31
3.1. Xalqaro moliyaviy kapital harakatining mohiyati
Xalqaro moliyaviy kapital harakati sifatida mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy
resurslar oqimi milliy investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi nomutanosiblik oqibatida
kelib chiqadi. xalqaro kapitallar harakati – ayni vaqtda nisbiy ortiqcha bo’lgan pul yoki
tovar moddiy mablag’larni mamlakat chegarasidan chetga joylashtirilishidir. Bu
iboraning sinonimi kapital eksporti yoki kapitalni chiqarishdir.
Moliyaviy globallashuv sharoitida xalqaro kapitallar harakatida o’ziga xos
xususiyatlari sifatida quyidagilar namoyon bo’ladi:
jahonda kapitalning notekis joylashishi. bunda kapital
resursi kapitalga boy
mamlakatdan kapitalga muhtoj mamlakatga qarab oqib boradi;
ko’p mamlakatlarda jamg’arma va investitsiyaning nomutanosibligi. Buning
natijasida investitsiya uchun ortiqcha mablag’lar yoki defitsit sodir bo’ladi. Oqibatda mos
ravishda kapitalning sof eksporti yoki importi vujudga keladi;
mamlakatlarning
investitsion muhitidagi, shuningdek kapital qo’yilmalar
uchun sharoitlardagi farqlanishlar;
kapital egasining kapitaldan foydalanish samaradorligidagi farqlar va uning
boshqa chet eldagi kapitalni egallashga qaratilgan harakatlari hamda kapitaldan samarasiz
foydalanayotgan joydan o’rin olishga harakat qilishi;
iqtisodiy resurs sifatida odatda kapitalni yuqori darajada safarbar etilishi. Bu
holat
jahon
iqtisodiyoti
globallashuvi,
erkinlashuvi,
transmilliylashuvi
va
integratsiyalashuvi sharoitida yanada ko’proq kuchga ega bo’ladi.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida
rasmiy kapital, xususiy kapital, qisqa,
o’rta va uzoq muddatli,
tadbirkorlik kapitali, ssuda kapitali, to’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalar, portfel investitsiyalarni keltirib o’tish mumkin. Ular o’rtasida o’zaro
bog’liqlik va milliy iqtisodiyot uchun qanday shaklda qo’yish afzal ekanligini 1-rasmda
ko’rishimiz mumkin.
Xalqaro kapitalning asosiy shakllari sifatida rasmiy kapital –
davlatlararo
tashkilotlar va hukumat qarorlari asosida davlat byudjeti mablag’larini chet eldan qabul
qilish yoki chet elda joylashtirishdir.
32
Xususiy kapital - xususiy yuridik shaxslar (firma, korxona, tashkilot, banklar va
boshqalar)ning mablag’larini ularning boshqaruv organlarining qarorlari asosida chet
ellarda joylashtirishdir.
Jahon kapital eksportida xususiy kapital etakchi bo’lib, o’z
navbatida davlat
kapitali, xalqaro tashkilotlarning kapitali keyingi o’rinlarda turadi. Odatda davlat va
xalqaro tashkilotlar chetga
kapitalni ssuda shaklida, kredit va qarz ko’rinishida hamda
moddiy yordam ko’rinishida chiqaradi. Rasmiy va xususiy
kapital xalqaro kapitalning
ikki xil: tadbirkorlik va ssuda kapitali shaklida namoyon bo’ladi.
- milliy iqtisodiyot uchun afzalligi yuqori
Do'stlaringiz bilan baham: