Ijtimoiy-iqtisodiyot



Download 0,55 Mb.
Sana13.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#445994
Bog'liq
agrar ish,chiq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
“IJTIMOIY-IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” YO’NALISHI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Agrar ishlab chiqarish. Renta munosabatlari.

Bajardi: 20-144 -guruh talabasi


Turg'unov Xoshimjon

Rahbar: N. Olimova


Mundarija


Kirish………………………………………………………………….……...….…3
I.BOB.Agrar ishlab chiqarish.
1.1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati…………………..15
1.2.Agrobiznes faoliyati tahlili…………………………………………………... 18 1.3 Agrar sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratilishi…..........................
II.BOB Renta munosabatlari.

2.1. Renta munosabatlari va uning shakllanishi………………………........…..…24


2.2.Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni………………………………….39

III.Xulosa…………………………………………………………………....…..51


IV.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………53

Kirish
Agrar siyosatning asosi-davlatning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni to’g’ridan-to’g’ri boshqarib borishdan voz kechishdir


Islom Karimov
Dunyo iqtisodida yetakchi o’rinlardan birini egallovchi agrar soha, eng avvolo, har bir davlatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlanadi. Bundan tashqari tuproq, iqlim sharoitlari, ishchi kuchi eksport masalalari ham katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshqa sohalarda bo’lgani kabi agrar sohada ham keng islohotlar o’tkazishga alohida e’tibor berila boshladi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan olgan, o’zini olamagan shakllaridan voz kechib,ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Islohotlar o’tkazishdan maqsad, respublikamiz aholisini turmush darajasini oshirish, qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirish, agrar sohaga rivojlangan mamlakatlar texnika va texnologiyalarini olib kirish, sohani har tamonlama rivojlantirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishga qaratilgan. Bu borada Prezidentimiz I. Karimovning “islohotlar-islohot uchun emas avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun ”1, -degan fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasidagi ma’ruzasida qayd qilingan, qishloqda bozor munosabatlarini joriy qilish muammolarini yechishda mutlaqo yangicha yondashuv bo’lishi kerakligiga asoslangan. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning naqadar muhimligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Iqtisodiy masala – agrar sohada mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismi yaratiladi, agrar soha bilan ishlab chiqarish va intellektual salohiyatning yarmidan ortig’iga bevosita aloqador va shu qatori qishloq xo’jaligi mahsuloti mamlakat eksport salohiyatida asosiy o’rinni egallaydi;
Ijtimoiy masalada – qishloq xo’jaligini rivojlantirishning samaradorligi bilan faqat qishloq joylarida yashaydigan 60% aholining turmush darajasigagina bog’liq bo’lmay, balki butun mamlakat aholisining farovonligiga bog’liqdir;
Siyosiy masalada – qishloq xo’jaligini isloh qilishning borishi va samaradorligi bilan jamiyat yangilanishining hamma jarayonlari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning natijalari, o’zgarishi va jamiyatda demokratik asoslarning rivojlanishiga bog’liq bo’lib qolmoqda.
Mustaqillikni qo’lga kiritgunga qadar davlatimiz sobiq ittifoq bo’yicha paxta xom ashyosi bilan ta’minlaydigan bir holatda sobiq ittifoq tarkibida o’zini o’zi boqolmaydigan eng qoloq respublikalar qatoriga tushib qolgan edi. Davlatimiz mustaqil bo’lgan dastlabki kunlarida aholini non va non mahsulotlari bilan ta’minlash bo’yicha ham og’ir qiyinchilik va muommolar poydo bo’lgan edi, sababi g’alla va un mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarimizning 80 foizidan ortig’i chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobidan qoplangan. O’zbekistonda paxta yakkahokimligi shu qadar avjiga chiqqan ediki, masalan, Andijon viloyatidik aholi zich yashaydigan hududda ekin maydonlarining 88 foiziga paxta ekilgan. Yuqoridagi holatlar yuzasidan fikr yuritib, Prezidentimiz jumladan shunday deydi: “Birinchi navbatda qishloq xo’jaligini tubdan isloh qilganimiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti va ekologiyasiga katta zarar yetkazgan paxta monopoliyasiga barham berganimiz tufayli g’alla mustaqilligiga erishdik. O’zbekiston bugungi kunda o’zining g’allaga bo’lgan ehtiyojini qoplabgina qolmasdan, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tarkibidagi qo’shni mamlakatlarga, Afg’oniston, Eron va boshqa davlatlarga g’alla va un mahsulotlarini eksport qilmoqda ”Mustaqillik yillarida o’tkazilgan agrar islohotlar davomida qishloqda yangi xo’jalik tuzilmasi shakllandi. Eski tizimdagi davlat va jamoa xo’jaliklari o’rniga, bozor munosabatlariga mos keladigan va qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozorning ob’ektiv qonunlaridan biri bo’lgan raqobatchilik muhitini tashkil etish uchun qishloq xo’jaligida teng huquqlarga ega bo’lgan shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 ming ga, barcha qishloq xo’jalik yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yaroqli yerlar 5 mln. ga, sug’oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming ga, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. ga, ekiladigan yerlar 4090,2 ming ga, haydalma yerlar 4474,5 ming ga. Respublika yer fondining asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xo’jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari-tomorqa (1%), o’rmon va to’qayzorlar (3,2%) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2 %) iborat. Sug’oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,2 % ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 % shu yerlarda yetishtiriladi.1 O’zbekistonda 20 asrda sug’oriladigan yerlar maydoni sezilarli ko’paydi (1914 yilda 1809,5 ming ga; 1994 yilda 4238,6 ming ga). Keyingi o’n yilliklarda irrigatsiya-melioratsiya ishlariga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi sonining o’sish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan o’sib ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib bordi. Yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida respublikada yer munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998 yil aprel; 1998 yilning 1 iyulidan amalga kiritilgan) bilan tartibga solinadi.
Mustakillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab hukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan muhim iqtisodiy islohotlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda, ya’ni ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda. O’zbekiston Respublikasida olib borilgan agrar islohotlar natijasida bugungi kunda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi asosiy uchta turdagi korxonalar shakllanib bormoqda. Birinchisi yirik qishloq xo’jalik korxonalari sifatida shirkat xo’jaligi, ikkinchisi o’rtacha rivojlanish darajasiga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari va uchinchisi kichik yer uchastkalarida ish olib boruvchi mayda tovar va yarim natural ishlab chiqarishga asoslangan dehqon xo’jaligi. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda tutgan o’rni, tarmoq tarkibi va rivojlanish istiqbollari bilan bir—biridan farqlanadi.
Dehqon xo’jaliklarini qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishdagi samaradorlik ko’rsatkichlarini tadqiq etish katta ilmiy-nazariy ahamiyatga ega. Tahlillarga ko’ra jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish xajmi yoki eng yuqori ishlab chiqarish samaradorligi dehqon xo’jaligiga tug’ri kelmokda. 2007 yilda bu ko’rsatkich bo’yicha dehqon xo’jaligi shirkat xo’jaliklarga nisbatan 2,44 martaga, fermer xo’jaligiga nisbatan 2,46 martaga va jami qishloq xo’jaligiga nisbatan 1,54 martaga ko’p tashkil qilayotganini kuzatish mumkin. Lekin mahsulot birligiga to’g’ri kelayotgan mehnat sig’imi dehqon xo’jalikda eng yuqori darajani tashkil etadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlarini taqqoslashda barcha kategoriya xo’jaliklar buyicha mehnat sarfi ko’rsatkichlarini tadqiq etish muhim o’rin tutadi. Agarda 1998 yilda eng yuqori mexnat sarfi nisbati shirkat xo’jaliklar xissasiga 57.7% to’g’ri kelgan bulsa 2007 yilga kelib bu ko’rsatkich 4%ga tushib koldi. Mexnat sarfi eng yuqori sur’atlarda o’sganini fermer xo’jaligida kuzatish mumkin. Ularning umumiy mexnat sarflari xajmi 1998 yil 4.9%dan, 2007 yilgacha kelib 55,7%ga o’sdi. Dehqon xo’jaligida jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni xajmini yuqoriligining asosiy omillaridan biri bu ularda bir gektar ekin maydonida yetishtirilayotgan mahsulot xajmini yuqoriligidir. 2001-2007 yillarda qishloq xo’jalik bo’yicha bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmini o’sish davri bilan xarakterlanadi.Qishloq xo’jalik buyicha bu ko’rsatkich 130,2%ni tashkil etdi. Bunday o’sishda eng yukori ko’rsatkich shirkat xo’jaliklarda amalga oshib 141,8%ni tashkil etdi. Respublikamizda turli qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmi nisbati o’rtasidagi katta differensiatsiyani kuzatish mumkin. Unda eng yuqori ko’rsatkich dehqon xo’jaligiga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatkich buyicha dehqon xo’jaligi 2007 yilda shirkat xo’jaligiga nisbatan 9,5 martaga, fermer xo’jaligiga nisbatan 7,5 martaga va butun qishloq xo’jaligiga nisbatan 4,7 martaga yukoridir. Xo’jalikda qanchalik chorvachilik sohasini yuqoriligi barcha teng sharoitlarda bir gektar ekin maydonidan olinadigan mahsulot xajmini yuqoriligini belgilab beradi. 2007 yil ma’lumotlariga ko’ra qishloq xo’jalik buyicha chorvachilik 47.3%ni tashkil etdi, bu o’z navbatida shirkat xo’jalikda-13.6%ni, fermer xo’jaligida – 6.7% va dehqon xo’jaligida – 69%ni tashkil etdi. O’zbekistonda uzoq muddatli milliy strategik vazifani aks ettiruvchi-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etish bo’yicha konsepsiya ishlab chiqilgan. Ushbu strategik vazifaning asosiy maqsadlaridan biri mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan muhofazalash asosida barqaror iqtisodiy o’sish sur’atiga erishish xisoblanadi. Ma’lumki mamlakatimiz aholisining 64 foizi qishloq joylarda yashaydi, bu ko’rsatkich Qozoqiston respublikasida 2005 yili 42,3, Rossiyada esa 27 foizni tashkil qilgan. Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish hozirgi kundagi muhim masalalardan biri hisoblanib, ishsiz aholini ish bilan ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Jumladan, tajribalardan ko’rish mumkinki qishloq hududlariga mos keluvchi hususiy tadbirkorlikning kasanachilik, dexqon va fermer xo’jaliklari, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlik turlarini shakllantirish va rivojlantirish hisobiga mamlakatda, qolaversa mintaqalarda yaratilayotgan jami ish o’rinlarining salkam 70 foizi aynan qishloq hududlariga to’g’ri kelmoqda. Bu esa malakatimizda aholi bandligini yanada oshirishga yordam beradi. Bugungi kunda ya’ni 2007 yil yakunlariga ko’ra Respublikamizda doimiy aholining o’rtacha yillik soni 26867,8 ming kishini tashkil etmoqda. Mintaqalarda yashovchi doimiy axoli o’rtacha yillik sonining 64,1 foizi, mexnat resurslarining 61,1 foizi shundan iqtisodiyotda bandlarning 60,4 foizi qishloq joylarda yashovchi aholi hissasiga to’g’ri kelmoqda. Bugungi sharoitda qishloq mehnat bozorini rivojlantirish uchun avvalo ishchi kuchi sifatini oshirish dolzarb muammodir. Respublikamizning mintaqaviy, ijtimoiy-iqtisodiy siyosati va uning tub maqsadi ham aholi bandligi, mehnat bozorini to’g’ri shakllantirish, ishsizlik ko’rsatkichini kamaytirish orqali ularning farovon yashashiga erishishiga qaratilgan. Ma’lumki, mustaqillik yillarida bu sohada qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlardan samarali natijalarga erishish ko’p jihatdan mintaqalarning ichki xususiyatlariga bog’liq. SHu sababli aholining ish bilan bandligi, mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy hususiyatlarini tadqiqi xamda tahlil qilish orqali hududlarni barqaror ijtimoyi-iqtisodiy rivojlantirish mumkin bo’ladi. SHu bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirish, faoliyat erkinligini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarni qisqartirish, hisobot topshirish tizimi hamda davlat ro’yxatidan o’tkazish mexanizmini soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish bo’yicha joriy yilda bir qancha qaror va Farmonlar qabul qilindi. Mamlakatimiz mintaqalarida qishloq mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari o’rganilganda ishchi kuchi shakllanishining demografik asoslari, mehnat taklifi va unga bo’lgan talabning vujudga kelishi o’rganilishini taqozo etadi. Hozirgi davrning ob’ektiv qiyinchiliklari aholining sifat ko’rsatkichlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Bu o’rinda eng avvalo aholining salomatligi, bilim darajasi, kasb malakasidagi o’zgarishlarni hisobga olish zarur bo’lmoqda. Mintaqalardagi aholi bandligini yaxshilashning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda uning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib quyidagi muammolarni e’tiborga olish talab etiladi; taklif etilayotgan ish o’rinlarining ishchi kuchi ehtiyojlariga to’liq mos kelmayotganligi; mehnat resurslari sonining o’sishi bilan bandlik dinamikasi o’rtasidagi nomuvofiqlikdir; ish o’rinlariga bo’lgan ehtiyoj bilan ularning mavjudligi o’rtasidagi sifat jihatidan mutanosiblikning yo’qligi; ishchi kuchining kasbiy tayyorgarligi yoki mutaxassisliklarning bir tomonlama rivojlanganligi; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi mamlaktimiz qishloq aholisining bandligini tahlil etish, qishloq hududlariga mos xususiy tadbirkorlik turlarining ortishiga va shu bilan birga aholi bandligining ortishiga imkon beradi. Bu esa yaqin kelajakda mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish asosida axoli bandligini oshirishga hamda ijtimoiy qo’llab quvvatlash borasida aniq yo’naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha maqsadli mintaqaviy dasturlarni xayotga tadbiq etish masalasiga katta e’tibor qaratilishi mintaqa iqtisodiy taraqqiyotining negiziga aylanadi. Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va unda mehnat unumdorligi dinamikasi to’g’risida ma’lumot muhim nazariy ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini hisoblashning asosiy usullaridan biri bu yalpi qishloq xo’jalik mahsulot xajmini tarmoqda band bo’lgan ishchilar miqdoriga nisbati orqali aniqlanadi. Iqtisodiyotda vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish xajmini o’sishi mehnat sig’imini pasayishiga olib keladi va aksincha mehnat sig’imini o’sishi vaqt birligi ichida mahsulot ishlab chiqarish xajmini kamayishiga olib keladi. Respublika yalpi ichki mahsuloti dinamikasida bo’lgani kabi, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi dinamikasida ham, ikki davr ajralib turadi: Birinchi davrda qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti 10,9%ga kamaygan bo’lsa, ikkinchi davrda aksincha 66,6%ga o’sgan. Mehnat unumdorligini o’sish davrida moliyaviy zarar bilan ishlayotgan shirkat xo’jaliklarni fermer xo’jaliklarga aylantirish yuqori sur’atlarda olib borilgan 2000-2007 yillarida qishloq xo’jalik yalpi mahsulotini o’sish sur’ati 1995-2000 yillariga nisbatan yuqori darajada ekanligi bilan xarakterlanadi. Bugungi kunda, qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi 1995 yil ko’rsatkichiga nisbatan 110,3%ga 2000 yilga nisbatan 64,7%ga yuqoridir. Mazkur sohada mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi mehnat unumdorligining o’sishi hisobiga erishilgan. Tarmoqda mehnat qilayotganlar soni 2007 yilda 1995 yildagiga nisbatan 555ming kishiga kamaygan. Qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchi turli shaklda xo’jalik yurituvchi korxonalardagi mehnat unumdorligini tadqiq etish va uni qiyoslash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Xo’jalik yuritishning, yerga egalik qilish va undan foydalanishning yangi shakllari mujassamlanishi, boshqarish tizimining bozor munosabatlariga moslashib borishi, ekinlar strukturasining bozor talabiga karab takomillashtirilishi, mahsulot yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko’rsatuvchilar hamda muhsulot sotib oluvchilar o’rtasidagi munosabatlarning shartnoma asosida olib borilishi, mamlakat qishloq xo’jaligidagi barqarorlikni ta’minlovchi asoslar bo’lib xizmat qilmoqda. Shuning bilan bir qatorda, qishloq xo’jaligining bundan keyingi rivojlanishi ishlab chiqarish munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarishni talab qiladi. O’zbekiston hududi qishloq xo’jaligi jihatdan 3 mintaqaga bo’linadi: tog’ va tog’ oldi mintaqasi, Respublika hududining 20% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Asosan, lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa , no’xat, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik tarqqiy etgan, bu mintaqada mavsumiy bahorgi – ko’zgi yaylovlar bor, chorvachidigi go’sht – jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Sug’orma dehqonchilik mintaqasi, Respublika hududining 20%ni tashkil etadi. Farg’ona vodiysi, Mirzacho’l, Dalvarzin cho’li, Chirchiq - Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon – Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o’z ichiga oladi. Asosan, paxta, shuningdek kanop, don (bug’doy, makkajo’xori, sholi), kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari (qovun, tarvuz, qovoq), yem-hashak ekinlari (beda, sudano’t, perko va boshqa) yetishtiriladi. Bog’ va tokzorlar, tutzorlar, rezavor meva maydonlari bor, go’sht-sut chorvachiligi rivojlangan. Cho’l-yaylov mintaqasi, Respublika hududining 60% ni tashkil etadi. Asosan cho’l va suvsiz tekisliklardan iborat. Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog’istonda va Farg’ona vodiysining markaziy qismida joylashgan. Xozirgi paytda O’zbekiston jamiyatni isloh qilishning sifat jihatdan yangi, ikkinchi bosqichiga kirdi. Ushbu bosqich bozor munosabatlariga o’tish tuzilmalarini shakllantirishni yakunlashi, iqtisodiy tizimni va davlat mustaqilligini yanada mustahkamlash, milliy valyuta aylanishining barqarorligini va uning ichki konvertatsiyasini ta’minlash bilan bog’liqdir. Ma’lumki, infratuzilma tushunchasi so’nngi 5-10 yil mobaynida jamiyatda va umuman qishloq xo’jaligida ko’proq qo’llaniladigan bo’lib qoldi. Bozor infrato’zilmasi ob’ektlarini shakllantirishdan ko’zlangan asosiy maqsad, bu avvalo ishlab chiqaruvchilarning bank, sug’urta, konsalting hamda moddiy-texnika resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo’lib, raqobatli bozorda ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashdan iborat.
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida paydo bo’lgan disproporsiyani yo’qotishda va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda tarmoq strukturasini sifat jixatidan qayta tashkil qilish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni qo’llash hisobiga g’alla va yem - xashak ekinlarini ko’paytirish ham katta ahamiyatga ega. Agrosanoat kompleksida ishlab chiqarilayotggan mahsulotlar tarkibida asosiy mahsulot qishloq xo’jalik xom-ashyosi hisoblansa, yaqin kelajakda rivojlangan davlatlardagi kabi, asosiy mahsulot qayta ishlash sanoati va boshqa sanoat mahsulotlari ulishiga to’g’ri kelishi kerak. Shuning uchun ham farmonda qishloqda kechadigan strukturaviy o’zgarishda qayta ishlash sanoatini barpo qilishini jadal suratlar bilan rivojlantirish ko’zda tutilgan. Bu esa zamonaviy texnika va texnologiyaga asoslanishi kerak. Bu sarflangan xom ashyo birligi hisobiga tayyor mahsulot chiqishining ko’payishiga, daromadning oshishiga, ekologik zararning kamayishiga olib keladi. Farmonning ikkinchi va uchinchi bandlarida mini traktor parklari qishloq xo’jalik korxonalari buyurtmalarini bajargani, xo’jaliklarga o’g’it yonilgi moylash materiallari yetkazib bergani uchun to’laydigan ko’shimcha qiymat solig’ini bekor qilish ko’rsatilgan. Bunday imtiyozlar amalga oshirilishi natijasida korxonalarda qoladigan mablag’lar evaziga ularning foydasi ortadi, ishlab chiqariladigan tovarlar sifatining ortishiga, mikdorining ko’payishiga va bozorlarda narxining arzonlashishiga olib keladi. Bu birinchidan, qishloq xo’jalik korxonalarining xarajatlarini kamaytirish va ularning daromadini ko’paytirish uchun yo’naltirilgan bo’lsa, ikkinchidan past darajada o’rnatilgan tarif va baholar xo’jaliklariga o’z ehtiyejlarini qoplashga va mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga imkon yaratdi. Hozirgi kunda qishloq xo’jalik korxonalarining yangi traktorlar, kombaynlar va boshqa xo’jalik mashinalari sotib olish uchun mablag’lari yetarli emas. Farmonning to`rtinchi bandida bu muammoni hal qilish uchun yangi tashkil etiladigan mashina traktor parklariga zamonaviy qishloq xo’jalik texnikasini sotib olish va yangilash uchun zarur bo’ladigan mablag’larni topish Moliya Vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Bu mashina traktor parklari xo’jaliklarining yumushlarning shartnoma asosida bajaradi, natijada xo’jaliklarning yangi texnika sotib olishga bo’lgan ehtiyojlari birmuncha kamayadi.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning 2003 yil 24 martda qabul qilingan «Qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi Farmoni qishloq xo’jaligida hozirgacha olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga yakun yasash bilan bir qatorda, sohaning bundan keyingi rivojlanishining yo’nalishini belgilab berdi. Farmonda keltirilgan tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo’jalik ekinlarini mustaqil ravishda joylashtirish va mahsulot yetishtirish hajmini pastdan, mintaqalarning ixtisoslashganligiga qarab kontraktatsiya shartnomalari asosida belgilashini, shuningdek, dehqonlarga yetishtirgan mahsulotini, tegishli mol-mulkini, moliyaviy va moddiy resurslarini o’z xohishiga ko’ra tasarruf etish huquqi berilishi, mamlakatimizda bosqichma-bosqich demokratik tamoyillarni joriy qilib borilishining navbatdagi bosqichi bo’lmoqda. Tovar mahsulot ishlab chiqaruvchilarga erkinliklar berilishi, ulardagi mehnat va mahsulot yetishtirishga bo’lgan munosabatlarni mutlaqo o’zgartirib yubormoqda. Ular endi ishni ko’proq ishonch bilan tashkil qilmoqdalar. Farmonda huquqiy masalalar, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’lik barcha sub’ektlarning huquq va majburiyatlari bosh mezon qilib olingan. Bu bejiz emas, chunki qishloqda ishlab chikarish munosabatlarini takomillashtirar ekanmiz, buni huquqiy masalalardan boshlashimiz kerak. Qolaversa, iqtisodiy islohotning o’tgan davrdagi asosiy qiyinchiliklari va uning ba’zi joylarda oqsashiga – qishloq xo’jaligi xodimlarining va ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning huquqiy bilimlari yetishmasligi sabab bo’lmoqda. Respublikamizda iqtisodiy islohotlarning bir necha bosqichlari o’tganligiga qaramasdan, hanuzgacha ma’muriy-buyruqbozlik uslubidan to’liq voz kecholganimiz yo’q. Farmongacha, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimida respublika, viloyat va tumanlar miqyosida ish yuritishda bir – birini takrorlash, xo’jaliklar va fermerlarning ichki ishlariga aralshish hamda moddiy resurslarni markazlashtirilgan ravishda taqsimlash davom etib kelmoqda. Shuningdek, shirkat xo’jaliklarida rahbar kadrlarning qo’nimsizligi va shirkat rahbarlarining tez-tez almashtirib turilishi, xo’jalikning ishlab chiqarish va moliyaviy natijalarga salbiy ta’sir ko’rsatayotganini alohida ta’kidlab o’tish kerak. 1998 yil 18 martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to’g’risida»gi Farmoni - agrar sohada iqtisodiy islohotilar jarayonini chqurlashtirishni ta’minlash, qishloq xo’jalik kooperativlari(shirkat)larni shakllantirish, mulkiy paylar va oilaviy pudrat tizimini joriy etish asosida qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantrish, tuproq unumdorligini oshirish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, seleksiya va urug’chilikni yaxshilash, raqobatbardosh qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida ushbu dastur qabul qilingan. Qishloq xo’jaligini isloh qilishni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari mamlakat hayoti va iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o’rni, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, shu bilan birga xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish va rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqmoqda

I.BOB. Agrar ishlab chiqarish.


1.1.Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim sohasi bo‘lib, unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va aholi uchun iste’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga har doim alohida e’tibor berib kelinmoqda. «2016-yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlami va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirildi»  deb ta’kidlaydi mamlakatimiz Prezidenti.
Agrar soha oldida turgan vazifalami bajarish uchun agrar sohani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar o‘rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi. Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi. Uzoq yillar davomida tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik “oziqlanishi” mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agrar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‘siri natijasida, ya‘ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‘iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligida foydalanadigan barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lish mumkin. Hozirgi paytda qishloq ho’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari fermer va dehqon shakllarida bo’lib, ulardan ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlaridan foydalanish asosida olib boriladi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish vositalar (traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari) kapital tarkibini tashkil qiladi. Aylanma kapitalga quyidagilar kiradi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, hizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – invertarlar, yoqilg’i va moylash materiallaridan iborat bo’ladi. Kapital doiraviy aylanib turadi, ya‘ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana pul shakliga qaytib keladi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vaqti uzoq davom etadi va ish vaqti kunlar bilan belgilanadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumliyligi bilan xususiyatlidir.Masalan, kombaynlar, turli ekish asboblaridan qisqa vaqtda foydalaniladi.Aholini nisbatan zichligi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma‘lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olinishini bildiradi. Yerga egalik kishi deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko’zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo’lgan mulkdor yoki davlat amalga oshiradi. Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ham to’rt omil – yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ishchi kuchi qatnashadi.Bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi.Bu omillarni barchasini harakatga keltirish ishchi kuchi omiliga bevosita bog’liqdir.Kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi degan tushunchalar – xato fikr-mulohazalardir, uni barchasini jonli mehnat egasi bo’lgan ishchi kuchi yaratadi.Aytish mumkinki, ishchi kuchi - moddiy vositalarni harakat keltiruvchi ishlab chiqarishning ustuvor omilidir. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo’lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g‘alla o‘rish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig‘im-terim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo‘lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag’laming sarfi bir me’yorda bolmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag’lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag’laming ko’pgina qismi (urug’lik, yem-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, nefit mahsulotlari va shu kabilaming hissasi ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlami hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlaming cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda. 2015-yilda qishloq xo’jaligi tarmog’ida muhim ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Chunki ko’pgina qishloq xo‘jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo’yicha o’sishga erishildi . O‘zbekistonda amalga oshirilgan agrar islohotlami amalga oshirish, tarkibiy o‘zgarishlami yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish natijasida murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli 2016-yilda mo‘l hosil yetishtirildi -8,3 million tonnadan ziyod g‘ alla, 3 million tonnadan ortiq paxta 21 mln. tonna meva va sabzavot yetishtirildi. O‘zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko‘zda tutiladi. yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida ta’kidlanganidek, «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».
Yerdan foydalanish huquqi - bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas.
1.2.Agrobiznes faoliyati tahlili
Qishloq xo’jaligi xalq xo’jaligining muhim bo’g’inidir. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlkari ham uchun xom-ashyo ishlab chiqariladi. Respublikamiz prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o’tganidek “Respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan paxta tozalash, to’qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo’jaligini mashinasozlikni va boshqalarni… rivojlantirish istiqbolari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo’jalilgiga bog’liqdir”. Demak, aholi uchun zarur bo’lgan tovarlar bozorni to’ldirish uchun qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o;rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlari sodir bo’ladi. U munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq , shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydaklnaihs bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyoiladi. Yer rentasi orqali yerga mulkchilik huquqi ro’yobga chiqariladi. O’zbekistonda “Yer – Davlat mulki – umummmiliy boylik” bo’lganligi sababli yerga bo’lgan mulkchilik yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masallari alohida ajratib tahlil qilinadi.
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasida tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujatlarida belgilangan tartibda egalik qilishni tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo’lgan mulkchilik huquqi tsuhsuniladi. Yerga egalikni bilgan mulkdor amalgam oshiradi.
O’zbekiston respublikasinming yer kodeksida ta’kidlanganidek: “ Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish ham ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin”.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tarkibda foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi o’lishi shart emas. Real xo’jalik hayotida yerga egalik qilish va foydalanishni ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar bajaradilar. Agrar munosabatlarning asosini renta munoisanbatlarini tashkil qiladi. Renta munosabatlari qishloq xo’jaligida yer mulki bo’lsa , mulk agais yerdan foydalangaklik uchun undan foydalanuvchilardan to’lov olinadi. Bu to’lovlarning manbai qishloq xo’jaligida yaratilgan qo’shimcha mahsulotdir. Ya’ni yer egasi bo’lganligi uchun yaratilgan qo’shimcha mahsulotning bir qismini o’zlashtirib oladi. Bu yerda yer davlatnikimi , xususiymi buning ahamiyati yo’q. Davlat uni yer solig’I sifatida oladi. Xususiy yer egalari esa yerdan foydalanganliklari uchun to’lov sifatida oladi. Shuning uchun yer rentasi yer egaligini iqtisdoiy jihatdan amalgam oshirish (realizatsiya) qilishning shaklidir. Yer tantanasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan: uch shakldagi : barshchina (ishlab chiqarish), obrok (natural soliq) va pul solig’I shakllarda feudal rentalarda kapitalistik va sotsialistik yer rentalari va nihoyat hozirgi davrda mavjud bo’lgan yer rentalari hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud. Rentaning turlari bir qancha xildir. Absolyut yer rentasi , differnsial (tabaqalashgan) renta №1 va – 2 monopol renta , mutloq renta. Qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. Bu uchastkalarning unumdorligi va joyl;ashgan joydagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat) ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi yerning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni faqat unumdor yer uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agrar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo’lsa , yerning mahsulotligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlovchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko’pmi doimiy xarakterga ega .Barcha yerlar mustaqil davr ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar yer xo’jalik ob’yekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differensial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi. Shunday qilib differensial renta hosil bo’lsihinng tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlaridir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir. Differensional renta o’zining kelib chiqish sharoitlariga qarab differensional renta – 1 va differensional renta – 2 ga bo’linadi. Differensional renta 1 rentaning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlarioga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joy;lashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday yer uchastkalarida sarf xarajatlar darajasi unumdorligi past , bozorlardan , shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan yer uchastkalari mahsulot birligiga to’gri keladidan xarajatga nisbatan ham bo’ladi. Differensional renta bir yuqorida qarab chiqilganidek xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qihsloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo’lishi sabali uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlar fondida (byudjetida) to’plansihi lozim. Bu ho o’rta va yaxshi unumli yerda joylashgan iqtisodiy manffatdorligida putur yetkazmaydi, balki boshqa xo’jaliklar bilan oizmi-ko’pmi iqtisodiy sharoitlar tenglashtirish imkoniyatini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o’tgan bu mablag’larni (differensional renta-1) mamlakat oldida turgan vazifalarni amalgam oshirish xususan yangi yaerlarni o’zlashtirish va yer ununmmdorligini oshirish bilan bog’liq bol’gan amalgam oshirish uchun yo’naltirilgan bo’lishu mumkin.
Differensional renta-2 yerdan intensiv foydalanish ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jalikning o’zlarida qoldirilishi mantiqan to’g’ri bo’ladi. Uning faqat bir qismi jalb qilisnihi mumkin ., chunki davit ma’lum darajada bu rentaning hosil qilinshida o’z hissasini qo’shadi, ya’ni transport yo’lari ko’rinishiga , irrigatsiya – melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun capital mablag’lar sarflaydi, texnikalar kadrlar, mineral o’g’itlar yetkazib beradi. Shunday qilib , differensional renta1 va differensial renta 2 renta egasi bo’lgandavlat bilan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida taqsimlanadi. Absolyut renta . ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasini sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. Bu monopoliya ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar , yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Renta renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi monopol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning navlarini, tsitrus ekinlaribni, joy va hokazolarning alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tomonlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo’lgan ko’pincha to’lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. Faqat qishloq xo’jaligida emas , balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydalanish qazilma konlari joylashuvi (va, demak, ishlash uchun qulay) jihatidan ham , konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligidagi singari , o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi. Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborini qaratish zarur.
Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino , inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdori bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda , ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqining quyidagilardan iborat : yerdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta ( r) . Yerga ilgari sarflangan capital uchun foiz ( ch) : yer uchastkasini ijaraga berganga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasini (a) . Buni formulada quyidagicha yozish mumkin: I x = r + ch + a . Ma’lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas, balki oldi-sotdi obyekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib oladi. Yerning bazasini nima bilan belgilanadi, yer almashuv qiymatiga ega emas. Chunki u inson mehnati mahsuli emas. Shu sabali yer va boshqa tabiat inomlari narxini nazariyachilar irratsional narxlar deb ataydilar. Yer ham irratsional narxga ega . Yer uchastkasining efgasi uni sotishda olingan summani bankka qo’yilganda, foiz tarzida u keltiradigan daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aytganda , yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda , xuddi shu renta miqdori yer , yer, miqdori yer narxini belgilaydi. Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. 
1.3. Agrar sohadagi islohotlarning huquqiy asoslarini yaratilishi
Ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror, erkin bozor itisodiyotiga, kuchli demokratik huquqiy davlatni barpo etish maqsadida respublikaning barcha sohalarida, jumladan, qishloq xo’jaligida o’lkan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar davlat rahbarligida boqsichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Dastavval, qishloq xo’jaligida erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini mustahkam barpo etilishini, yuritilishini ta’minlash qobiliyatiga ega bo’lgan huquqiy asosi yaratilib, rivojlantirilmoqda. Respublikamizda birinchi marta yer kodeksi 1927 yilda qabul qilingan. 1929 yilda esa mazkur kodeks o’rniga yer-suv kodeksi qabul qilinib, bu hujjat 1970 yilning 25 sentyabrigacha –yangi yer kodeksi qabul qilingunga qadar amalda bo’ldi. Respublikamizda yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida Oliy majlis tamonidan 1998 yil 30 aprelda O’zbekiston Respublikasining yer kodeksi tasdiqlandi.
Mazkur kodeks 91 moddani o’z ichiga oluvchi 14 bobdan iborat. Yer kodeksi va yer to’g’risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproqni unimdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. yerga e’tibor, undan oqilona foydalanish borasida sayi harakatlar mustaqilligimiz qo’lga kiritilgandan so’ng yanada oshdi. Bunga respublika Oliy Majlisi va Senati tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezidentning Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari yaqqol dalil bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining:
- “Konstitutsiyasi”;
- “Mulk to’g’risida”gi;
- “Ijara to’g’risida”gi;
-“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi;
-“Investitsiyalar to’g’risida”gi;
-“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi;
-“Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi;
-“Mehnat kodeksi”;
-“Er kodeksi”;
-“Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi;
-“Tadbirkorlik to’g’risida”gi;
-“qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkatlar) to’g’risida”gi;
-“Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi; yangi tahrirda:
-“qishloq xo’jalik korxonalarini sanatsiya qilish to’g’risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi, "qishloq xo’jalik mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida»gi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonlari va boshqalar, sohani isloh qilishning huquqiy asosini yaratadi.
YAratilgan huquqiy asos negizida qishloq xo’jaligida amalga oshirilishi zarur bo’lgan tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlarning mohiyati nihoyatda muhim quyidagi holatlarni shakllantirishga qaratilgandir:
-Qishloq xo’jaligini erkin bozor iqtisodiyoti talablari asosida boshqarishni barpo etish, takomillashtirish;
-mulkchilikning turli xildagi shakllarini barpo etib, samaralisini rivojlantirish;
-qishloqda bozor mulkiy munosabatlarini barpo etish, rivojlantirish va erkinlashtirish;
-tarmoqda turlicha mulkchilikka asoslangan sub’ektlarni barpo etish, ularga erkin faoliyat ko’rsatish uchun zarur sharoitlar yaratish;
-qishloqda mulkdorlar sinfini yaratish, ularning mulkiy ongini yuksaltirish;
-barcha turdagi iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish;
-aholining daromadining o’sishini ta’minlash;
-qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish;
-tarmoqda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishini ta’minlash;
-aholini, qayta ishlash sanoatini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yuksaltirish, rag’batlantirish;
-aholini ijtimoiy jihatdan ta’minlanganligini yaxshilash va boshqalar;
-o’tish davrida ularni ta’minlash masqadida qishloq xo’jaligida yer, suv, mulk, tashkiliy-tarkibiy, moliya-kredit, soliq, narx, investitsiya hamda innovatsiya va bosha islohotlar o’zaro bog’liq holda amalga oshirilmoqda.
Er, suv resurslariga egalik qilishning huquiy asosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida «Yer... suv... umummilliy boylikdir, ulardan oqilana foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» - deb ta’kidlangan. Respublikaning jami yer maydoniga umummilliy boylik, davlat mulki sifatida egalik qilish huquiq O’zbekiston Oliy Majlis zimmasiga yuklatilgan. Oliy Majlis o’z vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini xalq deputatlari qishloq, shahar, poselka, tuman hamda viloyat kengashlari va ularning ijroiya qo’mitalari zimmasiga yuklangan. Ular yer kodeksi va bosha qonunlarga asoslangan holda yerlardan oqilona samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida foydalanuvchilarga ma’lum muddatga haq to’lash evaziga foydalanish uchun bermoqdalar, cheklangan miqdordagi yerlarni kim oshdi savdosida sotmoqdalar. Demak, ular yer islohotini amalga oshirishga ma’suldorlar. Islohot natijasida respublikada yashayotgan fuqarolarga umrbod foydalanish uchun 650 ming gektarga yaqin yer berildi. SHuning bilan birgalikda 2005 yilning 1 iyuliga 121,6 mingta fermer xo’jaliklariga 3666,4 ming gektar yer uzoq muddatga (30 yildan 50 yilgacha) foydalanish uchun ijaraga berildi. Ular yerdan foydalanayotganliklari uchun yer solig’ini to’laydilar.
SHu davrda cheklangan miqdordagi yer bino-inshootlari bilan birgalikda xususiy mulk sifatida sotilgan. Demak, yer islohoti: uzoq muddatga ijaraga, umrbod foydalanishga berish hamda sotish orqali amalga oshirilmoqda.
SHuning bilan birgalikda tarmoqda mulk va unga asoslangan korxonalarni isloh qilishni amalga oshirib kelmoqda. Markazdan rejali boshqarilgan iqtisodiyot davrida qishloq xo’jaligida a) davlat mulki; b) kolxoz- kooperativ mulki; v) shaxsiy mulk shakllari mavjud bo’lgan. Ular tarmoqdagi jami mulkning 99,9 foizini tashkil etgan.
Mulkchilikning bu turlariga egalik qilish, ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlar erkin bozor munosabatlariga mos kelmaganligi uchun hozirgi davrda respublika qishloq xo’jaligida; - davlat mulki unga asoslangan davlat korxonalari:
-jamoa mulki (paychilik mulkiga asoslangan shirkat xo’jaliklari):
-xususiy, shaxsiy mulk (ularga asoslangan fermer va dehqon xo’jaliklari);
-aralash mulk (unga asoslangan qo’shma korxonalar) shakllangan. Hozirgi davrda nodavlat mulkining salmog’i oshib bormoqda. SHuning bilan birgalikda, ularning qishloq xo’jalik yalpi mahsulotidagi salmog’i o’zgarmoqda. Jumladan, 2005 yilning boshiga kelib qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 20,4 foizini fermer xo’jaliklari, 66 foiziga yaqinini dehqon(tomorqa) xo’jaliklarida ishlab chiqarmodalar.
Respublikada qishloq xo’jalik tarmog’ini boshqarilishini samarali bo’lishligini ta’minlash maqsadida uyidagi tashkiliy islohotlar amalga oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat qishloq xo’jaligini hamda u bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarni boshqarish bilan:
- O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligi;
- O’rmon xo’jaligi vazirligi;
-Meva sabzavot uzum sanoati aksiyadorlik jamiyati;
-Davlat suv xo’jaligi qurilishi qo’mitasi;
-Davlat yer resurslari qo’mitasi;
- O’z go’shtsanoati aksiyadorlik jamiyati va boshqa tashkilotlar shug’ullanganlar. Bular boshqarishni bozor iqtisodi talablari asosida samarali boshqarilishini ta’minlay olmadilar. SHuning uchun ham ularning faoliyatini uyg’unlashtirish natijasida boshqarilishi qulay bo’lgan ixcham vazirliklar, kompaniyalar hamda davlat qo’mitalari shakllantirildi. Hozirgi davrda O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Respublika dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi, Uzmevasabzavotuzum xolding kompaniyasi, Uzishlomashlizing kompaniyasi, uzdonmahsulot aksiyadorlik kompaniyasi, Uzagromashservis kompaniyasi va boshqa tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqdalar. Ularni kelajakda yanada takomillashtirish talab etiladi.
Tashkiliy islohotlar bilan birgalikda tarkibiy o’zgartirishlar ham amalga oshirilmoqda. Respublikada paxta yakkaxonligining salbiy oqibatlariga barham berish maqsadida paxta ekiladigan maydon qisartirilib, o’rniga asosan g’alla ekila boshlandi.
SHuning natijasida g’alla ishlab chiqarish miqdori 2005 yilda 6 mln. tonnaga yetkazildi. g’alla mustaqilligi siyosatining amalga oshirilishi respublika aholisini don mahsulotlariga bo’lgan talabini to’li qondirdi.
Qishloq xo’jalik sub’ektlarining faoliyatlarini rivojlantirish, uning samaradorligini yuksaltirish maqsadida tarmoqda moliya, kredit, soli va baholar islohoti amalga oshirilmoqda. Mustaillikkacha qishloq xo’jalik korxonalari asosan davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’ hisobidan moliyalashtirilgan. Ular yetishtirgan barcha mahsulotlarni davlat tomonidan markazdan o’rnatilgan xarid narxlarda asosan davlatning vakil tashkilotlari tomonidan sotib olingan. Bunda ularga o’z mahsulotlarini sotishda mustaqillik, ya’ni erkinlik berilmagan. Usha yillarda xo’jaliklarga turli xildagi kreditlarni belgilangan tartibda davlat banki bergan. Sababi boshqa banklar bo’lmagan. Qishloq xo’jalik korxonalari 8 ta xildagi soliqlarni belgilangan stavkalarda to’lab kelganlar. Tarmoqda erkin bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida nodavlat mulkchiligiga asoslangan sub’ektlarni moliyalashtirish tartibi tubdan o’zgardi.
Ularning faoliyatini moliyalashtirish asosan o’zlarining mablag’lari evaziga amalga oishrilmoqda. Uning manbasi bo’lib mahsulot yetishtirib sotish, xizmat ko’rsatish natijasida olayotgan pul daromadlari, asosiy vositalarning eskirishi oqibatida shakllanayotgan amortizatsiya fondi, ishlab chiqarish vositalarini sotishdan olinayotgan pul tushumlari hamda ularning foydalari hisoblanadi. 2004 yildan boshlab, davlat buyurtmalari miqdoridagi paxta hamda g’allani ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mablag’lar davlat tijorat banklari tomonidan beriladigan imtiyozli kreditlar evaziga qoplanmoqda. SHu manbalardagi mablag’lar yetishmagan hollarda qishloq xo’jalik korxonalari davlat, tijorat banklarining, xorij davlatlarining nodavlat korxona, tashkilotlarning, xomiylarning va boshqalarning vaqtincha bo’sh bo’lgan mablag’larini jalb etmoqdalar.
Hozirgi davrda qishloq xo’jalik korxonalarining faoliyatini rivojlantirish uchun aksariyat hollarda o’zlarining mablag’lari yetishmasdan qolmoqda. CHet eldan qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar jami investitsiyalarning 6,5 foizidan oshayotgani yo’q. SHuning bilan birgalikda moliya-kredit institutlaridan berilayotgan mablag’ talabni qondiradigan darajada emas. CHunki qishloq xo’jalik sub’ektlarining iqtisodiy holati moliya-kredit institutlari tomonidan qo’llaydigan shirkatlarni to’liq qondira olmaydi.
Qishloq xo’jaligida irrigatsiya-melioratsiya ishlarini, ekologik tadbirlarni amalga oshirishga ma’lum miqdordagi mablag’ davlat byudjetidan ajratilmoqda. Lekin bu mablag’lar ta’kidlangan ishlarni to’liq amalga oshirilishini ta’minlay olmaydi. SHuning uchun kelajakda qishloq xo’jalikdagi moliya-kredit islohotlarini yanada kengaytirib, chuqurlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan yetishtirilayotgan paxta xom ashyosining hamda g’allaning 50 foiziga davlat buyurtmalari mavjud. Ularni davlat tomonidan belgilangan harid narxlarda, qolgan qismini, shuningdek, boshqa mahsulotlarni erkin, kelishilgan narxlarda xohlagan miqdorda erkin sotish imkoniyatiga egalar. Bu jarayon qishloq xo’jalik mahsulotlarining ma’lum darajada erkinlashganligidan dalolat beradi. Lekin davlat xarid narxlari ichki va jahon bozoridagi narxlardan past. Ammo qishloq xo’jalik sub’ektlari tomonidan sotib olinayotgan sanoat korxonalarining mahsulotlarining erkin narxlari yil sayin yuqori sur’atlarda oshib bormoqda. Oqibatda qishloq xo’jalik mahsulotlarining narxi bilan sotib olinayotgan sanoat mahsulotlarining narxlari o’rtasida nomutanosiblik mavjud.
SHuning natijasida qishloq xo’jaligi korxonalari tomonidan yaratilayotgan sof foydaning talaygina qismi sanoat korxonalarning ixtiyoriga o’tib ketmoqda. Bu masalani ijobiy hal etish uchun davlat tomonidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish talab etiladi. Ular barcha qatnashchilarning o’zaro manfaatlarini e’tiborga olgan bo’lishi lozim.
Agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoq hamda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa ko’shmoqda. Bu haqda respublika Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisining qonunchilik palatasi va Senatning qo’shma Majlisidagi ma’ruzasida quyidagi fikrlarini bildirganlar. «Avvalambor, iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi... qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o’tgan yili 10,1 foizga oshdi... qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish tizimi tubdan o’zgarmoqda, fermerlik kishloqda xo’jalik yuritishning eng istiqbolli va samarali shakli sifatida yetakchi o’rinni egallamoqda»1,- deb yakun yasagan. Lekin, erishilgan natijalar hozirgi o’sib borayotgan talabni to’liq qondira olmaydi. SHuning uchun ham agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan «bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish»2 asosiy ustuvor vazifa ekanligini Prezident tomonidan belgilangan. Eng asosiy ustuvor vazifa mamlakatni modernizatsiya qilish va aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berishdir.
Uni hal etish maqsadida qishloq xo’jaligini modernizatsiya etish natijasida tarmoqni yanada yuqori sur’atlar bilan rivojlantirishni ta’minlash zarur. Buning uchun qishloq xo’jaligidagi xususiy tarmoqni ustuvor darajada o’sishini ta’minlashga erishish lozim. Buning bilan birgalikda «... kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni chuqurlashtirish va ko’lamini kengaytirish»3agrar islohotining ustuvor yo’nalishi deb belgilangan. Ularni ijobiy hal etilishini ta’minlashga qaratilgan aniq chora tadbirlar hambelgilangan. Jumladan, avval ta’kidlangan Vazirlar Mahkamasining 607-sonli qarorida 2005-2007 yillarda uch yil davomida rentabelligi past bo’lgan 1100ta shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklarini to’g’ri tashkil etishga katta e’tibor berish zarur. Buning uchun bo’lajak fermer xo’jaliklarining rahbarlarini to’g’ri tanlash hamda ular talab etgan yer uchastkalarini belgilangan muddatlarda ajratib berish masalalarini oshkoralikda, adolatli tarzda va qat’iy tanlov, tender asosida o’tkazilishini ta’minlashga erishish lozim. «Bunda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik va poraxo’rlik hollariga keskin barhamberish lozim»2,- deb alohida ta’kidlagan Respublika Prezidenti I.A.Karimov. Fermerlikni ustuvor sur’atlarda rivojlantirish uchun quyidagi masalalarga alohida e’tibor berish:
-davlat tuzilmalarining qishloqda tadbirkorlik, kichik biznes sub’ekti hisoblangan fermerlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash;
-fermerlarni tander asosida tanlovini o’tkazish, ularga yer ajratish ishlarini oshkoralikda, barcha qonunlar talabi asosida adolatli tarzda amalga oshirish, tender komissiyasining a’zoligiga yetuk, tajribali, bilimdon, halol ma’naviyatli rahbar, mutaxassislarni jalb etish, uning faoliyatini to’liq kompyuterlashtirish;
-fermerlarga uzoq muddatga foydalanish uchun ajratib berilayotgan yerlarning sifatini yaxshilab, unumdorligini yuksalishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni o’z vaqtida sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydigan miqdorda mablag’larni davlat byudjetidan ajratish imkoniyatlarini yaratib berish;
-ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlariga belgilanayotgan davlat buyurtmasini rivojlangan davlatlarda qo’llanilayotgan o’zaro manfaatli davlat dasturlari bilan almashtirish;
-fermerlik faoliyatini moliyalashtirish, kreditlashtirish ishlarini soddalashtirish, shartlarining yukini yumshatish, muddatlarini va stavkalarini o’zaro manfaatli bo’lishini ta’minlash;
-fermerlik faoliyatida zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini erkin sotib olish va o’z mahsulotlarini mustaqil sotish uchun bozorlarga chiqish (naqd pullarini o’z vaqtida olish) imkoniyatlarini kengaytirish;
-fermerlarga barcha turdagi xizmatlarni ko’rsatadigan sub’ektlarni tashkil etish bozor infratuzilmasini shakllantirishni, ularni moddiy resurslar va texnikalar, kadrlar bilan ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni jadallashtirish;
-fermer xo’jaliklari to’layotgan soliq va to’lovlar mazmunini, tartibini hamda stavkalarini qayta ko’rib chiqish;
-fermer xo’jaliklariga chet el investitsiyalarini jalb etish masalalariga ko’maklashish va boshqalar maqsadga muvoffikdir.Biz bugun mamlakatimizni isloh qilish va yangilash maqsadida oldimizga qo’yayotgan va o’z tadbig’ini kutayotgan eng muhim ustuvor vazifalar asosan mana shulardan iboratdir.
Respublikamizda mustaqillikning daslabki kunlaridan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash eng muhim vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida fermer xo’jaliklari boshqa yirik mulk shakllariga nisbatan bir qator ustunliklarga ega ekani ma’lum bo’ldi. Fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan xech qaysi boshqa xo’jalik yuritish shakllariga o’xshamagan, qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan o’ziga xos xo’jalik bo’lib, ular maxsulot yetishtirish uni sotish, moddiy va mehnat resurslari hamda olingan daromaddan erkin foydalanish xuquqiga ega xo’jalik yuritish sub’ektlari hisoblanadi. Xukumatimiz tomonidan fermer xo’jaliklarini suv bilan ta’minlash va suvdan oqilona foydalanish uchun bir qancha qonun va qarorlar qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha huquq, majburiyat va tartibni belgilovchi asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Suv va tabiatni muhofaza qilish munosabatlari mustaqillikka erishilgandan so’ng qabul qilingan qonunlar majmui orqali tartibga solinmoqda.
Ayni paytda mamlakatning tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi quyidagi asosiy sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi: atrof-muhit va uning asosiy tarkibiy qismlarini muhofaza qilish; ekotizimlarni himoya qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish; atrof-muhitga ko’rsatilgan ta’sirni baholash va ekologik ekspertiza; atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplashni tartibga solish (jumladan iqtisodiy hamda ma’muriy jihatlar); tabiiy resurslar mulk huquqini tartibga solish.
“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun (1992) tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi va tabiiy resurslarni asrab-avaylash va monitoringi, ekotizimlarni himoya qilishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, fuqarolarning qulay atrof-muhitda yashash huquqini kafolatlovchi asosiy qonuniy hujjat hisoblanadi.
So’nggi yillarda va tegishli qonunchilik bazasini kuchaytirish va rivojlantirish maqsadida tabiiy resurslarni asrash, foydalanish va boshqarish bilan bog’liq qonunlar ishlab chiqilib, qabul qilindi. Bu hujjatlarda atrof-muhitning himoyaga muhtoj tarkibiy qismlariga alohida e’tibor qaratilgan. Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunini buzganlik uchun Jinoiy, Ma’muriy, Fuqarolik, Mehnat kodekslarida tegishli javobgarlik ko’zda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1993 yil 6 mayda imzolangan “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonun eng muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Keyinchalik ushbu qonunga ayrim o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Qonunning 3-moddasida suv resurslari davlat mulki hisoblanishi, uning himoyasida ekani va ulardan oqilona foydalanish lozimligi ko’zda tutilgan. 49-moddada suv omborlari, davlatlararo kanallar, inshoatlar va yer osti suvlarini olish qurilmalari uchun ajratilgan yerlar mulkchilik va foydalanish shaklidan qat’iy nazar davlat mulki hisoblanishi, xo’jalik ichidagi inshoatlar esa o’z majburiyat va huquqlarini zimmasiga olgan shirkatlar va suvdan foydalanuvchilar uyushmalari mulki ekani qayd etilgan.
“Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunning vazifasi suvdan foydalanish, suvdan aholi va xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun oqilona foydalanishni tartibga solish, suvlarni ifloslanishi va qurishidan himoya qilish, suvlarga zararli ta’sir o’tkazilganida ogohlantirish va uni bartaraf etish, suv ob’ektlarining ahvolini yaxshilash shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo’jaliklari, fuqarolarning suvga oid munosabatlardagi huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida mulk shakllarining samarali faoliyat ko’rsatishlari uchun 259 mini-banklar (2004 yilda 146 ta), 398 muqobil MTP (208), 170 ta mineral o’g’itlar tarqatidigan punktlar (206 ta), 285 YOMM tarqatadigan punktlar (215ta), 112 ta zooveterinariya xizmatlari ko’rsatadigan punktlar (85 ta), 86 ta informatsion-konsalting xizmatlari ko’rsatadigan tarmoqlar (38ta), 11 ta qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash va realizatsiya qilish tarmoqlari (46ta), 1032,2 ming ga ekin maydonlariga xizmat ko’rsatayotgan 366 ta suvdan foydalanuvchilar asotsatsiyalari (156ta) tashkil etildi. Biroq fermer xo’jaliklari tomonidan suv bilan ta’minlash xizmatlariga o’z vaqtida to’lovlarni amalga oshirish ishlari sust bajarilmoqda. Bu esa SFA faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Masalan,2005 yilning 1 choragi uchun ko’rsatilgan xizmatlarning bor yo’g’i 19,2% iga o’z vaqtida pul to’langan xolos. 1 aprel holatiga ko’ra 73,8 mingta fermer xo’jaliklari o’z ixtiyorlari bilan 884 ta SFU larini tashkil etdilar va shartnoma asosida suvga haq to’lash ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.
Institutsional tub o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlash, fermer xo’jaliklari uyushmalarini rivojlantirish, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining huquqi va iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2002 yil 1 avgustda “2003-2007 yillar davrida Qoraqalpog’iston Respublikasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 276-qarorni qabul qildi.
Hukumat maxsus komissiyasi 2004 yilning noyabrida mavjud huquqiy tizimda cheklovlarning oldini olish maqsadida manfaatdor tomonlar bilan birgalikda SFUlarni rivojlantirishga taalluqli quyidagi qarorlarni ishlab chiqdi va tasdiqladi: suvdan foydalanuvchilar uyushmasi bo’yicha maxsus qonun qabul qilish, tegishli qonunlar va qonun osti hujjatlariga zarur tuzatishlar kiritish to’g’risida (bunda ayni paytda suvdan foydalanuvchilar maqomi va vazifalarining huquqiy asoslari yetarlicha ishlab chiqilmagani qayd etildi); sug’oriladigan yerlarda suv resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish va boshqarishda suvdan foydalanuvchilar uyushmasi rolini kuchaytirish to’g’risida; bir gektar yerga beriladigan suv miqdorini kamaytirish uchun eng samarali irrigatsiya texnologiyasidan foydalanish orqali suvdan foydalanuvchilar uyushmasini suv resurslaridan oqilona foydalanganlik uchun rag’batlantirish to’g’risida; zamonaviy irrigatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun maxsus dastur va fermer xo’jaliklarini moliyalashga oid masalalar ma’lumotnomasini ishlab chiqish to’g’risida; suvdan foydalanuvchilar uyushmasiga fermerlar tomonidan foydalaniladigan suvni aniq o’lchash va hisobga olish uchun suv hisoblagich priborlarini joriy etishda ko’maklashish to’g’risida.
Quyidagi masalalarga ham alohida e’tibor berilmoqda: har bir fermerning uyushmani tuzishdagi ishtirokini kuchaytirish (“oxiriga yetkazish” usulida), fermerlarga tizimning ishlashi va uni boshqarishga doir qarorlar qabul qilishda ularning fikri inobatga olinishi ham bunga ta’sir ko’rsata olishi kafolatini berish uchun barcha sharoitlarni hisobga olgan holda suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etishni davom ettirish; qishloq va suv xo’jaligi vazirligida muayyan yordam ko’rsatish byurosi yoki bo’limini tashkil etish, havzali birlashmalar rahbarlari suvdan foydalanuvchilar uyushmasini tashkil etishda ko’maklashishi va boshqa masalalar.

II.BOB. Renta munosabatlari


2.1Renta munosabatlari va uning shakllanishi
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to’liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o’rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko’ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha asosiy va ko’pincha bir–biriga qarama–qarshi bo’lgan nazariyalarga duch kelamiz.

Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida kwrib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, erning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, erning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar.
Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.Petti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differentsial renta to’g`risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o’laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog`lagan.
Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo’shganlar.
Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha chop etilgan qator o’quv qo’llanma va darsliklarda ham yer rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda.
D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog`ida renta daromadlarining turli ko’rinishlari paydo bo’ladi, jumladan: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog`ida vujudga keluvchi renta; o’rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo’luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog`liq bo’lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o’xshash shart-sharoitlar mavjud bwladi. Qishloq xo’jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bwladi, shunga ko’ra ularni er rentasiga kiritish to’g`ri bo’ladi. Haydaladigan yer, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, wrmon va boshqalardan to’lanishidan qat`iy nazar, renta ko’rinishidagi mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi.
Yer rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig`i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differentsial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob`ekti yoki xo’jalik yuritish ob`ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya`ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differentsial renta deb ataladi.
Qishloq xwjaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi –erning miqdori va sifatini tabiatning wzi cheklab qwygan, uni inson kwpaytirishga qodir emas.
Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta`minlangan bo’lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi yerlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.
Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko’pmi doimiy xususiyatga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo’jalik ob`ekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol differentsial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi.
Shunday qilib, differentsial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.
Differentsial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differentsial renta I va differentsial renta II ga bwlinadi.
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog`liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum er uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday er uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan er uchastkalari mahsulot birligiga to’g`ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi.
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo‘jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.
Demak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. 
Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohot1arning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulot1ari ishlab chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash vа xizmat ko'rsatuvchi tashkilot1ar faoliyatini ana shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer хо'jaliklarini rivojlantirish muhim
yo'nalish etib belgilandi. Shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklariga ishlab chiqarish
faoliyatida yanada keng erkinlik berildi, bir vaqtning o'zida yer-
suv resurslaridan unumli foydalanish va shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarning javobgarligi va mas'uliyati oshirildi.
Farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan bosh maqsad islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud tabiiy, iqtisodiy, tashkiliy va mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, pirovard natijada aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Farmonda shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklarining teng huquqligini saqlab qolgan fermer хо'jaliklarini ustuvor
rivojlantirishga alohida urg'u berildi.

Absolyut renta - qishloq xo’jaligida yerga bo’lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi:


yaxshi, o’rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta.
Ma'lumki, yerga bo’lgan monopol egalik natijasida eng sifati past yerlar ham bepul ijaraga berilmaydi. Yer uchastkalarining sifati qanday bo’lishidan qat'iy nazar, yer mulk bo’lganligi uchun uning egalari absolyut renta oladi. Absolyut yer rentasi eng unumdor, o’rtacha unumdor va unumdorligi past bo’lgan yerlardan ham
olinadi. Barcha uchastkalardan olinadigan renta miqdori teng bo’ladi. Sifatli yerlardan undiriladigan absolyut renta, umuman olganda, renta miqdoridan kam bo’ladi. Shuningdek, yer tanqisligi sharoitida uning mulk bo’lishi va band etilishi undan olinadigan mahsulotlarga talabning ortib borishi natijasida absolyut renta olish imkoni tug’iladi. Talab oshgan sayin yomon, hatto, eng o’ta yomon yerlardan ham foydalaniladi. Sifatsiz yerlardan olingan mahsulot narxi sarflangan xarajatni qoplashi kerak. Chunki uning tarkibida tadbirkorning normal foydasi va renta
ham bo’ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot qimmatga tushsa-da, bozor shu mahsulotni ko’taradi. Negaki, u bozor ehtiyojini qondiradi. Sifati past yerdan olingan mahsulotning odatdagidan yuqori narxda sotilishi absolyut rentani hosil qiladi, binobarin, yer egasi uni o’ziga o’zlashtiradi. Bunday yer uchastkalarining egalari absolyut renta bilan bir qatorda differensial renta ham oladilar.
Qishloq хо'jalik korxonalarida soliq tizimi takomillashtirilib, 1999 yil 1 yanvardan boshlab, uning mavjud bir nechta turlari o'rniga yagona yer solig'i joriy etildi. Вu tadbir MDH davlatlari ichida birinchi bo'lib qo'llanila boshlanganligi va hozirgacha amaldaligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agrar islohotlarning uchinchi bosqichi 2000 yildan boshlandi. Вu bosqich: qishloq
xo'jaligida tovar ishlab chiqaruvchilar haq- huquqlarini himoya qilish ustuvorligi;
tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligini yanada kengaytirish va davlat buyurtmasi bo'yicha yetishtirilayotgan mahsulotlarga baho belgilashda dunyo bozori narxlariga mos keluvchi tizimni shakllantirish;
shirkat хо'jaliklarini, birinchi navbatda past rentabelli vа zarar ko'rib
ishlayotgan korxonalarni fermer хо'jaliklariga aylantirish asosida qayta tashkil etish mexanizmi joriy etilishi;
qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi zamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan xarakterlanadi.
Xizmat ko'rsatish sohalari ob'ektlarini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida tashkil etish boshlandi. Ular birinchi navbatda yangi fermer xo'jaliklari tuzilayotgan hududlarda barpo etilmoqda. Shunday qilib, qishloq хо'jaligi o'tish davrining
Murakkab bosqichlarida o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajara oldi. Q'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq хо'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to’g’risida"gi Farmoni qishloq xo'jaligida tarixiy ahamiyatga ega hujjat bo'lib, tarmoq rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berdi.
Farmon ayrim idora vа vazirliklarning shirkat hamda fermer xo'jaliklari erkin faoliyatiga to'g'anoq bo’lib kelgan buyruqbozlik vа taqsimot funksiyalariga chek qo'ydi. Ushbu hujjat qishloq хо'jaligida mana shunday kamchilliklarni bartaraf etish yo'llarini hamda yaqin kelajakda agrar sohani rivojlantirishdagi ustuvor yo'nalishdagi vazifalarni aniq belgilab berdi.
Agrosanoat birlashmalari vа kombinatlari agrobiznesning yana bir turlaridir. Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi vа unga bog'liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi bir necha хо'jalik hamda
korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog'dorchilik vа uzumchilik bilan shug'ullanuvchi хо'jaliklar, ular mahsulotni qayta ishlovchi sex vа zavodlar, yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlаshmа ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo'jalik vа moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning
umumiy mulki ham tarkib topib boradi. Agrosanoat kombinatlari qishloq
хо'jalik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash vа iste'molchiga yetkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi хо'jalik vа korxonalarning ma'lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko'ngilli vа paychilik mablag'lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma vа ittifoqlarni ham kiritish mumkin. Qishloq хо'jaligida davlat korxonalari, jamoa хо'jaliklari vа shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko'shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko'rsatadi.
2.2.Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri - bu bozor munosabatlariga asoslangan agrar ishlab chiqarishni rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy negizini shakllantirish, mulkiy munosabatlarni takomillashtirish, faol tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishdir. Bu esa qishloq
xo’jalik ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur'atlarini ta'minlashga, qishloqda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga, mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini to’laroq
qondirishga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda agrar sektor muhim rol o’ynaydi. YaIM tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 25 %ni tashkil etdi. Agrar sektor oxirgi yillar davomida barqaror sur’atlarda rivojlanib kelmoqda. Barcha mulk shakllarida yaratilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarning umumiy hajmi 5395,5 mlrd so’mni tashkil etdi.
O’tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 % o’sish taminlandi.
Oxirgi besh yilda ilk marotaba paxtadan eng ko'p 3,5 mln tonna hosil yetishtirildi.
Bunga qulay ob-havo sharoitlari, ekin maydonlarining ko'payishi, agrotexnik tadbirlarning o'z vaqtida amalga oshirilishi, hosildorlikning oshganligi hamda fermer хо'jaliklarida paxta yetishtirishning ortganligi natijasida erishildi. Joriy yilda o'tgan yilga nisbatan don mahsulotlari 532,1 ming t., kartoshka 28,5 ming t.,
sabzavotlar 181,4 ming t., poliz mahsulotlari 42,8 ming t., mevalar 97,6 ming t., uzum 52,5 ming tonnaga ko'paydi. Chorvachilikda ham o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Ko'rinib turibdiki, qishloq хо'jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari vа sanoat tarmoqlari uchun хоm ashyo ishlab chiqariladi. Aholi uchun zarur bo'lgan tovarlar bozorini to'ldirish uchun qishloq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq хо'jaligida ham
takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida muayyan iqtisodiy
aloqa vа munosabatlar sodir bo'ladi. Agrar sektorda iqtisodiy faoliyat jarayonida yuz beradigan barcha munosabatlar eng asosiy omil bo'lgan yer bilan bog'liq, shuning uchun ham yerga egalik qilish, tasarruf etish vа undan unumli
foydalanish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlari deyiladi. Bu munosabatlar ob'ekti yer, sub'ekti esa yer egalari, хо'jalik yurituvchi va mehnat qiluvchilar hisoblanadi. Agrar munosabatlarining xususiyatlari, birinchi navbatda, yerga bo'lgan mulkchilik bilan bog'liqdir. Bizning mamlakatimizda yer davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatga foydalanishga berilmoqda. Yer maxsus resurs. U boshqa omillardan tubdan farq qiladi. Tengi yo'q ishlab chiqarish vositasi ekanligi tufayli uni boshqa biror narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Yer miqdori cheklangan, shuning uchun yer taklifi noelastik hisoblanadi. Yerni xohlagan sharoitda takror ishlab chiqarish mumkin emas. Yerning yana bir muhim xususiyati uning ko'chmasligidir. Yer uchastkalarini bozorga, iste'molchilarga yoki suv manbalariga yaqin bo'lishini qanchalik xohlamaylik uni ko'chira olmaymiz.
Yer foydalanish jarayonida yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha agar undan to'g'ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
• Differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Differensial (lotincha so'zdan olingan bo’lib, tabaqalashgan, farq degan ma'noni anglatadi) renta o'rta va yaxshi yer uchastkalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga
sarflangan xarajatlar bilan, уоmоn yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulot uchun qilingan xarajatlar o'rtasidagi farq sifatida namoyon bo'ladi. Qishloq хо'jalik mahsulotlarining bahosi ana shu unumdorligi past yerlarda etkazilgan mahsulotlarga qilingan xarajatlar asosida shakllanadi. Sababi, unumdor yerlar cheklangan. Aholining talabini qondirish uchun уоmоn yer uchastkalaridan ham foydalanishga to'g'ri keladi. Differensial renta faqat yer uchastkalarining
unumdorligini turlichaligi tufayligina emas, balki ularning iste'molchilarga
uzoq-yaqin joylashishi tufayli ham kelib chiqadi. Уоmon yerlardan differensial renta olinmaydi. Differensial renta o'zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo'linadi. Yerning tabiiy unumdorligi va iste'molchilarga nisbatan joylanishiga (sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo'llariga uzoq-yaqinligi) ko'ra farq natijasida hosil bo'lgan differensial
renta, differensial renta I deb ataladi.
Yerga egallik qilish - tarixan tarkib topgan an'analar yoki
qonuniy asosda belgilangan tartibda yerga egalik huquqining tan
olinishini bildiradi.
Yerdan foydalanish huquqi - bu o'rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi.
Renta munosabatlari - qishloq xo'jaligida vujudga keltirilgan qo'shimcha sof daromadning yer egalari va undan foydalanuvchilar o'rtasida taqsimlanishi va o'zlashtirilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirishning
shaklidir. Differensial renta - yer uchastkalarining unumdorligidagi va
joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo'shimcha sof daromad.
Differensial renta I – yerning tabiiy unumdorligi va iste'molchilarga nisbatan joylashuviga ko'ra farq natijasida hosil bo'lgan differensial renta.
Differensial renta П - yerga qo'shimcha kapital sarf1ab olingan daromaddagi farq.
Absolyut renta - qishloq xo'jaligida yerga bo'lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o'rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Monopol renta - alohida tabiiy iqlim sharoitiga ega bo'lgan,
noyob qishloq хо'jalik mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undirma sanoatda renta – foydali qazilma konlarining joylashuvi va konlarning boyligidagi farqlar natijasida vujudga keladi.
Ijara munosabatlari - mulkdan haq to'lash sharti bilan ma'lum muddat foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar.
Ijara haqi - yerdan foydalanish huquqini olishning bozor bahosi bo’lib, yerga talab va taklifga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.
Agrosanoat integratsiyasi - qishloq хо'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrosanoat majmuasi - qishloq хо'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ish1ash, saqlash va tayyor mahsulotni iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq tarmoqlar yig'indisidir.
Bozor infratuzilmasi - barcha xo'jalik sub'ektlari o'rtasida sodir bo'ladigan bozor munosabatlarining shakllanishida bevosita ishtirok etuvchi, ularni muvofiqlashtiruvchi, maqsadli yo'naltiruvchi va ishlab chiqarishdan iste'mol qilishgacha bo'lgan jarayonlarning uzluksizligini ta'minlashga qaratilgan muassasalarni o'z ichiga oluvchi butun bir yaxlit majmuadir.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, qishloq хо'jaligi ishlab chiqarishida
ham to'rt omil - yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati vа ishchi kuchi
qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok
etadi.Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohot1arning yangi bosqichida mulkchilikning ijara shakllarini, shartnomaviy munosabatlarga asoslangan
хо'jalik yuritish tizimini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi mahsulot1ari ishlab
chiqaruvchilari manfaatlari ustuvorligini ta'minlash vа xizmat ko'rsatuvchi tashkilot1ar faoliyatini ana shu maqsadga qaratish, turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo'jalik yuritish sub'ektlari saqlab qolingan holda fermer хо'jaliklarini rivojlantirish muhimbyo'nalish etib belgilandi. Shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklariga ishlab chiqarish faoliyatida yanada keng erkinlik berildi, bir vaqtning o'zida yer- suv resurslaridan unumli foydalanish va shartnoma shartlarini
bajarishda tomonlarning javobgarligi va mas'uliyati oshirildi. Farmonda ko'zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan bosh maqsad islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud tabiiy, iqtisodiy, tashkiliy va mehnat resurslari salohiyatidan samarali foydalanish, pirovard natijada aholi turmush farovonligini
oshirishga qaratilgan. Farmonda shirkat, fermer va dehqon хо'jaliklarining teng
huquqligini saqlab qolgan fermer хо'jaliklarini ustuvor rivojlantirishga alohida urg'u berildi. O'zbekistonda "yer - davlat mulki, umummilliy boylik..." bo'lganligi sababli yerga bo'lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim. O'zbekiston Respublikasining Yer Kodeksida "Er uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy vа muddatli egalik qilish hamda foydalanish uchun berilishi mumkin" , - deb ko'rsatilgan. Demak, yerdan foydalanuvchi yer egasi bo'lishi shart emas. Yerga egallik jismoniy vа huquqiy shaxslarning ma'lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan an'analar yoki qonuniy asosda belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda, avvalo, yerga bo'lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko'zda tutiladi. Yerga egalikni yerga bo'lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. Yerdan foydalanish huquqi - bu o'rnatilgan urf-odat1ar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Real хо'jalik hayotida
yerga egalik qilish vа yerdan foydalanishni ko'pincha har xil jismoniy
va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer
хо'jaliklari amalga oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


1.Ўзбекистон РеспубликасиКонституцияси. Т.: Ўзбекистон, 2019.-60 б.
2.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Ташқииқтисодийфаолияттўғрисида. 1991 йил 14 июнь. -Т.: “Адолат”, 2004.
3.Ўзбекистон Республикаси Ер кодекси. 1998 йил 5 май. -Т.: “Адолат”, 2004.
4.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Қишлоқхўжалигикооперативлари (ширкатлари) тўғрисида. 1998 йил 5 май. -Т.: “Адолат”, 2004.
5.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Фермер хўжалигитўғрисида. 1998 йил 5 май. -Т.: “Адолат”, 2004.
5.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Деҳқонхўжалигитўғрисида. 1998 йил 5 май. -Т.: “Адолат”, 2004.
6.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Акциядорликжамиятлариваакциядорларнингҳуқуқлариниҳимояқилиштўғрисида. 1996 йил 6 апрель. -Т.: “Адолат”, 2003.
7.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Қимматлиқоғозларбозоринингамалқилишитўғрисида. 1996 йил 25 апрель. -Т.: “Адолат”, 2003.
8.Ўзбекистон Республикасиқонуни. Эркиниқтисодийҳудудлартўғрисида. 1996 йил 25 апрель. -Т.: “Адолат”, 2003.
9.Ўзбекистон Республикасиқонуни. ЎзбекистонРеспубликасинингдавлатмустақиллигиасосларитўғрисида. 1991 йил 31 август. -Т.: “Ўзбекистон”, 1991.
Рақобаттўғрисида(06.01.2012й.)ги 10.Ўзбекистон РеспубликасинингҚонуни. ЎзбекистонРеспубликасиқонунҳужжатларитўплами, 2012 й., 1-сон.
11.Ўзбекистон РеспубликасинингФуқароликкодекси Т.: АДОЛАТ, 2011.
“Хусусийкорхоналартўғрисида”гиЎзбекистонРеспубликасинингҚонуни. Қонунвақарорлар. – Т.: Ўзбекистон, 2004, №3.
Коррупция тўғрисида.ЎзбекистонРеспубликасинингҚонуни. ЎзбекистонРеспубликасиқонунҳужжатларитўплами. 2017 йил 3 январь.

ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентиФармонлари, қарорлари

15.“Фаол тадбиркорликваинновационғояларватехнологияларниқўллаб-қувватлашйили” давлатдастури. 2018 йил.
16.Ўзбекистон РеспубликасиПрезидентининг 2008 йил 2 декабрдаги “Навоийвилоятидаэркининдустриалиқтисодий зона ташкилэтиштўғрисида”гиФармони 2008 йил 2-феврал. Халқсўзи. 2008 йил 3-феврал.
17. ЎзбекистонРеспубликасииПрезидентининг “Соғлом она ва бола йили” давлатдастуритўғрисидаги 2487-сонли Қарори. 2016 йил. 9 феврал.
ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентининг 2016 йил 28 декабрдаги "Кексаларваногиронларнидавлаттомонидан қўллаб-қувватлаштизиминиянадатакомиллаштиришбўйичақўшимчачора-тадбирлартўғрисида"ги ПҚ-2705-сонли қарори.
19.Ўзбекистон РеспубликасиПрезидентининг 2016 йил 28 декабрдаги "Ўзбекистонфахрийларниижтимоийқўллаб-қувватлаш "Нуроний" жамғармасифаолиятиниянадатакомиллаштиришчора-тадбирларитўғрисида"ги ПФ-4906-сонли Фармони.
20.Ўзбекистон РеспубликасиПрезидентининг “ЎзбекистонРеспубликасиниянадаривожлантиришбўйичаҲаракатларстратегияситўғрисида” ПФ-4947-сонли Фармони.
21.Ўзбекистон РеспубликасиПрезидентининг “Эркиниқтисодийзоналарфаолиятинифаоллаштиришвакенгайтиришгадоирқўшимчачора-тадбирлартўғрисида” 2016 йил 26 ноябрдаги ПФ-4853-сонли Фармони.
22.Ўзбекистон РеспубликасиПрезидентининг 2017 йил 12 январдаги ПФ-4931-сон «Ургут», «Ғиждувон», «Қўқон» ва «Ҳазорасп» эркиниқтисодийзоналариниташкилэтиштўғрисида”гиФармони (ЎзбекистонРеспубликасиқонунҳужжатларитўплами, 2017 й., 3-сон, 40-модда)
23. ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентининг 2016 йил 21 октябрдаги “Суд-ҳуқуқтизиминиянадаислоҳқилиш, фуқароларнингҳуқуқваэркинликлариниишончлиҳимояқилишкафолатлариникучайтиришчора-тадбирларитўғрисида”ги ПФ–4850-сонли Фармони // ЎзбекистонРеспубликасиқонунҳужжатларитўплами, 2016 й., 43-сон, 497-модда.
24. ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентининг 2017 йил 29 декабрдаги “2017-2021 йиллардамактабгачатаълимтизиминиянадатакомиллаштиришчора-тадбирларитўғрисида”гиҚарори // Халқсўзи, 2016 йил 31 декабрь.
25. ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентининг 2017 йил 21 февралдаги “ЎзбекистонРеспубликаси суд тизимитузилмасинитубдантакомиллаштиришвафаолиятисамарадорлигиниоширишчора-тадбирларитўғрисида”ги ПФ‒4966-сонли Фармони// “Халқсўзи» газетасининг 2017 йил 22 февралдаги 38 (6732)-сони.

26. ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентинингҚарори “Коррупциягақаршикурашиштўғрисида”гиЎзбекистонРеспубликасиҚонунинингқоидалариниамалгаоширишчора-тадбирларитўғрисида // ЎзбекистонРеспубликасиқонунҳужжатларитўплами, 2017 й., 5-сон, 62-модда.


27. ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентининг 2017 йил 8 февралдаги “Қонунҳужжатларинитарқатиштизиминитубдантакомиллаштиришчора-тадбирларитўғрисида”ги ПҚ-2761-сон қарори // ЎзбекистонРеспубликасиқонунҳужжатларитўплами, 2017 й., 6-сон, 76-модда.
28. ЎзбекистонРеспубликасинингхусусийлаштириш, монополияданчиқаришварақобатниривожлантиришдавлатқўмитасиниташкилэтиштўғрисида(ПФ-4483) ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентинингФармони, 2012-Йил 13-Ноябрь.
29.Ишбилармонлик муҳитиниянадатубданяхшилашватадбиркорликкаянадакенгэркинликберишчора-тадбирларитўғрисида. ПФ-4455-сон. ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентинингФармони. 2012 йил 18 июль



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish