Mundarija: Kirish bob. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy va ijtimoiy iqtisodiy ahvol


bob. Jadidlar merosida adabiyot va san’at



Download 272,5 Kb.
bet5/7
Sana04.06.2022
Hajmi272,5 Kb.
#635815
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxorodagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va jadidchilik

2 bob. Jadidlar merosida adabiyot va san’at.
2.1. A.Fitrat va boshqa jadidlar ijodida musiqa
Abdurauf Fitratning «O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi» nomli risolasi musiqaga oid eng yirik tadqiqoti bo’lib, dastlab Buxoroda yozilgan, so’ngra 1927 yilda Toshkentda 3053 nusxada chop etilgan edi. O’n yil o’tgach, kitob muallifini o’z xalqiga dushmanlikda ayblab, hibsga oldilar24.
Mazkur risolaning taqdiri ham muallifi taqdiriga o’xshash bo’ldi. Bir tomondan, tabiiyki, risola o’z ijodkori ayblarini baham ko’rdi, «xalq dushmani»ga aylandi. Shu bilan birga, kitob umriga yana bir ayanchli voqelik salbiy ta’sir ko’rsatdi - arab alifbosida bitilgan «O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi» chop etalgandan keyin arab yozuvi amaliyotdan chetlashtirildi. Uning o’rniga lotin alifbosi davlat miqyosida joriy etila boshlandi. Bu jarayonga hali ikki yil to’lar-to’lmas yozuvimiz kirill alifbosiga o’tkazildi, natijada, arab yozuviga munosabat yanada keskin salbiy tus oldi. Shu paytdan boshlab, arab alifbosida yozilgan yoki chop etilgan barcha manbalar yigirmanchi va undan keyingi yillarda tug’ilgan avlodga yot bo’la boshladi. Arab yozuvini o’qiy biladiganlarni xalqqa nisbatan dushmanlikda, «millatchilik», «islomparastlik»da ayblash holatlari amalga oshib, yozuv esa feodal eskilik, amir, xonlar yoxud burjua qoldig’i, demakki, Sho’ro davriga mutlaqo begona mazmun hokimiyat mafkurasini belgiladi, qatag’on bahonalaridan biri bo’ldi.
Lekin madaniy-ma’naviy hayotning o’z qonun-qoidalari bor ekan. Kitob ham, uning muallifi ham chin ziyoli insonlar xotirasida, qalbida pinhona yashab keldi. Buyuk tasavvuf shoir Jaloliddin Rumiy bundan qariyb yetti yuz yil muqaddam aytgan falsafiy misralari XX asr davomida yana bir bor o’z tasdig’ini topdi:
Ba’d az vafot turbati mo dar zamin majo’y,
Dar sinahoi mardumi orif mazori most.
Ya’ni: Vafotimdan so’ng qabrimni yer yuzida qidirma
Orif mardlar ko’kragidadir mening mozorim.
Darhaqiqat, ziyolilar garchand o’z hayotlari uchun xavfli bo’lsada, Fitratning xotirasiga mehr ila qarab, uni merosini turli usullar bilan saqlashga harakat qildilar. Shuningdek, risola davlat kutubxonalarining maxfiy bo’limlarida ham «jon» saqlab qoldi.
Endilikda, ushbu kitob maqomlar borasidagi ilmiy tadqiqot sifatida ma’lum ahamiyatga ega. Uning ahamiyati nafaqat ilm tarixi bobida, balki hozirgi umummadaniy muammolar yechimi jarayonida ham ijodkorlar uchun qimmatlidir.
Risolaning ahamiyatini muayyan etish uchun, unga ikki nuqtai nazardan qarash maqsadga muvofiq: biri - professor A.Fitrat merosida kitobning o’rni, ikkinchisi, kitobning musiqa fanida, jumladan, sharq musiqashunosligida tutgan ilmiy ahamiyatidir. Va keng ma’noda -jadidlarning hayoti hamda ma’naviyat sohasidagi ishlarida musiqaning o’rnini bitmoqdir.
A.Fitratning serqirra ijtimoiy va ilmiy faoliyatida musiqiy masalalar salmog’i xususida so’z yuritar ekanmiz, jadidlar xarakatiga oid umummadaniy dastur mazmunini yodda tutish lozim. Chunki A.Fitrat san’at hayotida faol qatnashgan. Odamzod taraqqiyotida ma’naviyat ahamiyati va shunga o’xshash muammolar inqilobga qadar uning butun xayolini qamrab olgan edi. Bunga uning «Oila» monografiyasi dalil bo’la oladi 25.
Sadriddin Ayniy Fitratning yoshligini eslar ekan, «u oxirgi yillarda ko’p shahar-qishloqlarni aylanib, turmushni o’rgandi, ko’p narsalardan xabardor bo’ldi»26 - deydi. Bu ma’lumotni S.Ayniy 1920-21-yillarda yozgan. O’shanda Fitrat qadimiy sharq qo’lyozmalarini yig’a boshlagan bo’lsa kerak. Chunki inqilob sodir bo’lishi bilanoq bir talay eski qadimiy - adabiy, tarixiy, tibbiy va boshqa sohadagi qo’lyozmalarni, jumladan, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy Buxoriy, Darvish Ali Changiyning musiqaviy risolalarini shaxsiy kutubxonalardan topib, davlat kutubxona xazinasini yig’a boshlagan edi. Va, aynan, musiqaga oid qo’lyozmalar uning diqqatini tortdi. Fitrat o’z kitobida aytganidek, musiqani juda yaxshi ko’rar edi. Shuning uchun bu risolalarni tavsif etib o’rganar ekan, ilmiy ish jarayonining o’zi uning uchun lazzatli bo’lgan. Kitobxon shuni sezadi.
O’sha paytda inqilobga xos to’polon, tartibsizlikni ko’zda tutsak, shu bilan birga, ajnabiy ishbilarmonlar qator ma’naviy boyliklarimizni arzon-garovga olib ketganlarini inobatga olsak, A.Fitratning bu sohada ham millatparvar, yiroqni ko’ra olgan olim ekanligini yaqqol ko’ramiz. O’zi merosning qadrini bila turib o’zgalarda ham shu ishtiyoqni uyg’otar edi.
Zamona ham, davr ham garchi sharoit og’ir bo’lsada, qadimiy kitob, musiqaviy sozlar, amaliy san’at asarlarini qadrlaydigan bo’lgan.
Bunga o’sha davr taraqqiyparvarlari - jadidlar sababchi edilar. Ular har bir shaharda yashagan ilmga, san’atga, hunarga kerakli shaxslarning taqdiridan boxabar bo’lishgan. Har holda, G’ulom Zafariy, Qori Yokub, Abdulhamid Cho’lpon, G’ozi Yunus, Hamza, Abdulla Avloniylarning aytilgan sohadagi qizg’in xizmati 20-yillarga to’g’ri kelayapti. A.Fitratning bu faoliyati to’g’risidagi kitobida aytilganidan tashqari, qo’shimcha ma’lumotlarni keksa cholg’uchilarimiz, ashulachilarimiz, madaniyat arboblari bilan bo’lgan suhbatlarda topdik.
«O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi»ni nashrga tavsiya etgan Ilmiy qo’mita Fitratning musiqada mutaxassis emasligini ta’kidlaydi va shu bilan birga, milliy musiqashunoslar yetishib chiqishini kutib, hech narsa qilmay o’tirishni ham nodurust deb biladi. Muallifning o’zi ham kamtarinlik bilan bir necha bor musiqashunos emasligini takrorlaydi.
Fitratni qamoqqa olishgan kuni uyidan olib ketilgan narsalar ro’yxatida «ikkita o’zbek musiqaviy soz»1 borligi qayd egilgan. Shu ma’lumotni va kitobda yozilgan «men sorang degan sozni Hindistondan olib keltirdim» degan so’zlarni nazarda tutsak, A.Fitratning umuman musiqiy sozlarni yig’ishga ishtiyoqi ham ma’lum bo’ladi.
Fitratning musiqaviy-ijtimoiy faoliyatida yana bir muhim masalani alohida aytish kerak. Inqilobdan so’ng ro’y bergan murakkab sharoitda u ashulachi, sozanda, maqomchilarni yig’ib, ularga ish topib berdi.
Kitobda juda ko’p musiqiy texnikumlar ochilganligi to’g’risida aytilgan, hatto «hech bo’lmaganda har maktabda krujok ochdik» deyilgan. Ammo bu ma’lumotning hayotiy mazmuni san’atkorlarni saqlab qolish, ularga maishiy sharoit muhayyo etish edi. Bu tarixiy ma’noga ega savob ish edi.
A.Fitratning madaniy-ijtimoiy faoliyatida, umuman, hamma san’atlarning rivoji ko’zda tutilgan deyish mumkin. Bu musiqa, teatr, kino san’ati, ham musiqaviy folklor, etnografiya, xalq amaliy san’atlariga tegishli bo’lib, asosan, yosh, qobiliyatli yigit-qizlarni topib, ularni o’qishga, yetuk san’atkorlarni esa o’qituvchilikka jalb etish edi.
Bu gaplarni hozir aytish oson, u paytlarda esa hayotiy murakkab muammolar ko’p edi. Ulardan biri: san’at sohasida xizmat qilish sharafli ish deb hisoblanmaganligida. Bunday munosabatni jamiyat psixologiyasida keskin o’zgartirish kerak edi.
Ko’plab tashkil etilgan ekspedisiyalarda ashula, o’yin, zarbulmasallar, qo’lyozma, amaliy san’at asarlarini yig’ib saqlab qolish - asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Va shu haqda matbuot orqali anjumanga bildirilgan. Jumladan, 1921 yilda Mulla Bekjon Rahmon o’g’li va Muhammad Yusuf Devon o’glining «Xorazm musiqa tarixchisi» nashr etilgan. 1922 yilga nazar tashlasak, «Nauka i prosvesheniye» («Ilm va ma’rifat») jurnalida yoritilgan Ye.A.Chernyavskiyning ma’lumotidan, G’ulom Zafariyning ekspedisiyalarda xalq ashulalari, doston, lapar, qadimiy kitoblar yig’ganligini bilamiz 27. Rus musiqashunos olimlari V.A.Uspenskiy «O’zbeklarning klassik musiqasi» (1927 y.) «Farhod va Shirin musiqasini ishlaganim»(1937y.), V.M.Belyayevning «O’zbeklar musiqasi» (1930 y.), «Milliy musiqani o’rganish masalasiga doir» (1933y.) deb nomlangan izlanishlari ma’lum 28. Yigirmanchi yillarda milliy san’atlarga qiziqish avj olgan edi. Rus Jo’g’rofiya Jamoati (Russkoye Geograficheskoye Obshestvo) qoshida etnografiya bo’limi tashkil etiladi. Shu bo’limda xalq musiqasini o’rganish Komissiyasi (Komissiya po izucheniyu narodnoy muziki) 1925-26 yilning hisobotida quyidagi ilmiy ma’ruzalar aks ettirilgan: 10 may - S.Ye.Malov va Ye.E.Bertels: «Uyg’ur va Xitoy sartlarining musiqa va ashulalari»; 22 iyun - S.D.Bergel’son: «Sharq musiqa madaniyatining tarixiy bosqichlari»; 5 iyul - Ye.E.Bertels: «Turk darvishlarining ashula va musiqalari»; 27 noyabr - Ye.E.Bertels: «X asr arab allomalarining musiqaviy nazariyalari»29.
Domla Fitratning musiqa va san’atlarga bag’ishlangan yozuvlaridan «Ozod Buxoro» gazetasida (1926 y.), «Maorif va o’qituvchi» jurnalida, «San’at manshai» (1927 y.), «Alanga» jurnalidagi, «O’zbek musiqasi to’g’risida» (1928 y.) maqolalari monografiyaning yozilishi va nashr etilishi jarayonida jamoaga manzur bo’lgan edi. Hatto, Bokuda nashr etilgan eng birinchi yirik «Oila» nomli asarining «Ibo» bobida musiqaning halol va pokiza soha ekanini isbotlaydi va buning uchun, «Sahihi Buxoriy» hadislaridan Bibi Oysha so’zlagan hikoyani tanlab olgan. Bu hadisda Muhammad payg’ambar ashula aytayotgan kanizaklarni Abu Bakr g’azabidan himoya etadi. Fitrat tanlagan hadislarning yana bir nechtasida payg’ambarimiz oilalari bilan birga raqs tomosha qilganlari, musiqa tinglaganlari haqida hikoya etilgan. Aynan birinchi hadisni XVI asrning II yarmida ijod etgan musiqashunos, ohangsoz va shoir Darvesh Ali Changiy ham o’z kasbini oqlash uchun qo’llagan edi.
Oralari to’rt yuz yil bo’lgan ikki muallif bir manbaga murojaat etishibdi. Shu davr mobaynida, musiqaga, ahli san’atga munosabat o’zgarmaganligi diqqatni jalb etayapti: hamon musiqaning islom shaxsi hayotida kerakligi ta’kidlanadi.
Shu qatorda, «Shashmaqom»ni notalar vositasida yozib olishni tashkil etilishi ham, Fitratning musiqa sohasida bajargan ulug’ ishi bo’ldi. Kitobda muallif bu ishlarda o’zining ishtiroki haqida kamtarlik ko’rsatib, aytmay o’tgan. Ammo shu ishni bajargan V.A.Uspenskiy, do’sti V.M.Belyayevga yozgan bir maktubida: «Shashmaqomni notaga yozib olish g’oyasi o’zbek yozuvchisi va musiqa muxlisi Fitratga mansub», - degan. Shu ikki rus olimlarining o’sha yillarga doir xatlarining sahifalarida Fitratning ismi bir necha bor tilga olinadi. Jumladan, 1924 yili V.M.Belyayevning V.A.Uspenskiyga «Muzikaga oid qo’lyozmalarni qidirgin, topgin, bu nihoyatda zarur manbalar» degan so’zlariga javoban, V.A.Uspenskiy «Bu qo’lyozmalarni qadrlovchisi va bilimdoni Fitratdir» - deb yozadi30.
«Shashmaqom» Yevropa notalari tarzida yozib olinganda, matnlar yozilmagan edi. Bu holat, hozir ba’zi olimlar tomonidan katta kamchilik deb ta’kidlanmoqda va faqat Fitratning aybi sifatida ko’rsatilmoqda. Ammo ilmiy tanqidda siyosiy ishoralar eshitilmoqda. Shuning uchun shu masalada to’xtab o’tmoqchimiz. Maqomlarni yozib olganda, tabiiyki, chapdan o’ngga tomon notalar saf tortgan. Arab yozuvi esa o’ngdan chapga harakat qiladi. Shuning uchun hozir ham, arab yozuvi qabul etilgan mamlakatlarda ohang notalari she’riy matndan ayri nashr etiladi.
Ikkinchi bahona, rus musiqashunosi bo’lgan V.A.Uspenskiyning o’ziga ham bog’liq bo’lishi, ehtimol. Nima uchun shunday fikr paydo bo’ladi? V.M.Belyayev 1936 yilda rus muzika folklorchisi, ko’chmanchi turklarning musiqa merosini o’rgangan yirik olim AV.Zatayevichning vafotiga ta’ziyanoma e’lon qilib, shunday so’zlarni yozgan edi: «Afsuski ba’zi materiallar... ilmiy tadqiqot uchun yetarli darajada emas. Xalq ashulalari matnsiz yozib olingan. Ohang va musiqaviy shakl namoyon bo’lgan holda, matn mazmuni nazardan tashqarida qolib ketgan. Bu ... umuman musiqa etnograflarining keksa avlodiga mansub bir tomonlama yondoshish. Va hali yosh olimlarimiz bu kamchilikni bartaraf qilgani yo’q». Ya’ni V.A.Uspenskiyning maqomchilar bilan ishlaganidan 12 yil o’tgach, V.M.Belyayev hamon o’sha ilmiy metodning nuqsonini ta’kidlaydi. «Shashmaqom»ning tekstlari yozib olinmagani masalasini o’rgansak shuni ham nazarda tutmoq darkor.
Mutavakkil Burhonov Fitratdan she’rlar nashr etilmaganining sababini so’raganlarida, domla birinchi sabab deb, arab yozuvining harakati nota yozuviga to’g’ri kelmaganini aytgan ekanlar. Ammo suhbat davomida yosh kompozitorning e’tiroziga javoban: «Soddasiz. Agar Moskva «Shashmaqom»ning she’rlarini bilsa edi, umuman nashr bo’lmas edi bu kitob» - degan ekanlar.
Musiqashunos A.Jumayevning «Abdurauf Fitrat va uning zamondoshlari O’zbekistondagi «Musiqaviy front» maydonida (20-30 yillar)» maqolasi dunyo miqyosida tarqaladigan sanoqli «Sentralnaya Aziya» jurnalining uch sonida e’lon etilgan. Unda: «Fitrat o’sha davrda (1923-24 yillar) Turkiya qo’llagan siyosiy va madaniy taraqqiyot modelining kuchli ta’sirida edi. Va hayotda madaniy turkiylashtirish g’oyasini faol tatbiq etgan edi. Jumladan, badiiy va musiqaviy merosni ham eski fors-tojik matnlarni (Shashmaqomdan) olib tashlash uning uchun shu rejalangan maqsadda ilk qadam bo’ldi», - deb taxmin qiladi A.Jumayev31.
Munozara lozim, chunki bugun bir necha ilmiy va siyosiy muammolar O’rta Osiyoning yangi ma’naviyatini shakllanishida tarix ilmini jang maydoniga aylantirmaslikka, merosimizdan oqilona foydalanishga da’vat etayapti.
Shunday masalalardan biri: Fitratning «Buxoro Shashmaqom»ini turkiylashtirish maqsadidir, ammo bu taxmin qator savollarga tortayapti. Nima uchun Fitrat Shashmaqomni notaga yozib olgandan keyin o’n uch yil davomida ( u 1937 yilda qamalgan) o’z maqsadini bajarmadi? Ilk qadamidan so’ng fors-tojik she’rlarini o’zbek-turkiy tekstlar bilan almashtirmadi? Bunday maqsadga erishish uchun fursat ham, she’rlar ham bor edi. Balki maqomchilar qarshi bo’lgandirlar? Kim, qachon va qayerda? Yoki Fitratning umuman bunday maqsadi yo’q edimi.
Ikkinchi mulohaza - Fitratning turkparastligi. «Chig’atoy gurungi» faoliyati turkiylashtirishga qarshi tadbir bo’lgan edi. Unda Cho’lpon va Fitratning o’zbek tilini majburan usmonli turkiylashtirishdan saqlab qolish bo’lgan. Qiziqarli holat kuzatilayapti. Fitratning Turkiyadagi hayoti uning ona yurtidagi hayotidan keskin farq qilar edi. Stambulni, Anqara, Izmirni - Turkiyani sevib, hatto ba’zilari u yerda uylanib, oilalarini Buxoroga olib kelganlarning hammasi jadid edi. M.Behbudiy, Mazhar va Muammir Burhonovlar, Abduqodir Shakuriyning xotiralari, hayoti bunga guvohdir.
O’rta Osiyodan borgan yoshlar uchun turklarning musulmon ahli bo’lgani, tili tushunarli ekani, u yerda Yevropa madaniyatining bemalol qabul etilgani, kollejlarda fransuz tilini o’rgatilishi, ayollarning holi, oilada eru xotin munosabati, hatto kiyinish, dasturxon yozishi va boshqa maishiy odatlari ularning Turkiyaga oshiq bo’lishiga sabab bo’ldi va bugun bizga tushunarli holdir.
Ammo jadidlarning ma’naviyatida boshqa yurtni sevish xoh Germaniya bo’lsin, xoh Eron, Rossiya, yo Arabiston, yo Turkiya - o’z yurtidan voz kechish emas edi. Jadidlarning, jumladan, Fitratning ham maqsadi dunyo yetishgan yaxshiliklardan foydalanib ona yurtini taraqqiylashtirish edi. Bu ularning yozma merosida o’z aksini topgan.
Shuning uchun Buxoro Shashmaqomini nashr etish tarixini o’rgansak A. Jumayevni shu mavzudagi fikrlariga qisman e’tiroz bildirib, qisman qo’shimcha qilib aytish lozim: merosni o’zgartirib bo’lmaydi. Meros zaminida yangi narsa ijod etish mumkin. Masalan, yarim asr o’tgandan so’ng Yunus Rajabiy Shashmaqomning asl fors-tojik she’rlari o’rniga o’zbek-turkiy klassik matnlarni kirgizdi. Toshkent-Farg’ona maqomlar turkumi, Xorazm maqomlari o’z yo’lida rivojlanib, Buxoro Shashmaqomi esa o’zicha qoldi. Bundan tashqari Tojikistonda ham, O’zbe-kistonda ham tojik, o’zbek, yahudiy ijrochilari maqomlarning estetikasiga o’z jihatlarini qo’shdilar.
«Muzikamizning katta kamchiliklaridan bittasi uning tarqoqligidir», - deb ko’rsatgan edi A. Fitrat, 1928 yilda e’lon qilgan maqolasida. - «Bir kuy Xivada boshqa, Toshkentda boshqacha chalinadi. Hozirgi texnikumlarimiz ham shul chizg’idan chiqolmay yuradilar»32. Ammo, yillar o’tgach, hayot, ijodiy faoliyat shuni ko’satdiki, domlaning musiqaviy ijrochilik uslublarining «birlashishiga» intilgani aslan, bizning musiqaviy mafkuramizga yot ekan. Mintaqamizning har bir shahari o’z ohangida so’zlaydi. Faqat birgina Farg’ona vodiysi bo’ylab sayr etsak, Qo’qonda, Marg’ilonda, Andijon yoki Farg’onada suhbatning ohangi, musiqaviy usuli o’zgacha, garchi har biri o’zbek tili bo’lsa ham. Yoki Samarqand, Buxoro, Xo’jandning tojik tilini eshitsak bularning so’zlashuv ohangi, musiqaviy usuli, ijrochilik uslubida farq bor. Va shunday rang-baranglik boyligimizdir, tinglovchi shuni yaxshi ko’radi, xoxlaydi. Hozirgi radio va televizor ta’sirida shu lokal farqlar raqs va ashula aytish uslublarida yo’qolayotgan sari afsuslanmoqdamiz. Va shuni ham shohidi bo’lmoqdamizki, agar usta mahoratli sozanda, tug’ilgan yerining musiqaviy mafkurasi egasi bo’lsa, o’zligini saqlab qola oladi va qadimiy rango-rang an’analarga bugun o’z hissasini qo’shadi.
Musiqa ilmining tarixi, to’g’rirog’i, yozma tarixi ming yilga ega. Yozma tarixi deganimizda saqlanib qolgan risolalarni nazarda tutsak, bu fan ulug’ mutafakkir Abu Nasr Forobiy kitoblaridan boshlanadi. Shu ming yil davomida yaratilgan eng katta fundamental asarlarning mualliflarini eslab o’taylik: IX-X asrlarda Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino, XII asrda Umar Xayyom, XIII asrda Kutbiddin Sheroziy, Safiuddin Abdulmo’min Urmaviy, XIV asrda Abdulqodir Marog’iy, XV asrda Abdurahmon Jomiy, al-Husayniy, XV-XVI asrda Najmiddin Kavkabiy Buxoriy, XVI asrning 2-yarmi - XVII asrning 20-yillarida ijod etgan Darvesh Ali Changiy, chorak asrdan keyin Boqiyeyi Noiniy, XVIII asrda Davra Sufrachi Karomiy risolalari bizgacha yetib keldi. Bu risolalar sharq musiqashunosligida nazariy, amaliy va tarixiy bilimlarni mujassam etgan fundamental tadqiqotlar hisoblanadi. Ammo ilmiy manba sifatida yana bir qator asarlar qo’llanib kelingan. Bular noma’lum (anonim) mualliflar qalamiga mansub risolalar, qomusiy (ensiklopedik) asarlardan o’rin olgan musiqiy bo’limlar, tarixiy nomalar, xotiralar, lug’atlar, adabiy she’riy va nasriy badiiy kitoblardir. Masalan, Davlatshohning «Tazrikat-ush-shuaro»si, shu nom bilan mashhur Mutribiyning tazkirasi, «G’iyos-ul-lug’ot», «Burhoni qote’» farhanglari, Navoiyning «Majolis-un-nafois»i va bayozlar shular jumlasidandir. A.Fitratning kitobi musiqashunoslik nuqtai nazaridan baholansa, musiqa ilmining poydevor asarlari qatoriga kiradi.
A.Fitratning kitobi o’rta asr sharq musiqaviy risolalari tarzida yozilgan, ya’ni risolada ilmi musiqiyning hamma an’anaviy (Forobiy davridan buyon) qismlari aks ettirilgan1. Bunda ma’lum darajada, ham o’tmish, ham muallif yashagan davridagi musiqiy nazariya amaliyot, ijodiy muhit intiqos bo’lgan.
O’tmish risolalarni o’qiganda, bir muhim va qimmatli jihat ayon bo’layapti. Bu musiqa san’akorlarining serqirra faoliyati va shunga binoan tarbiyaviy-pedagogik an’anadir. Odatda hofiz ham sozandalik qilar, ham she’r ilmini mukammal bilar edi. Shuningdek, aksariyat, o’zi she’r ijod etib, unga o’zi kuy bastalar edi. Sozanda bir emas, balki bir necha cholg’uni o’zlashtirar edi. Musiqada o’tkir qobiliyatli bo’lganlar esa, garchand boshqa bir kasb egasi bo’lsalarda, bo’sh vaqtlarida musiqaviy ijrochilik bilan mashg’ul bo’lardilar. Risolalarning varaqlarida o’nlab cholg’uchi, ohangsoz yoki musiqiy risola yozgan jarroh, munajjim, qozi, shoir, muarrix, novvoy, kulolchi, rassom va xattotlarning ismlarini uchratamiz. Abdurauf Fitrat o’zi ham shunday allomalardan bo’lgan edi. Shoir, dramaturg, dinshunos, muarrix, arab, fors, turkiy tillarini mukammal bilgan olim, sharq musiqiy ilmidan yaqindan xabardor bo’lgani holda, ushbu kitobini yozishga kirishadi. Bunga bir necha manbalar (kitobda ularning nomlari va mualliflari hamda risolalarning mazmuni haqida batafsil aytilgan) zamin yaratgan. Ammo Fitratning o’zi maxsus musiqiy ta’lim olmagani tufayli, shu «kamchiligini» qayta-qayta takrorlab, buni bir yoqlama hal qilish yo’lini axtargan. Bunda birinchidan, maqomshunoslarni yig’ib, ularning bilimidan foydalanish nazarda tutilgan bo’lsa, ikkinchidan, Yevropa-rus ilmining XX asrda erishilgan tadqiqot metodikasini kerakligicha o’zining sharqiy uslubiga bog’lash maqsad qilib qo’yiladi. Ota G’iyos va Ota Jaloldek ustalar «Shashmaqom»ning yirik bilimdoni edilar, «Buxoro shashmaqomi»ning asl poytaxtda shakllangan musiqiy maktabining namoyandalari edilar. Ulardan keyingi davrda ijtimoiy hayotda keskin o’zgarishlar sodir bo’ldi. A.Fitratning aytganlaridek, «kun sayin o’zgarishlar kirib keldi». Radio, grammofon, patefon, plastinkalar, keyin televizor vositalari maishiy turmush jarayoniga singib bordi. Shu tariqa, yangi taassurotlar yuzaga keldi. Sharq bilan g’arb orasida jonli rishtalar kuchaya bordi. Asrlar osha sharq sadolari ila shallangan Buxoro Shashmaqomining XX asr II nchi yarmida yangi matnlar, estetik tus olishi tabiiydir. A. Fitrat o’sha eski maktabning oxirgi namoyandalaridan ma’lumot olishga intildi va ulgurdi.
Stambulda ta’lim olgan faslda Fitrat Sharq va G’arb olimlarining ishlaridan xabardor bo’ladi. Masalan, bir talay maqolalari va kitobida usmonli turk olimlari Rauf Yaktobey, Kuprilizoda, fransuz olimi Sharl’ de Savinyus (kitobida shunday nashr etilgan, ammo tadqiqotchi B.Ergashev so’z «Siyosiy tarix» - «Politicheskaya istoriya»ning muallifi Sharl’ Senyubos (1854-1942) deb aniqladi), moldovan-turk olimi Kontemirning asarlari, falsafiy qarashlari, ularning kitoblaridan sitatalar uchraydi. XX asr ilmiy tadqiqot usulini o’zlashtirishda A.Fitratga Stambul bilan birga Boku, Moskva, Leningrad ilmiy muhitining ta’siri bo’ldi. Bu ta’sir bir xil darajada bo’lmadi. Chunki Stambulga 24-25 yoshli paytida borgan bo’lsa, Moskva va Leningradga 37-38 yoshdagi yetuk olim, shuningdek, katta lavozimlarda ishlab, qattiq tanqidlarga uchragan, bu lavozimlardan tushgan davlat arbobi sifatida borgan edi. Rus sharqshunosligining eng kuchli olimlaridan Yevgeniy Eduardovich Bertels bilan A.Fitrat orasida ajoyib do’stlik bog’lanadi.
Leningrad Universitetiniig professori, forsiy tillar adabiyoti mutaxassisi Ateksandr Nikolayevich Boldmrevning guvohligicha, «Fitrat kabinetga kirganda, hammamiz o’rnimizdan turar edik»1. Rus musiqiy folklorchilari va kompozitorlari V.A.Uspenskiy va N.N.Mironov bilan birga Fitrat Samarqand va Buxoroda ish olib borishgan. Moskvada esa V.M.Belyayev bilan (Viktor Mixaylovich Belyayev Cho’lponning yaqin do’sti ham edi) muloqotda bo’lib olimning ismi Fitratning kitobida bir necha bor qayd etilgan.
A.Fitratning kitobida ma’lumotlarning tuzilishi, manbalardan foydalanishi (sitata, jadval tuzish, rasm va fotonusxalarning dalil yoki illyustrasiya sifatida keltirish usullari) bu hammasi, sharq musiqaviy risolalarida yangi XX asrda Yevropa mamlakatlaridan olingan uslubi, tarzi bo’ldi. Yangi davrda yangi «ilmiy til» qo’llana boshlandi, bu - sharq musiqashunosligida tarixiy voqea edi. Binobarin, bu hol Abdurauf Fitrat nomi bilan (garchi u musiqashunos bo’lmasada) bog’liqdir.
Bundan tashqari, yana bir qator muammolar, xususan, musiqaviy cholg’ular, ohang va she’r munosabati musiqiy istilohot, Sharq va G’arb orasidagi ijodiy muloqot va o’zlikni saqlab qolish kabi masalalarda Fitratning qarashlarini o’rganish lozim.
AFitrat musiqiy cholg’ularni yig’ishga qiziqqanini yuqorida aytib o’tdik. Buni G’.Izomiy. S.Karomatullaxo’jayeva, Q.Abduqodirova, Fitratning 20-yillarning boshida rafiqasi bo’lgan Fotima Burhonova, uning ukasi kompozitor Mutavakkil Burhonovlar ham eslashadi. Kitobda «men Hindistondan sorang sozini olib keltirdim» deyilganini yana yodda tutsak, bir necha savollar paydo bo’ladi. Kim shu ishni bajo keltirgan ekan? Qamoq tergovidagi «Delo»da Fitrat ikkita hindistonlik bilan muloqotda bo’lgani aytilgan: biri Saidafandi, tabib va ikkinchisi hind ixtilolchisi Abdurat. «Delo»da shunday yozilgan. Ammo tergovchilarning savodsizligini, ularning aksari, o’zbek tilini bilmaganligini esda tutsak, hind ismi balki xato yozilgandir, deb taxmin qilish mumkin. Buxoro olimi Salimiy Fitratning yoshligida otasi bilan birgalikda Hajga borgani, shu tufayli, Hoji Abdurauf unvoniga sazovor bo’lgani haqida «Majmuada» yozadi. Bu kitob 1914 yilda nashr etilgan edi. Va unda «hozir Fitrat Stambulda tahsil olmoqda», - deyilgan. Taxmin qilish mumkinki, Fitrat yo otasi bilan Hajga borganida, yo Stambulga jadidlar bilan o’tganida Hindiston orqali jo’nagan. F.Burhonovaning amakilari Mazhar va Muammir Burxon 1909 yilda Fitrat bilan birgalikda Stambulga Buxorodan ko’chishgani, o’shanda Hindistonda amakilari bir necha vaqt yashagani haqida eslar edilar. Fitrat bular bilan birga bo’lsa, mumkin o’shanda, hind cholg’ulariga nazari tushib, ularni yig’ish maqsadi paydo bo’lgan.
Yangi uslub sifatida A.Fitrat birinchi bo’lib kritik tekst (ya’ni bir necha nusxa taqqoslangan), matn tuzishni ilmiy masala darajasida boshladi. Bu masala Jomiyning musiqaviy risolasidan foydalanish bahonasi bilan yuzaga chiqdi.



Download 272,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish