44
Moliya bozoridagi spekulyativ kapitalning mamlakat ishlab chiqarishini
moliyalashtirishga qo’shadigan hissasi deyarli yo’qligi iqtisodiy tadqiqotlarda o’z
tasdig’ini topgan bo’lib, spekulyativ kapital moliya bozorining barcha segmentlarida
mavjudligi aniqlangan. Spekulyativ kapital boshqa kapital shakllariga o’xshab, iqtisodiy
taraqqiyotni tezlashtirsa, boshqa tomondan u iqtisodiy inqirozga vujudga keltiradi.
Moliyaviy kapital sifatida spekulyativ kapital asosida real kapital mavjuddir.
Shuningdek, moliyaviy aktivlar esa real aktivlarga mos kelishi lozim. Spekulyativ kapital
real kapitalga nisbatan mustaqil rivojlanib, moliyaviy aktivlar va real aktivlar o’rtasida
tafovutni paydo qilishi ham, o’z navbatida, moliyaviy inqirozni keltirib chiqaradi.
Qimmatli qog’ozlarning bozor narxi bilan uning haqiqiy qiymati doimo mos
kelmagani kabi, qisqa muddatli davriy oraliqda spekulyativ omillar natijasida moliyaviy
aktivlar qiymatidagi ijobiy o’zgarishlar milliy boylik ko’payganligidan dalolat bermaydi,
balki uzoq muddatli davriy oraliqda bu jarayonning yuz
berishi mamlakat iqtisodiy
o’sishini o’zida mujassam etadi.
Bozorning
barqaror
faoliyatini
ta’minlashda insayderlik ma’lumotlari,
spekulyatsiya, investorlar manfaatlari va ularning psixologiyalarini hisobga olish zarur.
Fikrimizcha, spekulyativ operatsiyalarning paydo bo’lishi ikkita asosiy holatga
bog’liqdir.
Birinchidan, moliyaviy aktivlar, jumladan qimmatli qog’ozlarning tovar
xususiyatiga asoslanishi, ya’ni qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi qilingandan so’ng iste’mol
qilinmaydi, so’ndirilmaguncha muomala vositasidan chiqmaydi. Qimmatli qog’oz egasi
uni istalgan vaqtda bozorga olib chiqib sotishi mumkin.
Ikkinchidan, qimmatli qog’ozlarning istiqboldagi bahosini aniq bashorat qilib
bo’lmasligi, ya’ni bu turli
investorlar psixologiyasi, manfaatlari va axborotlar
asimmetriyasidagi farqlar natijasida paydo bo’ladi hamda ularga doir turli bashoratlarni
yuzaga keltiradi.
Fond bozoridagi spekulyativ operatsiyalar investorlar manfaatlarini ko’paytiradi va
emitent kompaniyaga qo’shimcha resurslarni jalb etishni engillashtiradi, qimmatli
qog’ozlar likvidliligini oshiradi.
45
Real kapital ko’paymasdan daromad olish imkonini mavjudligi esa,
spekulyativ
operatsiyalarning salbiy tomonini o’zida namoyon etadi. Natijada iqtisodiy taraqqiyotda
illyuziya, ya’ni aldanish paydo bo’ladi va bu moliyaviy inqirozni keltirib chiqaruvchi
omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Aniq, to’liq va zamonaviy axborotlarni olish
spekulyativ operatsiyalarni salbiy ta’sirini kamaytiradi va bozordagi narxlarni
barqarorlashtiradi.
Zamonaviy iqtisodiyotda axborotlar iqtisodiy tizim samaradorligiga va ishlab
chiqarish natijalariga ta’sir qiluvchi muhim iqtisodiy resursga aylanmoqda.
Emitent
kompaniyalar faoliyatining shaffofligi, ular to’g’risidagi ishochli axborotlar ularning
aktsiyalar narxini va likvidligini oshirib, investorlarni ko’proq jalb etadi. Lekin korxona
faoliyati
to’g’risidagi barcha axborotlarni oshkor etish uning bozordagi
raqobatbardoshligini kamaytiradi. Shuning uchun, jahon amaliyotida tijorat va davlat siri
to’g’risidagi ma’lumotlarga oydinlik kirituvchi me’yoriy hujjatlar mavjuddir. Ular
korxonalarni bozordagi raqobatbardoshligini saqlashga xizmat qiladi.
Fikrimizcha, moliya bozori barqarorligini ta’minlashda insayderlik faoliyatini ham
ijobiy iqtisodiy tomonlari mavjuddir.
-
fond bozorida insayderlik ma’lumotlarining bo’lmasligi emitent kompaniya
to’g’risida etarli ma’lumotlar to’planmasligiga va bu, o’z
navbatida kompaniyaning
moliyaviy aktivlar bahosidagi o’zgarishlarni tez va kutilmaganda sodir bo’lishiga olib
kelishi mumkin;
-
insayderlik faoliyati aktsiyalarning bozordagi kotirovkalarini ularning
fundamental qiymatiga yaqinlashtiradi va bahoni ob’ektiv bo’lishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, insayderlik faoliyati jamiyatda korruptsiyani kuchayishiga va natijada butun
iqtisodiy samaradorlikni pasayishiga sabab bo’lishi mumkin;
-
insayderlik axborotlaridan foydalanish hisobiga qo’shimcha daromad olish
imkoniyati aktsiyadorlarni kompaniya menejerlari ustidan doimiy monitoring olib
borishini rag’batlantiradi va ularni o’z foydalarini ko’zlab faoliyat yuritishlariga imkon
bermaydi, oqibatda kompaniya faoliyatini yaxshilanishiga olib keladi.
46
Insayderlik axborotlari moliya bozoriga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi va moliya
bozori barqarorligini ta’minlashda uning salbiy tomonlari bilan birga ijobiy tomonlarini
ham inobatga olish lozim.
Barcha investorlar ham moliya bozorida spekulyativ maqsadni ko’zlab faoliyat
yuritmaydilar. Ularning ko’pchiligi uchun qimmatli qog’ozlar
narxining barqarorligi
muhimdir. Investorlar
Do'stlaringiz bilan baham: