2.2.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni va mohiyati
Jahon xo’jaligini rivojlanishining zamonaviy bosqichida turli shakllardagi
integratsion jarayonlarni ko’rishimiz mumkin. Kundan kunga xo’jalik hayotda
integratsion jarayonlar chuqurlashib, kengayib bormoqda. Buni biz integratsion
jarayonlarni borishini xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdodan tortib, ilmiy-axborot,
tovar ayirboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishida
ko’rishimiz mumkin.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalarning bir nechta
asosiy shakllari mavjud. Bular quyidagilardan iborat:
–
imtiyozli savdo hududi;
–
erkin savdo hududi;
–
yagona bojxona ittifoqi;
–
umumiy bozor;
–
iqtisodiy ittifoqlar;
–
to’liq iqtisodiy integratsiya.
Imtiyozli savdo bitimi, mazkur bitim a’zo bo’lgan mamlakatlarga savdoda qulay
imkoniyatlar yaratish maqsadida tuziladi. Iqtisodiy integratsiyaning mazkur shakli
dastlabki davrlarda
Imtiyozli savdo bitimi ikki yoki undan ortiq mamlakatlar o’rtasida tuzilib,
hududning har bir ishtirokchisi uchun barcha tovarlar importiga bojxona to’lovlari
qisqartiriladi. Bunda dunyoning qolgan mamlakatlar uchun birlamchi savdo tariflari
saqlab qolinadi. Iqtisodiy integratsiyaning bunday shakliga misol sifatida 1932 yilda
tashkil etilgan “Britaniya Hamdo’stligi imtiyozlari tizimi”ni kiritish mumkin.
Erkin savdo hududi (ESH) ikki va undan ortiq mamlakatlarning o’zaro kelishuviga
asosan, bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan o’zaro savdo qilishda
bojlar va boshqa cheklovchi choralarni bekor qilish orqali tashkil etilgan guruhidan
iborat. Bitimga a’zo bo’lmagan mamlakatlar bilan savdo aloqalarini amalga oshirishda
ESHga kiruvchi har bir davlat o’zining mustaqil savdo siyosatini yuritadi.
23
Erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qishloq xo’jalik
mahsulotlaridan tashqari deyarli barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Erkin
savdo hududi unga a’zo mamlakatlardan biriga joylashgan mamlakatlararo kotibiyat
tomonidan tartibga solinib turiladi.
Erkin savdo hududiga asosan 1960 yilda tashkil etilgan Evropa erkin savdo
assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya, Islandiya,
Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlar bor. Evropa iqtisodiy
hududi (1994 y)da esa Evropa Ittifoqi mamlakatlari hamda Islandiya va Lixtenshteynlar
mavjud.
Boltiq bo’yi erkin savdo hududi(1993 y)ga Estoniya, Latviya, Litva davlatlari
kiradi;
Markaziy Evropa erkin savdo hududi 1992 yilda tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga -
Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi;
Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994 y) a’zolari bo’lib Kanada, Meksika,
AQSh davlatlari hisoblanadi;
ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992 y.) – Bruney,
Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini birlashtiradi;
Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya savdo
kelishuvi (1983 y) tashkil etilgan;
Bangkok kelishuvi (1993y) – Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi, Laos,
Shri-Lanka davlatlaridan iborat.
Bojxona ittifoqi
–
ikki yoki bir qancha davlatlarning bojlar bo’yicha o’zaro
chegaralarni bekor qilish va yagona boj tarifi joriy etish yuzasidan o’zaro kelishuvidir.
Bojxona ittifoqiga kiruvchi davlatlar orasidagi o’zaro savdoda boj to’lovlari va yig’imlari
va boshqa cheklovchi tadbirlar olib tashlanadi. Uchinchi (Bojhona ittifoqiga
kirmaydigan) davlatlar bilan savdo munosabatlarida bu davlatlar yagona bojxona
siyosatini amalga oshiradilar.
Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solishning bu
ko’rinishi bojxona ittifoqi qatnashchilari o’rtasida bojsiz savdonigina emas, balki uning
24
tashqi chegaralarida muvofiqlashtirilgan tarif tizimini joriy qilishni ham nazarda tutadi.
Bojxona ittifoqining erkin savdo hududidan farqi ham ana shundadir.
Bojxona ittifoqlarini yaratish va ularning shakllanishining aniq natijalari unga
a’zo-mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste’mol sohasida yuz beradigan tarkibiy
o’zgarishlarda o’z aksini topadi: talab va taklif nisbiy ustunlik tabiatiga mos ravishda
o’zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, bojxona ittifoqi savdoning kengayishiga qarab
aholining
turmush
farovonligini oshiradi, biroq,
ayni bir
paytda
ishlab
chiqaruvchilarning arzon mahsulotlaridan qimmatroq tovar ishlab chiqarishga
moslashishlari natijasida esa, farovonlikni birmuncha pasaytiradi.
Bojxona ittifoqlari dunyoning juda ko’p mamlakatlarida rivojlangan. Ular
quyidagilar: Turkiya bilan EI assotsiatsiyasi (1963y), uning tarkibiga EI mamlakatlari va
Turkiya kiradi. Arab umumiy bozori (1964y) – Misr, Iroq, Iordaniya, Liviya,
Mavritaniya, Suriya va Yaman. Markaziy Amerika umumiy bozori (1961) – Kosta Rika,
Salvador, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua. Kolumbiya, Ekvador, Venesuela
mamlakatlari o’rtasida tuzilgan erkin savdo hududi (1992 y) – Kolumbiya, Ekvador,
Venesuela. Sharqiy Karib havzasi mamlakatlari tashkiloti (1991 y.) – Antigua va
Barbuda, Dominika, Grenada, Montserrat, Sent-Kite va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-
Vinsenva Grenadinalar.
Umumiy bozor integratsion birlashmalarning ancha murakkab turi bo’lib, u
bojxona ittifoqiga ishchi kuchi va kapital xarakatiga qo’yilgan cheklashlarni bekor
qilishni qo’shish va iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish orqali tashkil etiladi. Umumiy
bozorga integratsiyalashgan mamlakatlar nafaqat tovar va xizmatlar erkin harakati
haqida kelishishadi, balki ishlab chiqarish omillari-davlatlar o’rtasida kapital va ishchi
kuchlar borasida ham almashuvlar qilishadi.
Bojxona ittifoqini umumiy bozorga aylantirish jarayoni faqatgina savdoni emas,
balki iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarini ham qamrab oluvchi katta miqdordagi
qonuniy me’yorlarni o’zaro uyg’unlashtirish masalalarini ham hal etish bilan bog’liqdir.
Shu sababli ichki bojxona to’siqlari va boshqa cheklashlarni bartaraf etish orqali uchinchi
dunyo mamlakatlari bilan savdoda umumiy tamoyillarni ishlab chiqish zarurki, buning
natijasida milliy chegaralar orqali tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining hech
25
qanday to’siqlarsiz o’tishiga sharoit yaratiladi. Bundan tashqari umumiy bozorni
shakllantirish mobaynida ijtimoiy va hududiy rivojlanish uchun zamonaviy fondlarni
yaratishga zaruriyat tug’iladi.
Umumiy bozorni iqtisodiy ittifoqqa aylantirishning zamonaviy bosqichida EIning
ahamiyati kattadir. Chunki faqatgina ana shu tashkilot iqtisodiy integratsion
jarayonlarning eng yuqori cho’qqisiga intilishini yaqqol namoyish etmoqda.
Iqtisodiy ittifoq yuqoridagi ko’rib chiqilgan barcha integratsion tadbirlarga
qo’shimcha ravishda qatnashuvchi davlatlar tomonidan yagona iqtisodiy siyosat
o’tkazilishini, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartiblashtirishning davlatlararo tizimini
yaratishni taqozo etadi. Unda bojxona tariflari, tovar va ishlab chiqarish faktorlari,
mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valyuta, byudjet, pul sohalarida qonunchilikning
unifikatsiyasi ko’rib chiqiladi.
To’liq iqtisodiy integratsiya – integratsiya doirasida yagona iqtisodiy, valyuta va
siyosiy ittifoqning shakllanishi, xalqaro savdo, tashqi siyosat, va boshqa hamkorlik
sohalarida umumiy siyosatning amalga oshirilishi. Mazkur integratsion hudud doirasida
huquqiy qonunchilikning unifikatsiyasini talab qiladi. To’liq iqtisodiy integratsiya barcha
a’zo mamlakatlar uchun yagona valyuta siyosatini talab qiladi. Valyuta munosabatlarida
yagona valyuta tizimi va valyuta mexanizmi amal qiladi.
Savdo iqtisodiy ittifoqlarning zamonaviy turlariga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar
quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |