J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/112
Sana20.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#828840
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori



 
 
J.Ataniyazov, E.Alimardonov, F.Hamidova
 
 
XALQARO MOLIYA 
BOZORI TAHLILI 
TOSHKENT-2019 
 
 



J.Ataniyazov, E.Alimardonov, F.Hamidova. Xalqaro moliya bozori tahlili, o’quv 
qo’llanma. – T.: TMI, 2019. ___ bet. 
Ushbu o’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligining 201__ - yil “___” ____dagi “____”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan 
dasturi asosida ishlab chiqilgan. 
Taqrizchilar: 
D. Rahmanov 
Bank-moliya 
akademiyasi «Moliya» 
kafedrasi mudiri 
(turdosh OTMdan)
U. Radjabov 
TMI “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi 
dotsenti
“Xalqaro moliya bozori tahlili” fanidan o’quv qo’llanma.Toshkent moliya instituti 
Kengashida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya qilingan (2019 yil “28” sentabrdagi 
2/11.3- sonli bayonnoma). 



 
KIRISH 
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy 
iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko’tarish, eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish 
tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish 
xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda 
raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o’rin egallash, 
mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan 
bevosita bog’liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya 
bozoridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi. 
“Xalqaro moliya bozori tahlili” fanini o’qitishdan asosiy maqsad xalqaro moliya 
bozorining zamonaviy tuzilishi, mamlakatlarda shakllangan xalqaro moliya bozorlari, 
xalqaro moliya bozorini tahlil qilish va prognozlash usullari, hozirgi davrdagi milliy 
moliya bozorini xalqaro bozorga integratsiyasini rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini 
ishlab chiqish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv 
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror va jadal 
sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda. 
Ma’lumki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va 
jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish
mamlakatimizni 
modernizatsiya 
qilish 
hamda 
hayotning 
barcha 
sohalarini 
liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017-
2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi 
bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi. 



Ushbu “Xalqaro moliya bozori tahlili” fanini chuqur o’rganish orqali talabalar 
xalqaro moliya bozorining iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri, xorijiy investitsiyalar va xalqaro 
moliyaviy operatsiyalar haqida tasavvurga ega bo’ladi, xalqaro moliya bozorining 
xususiyatlari va faoliyati yo‘nalishlarini, xalqaro moliya bozorini shakllanishi va 
rivojlanish tendensiyalarini, xalqaro moliya bozori nazariyasi va faoliyati asoslarini
ularning ixtisoslashuvi, tuzilishi, faoliyati doirasini biladi va ulardan foydalana oladi, 
xalqaro moliya bozorining taraqqiyoti va hozirgi sharoitida unda bitimlar tuzish orqali 
turli pul oqimlarini samarali boshqarish; xalqaro moliya institutlari va xalqaro moliya 
bozorining investitsiyalarni moliyalashtirish vositalarini talabga mos ravishda eng 
qulayini tanlash, xalqaro hisob-kitoblar shakllarini to‘g‘ri tanlash va moliya bozoridagi 
o‘zgarishlarni prognozlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, xalqaro moliya 
bozorida tuzilayotgan va ishlatilayotgan moliyaviy bitimlarni texnik-iqtisodiy va 
moliyaviy tahlil qilish, ularni aniq sharoitlarda samarali ijro etilishini ta’minlash; xalqaro 
moliya bozorini o’rganish bilan hamkorlik aloqalarining optimal shakllarini va 
muddatlarini belgilash haqida malakaga ega bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, mazkur fanni o’qitish “2017-2021 yillarda O’zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi”da belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor 
yo’nalishlarini samarali tarzda amalga oshirishga qaratilgan mutaxassis kadrlarni 
tayyorlashda muhim o’rin tutadi. 
Ushbu fanni o’qitishda moliyaviy globallashuv va xalqaro moliyaviy integratsiya, 
xalqaro moliya bozori va uning evolutsiyasi, xalqaro valyuta va elektron pullar bozori, 
xalqaro ssuda kapitallari bozori, xalqaro investitsiya bozori, xalqaro aksiyalar bozori, 
xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozori. Evroobligatsiyalar, aktivlar sekyuritizatsiyasi 
vositalarining xalqaro bozori, hosila moliyaviy vositalarning xalqaro bozori, kabi 
masalalar chuqur o’rganiladi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish