www.ziyouz.com kutubxonasi
56
to‘la-to‘kis yuz ko‘rsatadi ("Tiyn" surasi).
Yana, ruh to‘g‘risida ham ofoqda yozilgan, ya’ni masalaning ustki tomonini ko‘rsatuvchi ko‘pdan-
ko‘p g‘arib ta’riflar, kitoblar, maqolalar bor. Qur’on ruhning sirlarini bildirarkan:
"Ollohdan edi —
Ollohga qaytdi"
degan ta’rifni berganki, ruhga oid barcha g‘avg‘oli tushunchalar tindi-qo‘ydi, ruh o‘z
bilinmasligida qolib haqiqatga yetishdi.
Qur’onning olam haqidagi bayon sirlari ham ayni anfus xususiyati doirasidadir. Olamdagi jamiki
mavjudotlar (borliqlar)ning Rahmon siri doirasida yashashlari bildirilgan: jozibaning, u tufayli sayyora
va atom borlig‘ining asos elementi bu oyatning umumiy ta’rifi doirasiga kiritib qo‘ya qolingan
("Fotihaning qirq yo‘rimi" nomli kitobimizga qarang).
Bu mavzuning kirish qismida aytganimday, anfus tushunchasi - hodisaning faqat bittagina jihati
bo‘lmagani uchun, ya’ni haqiqatning o‘zida to birlikka (toqlikka) qadar boradigan qavat-qavat
tafsilotlari bo‘lganligi uchun Qur’onda anfus sirlarining ham aynan shunday xususiyatlari bor. Ya’ni
turli oyatlar haqiqatlarning yuzini birma-bir, qavatma-qavat ocha borib, koinot sirlarini Hal qiladi (ya’ni
olam sirlarini ochadi). Ayni shu sababga ko’ra, Qur’on oyatlarining bu ofoq ma’nosi va bunga muqobil
xilma-xil anfus ma’nolari bor (xuddi anfusning o‘z xususiyatidan tug‘ilgan haqiqat kabi). Tashqaridan
ichkariga qarab ketgan tafsirlarni qavatma-qavat kuzatib boramiz. Bundan tashqari, Qur’on oyatlari
tafsirining Fotiha bilan amalga oshirilishi ham anfus sirining boshqa bir ifodasidir. Qur’onning har bir
oyatida ofoq tafsiri naqadar ayon, ochiq bir amrni ko‘rsatgan bo‘lsa-da, uning mutlaqo bir anfus siri
ham bo‘ladi.
Qur’on oyatlarining anfus qamrovlari va ma’nolari ko‘ngil eshigidan ochiladi. Bu haqiqat bizlarga
buyuk islom avliyolari tomonidan naql qilingandir.
Qur’onning anfus sirini yana bir oz boshqacharoq yo‘sinda - "Fotiha" ko‘rsatmalari asosida
sharhlab berishga harakat qilaman.
G) Fotiha va Qur’on siri
Koinot faxri va butun olam sarvari Payg‘ambarimiz "Fotiha" surasini
"Ummul Qur’on"
deb
buyurganlar.
Ummul
kalimasining arabchada ikki muhim ma’nosi bor: biri "ona", ikkinchisi
"umuman"
degan
ma’noda
"tug‘uvchi", "vujudga keltiruvchi" ni
bildiradi. Zotan,
Fotiha
"ning asosiy ma’nosi ham
ochuvchi, hal qiluvchi, bilinmagan narsani topib yuzaga chiqaruvchi demakdir.
Yaqinginada butun Islom mutafakkirlari va tafsirchilari
Fotiha
surasini - Qur’onning shifri ekanligi
borasida ham bir fikrga keldilar.
Qur’onning
Fotiha
orqali tushunilishi va tagiga yetilishi hodisasi alohida bir Qur’on mo‘jizasidir.
Zero, insonlar orasidagi munosabatdan tortib, to olamning barcha qonunlarigacha har turli haqiqatni
tashuvchi bir kitobga uning mutlaq so‘nggi bir xulosasini, shifrini qo‘ymoq-bu, faqat va faqat ilohiy
san’at bo‘lishigina mumkin.
"Fotiha" mavzuida va "Fotiha"ning Qur’onni sharhlovchilik sirlari haqida juda ko‘p gapirish
mumkin. Men bu masalani alohida bir asarim ("Fotihaning qirq yorumi")da sharhlab chiqqanman.
Lekin bu yerda "Fotiha" bilan Qur’on oyatlarining tafsirlanishi mavzuini qisqaroq bir xulosa holida
taqdim etmoqchiman.
1.
"Fotiha"
o‘z ichida tafsirlanayotganda yetti ayrim-ayrim bo‘lim holida ko‘riladi.
"Hijr"
surasida
uning bu xususiyati
"yetti nasihat siri"
deb nomlangan. Bu tafsir tarzi shunday sharhlanishi mumkin:
"Fotiha"ning yettala oyati keyingi oyatlar bilan birma-bir, alohida
-
alohida ochila bilishi san’atidadir.
Masalan, birinchi oyat
"Hamd olamlarning Rabbi bo‘lgan Ollohgadir".
Bu oyat tafsirlanishi uchun "Olamlarning Rabbi" iborasidagi hikmatlarni bilish kerak bo‘ladi. Bu
hikmatlar esa, navbati bilan Ollohning Rahmon va Rahim ekanligi, Din Kuni (Qiyomat)ning sohibi
ekanligi, undangina yordam istalinishi va ungagina sig‘inilishi, faqat uning yordamida hidoyat va
to‘g‘rilik topilishi, u istaganiga ne’mat berishi, istaganini adashtirishi va benasib qoldirishi
haqiqatlaridir. Bu haqiqatlar esa
"Fotiha
"ning ikkinchi oyatidan yettinchi oyatigacha bir tizim ohangi
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |