Britaniya mustamlakasining vujudga kelishi



Download 97,93 Kb.
bet1/16
Sana20.06.2022
Hajmi97,93 Kb.
#684083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI


BRITANIYA MUSTAMLAKASINING VUJUDGA KELISHI

Mundarija
KIRISH …………………………………………………………………………2
I.BOB BRITANIYA IMPERIYASI ………………………………………….4
1.1 Amerikadagi birinchi koloniyalar………………………………………….5

1.2 Napoleon Fransiyasi bilan urushlar……………………………………….15

II.BOB Mustaqillikning boshlanishi………………………………………….24

2.1 Suvaysh inqirozi va uning natijalari………………………………………25


2.2 Millionlab kolonistlar Britan orollarini tark etib AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyaga asos solishgan………………………………………………29
XULOSA……………………………………………………………………….33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………34

KIRISH

Britaniya imperiyasi (inglizcha: British Empire) — odam yashaydigan barcha qitʼalarda koloniyalari mavjud boʻlgan insoniyat tarixidagi eng yirik davlat1. XX-asrning 30-yillariga kelib Britaniya imperiyasi yer sharining qariyb toʻrtdan birini, yaʼni, 41,2 mln. km² (shundan 8 mln.i aholi yashamaydigan yerlar) egallagan. Imperiyaning hech boʻlmagan bitta koloniyasida quyosh nur sochib turganligi sababli Britaniya imperiyasini „Quyosh botmaydigan imperiya“ deb atashgan. Imperiya aholisining soni esa 480 mln. kishiga, yaʼni oʻsha paytdagi yer shari aholisining choragiga teng boʻlgan. Aynan Pax Britannica natijasi sababli ingliz tili transport va savdo sohasidagi boshqa tillar orasida yetakchi til hisoblanadi.
Britaniya imperiyasi Buyuk Britaniya va unga qaram boʻlgan mustamlakalarni ifodalaydigan tushuncha boʻlib, u 1870-yillardan boshlab rasman qoʻllanila boshladi. Britaniya imperiyasi tarkibiga Britaniya bilan birgalikda hamma dominionlari va mustamlakalari — Irlandiya (XII asrlar), Shimoliy Amerika (Virginiya) (1607), Gollandiya va Shimoliy Amerikadagi boshqa hududlar (1652-54; 1665-67 va 1672-74), Portugaliya va uning mustamlakalari (XVII asr oʻrtalari), Ispaniya mustamlakalari, Kanada, Shimoliy Amerikaning qolgan qismi (1756—63), Bengaliya (1757), Malta, Seylon (1814—15), Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika (XIX asr 1-yarmi), Syangan (Gonkong) oroli (XIX asr 2-yarmi), Kipr (1878), Birma (1885), Iroq, Falastin, Transiordaniya, Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismi (1914—18) va boshqalar kirgan edi. XX asrda mustamlaka tizimining parchalanishi jarayonida Britaniya imperiyasi oʻrnida imperiyadan ajralib chiqqan mamlakatlar ittifoqi — Britaniya millatlar hamdoʻstligi tushunchasi paydo boʻldi (qarang Hamdoʻstlik)
Britaniya Imperiyasi ikki yuz yildan ortiqroq vaqt davomida oʻsdi. Davlat maydoni oʻsishining eng avji deb XX-asrning boshlari tan olinadi. Oʻsha paytlarda barcha qitʼalarda yirik hududlarga egaligi uning haqiqiy buyukligini koʻrsatgan.
Hududlar egallanishi davri nisbatan tinch boʻlgan savdo va diplomatiya bilan boshlangan. Imperiya butun dunyoga britan texnologiyalari, savdo, ingliz tili va hukumat turi tarqalishiga sababchi boʻlgan. Imperiya hukmronligi imperiya iqtisodiyotining oʻsishi va Birlashgan Qirollikning koʻplab davlatlar siyosatiga taʼsir koʻrsatishida muhim rol oʻynagan. Koloniyalar tuzilishidan maʼlumki, Britaniya Imperiyasining taʼsiri ikki xil qiyofaga ega boʻlgan. Koloniyalarga Buyuk Britaniyaga mos boʻlgan ingliz tili, maʼmuriy va huquqiy qonunlar kiritilgan. Birlashgan Qirollikning dekolonizatsiyasi davomida sobiq koloniyalarga parlament demokratiyasi va oliy qonunlar olib kirilishga harakat qilingan, ammo, baʼzan bu amalga oshgan, baʼzan esa yoʻq. Koʻplab koloniyalar Britan davlatlari hamdoʻstligi ularga imperiya oʻrnini psixologik tarzda egallaydi deb hisoblashgan.
Britan koloniyalaridan asosan Birlashgan Qirollikning moddiy maqsadlari yoʻlida foydalanilgan. Britan fuqarolari koʻchib borgan koloniyalarda mustaqil iqtisodiyot uchun infratuzilma yaratilgan boʻlsada, Afrika va Osiyoning tropik hududlarida joylashgan koloniyalar ularga asosan xomashyo bazalari sifatida qaralganligi sababli cheklangan infratuzilmaga ega boʻlishgan. Hozirgi kunda koʻplab rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti xomashyo eksportiga qaram boʻlib qolgan.
Koloniyalardagi turli etnik guruhlar orasidagi muammolar boshqa davlatlarning kolonial hukmronligidan saqlab turganligi britan kolonial qonunchiligining asosiy ustuni boʻlgan. Hozirgi kunda Shimoliy Irlandiya, Hindiston, Zimbabve, Sudan, Uganda, Iroq va boshqa davlatlardagi etnik muammolarning sababchisi „boʻlib tashlab hukmronlik qil“ klassik prinsipi sanaladi. 1952-1957-yillarda Keniyada kichik qoʻzgʻolondan boshlanib, soʻng yirik qabilalarning qonli urushiga aylangan mau-maular qoʻzgʻoloni bunga oddiy misol boʻla oladi. Har bir qabila 18000dan 30000gacha odam yoʻqotgan bir vaqtda, jami 22ta oq halok boʻladi.

Download 97,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish