3
KIRISH
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy
iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko’tarish, eksportga yo’naltirilgan
ishlab chiqarish
tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish
xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish,
iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda
raqobatbardoshlikka
erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o’rin egallash,
mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan
bevosita bog’liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya
bozoridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi.
“Xalqaro moliya bozori tahlili” fanini o’qitishdan asosiy maqsad xalqaro moliya
bozorining zamonaviy tuzilishi, mamlakatlarda shakllangan xalqaro moliya bozorlari,
xalqaro moliya bozorini tahlil
qilish va prognozlash usullari, hozirgi davrdagi milliy
moliya bozorini xalqaro bozorga integratsiyasini rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini
ishlab chiqish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror va jadal
sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Ma’lumki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va
jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun
shart-sharoitlar yaratish,
mamlakatimizni
modernizatsiya
qilish
hamda
hayotning
barcha
sohalarini
liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-
2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi.
4
Ushbu “Xalqaro moliya bozori tahlili” fanini chuqur o’rganish orqali talabalar
xalqaro moliya bozorining iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri, xorijiy investitsiyalar va xalqaro
moliyaviy operatsiyalar haqida tasavvurga ega bo’ladi, xalqaro moliya bozorining
xususiyatlari va faoliyati yo‘nalishlarini, xalqaro moliya bozorini shakllanishi va
rivojlanish tendensiyalarini, xalqaro moliya bozori nazariyasi
va faoliyati asoslarini,
ularning ixtisoslashuvi, tuzilishi, faoliyati doirasini biladi va ulardan foydalana oladi,
xalqaro moliya bozorining taraqqiyoti va hozirgi sharoitida unda bitimlar tuzish orqali
turli pul
oqimlarini samarali boshqarish; xalqaro moliya institutlari va xalqaro moliya
bozorining investitsiyalarni moliyalashtirish vositalarini talabga mos ravishda eng
qulayini tanlash, xalqaro hisob-kitoblar shakllarini to‘g‘ri tanlash va moliya bozoridagi
o‘zgarishlarni prognozlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, xalqaro moliya
bozorida tuzilayotgan va ishlatilayotgan moliyaviy bitimlarni texnik-iqtisodiy va
moliyaviy tahlil qilish, ularni aniq sharoitlarda samarali ijro etilishini ta’minlash; xalqaro
moliya bozorini o’rganish bilan hamkorlik aloqalarining
optimal shakllarini va
muddatlarini belgilash haqida malakaga ega bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, mazkur fanni o’qitish “2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar
strategiyasi”da belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor
yo’nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga qaratilgan mutaxassis kadrlarni
tayyorlashda muhim o’rin tutadi.
Ushbu fanni o’qitishda moliyaviy globallashuv va xalqaro moliyaviy integratsiya,
xalqaro moliya bozori va uning evolutsiyasi, xalqaro valyuta va elektron pullar bozori,
xalqaro
ssuda kapitallari bozori, xalqaro investitsiya bozori, xalqaro aksiyalar bozori,
xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozori. Evroobligatsiyalar, aktivlar sekyuritizatsiyasi
vositalarining
xalqaro bozori, hosila moliyaviy vositalarning xalqaro bozori, kabi
masalalar chuqur o’rganiladi.