40
3.4. Xalqaro moliya bozorida inqirozlar yuzaga kelish omillari va
kontseptsiyalari
Hozirgi kunda xalqaro moliya bozoridagi inqirozlarning yuza kelishi va ularni
bartaraf etish borasida bir qator kontseptsiyalar shakllantirilgan.
Moliyaviy “ko’pik”lar kontseptsiyasi.
Odatda “ko’pik” haqida so’z borganda,
ma’lum aktivning bozor bahosi uning fundamental bahosidan keskin oshib ketishi
tushuniladi. Aktivning
fundamental bahosi esa, mazkur aktiv keltiradigan barcha
daromadlarning joriy bahosi hisoblanadi.
“Ko’piklar”ni o’rganishga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlarda uning
shakllanishi ko’p omilli xarakter kasb etishi asoslangan. Moliya bozoridagi ko’piklarga
nisbatan mikrotuzilmaviy yondashuvlar ham mavjud bo’lib, unga yorqin misol “ratsional
ko’piklar” kontseptsiyasidir.
Ushbu kontseptsiyaga muvofiq, “ratsional ko’piklar” investorlar tomonidan yanada
yuqori baholarning kutilishi natijasida shakllanadi. Mazkur investorlar qimmatli
qog’ozlar savdosida faqat baho shakllanishi jarayonida real ahamiyatga ega bo’lgan
axborotlardan (makroiqtisodiy ko’rsatkichlar,
foiz stavkalari, emitentlarning moliyaviy
holati) foydalanishadi. Ayni paytda, ko’piklarning shakllanishi bilan bog’liq kontseptsiya
aktivning nisbiy fundamental bahosi borasida turli darajada ma’lumotga ega bo’lgan
iqtisodiy agentlar o’rtasida axborot assimmetriyasiga chambarchas bog’liqdir
1
.
Bunday yondashuv doirasida shu narsa ayon bo’ladiki, banklar korporativ
qarzdorlar faoliyatini nazorat qilmagani holda, jalb qilingan mablag’larni
yuqori riskli
aktivlarga investitsiya qilish orqali tegishli aktivlar bozorida ko’pikning shakllanishini
qo’llab-quvvatlaydilar
2
. Shuningdek, arbitraj operatsiyalarini amalga oshiruvchi
agentlarning mavjudligi e’tiborga olinsa, ko’piklarning
shakllanishi axborot
assimmetriyasi oqibati ekanligi ma’lum bo’ladi.
1
Allen, F., Morris, S. and Postlewaite, A. Finite bubbles with short sale constraints and asymmetric information // Journal
of Economic Theory. 1993. Vol. 61. pp. 206–29.
2
Allen F., Gale D. Asset-Price Bubbles and Stock Market Interlinkages / Hunter W.C., Kaufman G.G. and Pomerleano M.
(eds.). Asset-Price Bubbles: The Implications for Monetary, Regulatory, and International Policies. Cambridge, MA: MIT
Press, 2003.
41
Hozirga qadar jahon iqtisodiyoti moliya bozorlaridagi aktivlar bahosining asossiz
o’sishi, “spekulyativ ko’piklar”ga bir necha bor duch kelgan bo’lsa-da, hanuzgacha ularni
bartaraf etishning ilmiy-amaliy usullari ishlab chiqilgan emas. Bundan tashqari, monetar
organlarning aktivlar bahosining bunday asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha
strategiyalari masalasi nazariy jihatdan ham o’z echimini topmagan.
XX asrda AQSh moliya tizimi rivojlanishiga xos xususiyatlardan biri unda
“ko’pik”larning shakllanganligi hisoblanadi. Xususan, XX asrning 70 yillarida jahon
moliya bozoridagi “ko’piklar” “yaroqsiz obligatsiyalar”da namoyon bo’lgan edi.
Iqtisodiy adabiyotlarda moliyaviy “ko’pik”lar nazariyasida bozorning “ko’rinmas
qo’l” orqali o’zini-o’zi boshqarishi va psixologik omillar
orqali inqirozning kelib
chiqishiga alohida e’tibor beriladi. Moliya sohasida investorlarning asoslanmagan
foydani kutishlari “ko’pik”larni shakllanishiga olib keladi va bu, o’z navbatida,
ushbu
sohani inqirozga tayyorlovchi mexanizm bo’lib xizmat qiladi.
Kapitalning haqiqatda oshishi foyda hisobidan bo’ladi, bu esa aktsiyalarning
bozordagi jozibadorligini oshiradi. Bozor ishtirokchilari narxlar ko’tarilishiga moliyaviy
operatsiyalarni amalga oshiradilar, natijada kapital yanada ko’payadi, bu jarayon qayta –
qayta takrorlanaveradi va pirovardida moliyaviy “ko’pik”lar vujudga keladi.
Agar korxona o’zining real kapitalini oshirib borsa, bu uning real daromadlari
oshayotganligidan
dalolat bermaydi, ya’ni foyda(P)ning kapital(K)ga nisbati (P/K)
o’zgarmasdan qolishi yoki kamayishi ham mumkin. Real kapital ko’payganda avval
chiqarilgan aktsiyalar soni (A) bilan real kapital o’rtasidagi nisbat ortadi, ya’ni (K
t2
/A)>
(K
t1
/A). Bu holat P/K nisbat kichik bo’lsa ham korxonaning bozorda bitta aktsiya
bahosini va barcha aktsiyalari qiymatini asosli ravishda oshishiga olib keladi. Bu erda
moliya bozori asosiy ishtirokchilarining psixologiyasi asosiy rol o’ynay boshlaydi. Bozor
ishtirokchilari ushbu korxona aktsiyalar qiymatining
oshishini avval chiqarilgan
aktsiyalar soni bilan real kapital o’rtasidagi nisbat (K/A) ortgani bilan emas, balki ushbu
korxonaning daromadlari oshishi (P/K nisbatning ko’payishi) bilan izohlashadi va bu
o’rtada yolg’on tasavvur paydo bo’ladi. Natijada bozor ishtirokchilari korxonalarning real
kapital qiymatiga nisbatan aktsiyalar bozor bahosini oshishiga moliyaviy operatsiyalarni
amalga oshiradilar.
42
Moliyaviy “ko’pik”larni to’laligicha aniqlash uchun zamonaviy qimmatli
qog’ozlar bozoridagi talab va taklifga ta’sir etuvchi barcha omillar inobatga olinishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: