1javob
Ibn Sinoning to`liq nomi Abu Ali - Al Husayn Ibn Abdullox ibn Al -
Hasan ibn Ali Ibn Sino (13 ta so`z 47 ta harfdan iborat). Yevropada ibn
Sino Avitsena nomi bilan mashhur bo`lgan. 10 yoshida ibn Sino Qur`on,
til va adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi
fanlarni to`liq o`zlashtiradi.
2javob
. Tib qonunlari" kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili
Rimda, keyinchalik u hozirgi Qohira (1873,1877,1879), Tehron (1889),
Laknav (1906) va Loxur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning
Toleda shahrida 1130 yilda tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va
Kremonalik Gevard (1114 - 1187 y) "Tib qonunlari" ni arab tilidan lotin
tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab "Tib qonunlari" kitobi
Yevropa vrachlari qo`lidagi asosiy qo`llanmaga aylanadi va
universitetlarda meditsina fani shu asar bo`yicha o`qitilgan.
O`zbekistonning sharqshunos olimlari Toshkentdagi shifokorlar
bilan hamkorlikda 1954-1961yillar mobaynida "Tib qonunlari" ning
besh kitobini arabchadan o`zbek va rus tillarida tarjima qilib nashr. etdilar. Umuman, "Tib qonunlari"
besh kitobdan iborat va ular
quyidagilar:
Birinchi kitob - tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy
tabobatning umumiy masalalari haqida ma`lumot beradi. Tabobat
ilmining ta`rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi ta`limot bayon
qilinadi. Keyin odam tanasining "oddiy" a`zolari -
suyak, tog’ay, asab,
arteriya, vena, pay, mushaklar haqida qisqacha anatomik ocherk
keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko`rinishlari,
turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi.
Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida
Sog’liqni saqlash tadbirlari haqidagi ta`limot batafsil bayon qilinadi
Ikkinchi kitob - o`sha davr tabobatida qo`llanilgan dori - darmonlar
haqida zaruriy ma`lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir.
Unda o`simlik, hayvon va ma`danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori -
darmonlar ta`rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo`llanish usullari
bayon qilingan. Muallif O`rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O`rta Sharq
mamlakatlaridan chiqadigan - dori - darmonlardan tashqari Hindiston,
Xitoy, Yunoniston, Afrika, O`rta yer dengizining orollari va boshqa
joylardan keltiriladigan ko`plab dorivor o`simliklarni ham ko`rsatib
o`tadi.
Uchinchi kitob - Inson tanasining boshidan tovonigacha bo`lgan
a`zolarida yuz beradigan "Xususiy" va "Mahalliy" kasalliklar haqida
ma`lumot beradi. Ya`ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga
bag’ishlangan. Unda bosh miya, ko`z, quloq, burun, og’iz bo`shlig’i, til,
tish, milk, lab, tomoq, o`pka, yurak, qizilo`ngach, oshqozon kasalliklari,
jigar, o`t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a`zolar kasalliklari haqidagi
ma`lumotlar keltirilgan.
To`rtinchi kitob - inson a`zolarining birortasiga xos bo`lmagan
"umumiy" k
asalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar
(buxronlar), shishlar, toshmalar, yara - chaqalar, kuyish, suyak sinishi,
chiqishi, turli xil jarohatlar kiritilgan.
Beshinchi kitob - farmakopiya bo`lib, unda murakkab tartibli dori -
darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan.
Kitobning 1-qismida turli taryoqlar (ziddi - zaharlar), ma`junlar,
kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va
boshqalar tavsifi berilsa, 2- qismida esa muayyan a`zolar - bosh, ko`z,
quloq, tish, tomoq, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig’i a`zolari, bo`g’imlar
va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar
keltiriladi.
3 javob. Ibn Sino haqiqiy ensiklopedis olim sifatida o`z davridagi fanlarning
deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug’ullangan va ularga
oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari
qayd etilgan bo`lsa ham, zamonlar o`tishi bilan ularning ko`pi yo`qolib
ketgan va bizgacha faqat 242 ta asari yetib kelgan. Shu 242 asardan 80
tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi
mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi
astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9
tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan
ilmiy yozishmalarga bag’ishlangan
4javob.
Tib qonunlari" kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili
Rimda, keyinchalik u hozirgi Qohira (1873,1877,1879), Tehron (1889),
Laknav (1906) va Loxur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning
Toleda shahrida 1130 yilda tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va
Kremonalik Gevard (1114 - 1187 y) "Tib qonunlari" ni arab tilidan lotin
tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab "Tib qonunlari" kitobi
Yevropa vrachlari qo`lidagi asosiy qo`llanmaga aylanadi va
universitetlarda meditsina fani shu asar bo`yicha o`qitilgan.
O`zbekistonning sharqshunos olimlari Toshkentdagi shifokorlar
bilan hamkorlikda 1954-1961yillar mobaynida "Tib qonunlari" ning
besh kitobini arabchadan o`zbek va rus tillarida tarjima qilib nashr. etdilar.
5javob. Olimning falsafaga oid muhim asarlari quyidagilar:
"Kitob ash-shifo" - eng yirik falsafiy asar bo`lib, 4 qismdan iborat:
1) mantiq
2) tabiiy fanlar (minerallar, o`simliklar, hayvonot olami haqida)
3) matematika, riyoziyot ilmi
4) metafizika yoki ilohiyot. 1887-1888 y Texronda , 1952 y
Qohirada chop etilgan.
II. "Kitob an-najot" - ("Najot" kitobi). Bu kitobda kitob ashshifoning mazmuni qisqartirib bayon etilgan.
Arabcha matni 1593 y
Rimda , 1913 -1933 y illar Qohirada chop etilgan.
III. "Al- ishorat va tanbixot" ("Ishoralar va tanbixlar") eng so`nggi
yirik asari bo`lib, falsafaning asosiy masalalari qisqacha bayon etilgan.
Arabcha matni Leydenda 1892 y , Qohirada 1947 y, Texronda 1864 y,
Istambulda 1873 y nashr etilgan. Fransuz tilida 1951 y fors tilida 1937-
1954 yilda nashr etilgan.
IV. "Donishnoma" - ("Bilim") kitobi - fors-dariy tilida yozilgan
falsafiy asar. Forscha matni Xaydarobod 1891 y, Tehronda 1897, 1952 y.
Ruscha matni Dushanbeda 1957 y nashr etilgan.
6javob. Ibn Sinoning otasi Abdulloh asli Balx shahridan (Balx shahri hozirgi
Afg’oniston davlatida joylashgan) bo`lib, Somoniylar amiri Nuh ibn
Mansur (976-997y) davrida Buxoroga ko`chib kelgach, Xurmitan nomli
qishloqda hukmdor bo`lib tayinlanadi. Ibn Sinoning onasi esa Sitora
bo`lib uning 2 o’gli bo`ladi, shulardan
kattasi Xusayn bo`lib, ibn
Sinoning bolalikdagi nomi asli shunday edi. Ukasi Mahmud haqida esa
adabiyotlarda ma`lumot berilmagan. Ibn Sinoning otasi Abdulloh katta boy bo`lib, o`sha davrda
podshohga soliq teradigan vazirlardan bo`lgan. Somoniylar davrida
Afshona katta shaharlar sirasiga kirgan va shahar ichida qal`a ham
bo`lgan. Soliq yig’ish uchun uning otasi Abdulloh Buxoroga kelgan.
Tabobat ilmining sultoni bo`lmish ibn Sino (370 xijriy yili safar
oyining boshida, ya`ni, 980 yil avgust oyining 2 yarmida) Buxoro
yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan, 5 yoshgacha ibn Sino Afshona
qishlog’ida yashagan. Keyin esa ibn Sino oilasi bilan birgalikda
Buxoroga ko`chib kelgan.
Ibn Sinoning to`liq nomi Abu Ali - Al Husayn Ibn Abdullox ibn Al -
Hasan ibn Ali Ibn Sino (13 ta so`z 47 ta harfdan iborat). Yevropada ibn
Sino Avitsena nomi bilan mashhur bo`lgan. 10 yoshida ibn Sino Qur`on,
til va adabiyot, keyinchalik esa mantiq, aljabr, hisob, falakkiyot kabi
fanlarni to`liq o`zlashtiradi.
7javob.
Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17
yoshida Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanilgan. O`sha
kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nuh ibn Mansur kasal bo`lib,
saroy tabiblari uni davolashda ojiz edilar. Buxoroda o`sib
–
ulg’aygan
yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borgan edi, ibn Sinoni
Nuh ibn Mansurni davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning
nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga
Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Bu kutubxona o`sha davrda butun O`rta va Yaqin Sharqdagi eng katta
va eng boy kutubxonalardan biri hisoblangan
8 javob. Kecha - kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o`z bilim
doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o`z davridagi yirik olimlardan
biri hisoblangan Abu Rayhon Beruniy (973 - 1048) bilan ilmiy
munozaralar o`tkazgan. 999 - yillarda Qoraxoniylar Buxoroni zabt
etadilar va Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. Bu esa ibn Sinoning
Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarini va tabiblik faoliyatini
davom ettirishga to`sqinlik qiladi, buning ustiga 1002 yilda Ibn Sinoning
otasi Abdulloh vafot etadi.
Oqibatda buyuk alloma o`z tug’ilib o`sgan
yurti Buxoroni tark etib , Xorazm (Urganch)ga ketadi
9 javob . Xorazm O`rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri
bo`lib, u yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi.
G’aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998
- 1030 y) Xorazm yerlarini
o`z davlatiga qo`shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo`lishni
istamagan Ibn Sino taxminan 1010 - 1011 yillarda Xorazmdan maxfiy
ravishda chiqib, Xuroson tomon yo`l oladi va Kaspiy dengizining
sharqiy - janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda
u Abu Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu yigit Ibn
Sinoga eng yaqin va sodiq shogirdi bo`lib qoladi.
Ko`p o`tmay Ibn Sino Gurgonda o`zining ilmiy ishlarini va tabiblik
faoliyatini davom ettira boshlaydi. U tabobatga oid mashhur asari "Kitob
al - qonun fit - tib" ("Tib qonunlari") ning birinchi kitobini yozishga
kirishadi.
1014 yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray
va Kazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va
Buvahiylar hukmdori Shams ad-davla (997 - 1021) xizmatiga kiradi.
Oldin saroy tabibi bo`lib ishlaydi, so`ngra vazirlik mansabigacha
ko`tariladi. Davlat ishlari bilan band bo`lishiga qaramay, ilmiy ishlarni
davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o`zining mashhur falsafiy
ensiklopediyasi "Kitob ash - shifo" ni ham shu yerda yozishga
kirishadi.
10javob. Kitob ash-shifo" - eng yirik falsafiy asar bo`lib, 4 qismdan iborat:
1) mantiq
2) tabiiy fanlar (minerallar, o`simliklar, hayvonot olami haqida)
3) matematika, riyoziyot ilmi
4) metafizika yoki ilohiyot. 1887-1888 y Texronda , 1952 y
Qohirada chop etilgan.
11javob.
Kitob an-najot" - ("Najot" kitobi). Bu kitobda kitob ashshifoning mazmuni qisqartirib bayon
etilgan. Arabcha matni 1593y
Rimda , 1913 -1933 y illar Qohirada chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |