Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/57
Sana30.12.2021
Hajmi318,79 Kb.
#92074
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

58

XOLUQ NURBOQIYNING "QUR’ONI KARIMNING ILMIY MO’JIZALARI" ASARI 



TARJIMASI TO’G’RISIDA 

 

Mana, aziz kitobxonlar, Xoluq Nurboqiyning Qur’on mo‘jizalariga oid risolasi ham poyoniga yetdi. 

Diqqat-e’tiborli va sinchkov o‘quvchilar ko‘p ilmiy va ilohiy mo‘jizalardan boxabar bo‘ldilar va ruhan 

boyidilar, deb o‘ylayman. 

Endi bu kitobni tarjima qilishga bahona bo‘lgan sabablarni so‘zlab berayin 1993 yil edi. Bir kuni 

mening ish joyimga bir do‘stim bilan Tursunxo‘ja hoji aka degan bir kishi kirib keldilar. (Tursunxo‘ja 

hoji Hidoyatxo‘jaev - keksa pedagog, fizika, kinoshunoslik, vidiotexnikaga oid bir necha kitoblar 

muallifi ekanlar). Ular menga mazkur kitobni turkchadan o‘zbekchaga o‘girishni iltimos qilishdi. Bu 

paytlarda men turli mufassirlarning Qur’on mo‘jizalariga oid talay kitoblarini o‘qigandim. Aksariyati 

katta ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lsa-da, qandaydir bir ma’noda bir-birining ixtiyorsiz takroriga 

o‘xshab tuyulardi. Shu bois ham dastlab bu kitobga loqaydroq qaradim, shekilli. (Olloh o‘zi kechirsin). 

Kitob Istanbulda 1991 yilda "Damla" yoyinevi ('Tomchi" nashriyoti)da "Islom va ilm" seriyasida 

2-raqam bilan bosilib chiqqan edi. 

Milliy ta’lim vazirligi 1986 yilning 15 dekabrida bu asarni litsey va 

eksperimental maktab o‘quvchilariga o‘qish kitobi sifatida tavsiya qilgan edi. 

Menga berilgan nusxa 

kitobning 8-nashri edi. Meni qiziqtirgan birinchi hol ana shu bo‘ldi. Ikkinchisi - muallifi. Gap Xoluq 

Nurboqiyning "Omma juz’i tafsiri", "Sura-i Yusuf tafsiri", 'Toq nur", "So‘ngsiz nur", "Yosin surasi 

tafsiri", "Namoz suralari tafsiri" (I—II jildlar), "Insonning bilinmasligi", "Fotihaning qirq tafsiri" kabi 

o‘nlab kitob yozganligida emas, gap muallifning tibbiyot fanlari doktori, professor, onkolog-vrach 

ekanligidadir. Dunyoviy ilmlarga ega bo‘lgan bir insonning ruhoniy ilmlarga munosabati qiziqarli edi, 

chunki dunyoviy ilm sohibi o‘z fikrlarini moddiy dalillarsiz isbotlay olmaydi. Chindan ham asar 

mundarijasiga qaradim-u, birdan ichimda katta qiziqish uyg‘ondi. Unda Qur’onning tili, 

qurilishi(kompozitsiyasi), matematik, fizik, tibbiy mo’jizalari, koinot, muhit (atmosfera), yer, dengiz, 

shamol, neft, zilzila, tug‘ish va tug‘ilish, tuproqda jonli mavjudotning paydo bo‘lishi, ya’ni o‘lik 

tuproqning tirilishi, alkogolizmning insonga va jamiyatga zararlari to‘g‘risida gap borardiki, bular 

odamni qiziqtirmasligi mumkin emas edi. 

Men tajriba uchun dastlab Tursunxo‘ja akaning iltimosiga ko‘ra kitobning to‘rtinchi - "Qur’onning 

fizikaga oid mo‘jizalari"ni tarjima qilib ko‘rdim. Ish jarayonida hozirgi zamon oliy fizikasiga doir shu 

qadar ko‘p ma’lumotlar oldimki, shu paytgacha bulardan bexabarligim uchun o‘zimdan o‘zim hijolat 

bo‘la boshladim. Hozirgi zamon fizikasining eng yangi kashfiyotlari bundan 15 asr muqaddam 

insoniyatga indirilgan Qur’onda goh ochiq-oydin, goh imo-ishoralar bilan ma’lum qilingan edi. Menga, 

ayniqsa, yulduzlarning o‘limoldi xolatlari tasvirlangan parchalar juda qattiq ta’sir qildi. Shuningdek, 

meni tahorat sirlari ham hayron qoldirdi. Albatta, tahorat - bu tozalik, tozalik zsa sog‘likning garovi 

ekanligini hamma biladi. Ammo buning tibb olimi tili bilan, ilm tafsilotlari asosida, jigar, buyrak, yurak, 

qon tomiridagi harakatlarlar bilan bog‘liq holda kino tomoshasidek ko‘rsatib berilishi, nazarimda, misli 

ko‘rilmagan voqea edi. 

O’rta Dengizdagi bo‘g‘ozlarda ikki tomondan ikki xil suv - issiq va sovuq suv - bir-biri bilan 

to‘qnashib, ammo bir-biriga bir tomchisi ham qo‘shilmay, o‘z yo‘llariga qarab qaytib ketishi ham 

hayratlanarli edi. Bu hodisani birinchi bo‘lib suv ostiga tushib kashf ettan, buning sirlarini aniqlagan 

olim, kapitan Kusto, bu sirlar 15 asr ilgari Qur’onda ma’lum etilganligini aniqlagach, musulmon 

bo‘lganligi g‘oyat qiziqarli va ishonarli hikoya qilinadi.  

Yoki asalarining faoliyati haqidagi fasllar... Darhaqiqat, asalariga o‘z hayotini davom ettirishi 

uchun ko‘p asal kerakmi? Hech qanday tabiiy ehtiyojsiz ko‘p asal berishi sirli emasmi? Asalarining 

insonga xizmat qilish uchun yaratilgani ilohiy mo‘jiza emasmi? Holbuki, bular bari Qur’onda ma’lum 

qilingan-ku! 

Xo‘p, bularni takrorlab o‘tirmay. Barini o‘zingiz o‘qib chiqdingiz. Men tarjima jarayonida o‘zim 

uchun duch kelgan ayrim muammolar haqida so‘zlay. Ma’lumki, kitobda ko‘pdan-ko‘p oyatlar 

keltirilgan bo‘lib, ularni bizning alifboda qanday ifodalash masalasi bor edi. Men mazkur oyatlarni 



Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish