35
Xalqaro moliya bozorining tarkibiy ko’rinishi
Xalqaro moliya bozori orqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bilvosita
(kredit (depozit) bozori) va bevosita (qimmatli qog’ozlar) moliyalashtirilishi mumkin.
Xalqaro moliyaviy aktivlar o’zida quyidagi xususiyatlarni jamlaydi:
1.
Mehnat natijalarini o’zida mujassamlashtirgan
holda mustahkamlik,
ishonchlilik xususiyati. Moliyaviy aktivlarning ishonchli bo’lishiga tovarlar iste’moli,
ayirboshlash va ishlab chiqarishning barcha jarayonlari hamda vaqt omili sabab bo’lgan.
2.
Likvidlilik. Moliyaviy aktivlarning bu xususiyati ularni istalgan vaqtda, tezda
boshqa tovarlarga ayirboshlash xususiyatini ko’rsatadi.
3.
Harakatchanlik. Zamonaviy iqtisodiyotda aynan moliyaviy aktivlar jahonning
qaysi bir joyida samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’lsa, shu erga tezda etib borish
xususiyatiga ega.
4.
Universallik. Hozirgi davrda barcha iqtisodiy munosabatlar moliyaviy
munosabatlar bilan birga bo’lmoqda.
5.
Real aktivlar taqsimlanmagan holda moliyaviy aktivlarni bo’linish xususiyati.
Ularning bunday xususiyati investitsiyalarni tashkil etishda
nafaqat yirik investorlarni,
balki kichik investorlar mablag’larini ham jalb etish imkonini yaratadi,
vaqt omilini
tejaydi, investitsiyalar aylanish tezligini oshiradi, kapitalning daromadligini ko’paytiradi.
Kichik investorlar uchun investitsion portfellarini diversifikatsiyalash va o’z
daromadlarini ko’paytirish imkonini beradi.
Hosila moliyaviy
vositalar bozori
Xalqaro moliya bozori
Valyuta bozori
Oltin bozori
Sug’urta bozori
Investitsiya bozori
Kredit (depozit) bozori
Qimmatli qog’ozlar
bozori
36
6.
Qimmatli qog’ozlarning tovarga o’xshash xususiyati. Qimmatli qog’ozlarni
oldi – sotdisidan keyin u iste’mol qilinmaydi, qimmatli qog’ozlar so’ndirilmaguncha
muomaladan chiqmaydi. Qimmatli qog’oz egasi ixtiyoriy vaqtda ularni bozorga olib kelib
sotishi mumkin.
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o’zgarishlarni
boshqa bir
mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog’liq
bo’lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond
bozoriga integratsiyasini
ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog’lik rivojlanganligini
o’zida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini
ta’minlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Xalqaro qimmatli qog’ozlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarda nominal
narxi o’rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro anderrayterlar orqali
ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli
qog’ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud.
Agar xalqaro qimmatli qog’ozlar bir mamlakat ichidagi
ikkilamchi qimmatli
qog’ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo’lsa, bir vaqtning o’zida ular
mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek,
xalqaro qimmatli qog’ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar o’rtasidagi kapitalni
qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: