliy pyesalari haqidagi orzu-o’ylarni qalblariga jo qildi. Qolaversa, spektakl namoyishlaridan tushadigan mablag’, joylarda moddiy qiyinchilikdan qiynalib va yopilib qolayotgan «usuli jadid» maktablarini kerakli o’quv anjomlari bilan ta’minlash uchun ham zarur edi.
Agar xronologik tartibda oladigan bo’lsak, Toshkent, Samarqand, Qo’qondan so’ng Kattaqo’rg’on, Buxoro, Andijon, Namangan shaharlarida truppalar tashkil topib, teatrchilik harakatining keyingi taraqqiyotiga zamin hozirlab borildi.
Turkiston hududida teatr va dramaturgiya rivoji yanada jadalroq odim otishi ham mumkin edi. Afsuski, bu jarayonga juda qattiq qarshilik qilgan kuchlar paydo bo’ldi. Sahna san’atimizning, jadid ziyolilari orzulaganidek, bir necha ming aholi soniga to’g’ri keladigan qator teatr-ibratxonalari vujudga kelishida eng katta to’siqning biri mustamlaka istibdodi bo’lsa, ikkinchisi diniy jaholat va mutaassiblik edi. Rus ma’murlari Turkistondagi teatrchilik harakatiga, milliy dramaturgiya taraqqiyoti va targ’ibotiga ham tashkiliy-ma’naviy, ham moddiy to’sqinlik qilishga urindilar. «Padarkush» pyesasi yozilganidan so’ng, ikki yilgacha nashrga ruxsat berilmagani va Turkiston general-gubernatorligining o’z senzorlari bo’lgani holda, Tiflisdagi matbuot qo’mitasi senzoriga murojaat etilgani bunga yaqqol na’muna. Behbudiy rus-fransuz muhorabasining yuz yilligiga maxsus bag’ishlov so’zlarini qo’lyozmaning ilk sahifasiga qayd qilishi rasmiy idoralarga ta’sir ko’rsatish uchun qo’llagan chora - «hiyla» ekani sir emas. Chunki, u asarni to’laligicha rus tiliga o’girib, so’ngra senzorga yubormog’i shart edi. Nafaqat «Padarkush», ayni chog’da har bir yangi milliy pyesani rasmiy hukumat tasdig’idan o’tkazish uchun rus tiliga o’girish majburiy edi.
Pyesalarni sahnalashtirishdagi murakkabliklardan yana biri shunda ediki, senzura ruxsatidan o’tgan asar, qayta namoyish etilganda yoki boshqa shahar truppalari sahnalashtirganda, yana takroran mahalliy hokimiyatdan ruxsat olishi zarur hisoblangan. Shuningdek, har bir milliy spektakl afishasi «Hokimlarning ruxsati bilan» degan yozuvdan boshlanardi. Hatto fransuz hayotidan olib yozilgan «Qotili Karima» melodramasining «Turon» truppasi spektakli afishasidagi birinchi jumla ham, «Hokimlarning ijozati ila» degan so’zlar bilan boshlanardi. Shu truppaning tashkilotchilaridan Abdulla Avloniy «Sadoi Turkiston» gazetasining 1914 yil 2-sonida «Teatr o’ynovchi kishilar janob gubernatordan izojat olub, bosh hokimlarning farmoyishlari ila so’zlaydurgan so’zlarini e’lonnoma yozub chiqarub, har kimga ma’lum oshkor qilib so’zlamishlar», deb yozgan ediki, bu ham taraqqiychi yoshlarning naqadar qattiq ma’naviy iskanjada ish tutganlaridan guvohlikdir.
Xulosa qiladigan bo’lsak, aytish joizki, 10- yillardan boshlab Turkistonda milliy dramaturgiya - teatr vujudga keldi va ma’lum ma’noda o’zbek milliy dramasi bo’lgan Mahmudxo’ja Behbudiyning «Padarkush» asari bunda belgilovchi rol o’ynadi. «Padarkush»ni, o’lka ijtimoiy-madaniy voqeligida tutgan o’rni va ahamiyatiga ko’ra, 10- yillar Turkiston tarixining buyuk ijtimoiy-siyosiy hodisalaridan biri, deb baholamoq lozim.
«Padarkush» ta’sirida teatr truppalari tashkil topganidek, Hodi Muin, Abdulla Badriy, Nusratulla Qudratulla, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon, Mirmuhsin Shermuhamedov, Xurshid, G’ulom Zafariy kabi o’nlab milliy dramaturgiya namoyandalari ham birin-ketin yetisha boshladilar. Ular, aksariyat, adabiy-badiiy ijod jarayonini amaliy teatrchilik faoliyati bilan birgalikda olib bordilar. Asarlarida zamonaning maishiy-ma’rifiy muammolaridan to ijtimoiy-siyosiy masalalarigacha qamrab oldilar.
Jadidlar teatrni ibrat maktabi, ibratxona, dramaturgiyani esa «ta’ziri adabiy», deb tushundilar va faqat shu tushunchaga qat’iy amal qildilar. Shu maqsadda, sahna asarlarida bachkana, noravo qiliqlar, beparda iboralar, tuban manzaralar bo’lmasligi uchun kurashdilar. Darhaqiqat, «ibratxona»da beadab hatti-harakat yo so’zlar bo’lishi hech bir mantiqqa to’gri kelmas edi. Buni ilk teatr arboblarimiz estetik prinsip darajasiga ko’targan edilar. Balki shuning uchun ham xalq teatrni muqaddas dargoh, deb bildi. Bu maskanga borish va ibratli tomosha ko’rish esa hayajonli bir voqeadek qabul qilindi. Shu tahlit, ilk milliy sahna asari yangicha milliy teatrning tug’ilishini belgilaganidek, o’z navbatida, teatr ham dramaturgiyamizning shakllanib ravnaq topishida g’oyat muhim bir manba vazifasini o’tadi.
Shunday qilib, ko’hna Turkistonda yangicha teatr san’ati maydonga keldi, dramaturgiya shakllandi. Teatr, dramaturgiya jadidchilik harakatining va jadid adabiyotining bag’oyat muhim jabhalaridan bo’lgani uchun harakatning ma’rifiy, ijtimoiy hamda siyosiy maslaklari tomon yo’naltirishi, ularga mutanosib rivojlandi.


Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish