Ma’lumotlarni
tekshirish funksiyasi orqali
ma’lumot
kiritishni cheklash.
Ma’lumotlarni to’g’riligini ta’minlash maqsadida, ba’zan kiritadigan qiymatni cheklash
va keyingi choralar uchun maslahatlar kiritish lozim bo’ladi. Misol u
chun, ushbu varaqdagi yosh
butun sonlar bo’lishi va ro’yxatdagi barcha kishilar 18 va 60 yosh orasida bo’lishi talab qilinishi
mumkin. So’ralgan ma’lumotdan tashqariga chiqib ketmaslik uchun, Data
-Data Validation-
Setting ga kirasiz, kiritish shartlini jori
y qilasiz va kiritma xabarini misol uchun “Yoshni
kiritishda butun sondan foydalaning, u esa 18-
60 orasida bo’lsin” deb qoldirish mumkin.
Foydalanuvchilar ko’rsatkichni (kursor) joriy katakchaga olib borganda, agar kiritma nomuvofiq
kelganda ogohlantiruvch
i ma’lumot ekranga chiqariladi.
Ctrl +
yo’naltirma
tugmasi orqali tez harakatlanish
Qachonki Ctrl va klaviyaturadagi biron yo’nalish tugmasini bosganingizda varaqning
boshq
a tomondagi chetiga o’tasiz. Misol, ma’lumotlarning eng pastki qismiga tushay desangiz,
Ctrl + Pastki yo’nalishni bosing.
Qatordagi
ma’lumotni
ustunga
ag’darish
Monitord
a yaxshiroq ko’rinish hosil qilay desangiz ushbu usul sizga хavodek zarurdir.
Chunki aksincha, Nusxa tushirish (paste) dagi ushbu xizmatsiz ishingiz talaygina qiyinlashib
ketadi. Xullas mana bunday qilamiz: ag’darmoqchi bo’lgan joydan nusxa olasiz (copy),
kerakli
bo’sh joyga ko’rsatkichni olib o’tasiz. Home
-Paste-
Transpose orqali ma’lumotni ag’darasiz,
faqatgina unutmangki ma’lumot nusxa olinmasdan ushbu usul ish bermaydi.
Ma
’
lumotni to
’
lig
’
icha berkitish
Deyarli barcha foydalanuvchilar o
’
ng tomonni bosib kiritmani berkitish xizmatidan
foydalanishni yaxshi bilishadi.
Biroq ushbu usul ayniqsa ma’lumotlar kam bo’lgan hollarda juda
oson bilinib qoladi. Eng qulay va oson usul esa Kataklar Formati funksiyasidir. Kerakli
kataklarni tanlaganingizdan so’ng, Home
-Font-Open Format Cells-Number Tab-Custom-Type
ga kiring, OK ni bosing, barcha kiritilgan barcha qiymatlar ko’rinmas bo’lib qoladi, va faqatgina
Funksiya tugmasining yon tomonida chiqadi.
& belgisi orqali matn yozish
Murakkab formulalar kerak bo’lmasligi uchun, & belgisini ishlatishni o’rganishimiz
lozim. Ushbu belgi orqali har qanday matnni kiritishingiz mumkin. Quyida to’rtta ustunda turli
matnlar kiritilgan, lekin ular
ni bir katakda bir qiymatda kiritish kerak bo’lib qolsachi?
Birinchidan natijani ko’rsatishi kerak bo’lgan katakni toping, quyida ko’rsatilgani kabi &
belgisini qo’llab formulangizni kiriting. Enter bilan ushbo’larni kiritilmoqda: A2, B2, C2 va D2
dagi barcha matnlar F2 katakda LizaUSA25@ ga aylanmoqda.
Matn bo
’
yini o
’
zgartirish
Bugungi tavsiyalarimizda barcha murakkab formulalardan uzoq turishga harakat qildik.
Lekin bu degani bir ikkita sodda va qulay formulalardan voz kechish degani emas. Ularga misol:
UPPER, LOWER va PROPER lardir. Bu formulalar turli maqsadlarda matnni o’zgartirish
imkonini beradi. UPPER barcha kiritmalarni katta harfda qo’llaydi, LOWER esa aksincha
kichiklashtiradi, PROPER bo’lsa faqatgina so’zning bosh harfini kattalashtiradi.
0 dan boshlanuvchi kiritma qiymatlari
Agar qiymat noldan boshlanadigan bo’lsa, Excel avtomatik ravishda nolni o’chirib
ketadi. Kataklar Formatiga kirib o’tirgandan ko’ra, ushbu muammo birinchi noldan avval tsitata
belgisini kiritish orqali hal etiladi.
K
o’proq
statusni bir klik orqali chiqarish
Ko’pigna foydalanuvchilar qanday qilib Excel varag’i quyi qismida ma’lumot statusini
tekshirishni bilishadi. Biroq, quyida ko’rsatilgani kabi, ko’rsatkichni pastki qismga olib borib va
o’ng tarafni bosishlik bilan ko’proq statusni ko’rish mumkinligini bilarmidingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |