Gulzor
Hovlimizda gulzor bor edi. Erta bahor ko’m-ko’k, sap-sariq bo’tako’z, qip-qizil lola, may oyida esa oq va qizg’ish atirgul ochiladi. Hovliga kirishingiz bilan xushbo’y hid dimog’ingizga uriladi. Tong chog’ida bulbullarning yoqimli sayrashi kishi diliga huzur beradi. Quyosh nurida gul va barglardagi shabnam yiltiraydi.
Kapalaklar kun isishi bilan chiroyli qanotlarini silkitib uchadi. Gulzor chetida katta, baland supa bor. Uning yonida esa sershox chinor bor. Ertalab va kechqurun o’sha supada o’tirib dam olamiz. Keyingi yil ham hovlimizning har tarafiga eng chiroyli gullarni ekmoqchimiz.
Sifat so’z turkumlarini tagiga chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |