2.3.
Globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining milliy iqtisodiyotga
ta’siri
Jahon iqtisodiyotida zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati
rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi.
Xalqaro mehnat taqsimoti doirasida globallashuv jarayonining kengayishi iqtisodiy past
rivojlangan mavqeini salbiy o’zgarishiga sabab bo’lib, ularni globallashuv jarayonini
sub’ektlariga emas, balki ob’ektlariga aylantirishi mumkin. Demak, globallashuv
26
jarayonining alohida mamlakatlar iqtisodiyotiga ijobiy ta’sirinining darajasi ushbu
mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liqdir.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasini quyidagi ko’rsatkichlar yordamida
ifodalash mumkin:
–
xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi hamda uning o’sish
sur’atlari;
–
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi;
–
kapitalning xalqaro markazlashuvi hajmi va dinamikasi;
–
yirik, murakkab xalqaro investitsiya loyihalari (loyihaviy moliyalashtirish)
hajmi va dinamikasini mazkur loyihalarning umumiy ko’rsatkichiga (ham ichki, ham
tashqi)nisbati;
–
tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi hajmi va dinamikasini yalpi milliy
mahsulotga nisbati;
–
patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog’liq xalqaro operatsiyalar
miqyosi;
–
bank va boshqa kredit muassasalarining xalqaro operatsiyalar hajmi va
dinamikasini ularning umumiy faoliyati hajmi va dinamikasi hajmiga nisbati;
–
xalkaro fond bozorlari hajmi va dinamikasi;
–
valyuta bozorlari hajmi va dinamikasi.
Makroiqtisodiy darajadagi globallashuv davlatlar va integratsion birlashmalarning
iqtisodiy faolligini oshirib, savdo va investitsiya munosabatlaridagi to’siqlarni bartaraf
etgan holda erkin savdo hududlarini tashkil etish asosida yuzaga keladi.
Globallashuv jarayonlari davlatlararo xo’jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy,
axborot va siyosiy miqyosdagi o’zaro kelishuvlarni qamrab oladi.
Bundan tashqari globallashuv jarayoni dunyoning yirik mintaqalarida xo’jalik
yuritishning bozor tizimini maqsadli shakllantirishga qaratilgan davlatlararo
muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qamrab oladi.
Mikroiqtisodiy darajadagi globallashuv kompaniyalar faoliyatining ichki bozordan
tashqarida kengayishi natijasida yuzaga keladi. Ko’pgina yirik transmilliy korporatsiyalar
27
global miqyosda harakat qiladi va shu jihatdan transmilliy korporatsiyalar globallashuv
jarayonining sub’ekti bo’lib, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuch hisoblanadi.
Globallashuv jarayonining afzalliklari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
–
globallashuv xalqaro raqobatning kuchayishini yuzaga keltirdi. Bozorlarning
kengayishi va undagi raqobat jarayonining kuchayishi nafaqat milliy darajada balki,
jahon miqyosida ishlab chiqarishning o’sishini rag’batlantiruvchi xalqaro mehnat
taqsimotining chuqurlashuviga hamda ixtisoslashishiga olib keladi.
–
ishlab chiqarish tarmoqlarida tejamkorlikning ortishi. Bu holat, narxlarni
pasayishi va xarajatlarni qisqarishiga, pirovardida barqaror iqtisodiy o’sishga olib kelishi
mumkin.
–
globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri – erkin savdodan keladigan yutuq
barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi;
–
xorijiy davlatlarning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik yangiliklarini amaliyotga
tatbiq etish natijasida iqtisodiy barqarorlikka erishilishi;
–
globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib milliy bozordagi ichki
raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo’shiladi va natijada narxlarni
pasaytirish va yuqori sifatli mahsulotlarni tanlash imkoniyatini beradi;
–
globallashuv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik va
nisbatan kam xarajat talab qiladigan yangiliklarni amaliyotga tadbiq etish imkoniyatini
beradi Bunda jahon miqyosidagi innovatsiyalarni amaliyotga uzluksiz tatbiq etilishiga
imkon yaratiladi.
Globallashuv jarayonining salbiy oqibatlarini yuzaga keltiruvchi muammolar
sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:
–
globallashuv afzalliklarining milliy iqtisodiyotlar alohida tarmoqlari o’rtasida
bir xil taqsimlanmasligi;
–
milliy iqtisodiyotda sanoatlashishning sekinlashuvi;
–
ayrim mamlakatlarda milliy iqtisodiyotni nazorat qilish jarayoni mustaqil
hukumatdan
boshqalarga,
jumladan
kuchliroq
davlatlarga
yoki
transmilliy
korporatsiyalar ixtiyoriga o’tishi;
28
–
jahon miqyosida milliy iqtisodiyotlarning o’zaro bog’liqligi tufayli global
beqarorlikning yoki mintaqaviy darajada moliyaviy sohadagi beqarorlikning yuzaga
kelishi. Milliy iqtisodiyotlarda yuzaga keluvchi iqtisodiy turg’unliklar yoki
inqirozlarning mintaqaviy hatto global darajada salbiy oqibatlarga olib kelishi;
–
globallashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va
notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo’jalik majmualarining global bozor
sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish
bo’g’inlariga bo’linishi bilan bog’liq;
–
globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli
darjada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ko’rsatishining
an’anaviy dastaklarini o’zgartirib yuboradi;
–
globallashuv ishlab chiqarish va iste’molda salbiy tashqi omillarning ommaviy
tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv
jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni
ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog’liq uchun zararli transgen mahsulotlarni
yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shug’ullanishlariga olib keladi.
Globallashuv jarayoni mamlakatlar uchun yuqorida qayd etilganlardan tashqari
yana ko’plab muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan:
–
rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologik jarayon ortda qolishining
kuchayishi;
–
ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarga ajralishning ortishi, marginalizatsiya xatari
(jahon darajasidagi iqtisodiy o’sishdan qolib ketishning kuchayishi);
–
aholining asosiy qismida qashshoqlashuvning ortishi;
–
moliyaviy barqarorlik darajasi past bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi
bog’liqlikning kuchayishi;
–
TMKlar tomonidan mamlakatlarda milliy iqtisodiy siyosatni yuritishga
to’sqinlik qilinishi;
–
kelajakdagi taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi tashqi qarz darajasining o’sishi va
boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |