Kredit
Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini
ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni
pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va
jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va
boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum
muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish
shartida qarzga berish munosabatlarini
ifodalaydi.
Kredit (lot. creditum — qarz, credo —
ishonaman,maqullayman) — pul
mablagʻlari, tovar va xizmatlarni
kelishilgan ustama (foiz) toʻlab qaytarib
berish sharti bilan maʼlum muddatlarga
qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi
tomon kreditor (davlat, bank, korxona,
xususiy shaxs va boshqalar), ssuda
oluvchi tomon esa debitor (qarzdor)
deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan
foydalanish shartlari kayd etilgan
shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. K.
muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi
oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin
har qanday qarz munosabati ham K.
boʻla olmaydi. K. munosabatida olingan
mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani
uchun haq (kelishilgan foizda) toʻlanishi,
muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy
aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi,
maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi
muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1
yilga qadar), oʻrta muddatli (1yildan 5
yilgacha), uzoq, muddatli (6 yildan ortiq)
K.ga boʻlinadi.
K.ning tijorat, bank, davlat, isteʼmol,
xalqaro, ipoteka va boshqa shakllari bor.
Tijorat K.i — bir xoʻjalik yurituvchi subʼyekt
tomonidan beriladi va, odatda, veksel
bilan rasmiylashtiriladi. Bank K.i —
jismoniy va yuridik shaxslarga pul
shaklida banklar tomonidan beriladi.
Bank kreditining forfeyting , faktoring ,
haridorga qarz berish kabi koʻrinishlari
bor. Davlat K.i — davlatning qarz beruvchi
va qarz oluvchi sifatida ishtirokini
nazarda tutadi. Davlat qarz beruvchi
sifatida bank tizimi orqali byudjetdan
tarmoq, hudud, korxonalarni K. ajratib
moliyalashtiradi. Qarz oluvchi sifatida
aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini
sotish bilan jismoniy yoki yuridik
shaxslardan qarz oladi, natijada ichki
davlat qarzi, chet davlatlardan olingan
K.lar hisobidan tashqi davlat qarzi paydo
boʻladi. Isteʼmol K.i — aholiga isteʼmol
tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-
joy qurilishi harajatlari uchun,
lombardlardagi mulk garovi hisobiga,
oʻzaro yordam kassasi qarzlari va boshqa
koʻrinishlarda beriladi. Xalqaro K. —
muddatli, qaytimli va foiz toʻlash shartlari
bilan bir mamlakatdagi kreditor
tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz
oluvchiga pul yoki tovar shaklida
beriladigan qarz, shuningdek, chet el
obligatsiyalari, chet el korxonalari
aksiyalari va b, qimmatli qogʻozlariga
fonda olish maqsadlarida kapital qoʻyish.
K. iqtisodiyotda muhim vazifalarni
bajaradi, ularning orasida moliya
resurslarini qayta taqsimlash asosiy
oʻrinda turadi. K. yordamida kapitalni bir
tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan
boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu
bilan ishlab chiqarishni kengaytirish,
iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish,
mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng
foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida
toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi.
Kredit resurslarini banklar tomonidan
tartibga solish mexanizmlari
yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki
ken-gaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning
koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu
esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish
rivojiga ragʻbat beradi.
K. munosabatlarida uning barqaror
boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga
erishish uchun mamlakatda K. siyosati
olib boriladi. K. siyosati tarkibida
banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan
K.larning yoʻnalishlari, ularning
qaytarilishini taʼminlash, K.ning
samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz
berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar
oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi.
Oʻzbekistonda tijorat banklarning K.
siyosati mamlakat iqtisodiyotining
ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga
yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston
Respublikasi Markaziy bankining
markazlashtirilgan K.lari mamlakat
mustaqilligini mustahkamlashga
yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish
korxonalarini barpo etishga ajratilmokda.
Shuningdek, mamlakat tijorat banklari
ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini
barpo etishga K.lar ajratish bilan birga
kichik va oʻrta biznesni
qoʻllabquvvatlashni ham amalga
oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda
ajratilayotgan K.lar va mikrokreditlar
shular jumlasidandir. K. tizimi: Markaziy
bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari
va chet el banklari filiallari va
vakolatxonalari. K. tizimida Markaziy
bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya
maqomiga ega. Mamlakatda K.tizimi
faoliyati "Oʻzbekiston Respublikasi
Markaziy banki toʻgʻrisida" (1995.21.12),
"Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"
(1996. 25.4) qonunlari bilan tartibga
solinadi.
Ahmadjon Oʻlmasov, Qahramon
Haqberdiyev.
[1]
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali
deyilsa, uning harakati kreditning
mazmunini tashkil qiladi. Kredit
munosabatlari ikki subʼekt oʻrtasida, yaʼni
pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi
oʻrtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxonalar (firmalar),
tashkilotlar
,
davlat va uning muassasalari hamda
aholining keng qatlami kredit
munosabatlarining subʼektlari
hisoblanadi. Sanab oʻtilgan
subʼektlarning aynan har biri bir vaqtning
oʻzida ham qarz oluvchi va ham qarz
beruvchi oʻrnida chiqishi mumkin.
Kredit munosabatlarining obʼekti
jamiyatda vaqtincha boʻsh turgan pul
mablagʻlaridir. Takror ishlab chiqarish
jarayonida tovarlar, iqtisodiy resurslar va
Bunda kredit uchun foiz stavkalarini
tabaqalashtirish, davlat tomonidan
kafolatlar va imtiyozlar berish kabi
usullardan foydalaniladi. Kredit bir qator
turlarda amalga oshiriladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning
ikki — pul va tovar shakllaridan
foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda
mamlakat ichki aylanmasida pul
kreditidan kengroq foydalanib, u bank,
tijorat, davlat, isteʼmol va xalqaro kredit
shakllarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |