www.ziyouz.com kutubxonasi
50
o‘xshashi bor bo‘lgan borliqlardir. Bular qaysidir bir jihatdan vahdoniyat sirini tashiydilar, ammo
ahadiyat sirini tashimaydilar (joziba va magnitik taranglik).
Shu tufayli bularning hech biri Olloh bo‘lolmaydi. "Ixlos" surasi Olloh ma’nosini tushuntirarkan,
ilk oyatidayoq bilganlarimizning hech biri Olloh bo‘lolmasligini ta’kidlaydi va bularning barchasining
narigi yog‘ida mutlaq bir toqlik borligini, bu toqlikning o‘xshashi va ziddi bo‘lolmasligini uqtiradi.
Matematik jihatdan 1 soni ham ahadiyat siriga ega emas, chunki-1 bor.
Kvant ham fizik jihatdan ahadiyat siriga ega emas, chunki handasa (geometriya) amaliyotida
undan ham kichik Hilbert makoni bor.
Koordinatlar, ya’ni nuqtaning joyi ham geometrik jihatdan doimo zid o‘xshashlik farqni
ko‘rsatgani tufayli ahadiyat sirini tashiyolmaydi.
Ammo har uchalasida ham vahdoniyat siri bor.
Shunday bo‘lgach, Ahadiyat, bu - yolg‘iz Ollohga, uning zotiga xos bir mutlaq toqlikdir.
Zehnlarda paydo bo‘lgan har bir o‘rnak, ilm bilan o‘zini izohlab, ma’no chegarasini cheksizlashtiradi.
Bir-biridan farqlanuvchi har xil toqlar, Ollohni bilib bo‘lmasligining muhtasham bir ko‘rgazmasidir.
Hammasini ko‘rib, bilib bo‘lgach Olloh bundaylardan emas, deysiz. "Ixlos" surasi ko‘rsatgan ilk
ilmiy mo‘jiza mana shudir.
Somad siri:
Somad - shonli, ulug‘, barcha g‘oyalar manbai, nuqsonsiz, har narsadan to‘q (hech narsaga
muhtoj emas) ma’nolarini bildiradi. Lekin eng asosiy ma’nosi: har qanday borliq unga muhtoj, undan
madad olmay turolmaydi, u oliy qudrat demakdir.
Koinotda har borliq, koinotning har nuqtasi somad siriga muhtojdir. Somad sirini, kitobimizning
tafsir tarzi nuqtai nazaridan, ya’ni fizik tomonidan sharhlagim keladi:
Ajabo, inson Somad siriga qanchalik muhtoj ekan?
Ma’lumki inson o‘z navbatida atomlardan molekulalarga, molekulalardan hujayralarga,
hujayralardan to‘qimalarga va undan a’zolar tizimiga o‘tuvchi bir jismoniyat sohibidir.
Bir atom mag‘zi, inter aktsion jozibasi sababli, bir soniyada o‘n milliard marta muvozanat titrog‘i
beradi. Bu muvozanatni saqlash uchun bir soniyada o‘n milliard marta somad siriga muhtoj bo‘ladi.
Bir inson vujudida 7x10
28
atom mag‘zi, taxminan 14x1(R elektron bor. Demak, inson o‘zidagi
atom va elektronlar tufayli bir soniyada atom mag‘zi jihatidan 7x10
28
va elektronlar jihatidan 14x10
28
marta somad siriga muhtojdir.
Bu degani - biz bir soniyada milliard karra milliard karra milliard karra milliard bora somad siriga
muhtoj bo‘lamiz. Somad bizga lutf etmasa, biz bir bombaday portlaymiz. Atomdan molekulagacha, u
yerdagi roppa-rosa 2000 bioximiya fabrikasi hujayrasigacha somad siriga muhtojligi shu qadar
kattaki, har bir insonning vujudi, butun borlig‘i, hech shubhasiz, bir soniyada cheksizga yaqin
miqdorda somad siriga sig‘inishga majburdir.
Shunday qilib, "Ixlos" surasi ahad siri orqali Ollohni bilib bo‘lmasligini ta’kidlar ekan, ayni chog‘da
somad siri orqali har hodisa, har qurilma naqadar Ollohga bog‘liqligini tushuntiradi.
Olloh ma’nosiga ilmiy yondoshuvni shu tariqa aniq ifoda qila olish yana faqat Ollohga xos
san’atdir.
"Ixlos" surasining ilk ikki oyati ham Qur’onning ilohiy kalom ekanligini isbotlash uchun yetarlidir.
"Ixlos" surasining bundan keyingi bo‘limi, ya’ni qolgan 3 oyati - insonning hatto ilmda ham yo‘l
qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolari haqida hukm yuritgandir:
"U tug‘madi va tug‘ilmadi"
Ma’lumki, barcha insonlarda tug‘ish va tug‘ilishning ikki ma’nosi bor.
1. Biz bilgan tug‘ish va tug‘ilish.
2. Vujudga kelish va vujudga keltirish. Ilmiy jihatdan:
Ollohning bir narsani o‘zidan biron ulush qo‘shib vujudga keltirmasligi amri juda ham muhimdir.
Na kvantu, na yulduzlar, na-da, galaktikalar Olohning ulushi, bir parchasi emas. Ular va barcha
yaratilgan mavjudotlar Ollohning zotiga tegishli biron xususiyatga ega emaslar. Uning sifatlaridan biri
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |