IX–XII asrlarda yurtimizda ilm-fan yuksak taraqqiyotga erishdi. Bu davrda yashab ijod qilgan buyuk bobolarimiz jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Ayniqsa, aniq va tabiiy fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan betakror hissalari bilan o‘z nomlarini abadiylikka muhrladilar.
Bu abadiylikka muhrlanganlar ro‘yxati buyuk bobomiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomi bilan boshlanadi.
Al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmning Xiva shahrida tug‘ildi. Dastlab Xiva shahrida ilm olib yetuk olim bo‘lib yetishdi.
O‘rta Osiyoning o‘sha davrdagi yirik ilm-fan markazi bo‘lgan Marv shahrida (hozirgi Turkmanistondagi shahar) ijod qildi.
Keyinroq Bag‘dod shahridagi (hozirgi Iroq davlati poytaxti) ilm-fan markazi – «Bayt ul-hikmat»da faoliyatini davom ettirdi.
Uning eng yirik ishlaridan biri hindlar kashf etgan «0» dan «9» gacha bo‘lgan o‘nta raqam bilan har qanday sonni yozish mumkinligini, uning murakkab rim raqamlaridan afzalliklarini isbotlab berdi.
Al-Xorazmiyning bu asari XII asrdan boshlab Yevropada tarqala boshladi. Yevropaning ba’zi xalqlari «al-jabr» o‘rniga «algebra» atamasini ishlatganlar.
Ahmad al-Farg‘oniy.
Jahon ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yana bir buyuk bobomiz Ahmad al-Farg‘oniy 797-yilda Farg‘onaning Quva shahrida tug‘ildi.
U yoshligidan ilm-fan asoslarini chuqur o‘rgandi.
So‘ng Bag‘dod shahridagi «Bayt ul-hikmat»da astronomiya, matematika va geografiya kabi fanlar sohasida ijod qildi. O‘z ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘rta Osiyoning o‘sha davrdagi eng yirik ilm-fan markazi Marv shahriga keldi.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048).
Abu Rayhon Beruniy bobomiz ham jahon ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir. Abu Rayhon Beruniy
Bizga Beruniydan ko‘plab asarlar meros bo‘lib qoldi.
Ularning ichida astronomiyaga oid asari benihoya katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Abu Ali ibn Sino.
O‘z zamonasida Shayx ur-rais, ya’ni «olimlar raisi», deb ulug‘langan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino 980-yilda Buxoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ildi. Abu Ali ibn Sino
Ibn Sino o‘z davrining barcha bilimlarini puxta egalladi.