Payg‘ambarimiz Muhammad solallohu alayhi vasallam : «Hilba bilan davolaning» deb aytganlar (zaif). Tabiblar: «Agar odamlar xilbaning foydasini bilishganda edi, uni oltinning bahosiga sotib olishardi», deb aytishgan. Ingliz olimi Kleber : «Agar barcha dorilarni mezonning bir pallasiga, hilbani ikkinchi pallasiga qo‘ysangiz, mezon teng bo‘ladi», – deb aytgan.
Xilba ( الحلبة , trigonella foenum-graecum L., pajitnik sennoy, xilbe, shambala, chaman, fenugrek, fenigrekova trava, grecheskoye seno, grecheskiy koziy trilistnik, grecheskaya sochevisa, treugolka, verblyujьya trava) – dunyoda mashhur ziravor va dorivor o‘simlik. Butun o‘simlik (urug‘i bilan) kuchli xid va biroz yong‘oq ta’miga ega.
Xilbaning reseptlarini hattoki qadimgi (eramizdan 1500 yil avval) Misr papiruslarida topishgan . Qadimgi Misrda xilbani kuygan yaralarni da’volashda va tug‘ruq stimulyasiyasi, mumiyolarni balzamlashda ishlatishgan. Bizning eramizdan 5 asr oldin mashhur Gippokrat xilba bilan ko‘pgina kasalliklarni davolagan. Bu urug‘ni gladiatorlar va sportsmenlar kuchlarini oshirish va ishtaxalarini yaxshilash uchun ishlatishgan. Qirol Karl esa uni o‘z yerlarida soch to‘kilishning oldini olish va davolovchi vosita sifatida o‘stirgan.
Arab tabiblari hilbani yara va absesslarni davolashda ishlatiladigan mazь sifatida qo‘llashgan, chunki hilba tarkibida shilliq va kleysimon moddalar mavjud. Bunday shilliq moddani yaralarga surtish ularning bitishiga yordam beradi. Ichganda ham xuddi shunday ta’sir qiladi. Xitoy tabiblari uni grija, bezgak, siydik yo‘li shamollashlarida, mushak og‘riqlari va bepushtlikka qarshi ishlatishgan. Uni kuchli shamollash, ichak va o‘pka kasalliklarida, erkaklarda uchraydigan jinsiy infeksiyalarda, ich qotishda, ateroskleroz, trigliserin va xolesterin darajasi oshib ketganda tavsiya qilishgan. Xind mutaxassislari bu ziravor bilan oshqozon yazvasini davolashadi va ayollar salomatligining mustahkamlashda foydalanadilar. Ovrupada hilbani benedikt ruxoniylari ishlatishgan. IX asrdan boshlab bu ziravor keng ko‘lamda tabobatda qo‘llanilgan: yaralarni davolash, bezgak, o‘pka va nafas olish yo‘llari shamollashi va me’da kassaliklarida. Shimoliy Amerika mustamlakachilari undan ayollar kasalliklarini davolashda foydalanganlar. Vaqt o‘tishi bilan hilba Lidiya Pinkxemning “Xayz muammolarining davosi” tarkibiga kiritildi. Dorining ixtirochisi xilbani XIX asrning ulug‘ kashfiyoti deb atadi.
Hozirgi kunda hilba butun dunyo miqyosida ishlatiladi. Saudiya Arabistonida va boshqa arab davlatlarida hilba juda mashhur, ular nafaqat hilbaning urug‘ini, hatto uning yashil barglarini ham yuqori ozuqa vositasi sifatida ishlatishadi. Saudiyada hilbadan turli taomlar tayyorlanadi, ayniqsa Ramazon oyida.
Zamonaviy olimlar hilbaning (ruscha pajitnik) tarkibini o‘rganib chiqib, uning oqsil va uglevodlarga boy ekanini, tarkibida kaliy, fosfor, magniy, temir, kalsiy, A, S , V1, V2, RR vitaminlari, hamda folik kislota ham mavjud ekanligini, bundan tashqari tarkibidagi moddalar baliq yog‘iga juda ham o‘xshashligini aniqlashdi.
Xilba dukkakdoshlar oilasiga kiradi. Urug‘i o‘rtacha, rangi och jigarrang, shakli turtburchak, chiziqlari bor. Undirish uchun 6-7 kun yetarli. Undirilgan hilba dezinfeksiya uchun ishlatiladi. qon, buyrak va jigarni tozalaydi. Ishtaxani ochadi va anemiyani davolashda tavsiya qilinadi. Ko‘plab oqsil va uglevodlarga ega, A, D, Ye va V gruppasi vitaminlari, minerallar: fosfor, kaliy, temir, kalsiy, magniy va sera kabi.
Hilbaning undirilgan urug‘lari xom ishlatiladi. Ularning mazasi biroz achchiq bo‘lganligi sababli ziravor sifatida salat va sho‘rvalarga ishlatiladi.
Tibbiyotda hilbaning yallig‘lanishga qarshi bo‘lgan va tinchlantiruvchi hususiyatlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Hilba – kasallikdan keyin zaiflashib ketkan va tuzalayotganlar uchun a’lo vosita, ayniqsa asab tizimi, nafas olish yo‘llari va reproduktiv tizim kasallari uchun.
Hilbaning biologik hususiyati: balg‘amni ketqizadi, isitmani tushiradi, badanga quvvat beradi, diabetga qarshi yaxshi vosita va hokazo. Hilba diabetda va shakar qabul qila olmaydigan vaziyatlarda yordam beradi.Amerikaning onkologik markazi (Sloan-Kettering Cancer Center) unga shunday baho bergan:
«Hilbada o‘ta kuchli gipoxolesterin va gipolipid va gipoglikemiya faoliyatlar mavjud, diabet bo‘lganlar uchun ham sog‘lom bo‘lganlar uchun ham».
Ovrupa ilmiy jamiyati hilbani o‘rganib chiqqanidan so‘ng uni qandli diabet davolashda va xolesterinni pasaytirish uchun ishlatiladigan vositalar turkumiga kiritdi. Hilba lipidlarning oksidlanishiga yordam berib, qondagi erkin radikallarning sonini pasaytiradi.
Olmoniyaning oziq ovqat mahsulotlari va dori darmonlarning sifati bo‘yicha sanitar nazorat, huddi Amerikaning FDA singari, hilbaning shifobaxshligini qayd etib, qon aylanishini yaxshilash va infeksiyalarning ko‘payishini oldini olish uchun uni tibbiyotda ishlatilishga tavsiya qildi.
Abu Ali Ibn Sino (Avisenna): Hilba uni qaynatib asal bilan birga ichsa tomoq va ko‘krak qafasi og‘riqlarini yumshatadi, yengillashtiradi, yo‘tal va astmani yo‘qotadi. Olma sirkasi bilan qaynatib ichsa, yazva uchun davo bo‘ladi, suvda qaynatib ichsa ich ketishida davo. Hilbaning yog‘i me’da o‘simtalariga qarshi yaxshi vosita. Agar uning yog‘ini asal bilan aralashtirsa u ichaklardagi qolib ketgan suyuq axlatlarni ketqizadi, siydik va xayz miqdorini kupaytiradi, va gemorroy (bavosil) bilan xastalanganlarga ko‘mak beradi.Amerikaning onkologik markazi (Sloan-Kettering Cancer Center) unga shunday baho bergan:
«Hilbada o‘ta kuchli gipoxolesterin va gipolipid va gipoglikemiya faoliyatlar mavjud, diabet bo‘lganlar uchun ham sog‘lom bo‘lganlar uchun ham».
Ovrupa ilmiy jamiyati hilbani o‘rganib chiqqanidan so‘ng uni qandli diabet davolashda va xolesterinni pasaytirish uchun ishlatiladigan vositalar turkumiga kiritdi. Hilba lipidlarning oksidlanishiga yordam berib, qondagi erkin radikallarning sonini pasaytiradi.
Olmoniyaning oziq ovqat mahsulotlari va dori darmonlarning sifati bo‘yicha sanitar nazorat, huddi Amerikaning FDA singari, hilbaning shifobaxshligini qayd etib, qon aylanishini yaxshilash va infeksiyalarning ko‘payishini oldini olish uchun uni tibbiyotda ishlatilishga tavsiya qildi.
Abu Ali Ibn Sino (Avisenna): Hilba uni qaynatib asal bilan birga ichsa tomoq va ko‘krak qafasi og‘riqlarini yumshatadi, yengillashtiradi, yo‘tal va astmani yo‘qotadi. Olma sirkasi bilan qaynatib ichsa, yazva uchun davo bo‘ladi, suvda qaynatib ichsa ich ketishida davo. Hilbaning yog‘i me’da o‘simtalariga qarshi yaxshi vosita. Agar uning yog‘ini asal bilan aralashtirsa u ichaklardagi qolib ketgan suyuq axlatlarni ketqizadi, siydik va xayz miqdorini kupaytiradi, va gemorroy (bavosil) bilan xastalanganlarga ko‘mak beradi.
Nafas olish yo‘llari kasalliklari
Hilba shamollash va nafas olish yo‘llari kasalliklariga qarshi uy sharoitidagi eng ta’sirli vositalardan biridir uni gripp, bronxit, laringit, sinusit, pnevmoniya, tuberkulez, uzoq o‘tmagan yo‘tal, bronxial astmaga qarshi qo‘llasa bo‘ladi.
2 choy qoshiq urug‘ni 1 stakan suvda arab xurmosi bilan, anjir (yoki qoqisi) 5-10 daqiqa mobaynida qaynating, so‘ngra asal qo‘shing (masalliqni sal pal o‘zgartirsa bo‘ladi). Kuniga 3-4 marta yarim stakandan ichsa bo‘ladi.
Kuruq yo‘talga qarshi hilbani sutda qaynatib ichish kerak.
Tomoq og‘riganda quyidagi damlamada chayish kerak: 2 osh qoshiq hilbani 30 min ichida yarim litr suvda tindirib (yoki termosga damlab), tindirib, dokadan yoki maxsus elakdan o‘tqizing.
Nafas olish yo‘llari kasalliklari
Hilba shamollash va nafas olish yo‘llari kasalliklariga qarshi uy sharoitidagi eng ta’sirli vositalardan biridir uni gripp, bronxit, laringit, sinusit, pnevmoniya, tuberkulez, uzoq o‘tmagan yo‘tal, bronxial astmaga qarshi qo‘llasa bo‘ladi.
2 choy qoshiq urug‘ni 1 stakan suvda arab xurmosi bilan, anjir (yoki qoqisi) 5-10 daqiqa mobaynida qaynating, so‘ngra asal qo‘shing (masalliqni sal pal o‘zgartirsa bo‘ladi). Kuniga 3-4 marta yarim stakandan ichsa bo‘ladi.
Kuruq yo‘talga qarshi hilbani sutda qaynatib ichish kerak.
Tomoq og‘riganda quyidagi damlamada chayish kerak: 2 osh qoshiq hilbani 30 min ichida yarim litr suvda tindirib (yoki termosga damlab), tindirib, dokadan yoki maxsus elakdan o‘tqizing.Ayollar kasalliklari
Zamonaviy tadqiqotlar hilbani ayollar kasalliklariga a’lo davo bo‘lganligini isbotlashdi. Hilba urug‘larida diosgenin mavjud, u tarkibiy jihatdan estrogenga o‘hshaydi. Ko‘p miqdorda ichilgan hilba xayzning kelishiga va emizikli ayollarda sutning ko‘payishiga yordam beradi. Agar emizayotgan ayolning suti kam bo‘lsa kuniga 3-4 hilba damlamasini ichish kerak ( 2 choy qoshiqni bir stakan qaynagan suvga damlab, asal bilan iching).
Bachadon va jinsiy a’zolarning yallig‘lanishida 1 -2 osh qoshiq urug‘ni bir stakan suvga damlab, jinsiy a’zolarni shu damalma bilan yuvadi (sprinsevaniye).
Me’da va ichak kasalliklari
Hilba damlamasi me’da, buyrak va ichaklarni ortiqcha suyuqlik va shlaklardan tozalaydi.
Damlama ichki a’zolarning devorlarini himoya qiluvchi parda bilan qoplaydi, bu hususiyati osh qozon 12 barmoq ichak yazvasida qo‘l keladi.
Xolesterinning kontroli
AQSH davlatida o‘tqazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, hilba urug‘lari xolesterin darajasini ancha pasaytiradi.
Teri kasalliklari
Maydalangan urug‘lardan qilingan pasta yazva, absess va bitishi qiyin bo‘lgan yaralarni tuzalishiga yordam beradi, terini tozalaydi va …Og‘izdan va badandan sassiq xid
Badanda toksinlar ko‘payib ketgan sayin, badanda noxush hid ko‘payadi. Hilbadan choy damlab ichsangiz, sizni bexalovat qilayotgan hid vaqt o‘tishi bilan bu o‘simlikning xushbo‘y xidiga alishadi.
Qandli diabet
2 choy qoshiq urug‘ni kechasi suvga ivitib ko‘ying. Ertalab damlamani steviya bilan birga iching.
Anemiya
Hilba urug‘i temirga boy. Urug‘ini ivitib kuniga 1 – 2 choy qoshiq arab xurmosi yoki asal bilan qabul qiling.
Impotensiya
Quvvat uchun va 2 choy qoshiq hilbani tuyib, issiq sut (nestle yoki boshqa poroshoklisut bilan emas, tabiy sut) bilan iching.
Sinusit
Burun shamollaganida 1 choy qoshiq hilbani 250 ml suvda dimlang. Suvning yarmi qolgach, kuniga 3 -4 piyola iching.
Isitma
Isitmani tushirish uchun a’lo vosita.
Artrit
Artrit va poliartritlarning og‘ir hollarida: 1 osh qoshiq hilba urug‘ini steviya bilan dimlang,5 minutdan keyin yarim stakandan sutkada 3-4 marta iching. Ladanni ham tutating.
Buyrak kasalliklarida
Hilba choyi nafaqat me’da va ichaklarni, balkim buyrakni ham tozalaydi. Arab xurmosi (qoqisi) va hilbadan tayorlangan choy, siydik yo‘llarini yaxshi tozalaydi, buyrak va siydik pufakdagi toshlarni maydalaydi.
Hilba butun badan uchun quvvat beruvchi va stimulyasiya qilish kuchiga ega vosita, ayniqsa siydik tizimi uchun, odatda hayvonlar ularga berilgan tabiy instinkt sababidan jigar va buyrak kasalliklarida hilba iste’mol qilishadi.
Hilba kosmetologiyada
Hilba soch parvarishi uchun
- 1 choy qoshiq tuyilgan hilba zaytun va qora sedana yog‘i bilan aralashtiriladi, ozgina qora murchdan ham qo‘shsa bo‘ladi. Ushbu qorishmani soch ildiziga massaj qilib, boshni issiq tuting. Maskani boshda yarim soat ushlab yuvib tashlang. Soch o‘sishini tezlashtiradi, qazg‘oqni yo‘qotadi va boshda bo‘ladigan dermatidlarni ketqizadi.
- tuyilgan hilbani suyuq qorishmasini soch ildizlariga surtsangiz, soch o‘sishini kuchaytiradi, undirilgan hilbani taom va salatlarda ishlating effekt kuchaytirish uchun. Qazg‘oqqa qarshi kechasi 2 osh qoshiq hilbani bir stakan suvga ivitib qo‘ying va ertalab ivigan urug‘ni tuying va boshga bir soatga maska qiling. Keyin boshingizni yaxshilab yuving.
- 4 osh qoshiq hilba urug‘ini 1 stakan suvda qaynatib, dokadan o‘tqazib suvini teri muolajasida ishlating, soch to‘kilishiga va xira rangli sochlarga qarshi ishlating.
Teri parvarishi
- tozalaydigan maska. 1 choy qoshiq hilba urug‘ini 1 osh qoshiq zaytun yog‘i bilan aralashtirib, teriga 10 minutga suring. Ushbu maska husn buza rva xar hil dermatitlarni ketqizishda yordam beradi.
Hilba yog‘ining kosmetik xusiyati
Yallig‘lanishga qarshi, terini tozalaydi. Soch to‘kilishiga qarshi va sochni o‘sishni tezlashtiradigan vosita. Bosh massajida ishlatiladi, maska va shampunlar tarkibida bo‘ladi.
Miqdori va ishlatilsa bo‘lmaydigan hollar
Boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa 1-2 choy qoshiq hilbani (tuyilgani bo‘lsa yaxshiroq) 1 stakan suvda 5 minut mobaynida miltillatib qaynating. Maza uchun arab xurmosini, asal, anjir, yalpiz, steviya qo‘shing.
Ishlatilsa bo‘lmaydigan holatlar: homiladorlikning birinchi trimestrda hilbani ichish tavsiya etilmaydi, abortiv hususiyati tufayli, va vaginal qon ketish holatlarida ham ishlatsa bo‘lmaydi.
Aniqlantirish: Hilbani ichishni boshlaganizda terizning xidi o‘zgarishi mumkin (hilbaning badan tozalaydigan hususiyati tufayli). Ozodalikka kunda rioya qilsangiz va ko‘p suyuqlik ichsangiz, vaqt o‘tishi bilan u xid hilba o‘simligining mayin hidiga alishadi.BU MUSLIM
IslamOnlayn.Uz saytining
Bosh muharriri
Сайт: www.islamonline.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |